02.08.2019 yildagi PQ-4412-son
Hujjat 03.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro etish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Nazorat uchun mas’ullar

I. Sug‘urta sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish, unda shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

sug‘urta sohasidagi asosiy tushunchalar (sug‘urta tarifi, sug‘urta mukofoti, sug‘urta qiymati, sug‘urta summasi, sug‘urta to‘lovi, franshiza va boshqalar)ni belgilash;

sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish asoslarini, shuningdek, ularning huquqlari va majburiyatlarini belgilash;

ikki tomonlama sug‘urta, birgalikda sug‘urta qilish, qayta sug‘urta va sug‘urtasherikchiligining o‘ziga xosxususiyatlarihamdaularni tashkil etish tartibi;

sug‘urta tashkilotlarini aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etish bo‘yicha talab;

sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyat yuritishi va uni tartibga solish tizimini jahon sug‘urta amaliyotini inobatga olgan holda yanada takomillashtirish;

vakolatli davlat organining vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, sug‘urta sohasida prudensial nazorat usullarini, korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish;

sug‘urtalovchi litsenziyasiningamal qilishinitugatish, uni bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlarini, shuningdek, sug‘urta portfelini yoki sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta majburiyatlarini boshqa sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazish tartibini aniqlashtirish;

sug‘urta xizmatlarining elektron turlari, shu jumladan onlayn sug‘urtalashning huquqiy asoslari va mexanizmlari;

sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari bilan davlat organlari o‘rtasida sug‘urta sohasida o‘zaro elektron axborot almashinuvning o‘ziga xos xususiyatlari;

sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarining hamda ular alohi�a bo‘linmalarining rahbarlariga va bosh buxgalterlariga qo‘yiladigan malaka talablari.

Amalga oshirish shakli: qonun loyihasi

2020-yil yanvar

ishlab chiqish uchun —

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

o‘z vaqtida kelishish uchun manfaatdor vazirliklar
va
idoralar

Vazirlar Mahkamasi(J. Qo‘chqorov)

2.

Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

majburiy sug‘urta turlari, ularning umumiy tamoyillari, asosiy tushunchalar, majburiy sug‘urta turlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;

majburiy sug‘urta turlarini amalga oshirish shartlari va tartibi;

zararlar (ziyon, shikast)n� kompensatsiya qilishni kafolatlash, shuningdek, majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish ustidan nazorat qilish mexanizmlari;

majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha yagona axborot tizimini shakllantirish va yuritish.

Amalga oshirish shakli: qonun loyihasi

2020-yil oktyabr

ishlab chiqish uchun —

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi

(L. Zokirov)

muvofiqlashtirish uchun —

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

o‘z vaqtida kelishish uchun manfaatdor vazirliklar

va idoralar

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

3.

Quyidagilarga qaratilgan ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi mexanizmlarini takomillashtirish:

ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ixtiyoriy pensiya sug‘urtasining yangi turlari va mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan fuqarolarning pensiya ta’minoti darajasini oshirish;

hayot sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasini tashkil qilish, uni moliyalashtirish manbalarini va Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish maqsadlarini belgilash;

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil

iyul

ishlab chiqish uchun —

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

o‘z vaqtida kelishish uchun manfaatdor vazirliklar

va idoralar

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

4.

Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga, shu jumladan quyidagilarga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziya talablari va shartlari�i takomillashtirish, shu jumladan sug‘urtalovchi ishtirokchilari (ta’sischilari, aksiyadorlari)ning moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan talablarni nazarda tutish;

litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini maqbullashtirish;

ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda Sug‘urta faoliyati klassifikatorini qayta ko‘rib chiqish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil

iyun

ishlab chiqish uchun — Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

o‘z vaqtida kelishish uchun manfaatdor vazirliklar

va idoralar

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

5.

Sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlarining investitsiya instrumentlari ro‘yxatini kengaytirish va ularning,
shu jumladan ipoteka, lizing va mikromoliyalash, qimmatli qog‘ozlar va boshqa bozorlardagi investitsiya faoliyatini rivojlantirish.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati obyektlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun —

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

6.

Sug‘urta polislari blanklaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilarining bu boradagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan Sug‘urta polislari blanklarini tayyorlash, saqlash, foydalanish, hisobga olish va hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil

mart

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

7.

Sug‘urta sherikchiligi ishini tashkil etishning umumiy shartlari, uning ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va ular tomonidan sherikchilik doirasida qarorlar qabul qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi Sug‘urta sherikchiligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish
va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil noyabr

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishining oldini olish mexanizmlarini joriy qilish uchun —

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi(N. Sharipov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

II. Sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish

8.

Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar)ning to‘lov qobiliyati normativlari va ularni aniqlash tartibini, shuningdek, sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar)ning aktivlarini joylashtirish va qayta sug‘urtalash amaliyotlari bo‘yicha talablarni takomillashtirish, unda shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

Sug‘urta nazorati xalqaro assotsiatsiyasining asosiy sug‘urta tamoyillari va standartlarini inobatga olgan holda, umumiy sug‘urta va hayotni sug‘urta qilish tarmoqlaridagi sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida alohida nizomlar ishlab chiqishni;

sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) kapitalining yetarliligi ko‘rsatkichini hisoblash tartibini, shuningdek,sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) tomonidan unga rioya qilinishi ustidan monitoring tizimini;

aktivlar sifatini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishni;

ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda har bir alohida sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomasi bo‘yicha, respublikadan tashqariga qayta sug‘urtalash uchun beriladigan sug‘urta majburiyatlarining eng ko‘p hajmini kamaytirish masalasini qayta ko‘rib chiqish;

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2019-yil noyabr

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

9.

Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini hisoblash metodikasini, ularni shakllantirish va joylashtirish tartibini takomillashtirish, unda shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

Sug‘urta nazorati xalqaro assotsiatsiyasining asosiy sug‘urta tamoyillari va standartlarini inobatga olgan holda, umumiy sug‘urta va hayotni sug‘urta qilish tarmoqlaridagi sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida alohida nizomlar ishlab chiqishni;

sug‘urta zaxiralarininghisobini yuritish va ular bo‘yicha hisobotlar tuzishning zamonaviy mexanizmlarini;

xavflarni va sug‘urtalovchilarning ishonchlilik darajasi pasayishini barvaqt aniqlash tizimini;

sog‘lom bozor raqobati tamoyillarini buzish va asossiz ravishda past sug‘urta tariflarini qo‘llashga qarshi kurashish,sug‘urta zaxiralarining qabul qilinayotgan sug‘urta xavflariga mos ravishda to‘liq shakllantirilishini ta’minlash;

paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lajak hosilini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha barqarorlik zaxirasini shakllantirish.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil

mart

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

10.

Sug‘urtalovchilarning yuqori turuvchi boshqaruv organlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunadigan, shuningdek, sug‘urtalovchi to‘lov qobiliyatining yo‘qligi alomatlari va normativlarning buzilganligi aniqlangan taqdirda vakolatli davlat organiga bevosita murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan, sug‘urta tashkilotlarida alohida aktuariy shtatini tashkil qilishni nazarda tutuvchi “tayinlangan aktuariy” institutini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil noyabr

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

11.

Sug‘urtalovchilarning sug‘urta, moliyaviy va boshqa hisobotlarini, shu jumladan ularni unifikatsiyalash va hisobot yuritishning elektron shakllarini joriy qilishni inobatga olgan holda maqbullashtirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

ishlab chiqish:

2019-yil noyabr


amalga
oshirish:

2019-2020-yillar

birgalikda ishlab chiqish
va amalga oshirish uchun —

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

12.

Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lajak hosilini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta xarajatlarining bir qismini budjetdan subsidiyalash masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzish.

Amalga oshirish shakli: komissiya tarkibi

2019-yil avgust

tasdiqlashni tashkil etish uchu� — Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

tasdiqlashga tayyorlash uchun

“O‘zagrosug‘urta” AJ
(S. Otamuratov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

III. Sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish

13.

Yangi tahrirdagi Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, unda quyidagilarni inobatga olish:

sug‘urta agentlari faoliyatini tashkil etish va tartibga solishning zamonaviy metodlarini joriy qilishni;

sug‘urtalovchilar va sug‘urta agentlari o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini joriy qilishni;

sertifikatlangan sug‘urta maslahatchilari va firma sug‘urta agentlari institutlarini tashkil qilishni.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil

iyul

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

14.

Adjester, syurveyer va assistans xizmatlari sohalaridagi subyektlar ishini tashkil qilishni tizimlashtirish va iste’molchilar manfaatlari uchun ushbu xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha yagona talablarni joriy etishga qaratilgan Adjester, syurveyer va assistans xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil avgust

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishining oldini olish mexanizmlarini joriy qilish uchun —

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

15.

O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining faoliyati samaradorligini oshirish va faollashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish orqali uning sug‘urta faoliyatini rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish.

Amalga oshirish shakli: kompleks chora-tadbirlar

ishlab chiqish:

2019-yil dekabr


amalga oshirish:

2019-2020-yillar

ishlab chiqish
va muvofiqlashtirish uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

ishlab chiqish va amalga
oshirish uchun —
O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi(F. Iminov)

(kelishuv asosida)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

16.

Ichki sug‘urta bozori sig‘imini oshirish, shuningdek, qayta sug‘urta sohasida samarali faoliyatni tashkil qilish borasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, keyinchalik quyidagi imkoniyatlar va istiqbollar to‘g‘risida tegishli takliflarni ishlab chiqish:

faqatgina qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotini, shu jumladan yetakchi xalqaro sug‘urta kompaniyalarini ishtirokchi sifatida jalb qilgan holdatuzish;

sug‘urta (qayta sug‘urta) brokerlariga sertifikat berish, shuningdek, xorijiy sug‘urta (qayta sug‘urta) brokerlari respublika hududida faoliyat ko‘rsatishi uchun ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2019-yil oktyabr

umumlashtirish va tayyorlash uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

xalqaro sug‘urta kompaniyalarini jalb qilish qismida takliflar tayyorlash uchun —

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi(S. Umurzakov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

17.

Aktuar faoliyatini tashkil qilish sohasidagi xorijiy tajribani o‘rganish asosida, shu jumladan aktuar tashkilotlari va aktuariylarning vazirliklar va idoralardan statistik ma’lumotlarni olish imkoniyatini kengaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2019-yil dekabr

umumlashtirish va tayyorlash uchun Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

18.

Nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Aktuariylar jamiyatini tashkil qilish va uning faoliyatini quyidagilarga ko‘maklashishga yo‘naltirish:

respublikada aktuar faoliyatini rivojlantirish;

aktuariylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

sug‘urta tashkilotlarining to‘lov qobiliyati darajasini ta’minlash va oshirish borasida ularning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmini yaratish va “tayinlangan aktuariy” institutini joriy qilish;

sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta xavflarini baholash va boshqarish bo‘yicha ishni tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

tashkillashtirish
va ko‘maklashish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

tashkillashtirish uchun

aktuariylar

(kelishuv asosida)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

IV. Sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish

19.

Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizomga qayta sug‘urtalovchi (qayta sug‘urta brokeri) tomonidansug‘urta xavflarini qayta sug‘urtalash uchun xorijiy sug‘urta tashkilotlariga berishdan avval qayta sug‘urtalash bo‘yicha ofertani O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlariga yuborish mexanizmini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2019-yil sentyabr

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

20.

Sug‘urta tashkilotlari tomonidan xalqaro reytinglarni olish bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan kompleks
chora-tadbirlar
ni amalga oshirish:

sug‘urta tashkilotlarining ishonchliligi va moliyaviy barqarorligini aniqlash maqsadida ularni reyting baholashdan o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

milliy va xalqaro reyting agentliklari tomonidan sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida reytinglarni olish borasida tushuntirish ishlarining olib borish;

sug‘urta tashkilotlarini “due diligence” tekshiruvidan o‘tishga va xalqaro reytinglarni olishga rag‘batlantirish.

Amalga oshirish shakli: kompleks chora-tadbirlar

ishlab chiqish:

2020-yil yanvar


amalga oshirish:

2020-yil davomida

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

21.

Sug‘urta tashkilotlarining kredit dasturlarida ishtirok etishi uchun tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda ularni ochiq va shaffof reyting baholash amaliyotini joriy qilish.

Bunda tijorat banklari tomonidan sug‘urta tashkilotlariga qo‘yiladigan tavsiya etiladigan talablar hamda ularning moliyaviy barqarorligini va biznes-xatarlarga bardoshliligini tahlil qilish metodikasini o‘z ichiga olgan sug‘urta tashkilotlarini reyting baholash bo‘yicha namunaviy metodikani ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Amalga oshirish shakli: namunaviy metodika

2020-yil

iyun

ishlab chiqishni birgalikda tashkillashtirish uchun —

Markaziy bank (I. Norqulov), Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amaliyotga joriy etish uchun

O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi
(B. Hamidov), tijorat banklari(kelishuv asosida)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

22.

Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta xavflarini baholash
va boshqarish
, shuningdek, iste’molchilarga taqdim qilinayotgan sug‘urtalovchilarning joriy moliyaviy va iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: metodik tavsiyalar

2020-yil

iyul

ishlab chiqish va tasdiqlash uchun —

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

23.

Davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining aksiyalarini xususiy, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish sharti bilan qo‘shimcha emissiya qilish orqali ularning ustav kapitallarini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: jamiyatning oliy boshqaruv organi qarori

2020-yil

iyul

umumlashtirish va tayyorlash uchun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(A. Haydarov)

takliflar tayyorlash uchun

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov)

V. Sug‘urta xizmatlarining iste’molchilari va sug‘urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlarini
himoya qilishni kuchaytirish, sug‘urta
ni ommalashtirish va sug‘urta madaniyatini rivojlantirish

24.

Ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish orqali sug‘urta bozorini monitoring qilib, sug‘urta mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar grafigi

ishlab chiqish:

2019-yil noyabr


amalga oshirish:

2019-2020-yillar

ishlab chiqish va amalga
oshirish uchun
— Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

takliflar va tavsiyalarni
o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun
— Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

25.

Jamiyatda sug‘urta madaniyatini va aholining sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirishga, shuningdek, sug‘urtani ommalashtirish hamda respublika hududlarida uning salohiyatini kengaytirishga yo‘naltirilgan reklama-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish, shu jumladan:

“uchrashuvlar”, brifinglar, konferensiyalar, shuningdek, amaliy seminarlar o‘tkazish;

maxsus ta’lim va axborot teleko‘rsatuvlar tayyorlash;

reklama, shu jumladan ijtimoiy-yo‘naltirilgan reklama kampaniyasini �tkazish.

Amalga oshirish shakli: media reja

ishlab chiqish:

sentyabr

2019-yil


amalga oshirish:

2019-2020-yillar

ishlab chiqish
va muvofiqlashtirish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amalga oshirishga ko‘maklashish uchun

MTRK (A. Xo‘jayev),

“UzReport” AA (R. Jo‘rayev)

(kelishuv bo‘yicha),

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasiga (F. Imino�)

(kelishuv bo‘yicha)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

26.

