07.06.2019 yildagi PQ-4354-son
Hujjat 10.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida axborot-kutubxona faoliyatini axborot va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish asosida tashkil qilishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish axborot-kutubxona faoliyatiga har tomonlama: foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni jamlash va saqlash jarayonlari, axborot-kutubxona ish jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, xalqaro hamkorlikka ta’sir ko‘rsatadi.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Axborot-kutubxona sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.

Milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizom

2019-yil

1-iyulga
qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida taqdim etilayotgan xizmatlar hajmining o‘sib borishini hisobga olgan holda, Milliy kutubxonaning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi xodimlarning namunaviy shtatlari hamda Axborot-kutubxona markazi va kutubxona to‘g‘risida namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ hujjat

2019-yil

1-sentabrga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi

3.

“Kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil

1-oktabrga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

4.

“Nashrlarning majburiy nusxasi to‘g‘risida” tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Yozma ma’lumot

2021-yil

1-aprelga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

5.

O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro nashrlar almashinuvi konvensiyasida (Parij sh., 05.12.1958-y.) ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.

Yozma ma’lumot

2022-yil

1-iyulga
qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

II. Innovatsion faoliyat va axborot-kutubxona muassasalarini ommalashtirish

6.

Aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, tanlovlar, konferensiyalar o‘tkazish, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-avgustdan

doimiy ravishda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

7.

Resurslar almashish bo‘yicha korporativ tarmoqni shakllantirish, korporativ hamkorlik ishini avtomatlashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil

1-avgustga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

8.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalarni tashkil etish (takomillashtirish). Idoraviy kutubxonalar, shuningdek, axborot-kutubxona markazlari kitob fondini yangilash va to‘ldirish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining takliflari asosida zarur nashrlar ro‘yxatini har yili 10-oktabrgacha shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

9.

2019 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasi, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmog‘i bo‘yicha davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dastur

2020-yil

1-avgustga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

10.

MDH va xorijiy mamlakatlarning yetakchi tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish.

Bitimlar

2021-yildan boshlab doimiy asosda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, aloqador vazirlik va idoralar

III. Ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyat

11.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida kutubxona ishi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish bo‘yicha Kengash tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqish.

Tarmoq oliy ta’lim muassasasi huzurida ilmiy kengash tashkil etish

2021-yil

1-dekabrga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vaz�rligi

12.

Axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha tarmoq standartlari, metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Idoraviy-normativ hujjat

2024-yil

31-dekabrga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “O‘zstandart” agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

13.

Ax�orot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish Konsepsiyasining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

Har yili

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

IV. Axborot-kutubxona sohasida kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

14.

Mazkur sohada mutaxassislarga bo‘lgan talabni o‘rganish asosida “Kutubxona-axborot faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari bo‘yicha takliflarni keyinchalik qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Yozma ma’lumot

2020-yil

1-fevralga qadar

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

15.

Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tajriba va texnologiyalarni o‘rganish asosida o‘quv jarayoniga kutubxona ishi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

1-iyulga
qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi

V. Axborot-kutubxona markazlarining faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

16.

Axborot-kutubxona markazlari fondlari va moddiy-texnik bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil

1-iyunga
qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi o‘z faoliyatini to‘laqonli amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan bino ajratish.

Toshkent viloyati
hokimi qarori

2020-yil

31-martga qadar

Toshkent viloyati hokimligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

18.

Hududiy kutubxonalarni keyinchalik xalqaro tizimlar bilan integratsiyalashuvini amalga oshirish uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ulash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-2020-yillar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

19.

Axborot-kutubxona muassasalarini ta’mirlash, zarur hollarda bino va inshootlar qurish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari

2019-2020-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Axborot-kutubxona markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik ta’minlash.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

21.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlariga jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

22.

Ko‘zi ojizlar kutubxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan ularni maxsus kompyuter va boshqa texnika bilan jihozlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirla�ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-avgustga qadar

Madaniyat vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi