20.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2330-1
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 20.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2330-1
Kuchga kirish sanasi
20.06.2019
Hujjat 20.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/1-son qarori (ro‘yxat raqami 2330, 2012-yil 2-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar o‘rtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandidagi “Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2318, 2012-yil 23-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 35-modda)” degan so‘zlar “Kredit byurolarini ro‘yxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.