Sug‘urta bozori va umuman sug‘urta to‘g‘ri�idagi a’lumotlarniInternet tarmog‘ida e’lon qilish amaliyotini, shu jumladanquyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil ochib berish yo‘li orqali takomillashtirish:

sug‘urta mukofotlari, qabul qilingan majburiyatlar, to‘langan sug‘urta qoplamalari (sug‘urta summalari), tuzilgan shartnomalar soni sug‘urtaning turlari va klasslari, shu jumladan hududlar va sug‘urta tashkilotlari kesimida;

sug‘urta bozoriprofessional ishtirokchilarining moliyaviy va investitsiyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, boshqa son va sifat ko‘rsatkichlari;

sug‘urta shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi jamoat ofertalari, shuningdek, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning asosiy shartlari.

Amalga oshirish shakli: jadvallar, diagrammalar, infografika, ma’lumotnoma va boshqa materiallar

2019-yil oktyabrdan boshlab har chorakda

amalga oshirish

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

27.

Ommaviy axborot vositalarida sug‘urtaning afzalliklari to‘g‘risidagi, zamonaviy sug‘urta xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta qoplamalarini (sug‘urta summalari) to‘lash tartibini, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini keng yoritishni tashkillashtirish.

Amalga oshirish shakli: ko‘rsatuvlar,videoroliklar, reklama kompaniyalari, e’lon qilish va boshqalar

2019-2020-yillar

birgalikda tashkillashtirish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

amalga oshirishga ko‘maklashish uchun
MTRK (A. Xo‘jayev),

“UzReport” AA (R. Jo‘rayev)

(kelishuv bo‘yicha),

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasiga (F. Iminov)

(kelishuv bo‘yicha)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

28.

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar, sug‘urta faoliyati subyektlari va boshqa moliya tashkilotlari vakillari ishtirokida:

“O‘zbekistonning zamonaviy sug‘urta bozori” xalqaro konferensiyasini;



“Sug‘urta va qayta sug‘urta bo‘yicha Toshkent xalqaro forumini”
va boshqa xalqaro ishbilarmonlik tadbirlarini;

xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sug‘urta bozori roud-shousini tashkil etish va o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: konferensiyalar, forumlar, roud-shou, prezentatsiyalar

har yili:



2019-yil

noyabrdan


2020-yil

apreldan


2020-yil

yanvardan boshlab

tashkillashtirish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi,

tashkillashtirishga
ko‘maklashish uchun

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),

“SAIPRO” axborot-reyting agentligi (B. Xolboyev) (kelishuv bo‘yicha)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

VI. Sug‘urta xizmatlari hajmi, ko‘lamini kengaytirish va sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish

29.

O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishni amalga oshirish maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha tarmoq jadvallarini har yili tasdiqlash va bajarilishini ta’minlash.

Amalga oshirish shakli: tarmo� jadv�llari

ishlab chiqish:

har yili
1-fevralga qadar


amalga oshirish:

2020 — 2022-yillar

ishlab chiqish
va amalga oshirish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

30.

Sug‘urta xizmatlarining, ayniqsa bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalashning, mikrosug‘urtalash, shuningdek, hayotni sug‘urtalash xizmatlarining yangi innovatsion turlarini ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan:

a) umumiy sug‘urta tarmog‘ida:

bank faoliyatini (BBB — Banker’s Blanket Bond), shuningdek, boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini kompleks sug‘urtalash;

avia va temir yo‘l reyslarining bekor qilinishi va (yoki) kechiktirilishidan sug‘urtalash;

kiber-xatarlarni sug‘urtalash;

b) hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida:

sug‘urtalangan shaxsning xorijda davolanishini tashkil etish imkoniyati bilan onkologik va keskin kasalliklardan sug‘urtalash;

pul mablag‘larining indeksatsiya va xedjing qilinishi tizimi orqali farzandining oliy ta’lim olishi uchun hayotini jamg‘arib boriladigan sug‘urtalash;

bola tug‘ilishida va sug‘urtalangan shaxsning balog‘at yoshiga yetishida sug‘urta summasini to‘lashni nazarda tutadigan hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash;

hayotni investitsion sug‘urtalash (Unit Linked)

Amalga oshirish shakli: yangi sug‘urta mahsulotlari

2019-2020-yillar

tashkil etish
va muvofiqlashtirish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amalga oshirishga tegishli
qismida ko‘maklashish uchun

Markaziy bank (I. Norqulov),

Transport vazirligi (I. Mahkamov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shodmonov)

amalga oshirish uchun

sug‘urta tashkilotlari,
aktuar tashkilotlar

(kelishuv bo‘yicha)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

31.

Yangi va zamonaviy sotish instrumentlarini joriy etish yo‘li orqali sug‘urta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish, jumladan:

“Cashback” tizimi mobil ilovasini qo‘llash va bonuslar berish;

sug‘urta agentlari va subagentlarni jalb qilgan holda sug‘urta polislarini chakana sotish va tarmoq marketing tizimi uchun onlayn-platforma yaratish.

Amalga oshirish shakli: sug‘urta mahsulotlari sotishning yangi kanallari

2019-2020-yillar

tashkil etish uchun
Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amalga oshirishda
ko‘maklashish uchun

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov),

amalga oshirish uchun

sug‘urta tashkilotlari

(kelishuv bo‘yicha)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

32.

