22.04.2019 yildagi 343-son
Hujjat 23.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yillik reja maktablar tomonidan har kalendar yili boshlangunga qadar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi va kelishish uchun maktabning Kuzatuv kengashiga (keyingi o‘rinda Kuzatuv kengashi deb ataladi) kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.


Pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha
___________-son

NAMUNAVIY ShARTNOMA

_______________________

20____ y. “____”____________

(shartnoma tuzilgan joy)

Ustav asosida ish ko‘ruvchi maktab direktori _____________ �umani/shahri (nomi) ______________

(nomi)

(maktab raqami/nomi)
-son _______________________ keyinchalik “Maktab” deb yuritiluvchi, bir tomonidan __________

(direktorning F.I.O.)

_______________________________ nomidan o‘quvchining manfaatlarini ifoda etuvchi

(ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.)

_______________________________ keyinchalik “Buyurtmachi” deb yuritiluvchi, ikkinchi

(o‘quvchi F.I.O., sinf)

tomonidan, mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:


1. ShARTNOMA PREDMETI

1.1. Ushbu shartnoma o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar (aniq, ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlar), jumladan, to‘garak hamda sport seksiyalarini tashkil etish munosabatlarni tartibga soladi.


2. MAKTABNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

2.1. Maktabning huquqlari:
O‘quvchidan o‘quv rejasi va dasturlari, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishini talab qilish;
Dars jarayoni vaqtida o‘quvchidan o‘quv va ijro intizomiga qat’iyan rioya etishini talab qilish;
O‘quvchidan ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ustoz va murabbiylarni hurmat qilishni, maktab mulki, nufuzini himoya qilishni talab qilish;
Buyurtmachidan mazkur shartnomada belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni talab qilish, aks holda o‘quvchini qo‘shimcha mashg‘ulotlardan (darslardan) chetlashtirish.
2.2. Maktab majburiyatlari:
Davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq maktabda o‘quvchini o‘qitishni tashkil etish;
Maktabda qo‘shimcha mashg‘ulotlar jarayonlariga malakali o‘qituvchilarni jalb etish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini joriy etish;
O‘quvchida bilim olish salohiyatini shakllant�rish maqsadida o‘quv rejasiga qo‘shimcha ravishda turli interaktiv darslarni tashkil etish;
Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda o‘quvchiga maktabning mavjud o‘quv-uslubiy, axborot-resurs va moddiy-texnika bazasiga muvofiq o‘qish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z vaqtida (o‘quv jarayoni boshlanishidan 10 kun oldin) buyurtmachilarga yetkazish va ularni belgilangan tartibda ko‘rsatiladigan pullik xizmatlari shartlari bilan tanishtirish;
Ushbu shartnomaga asosan o‘quvchi pullik xizmatlar asosida quyidagilar bilan ta’minlanadi:
a) _____________________________________________________________________

(soatlar miqdori ko‘rsatiladi)

xajmda___________________________________________________________________.

(ko‘rsatiladigan xizmatlardan kelib chiqib to‘ldiriladi)


3. BUYuRTMAChINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. Buyurtmachining huquqlari:
Maktabdan o‘quvchiga tanlagan zamonaviy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi bilim va ko‘nikmalarni berishni talab qilish, tegishli o‘qituvchilardan maslahatlar so‘rash;
3.2. Buyurtmachining majburiyatlari:
Ko‘rsatilayotgan jami qo‘shimcha pullik xizmatlar bir kalendar oyi uchun belgilangan to‘lov miqdorini mazkur shartnoma talablariga muvofiq maktabga to‘liq hajmda va o‘z vaqtida to‘lash;
Mazkur shartnoma talablariga so‘zsiz amal qilish maqsadida va shartnomada ko‘rsatilgan qo‘shimcha ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun o‘quvchining darslarga muntazam ravishda qatnashishi nazoratini ta’minlash;
O‘quvchi tomonidan maktab mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash.


