18.06.2019 yildagi 512-son
Hujjat 19.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Topshirilgan paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish bo‘yicha xarajatlarga kredit ajratish va yakuniy hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobidan urug‘chilik klasterlariga kredit ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
urug‘chilik klasterlariga Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarori 2 va 13-bandlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 253-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan imtiyoz va shartlar tatbiq etiladi;

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Ko‘rib chiqish muddati

1-bosqich

“O‘zpaxtasanoat” AJ,

“O‘zdonmahsulot” AK Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda

Tashkil etilayotgan urug‘chilik klasterlari tarkibiga o‘tkazilayotgan paxta tozalash korxonalari, paxta va boshoqli don urug‘liklari tayyorlash sexlari bino va inshootlari ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili
20-martga qadar

2-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Tanlov asosida viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda urug‘chilik klasterini tashkil etish bo‘yicha investorlarni aniqlash.

Har yili
1-aprelga qadar

3-bosqich

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, investor

Urug‘chilik klasterini tashkil etish.

Har yili
10-aprelga qadar

4-bosqich

“O‘zpaxtasanoat” AJ,

“O‘zdonmahsulot” AK Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda

Urug‘chilik klasterlariga o‘tkazilayotgan paxta tozalash hamda don korxonalarining urug‘lik chigit va urug‘lik don tayyorlash sexlari hamda mol-mulklarini xatlovdan o‘tkazish va baholash.

Har yili
10-iyulga qadar

5-bosqich

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, investor bilan birgalikda

“O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AK bilan urug‘lik chigit va urug‘lik don tayyorlash sexlarini sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalar tuzish.

Har yili
20-iyulga qadar

6-bosqich

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi

Urug‘chilik klasterlariga urug‘lik chigit va urug‘lik don tayyorlash sexlarini, shuningdek, ularning boshqa mol-mulklarni o‘tkazish.

Oldi-sotdi shartnoma tuzilgandan so‘ng, bir oy muddatda

7-bosqich

Investor

Paxta xomashyosini dastlabki qayta ishlash, urug‘lik tayyorlash, tuproq va issiqxonada qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari yetishtirish komplekslari va ishlab chiqarish quvvatlarini urug‘chilik klasterlariga o‘tkazish.

Har yili
15-iyulga qadar

8-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlari egalari kengashi,

Markaz

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini aniqlash hamda:

urug‘lik paxta xomashyosi yetishtiruvchi subyektlar va urug‘chilik klasterlari o‘rtasida urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirish;

sabzavot, poliz, ozuqa va moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtiruvchi subyektlar va urug‘chilik klasterlari o‘rtasida sabzavot, poliz, ozuqa va moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirish;

boshoqli don ekinlari urug‘liklari yetishtiruvchi subyektlar va urug‘chilik klasterlari o‘rtasida boshoqli don urug‘liklari yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzish.

Har yili
1-fevralga qadar









Har yili
1-sentabrga qadar

b) tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan tanlov muddatidan bir oydan kechiktirmasdan tanlov hujjatlarini taqdim etgan barcha ishtirokchilarni yozma ogohlantirgan holda, shuningdek, Nizomning 20-bandida ko‘zda tutilgan axborot resurslarida e’lon qilgan holda tanlov takliflarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish yoki tanlov o‘tkazish muddatlarini o‘zgartish bo‘yicha qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tanlov o‘tkazish mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda va Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.