Eksport qilinayotgan tovarlarni bir vaqtning o‘zida yuk sifatida sug‘urtalash mexanizmini joriy etish va milliy eksport qiluvchilarning kafolatlangan sug‘urta himoyasi bilan ta’minlashni inobatga olgan holda, kapitallar, tovarlar va xizmatlarnieksportqiluvchilargasug‘urta qoplamasini taqdim etish tartibini takomillashtirish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil

mart

birgalikda ishlab chiqish uchun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(E. G‘aniyev)

33.

Eksport qiluvchilar va investorlarning xavflarini qoplash global sug‘urta dasturlarini ishlab chiqish va quyidagilarni kompleks sug‘urtalashni nazarda tutish:

mulknihamda biznesning to‘xtab qolishidan;

logistik, tijorat va eksport-kredit xavflarini;

tashkilotlar rahbarlarining javobgarligini.

Amalga oshirish shakli: kompleks sug‘urta mahsulotlari

2020-yil

yanvar

birgalikda ishlab chiqish
va joriy etishni tashkil qilish

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasi

(E. G‘aniyev)

34.

Milliy eksport qiluvchilarni, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni hisobga olgan holda eksport sug‘urtasi mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, eksport qiluvchilarningeksport sug‘urtasishartnomalarini tuzish bo‘yichaxarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2019-yil

oktyabr

umumlashtirish va tayyorlash uchun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),

xarajatlarni kompensatsiya
qilish qismida takliflarni tayyorlash uchun

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(E. G‘aniyev)

35.

Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini kasalliklar, kesuvchi predmetlar bilan ularga qasddan bo‘lmagan ziyon keltirish, tabiiy va texnogen ko‘rinishdagi holatlarda ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatish, kasalga uchrashi natijasida ulardan ajralib qolish yoki majburan ularni (majbur bo‘lgan holatda) o‘ldirishdan sug‘urtalash me�anizmlarini kengaytirish yo‘li bilan chorvachilik sohasida sug‘urta himoyasini kuchaytirish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil sentyabr

ishlab chiqish uchun —

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(B. Norqobilov)
amalga oshirishni
tashkil etish uchun

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

36.

Import qilinadigan meva va boshqa turdagi ko‘chatlarni, ularni tashish chog‘ida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi xavflaridansug‘urtalash mexanizmlarini joriy etish istiqbollarini o‘rganish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2020-yil

iyun

birgalikda tayyorlash uchun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xo‘jayev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.
Bakirov)

metodik jihatdan
ko‘maklashish uchun

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

37.

Indeks sug‘urtasini amalga oshirishning zamonaviy holati va mexanizmlarini, shuningdek, mazkur sug‘urta turini respublika qishloq xo‘jaligi sohasiga joriy etish istiqbollarini o‘rganish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2020-yil

dekabr

umumlashtirish va tayyorlash uchun —Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xo‘jayev)

metodik jihatdan
ko‘maklashish uchun

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

38.

Majburiy sug‘urtaning yangi turlarini, shu jumladan davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ko‘chmas mulk va qishloq xo‘jaligi xavflarini sug‘urtalashni joriy etish sohasida takliflar tayyorlash.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2020-yil

mart

umumlashtirish va tayyorlash uchun Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

tegishli qismi bo‘yicha takliflarni tayyorlash uchun —

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xo‘jayev),

Davyergeodezkadastr

(A. Abdullayev)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

VII. Sug‘urta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish

39.

Tijorat banklari va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida qarzdorlar, sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan mulk, sug‘urta hodisalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida axborotni elektron o‘zaro almashishni tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar kompleksi

ishlab chiqish:

2019-yil

dekabr


amalga oshirish:

2019-2020-yillar

birgalikda ishlab chiqish
va amalga oshirish uchun

Markaziy bank (I. Norqulov),

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi,
Kredit byurosi (R. Abdukarimov)

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

40.

Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari faoliyati yuzasidan hisob va hisobot yuritish, masofadan turib nazorat qilish, onlayn-monitoring qilish bo‘yicha integratsiyalangan axborot tizimini yaratish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish:

sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urta va moliyaviy hisobotlarini onlayn-shakllantirish, ularning faoliyatini prudensial (preventiv) usulda tartibga solish;

sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish;

sug‘urta sohasida ma’lumotnoma va klassifikatorlarni o‘z ichiga olgan axborot-ma’lumot tizimini yaratish;

korporativ axborot portalini yaratish.

Amalga oshirish shakli: kompleks chora-tadbirlar

ishlab chiqish:

2020-yil

mart


amalga oshirish:

2020-2021 yillar

birgalikda ishlab chiqish
va amalga oshirish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

texnik jihatdan
ko‘maklashish uchun

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.
Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

41.

E-polislarni sotish va rasmiylashtirish qoidalarini, shuningdek, ularning haqiqiyligini tekshirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan holda elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda quyidagi mexanizmlarni yaratish nazarda tutiladi:

E-polislarni sotuvchi sug‘urtalovchilarda tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;

sug‘urta qildiruvchilartomonidan masofaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda E-polislarning haqiqiyligini tekshirish;

tegishli ma’lumotlar bazalari o‘rtasida shartnomalar (E-polislar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro almashish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

yanvar

ishlab chiqish uchun

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi (L.
Zokirov)

muvofiqlashtirish uchun

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

texnik jihatdan
ko‘maklashishuchun
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.
Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

42.