4. MOLIYAVIY ShARTLAR

4.1. Ko‘rsatilayotgan jami qo‘shimcha pullik xizmatlar bir kalendar oyi uchun ___________________
_____________________________________________________________________ so‘m
________________________________________________________________________

(summa raqam va so‘z bilan)

mablag‘ miqdorini tashkil etadi.
4.1.1. Shu jumladan, ushbu shartnomada ko‘rsatilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun to‘lanadigan mablag‘ quyidagi miqdorda belgilanadi (xizmatlar turlari bo‘yicha):
a) _______________________________ — ______________________ so‘m;

(xizmat nomi)

(xizmat narxi)

b) _______________________________ — ______________________ so‘m;

(xizmat nomi)

(xizmat narxi)

v) _______________________________ — ______________________ so‘m.

(xizmat nomi)

(xizmat narxi)

4.2. To‘lov har oyning 5 (beshinchi) sanasidan kechikmagan holda, buyurtmachi tomonidan 100 (yuz) foiz oldindan amalga oshiriladi. To‘lov banklar orqali maktabning tegishli g‘aznachilik bo‘limlarida ochilgan shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4.3. Ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lov turi buyurtmachi tomonidan tanlanadi.
4.4. Ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha pullik xizmatlarning to‘lov miqdori eng kam ish haqi o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgaradi.
4.5. Ushbu shartnomaning 4.1 va 4.2-bandlariga muvofiq qo‘shimcha pullik xizmatlar uchun to‘lov buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, ushbu shartnoma bekor qilinib, o‘quvchi qo‘shimcha mashg‘ulotlardan (darslardan) chetlashtiriladi.
4.6. O‘quvchining kasalligi yoki boshqa asosli sabab va holatlarda, buyurtmachining yozma arizasiga binoan ushbu shartnoma bekor qilinadi va xizmatlarni ko‘rsatilmagan qismi uchun oldindan to‘langan to‘lov qaytariladi.
4.7. O‘quvchi mashg‘ulotlarni sababsiz qoldirgan holatlarda buyurtmachiga xizmatlar uchun oldindan o‘tkazilgan to‘lovlar qaytarilmaydi.


5. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI

5.1. Shartnoma tomonlar uni imzolab, maktab hisobraqamiga buyurtmachi tomonidan qo‘shimcha ta’lim va boshqa pullik xizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarni to‘liq bajargunga qadar amal qiladi.


6. ShARTNOMANI BEKOR QILISh HOLATLARI

6.1. Quyidagi hollarda shartnoma bekor qilinadi:
taraflarning kelishuviga muvofiq;
o‘quvchi maktabda o‘rnatilgan tartibga muvofiq maktab direktorining buyrug‘iga asosan qo‘shimcha mashg‘ulotlardan (darslardan) chetlashtirilganda;
tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmaganda;
uzrli sabablar bilan buyurtmachining yozma arizasiga ko‘ra;
qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa hollarda.


7. BOShQA ShARTLAR

7.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Agar nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning iloji bo‘lmasa, nizo qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudda ko‘rib chiqiladi.
7.2. Ushbu Shartnomada yozma ravishda bajarilgan va ikki tomonlama imzolangan barcha ilovalar, qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi bo‘ladi va yuridik kuchga ega deb hisoblanadi.
7.3. Shartnoma teng yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi maktabda, ikkinchi nusxasi buyurtmachida saqlanadi.


8. Tomonlarning manzili, bank rekvizitlari va boshqa ma’lumotlari:

“MAKTAB”

“BUYuRTMAChI”*

______________________________________________________________________ ___________________________________ ___________________________________ ___________________________________ ___________________________________ ___________________________________ ___________________________________ ___________________________________ ___________________________________

____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________

Maktab direktori: ___________________

Ota-ona (yoki tashkilot rahbari):
____________________

(F.I.O.)

(F.I.O.)

____________________________

(imzo)

(imzo)

Yuristkonsult:______________________

(F.I.O)

____________

(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.