Internet tarmog‘idaO‘zbekistonning yagona sug‘urta portalini yaratish, bunda foydalanuvchilarni quyidagilar bilan ta’minlash:

sug‘urta bozorining holati, shu jumladan sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari, ular faoliyatining statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

sug‘urta shartnomalarini tuzish, sug‘urta qoplamalarini (sug‘urta summalarini) to‘lash tartibi va mexanizmlarini o‘z ichiga olgan holda sug‘urta xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar;

sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari bilan qayta aloqa o‘rnatish;

interaktiv sug‘urta xizmatlari, shu jumladan sug‘urta shartnomalarini tuzish, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilariga murojaat qilish;

keyinchalik tegishli sertifikatlarni bergan holda sug‘urta ishi bo‘yicha o‘qitishning onlayn-kurslarini o‘tash imkoniyatlari.

Amalga oshirish shakli: Internet-portal

2020-yil

noyabr

amalga oshirishni
tashkil etish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amalga oshirishda
ko‘��klashi� uchun

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.
Sodiqov)

amalga oshirish uchun

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasiga (F. Iminov)
(kelishuv bo‘yicha)
,

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi (L. Zokirov)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

VIII. Sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

43.

Milliy sug‘urta bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sug‘urta ishining tor mutaxassislarini tayyorlash (qayta tayyorlash) bo‘yicha mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari b�lan birgalikda o‘qitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

Amalga oshirish shakli: o‘qitish dasturi

ishlab chiqish:

2019-yil

noyabr


amalga oshirish:

2019 — 2021-yillar

ishlab chiqish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amalga oshirishga
ko‘maklashish uchun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi (I.
Madjidov)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

44.

“Sug‘urta alifbosi” mavzusi bo‘yicha maktabdan boshlab va to oliy ta’lim muassasasigacha fuqarolarning sug‘urta va moliyaviy savodxonligini oshirish mexanizmlarini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: o‘qitish dasturlari

2020-yil yanvardan

ishlab chiqish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amalga oshirishga
ko‘maklashish uchun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi (I.
Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

45.

Sug‘urta ishining tor mutaxassisliklari bo‘yicha professional standartlarni ishlab chiqish va mutaxassislar malakasini baholashning mustaqil tizimini yaratish.

Amalga oshirish shakli: standartlar, metodik tavsiyalar

2020-yil fevral

ishlab chiqish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

metodik jihatdan
ko‘maklashish uchun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Qudbiyev)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

46.

Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari xodimlarining professional etikasi qoidalarini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: qoidalar

2020-yil aprel

birgalikda ishlab chiqish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasiga (F. Iminov)
(kelishuv bo‘yicha)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

47.

Oliy ta’lim sohasida xorijiy davlatlar hukumatlari, shuningdek, chet el oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorli� qilish doirasida respublikada sug‘urta ishi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini (fakultetlarini) tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va tegishli takliflar kiritish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

ishlab chiqish va umumlashtirish —Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amaliy ko‘maklashish uchun

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi (I.
Madjidov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

48.

Sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning professional darajasini oshirish bo‘yicha ta’lim kurslari va amaliy treninglar tashkil etish, shuningdek, ularning ishlab chiqarish amaliyotini chet elda o‘tkazish uchun xalqaro dasturlar va jamg‘armalarning grantlarini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

amalga oshirish uchun

Sug‘urta bozorini

rivojlantirish agentligi

amaliy ko‘maklashish uchun — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A.
Bekmurodov)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Qarorning bandlari

Amalga oshirish shakli va ijro muddati

Nazorat uchun mas’ul

Ishchi guruhdan

Vazirlar Mahkamasi
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan

1.

1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

sug‘urta so�asida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish;

tartibga solish va prudensial nazoratning samarali mexanizmlarini joriy etish orqali sug‘urta bozorining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish;

sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning aktivlari sifatini yaxshilash, shuningdek sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini rivojlantirish;

sug‘urta brokerlari faoliyatini faollashtirish, sug‘urta agentlarining ishlash tizimini takomillashtirish, banksug‘urta mexanizmlarini joriy etish, shuningdek umuman sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish;

sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholining sug‘urta savodxonligini va sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish, sug‘urta bozorining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo‘lgan an’anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmlarini, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;

sug‘urta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sug‘urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish;

sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug‘urta sohasida ta’lim berishning zamonaviy usullarini qo‘llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish;

milliy sug‘urta bozorining ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turish hamda investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan milliy sug‘urta bozorini xalqaro va xorijiy sug‘urta bozorlari bilan integratsiyalash orqali oshirish.

Sug‘urta bozorini
isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari kesimida batafsil

chora-tadbirlar rejasi

ishlab chiqish:

2019-2020-yillar uchun —
2019-yil 1-sentabrgacha;


amalga oshirish:

2019-2020-yillar davomida

T. Ishmetov,

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

2.

2. Quyidagilar:

2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;

2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, shuningdek maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

Sug‘urta bozorini
isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari kesimida batafsil

chora-tadbirlar rejasi


ishlab chiqish
:

2019-2020-yillar uchun —
2019-yil 1-sentabrgacha;


amalga oshirish:

2019-2020-yillar davomida

T. Ishmetov,

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

3.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:

sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati turlariga bog‘liq holda differensiatsiyalangan ustav kapitali minimal miqdorlarini 3-ilovaga muvofiq 2020 — 2022-yillarda bosqichma-bosqich oshirish to‘g‘risidagi;

daromadlarning 20 foizigacha miqdoridagi ajratmalar hisobiga, ularni chegiriladigan xarajatlarga kiritgan holda shakllantiriladigan sug‘urta tashkiloti zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urta tashkiloti ustav fondining 50 foizigacha oshirish to‘g‘risidagi;

sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha elektron polislarni (“E-polis”), shu jumladan Internet, mobil ilovalar, infokiosklar orqali rasmiylashtirish mexanizmini joriy etish, ularni qog‘oz shaklidagi sug‘urta shartnomalariga (polislariga) tenglashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

Kompleks

chora-tadbirlar

I bosqich —

2020-yil 1-iyulgacha;

II bosqich —
2022 yil 1-iyulgacha

2020-yil 1-yanvargacha

2020-yil 1-yanvargacha

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori



M. Mirzayev

O. Umarov,

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

4.

4. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

yuridik shaxslar — sug‘ur�a (qayta sug‘urta) brokerlari va sug‘urta agentlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi komissiya mukofotining 13 foizi miqdorida belgilanadi;

sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotining boshqa sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlari ustav fondlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sug‘urtaning boshqa tarmoqlaridagi sug‘urta tashkilotlari ustav fondlarida ularning o‘zaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish bundan mustasno;

vakolatli davlat organi sug‘urtalovchilar tomonidan qo‘llanilayotgan sug‘urta tariflarini, iste’molchilarning sug‘urta xizmatlari sifatidan qoniqishi darajasini, shuningdek sug‘urta mahsulotlarining samaradorligini tahlil qilish asosida sug‘urta zaxiralarining qabul qilinayotgan tavakkalchiliklarga maqbulligini ta’minlaydigan sug‘urta zaxiralarining minimal darajasini belgilaydi.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil 1-yanvargacha

2020-yil 1-yanvargacha





2020-yildan
yiliga
ko‘pi bilan bir marta



M. Mirzayev

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori



lavozim bo‘yicha
— Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

5.

5. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq qayta sug‘urtalovchi (qayta sug‘urta brokeri) sug‘urta majburiyatlarini qayta sug‘urtalash uchun xorijiy sug‘urta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sug‘urta majburiyatlarining kamida 50 foizi miqdorida qayta sug‘urtalash bo‘yicha ofertani (qayta sug‘urtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlariga yuborishi shart. Bunda:

oferta shartlari sug‘urta majburiyatlarini xorijiy sug‘urta tashkilotlariga qayta sug‘urtalashga berish shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak;

oferta aksepti yoki akseptni rad etish qayta sug‘urtalovchilar — mahalliy sug‘urta tashkilotlari tomonidan, agar ofertada aksept uchun kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ikki ish kunidan kechikmagan holda amalga oshiriladi;

sug‘urta majburiyatlari qayta sug‘urtalovchi — mahalliy sug‘urta tashkiloti tomonidan o‘zining ushlab qolish hajmi doirasida qabul qilinadi;

qayta sug‘urtalovchi — mahalliy sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda va asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini amalga oshirishda qayta sug‘urtalash shartnomasi shartlari doirasida qayta sug‘urta qildiruvchining qarorlariga amal qiladi.

Belgilansinki, ushbu band talablari obligator qayta sug‘urtalashga tatbiq etilmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va investitsiya bitimlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.

Qayta sug‘urta
qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari
va standartlari to‘g‘risidagi nizom
ga o‘zgartish va qo‘shimchalar

2019-yil 1-oktabrgacha

T. Ishmetov

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

6.

6. Belgilab qo‘yilsinki, jismoniy shaxslar daromadlarining hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash (barcha toifadagi hayot sug‘urtasi sohasi) bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan qismi yuzasidan soliq imtiyozlari quyidagi shartlarda qo‘llaniladi:

a) sug‘urta summasi shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan so‘ng biryo‘la to‘langanda. Bunda sug‘urta badallarini to‘lash sug‘urta summasini to‘lash sanasidan oldingi 12 oylik davrda o‘sib bormaydigan tartib bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.

Shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash (barcha toifadagi hayot sug‘urtasi sohasi) bo‘yicha muayyan yoshgacha yoki sanagacha yashashidan boshqacha tarzdagi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta summasini to‘lash ko‘rsatib o‘tilgan imtiyoz qo‘llanilgan holda shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan 12 oy o‘tmasdan amalga oshirilishi mumkin;

b) renta (annuitet) to‘lash shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan so‘ng boshlanganda. Bunda joriy rentani (annuitetni) to‘lash sanasida shartnoma bo‘yicha haqiqatda jamlangan mablag‘lar (zaxira) summasi ko‘rsatib o‘tilgan renta (annuitet)ning to‘rt baravaridan kam bo‘lmasligi kerak;

v) rentani (annuitetni) to‘lash shartnoma bo‘yicha sug‘urta davri boshlanishi sanasidan 12 oy o‘tmasdan boshlanganda. Bunda dastlabki rentani (annuitetni) to‘lash boshlanadigan paytda haqiqatda to‘langan sug‘urta badallari summasi shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotining yillik miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak va rentalarni (annuitetlarni) to‘lash ushbu bandning “b” kichik bandi talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.

Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi muddatidan oldin to‘xtatilishi yoki ushbu band talablari buzilishi munosabati bilan jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‘lov manbaida ushlab qolingan va budjetga o‘tkazilganda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga olingan sug‘urta mukofotlari summasi, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolingan soliq va qaytariladigan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil 15-avgustgacha

T. Ishmetov

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

7.

7. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari xodimlarini sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va kechki bo‘limlarga test sinovlari o‘tkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari pulli-kontrakt asosida qabul qilish tartibi joriy etilsin.

Bunda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish suhbat yakunlari bo‘yicha va quyidagilar:

xodimda umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti va sug‘urta bozorida kamida 2 yil amaliy ish staji mavjud bo‘lishi;

kontrakt ish beruvchi — sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kafolatli to‘lanishi va xodim — bitiruvchi o‘qishni tamomlagandan keyin sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi shtatida 3 yil m�baynida majburiy ishlab berishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020-yil 1-maygacha

K. Sharipov,

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

A. Abduxakimov,

B. Mavlonov

8.

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda sug‘urta bozori mutaxassislarining xorijiy ta’lim va boshqa tashkilotlarda ta’lim olishi, malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi tizimli asosda tashkil etilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasiga sug‘urta bozori mutaxassisining chet elda o‘qishi, malakasini oshirishi yoki stajirovka o‘tashi zarurligini asoslantirgan holda unga nisbatan tavsiya xatini belgilangan tartibda “El-yurt umidi” jamg‘armasiga kirit�sh huquqi berilsin.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha,

kelgusida - har yili

A. Bekmuradov,

T. Ishmetov,

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

9.

9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2019-yil 30-noyabrga qadar Birlashgan Arab Amirliklari hukumatining texnik ko‘magida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturiga sug‘urta faoliyati sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha alohida yo‘nalish kiritish masalasini ko‘rib chiqsin.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil 30-noyabrgacha

Sh. Vafayev,

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

E. G‘aniyev,

B. Mavlonov

10.

10. Moliya vazirliginingO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-oktabrgacha

T. Ishmetov

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

11.

11. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:

sug‘urta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan sug‘urta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlarni muntazam e’lon qilish yo‘li bilan ta’minlash;

sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining sug‘urta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sug‘urta madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;

sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet elda, shuningdek xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga ko‘maklashish;

sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek samarali sug‘urta faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sug‘urta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish;

sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifika�lash;

sug‘urta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish bo‘yicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantirish va yuritish;

aholi va tadbirkorlik subyektlarining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi faoliyati sohasida sug‘urta himoyasini kuchaytirish;

xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan sug‘urta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-oktabrgacha

T. Ishmetov

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

12.

12. Belgilansinki:

Agentlik sug‘urta bozorini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish qismidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi;

Agentlikni saqlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;

Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi;

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-oktabrgacha

T. Ishmetov

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

13.

13. Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 28 birlik etib belgilansin.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-oktabrgacha

T. Ishmetov

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

14.

14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 30-noyabrga qadar:

majburiy tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini;

Sirdaryo viloyatida 2020-yildan boshlab “davolangan holat” uchun tibbiy xizmatlar to‘lovi mexanizmini va “jon boshi normativi” asosida moliyalashtirish tizimi metodologiyasini, shuningdek 2021-yildan boshlab — majburiy tibbiy sug‘urta tizimini tajriba-sinov tarzida joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini �azirlar Mahkamasiga kiritsin.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 30-noyabrgacha

B. Yusupaliyev,

T. Ishmetov

A. Abduxakimov,

A. Daminov

15.

15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:

a) ikki oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini, shu jumladan Agentlik tuzilmasi va Agentlik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutgan holda;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni;

b) 2020-yil 1-yanvarga qadar sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini tavak�alchilikka qaratilgan yondashuv asosida tartibga solishga yo‘naltirilgan, sug‘urtalovchilarning kapitali yetarliligi va to‘lov qobiliyati bo‘yicha xalqaro standartlarni sug‘urta faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish strategiyasi loyihasini kiritsin.



Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-oktabrgacha



Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-oktabrgacha


Vazirlar Mahkamasining qarori

2020-yil 1-yanvargacha

T. Ishmetov,

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

16.

16. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga muvofiq;

ushbu qarorni amalga oshirish bo‘yicha Batafsil amaliy tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruh (J. Qo‘chqorov):

ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar so‘zsiz ijro etilishining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, shuningdek ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishining tashkil etilishini;

2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda mazkur qarorning ijrosi yuzasidan axborot kiritib borilishini ta’minlasin.





doimiy ravishda





doimiy ravishda



har chorak yakuni
bo‘yicha oyning
5 sanasigacha

lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori,

T. Ishmetov

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

17.

17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar hamda mavzuli ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni tashkil etsin.

Chiqishlar va tematik
ko‘rsatuvlar

2019-yil 5-avgustgacha

T. Ishmetov,

N. Sharipov,

O. Nazirov,

B. Yusupaliyev

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

Keyingi tahrirga qarang.