Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 09.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Markaziy bank, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2-ilovaga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan minimal gender ko‘rsatkichlar va boshqa ma’lumotlarning “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishini va ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilanib borilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkichlar nomlanishi

Ma’lumotlarni shakllantirish uchun mas’ul organ

1.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida haq to‘lanmaydigan uy ishlarini bajarishda sarflangan o‘rtacha soatlar soni

(imkoniyat bo‘lganida, uy ishlarida va bolalarni parvarish uchun sarflangan vaqt alohida ko‘rsatilsin)

Davlat statistika qo‘mitasi

2.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida birgalikda haq to‘lanadigan va haq to‘lanmaydigan uy ishlari uchun sarflangan o‘rtacha soatlar soni (yuklamaning umumiy hajmi)

Davlat statistika qo‘mitasi

3.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 — 24 yosh, 15 yosh hamda undan katta yoshdagilarning (15 +) ishchi kuchida ishtiroki koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida band bo‘lganlar umumiy sonida o‘zini-o‘zi band qilganlarning ulushi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

5.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ishchilar tarkibidan band bo‘lganlar ulushi, oilaviy biznesiga daromad olib kelayotganlar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

6.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ish beruvchilar tarkibidan band bo‘lganlar ulushi

Davlat statistika qo‘mitasi

7.

Ayollar egalik qilayotgan firmalar foizi

Davlat xizmatlari agentligi

8.

Xotin-qizlar va erkaklarning sektorlar kesimida bandlik foizi

(sektorlar deb, qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish kabi sohalar tushuniladi)

Davlat statistika

qo‘mitasi

9.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida qishloq xo‘jaligida band bo‘lmaganlar soniga nisbatan norasmiy sektorda band bo‘lganlar foiz hisobida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

10.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 — 24 yoshlilar o‘rtasida yoshlar ishsizligi koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

11.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida kreditlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lgan aholi soni

Davlat statistika qo‘mitasi

12.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida yer mulkiga ega bo‘lgan katta yoshli aholi soni

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi

13.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida haq to‘lashdagi farq

Davlat statistika qo‘mitasi

14.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida band bo‘lganlar sonidan to‘liq band bo‘lmaganlar ulushi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

15.

25 — 49 yoshlilar 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bilan va farzandsiz uy xo‘jaligida yashayotgan kishilar orasidagi bandlik koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

16.

Tarbiyasi sustkashlik bilan olib borilayotgan 3 yoshga to‘lmagan bolalar soni.

Davlat statistika qo‘mitasi

17.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida internetdan foydalanayotgan shaxslar ulushi

Davlat statistika qo‘mitasi

18.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida mobil/uyali aloqa vositalaridan foydalanayotganlar ulushi

Davlat statistika qo‘mitasi

19.

Ommaviy axborot vositalaridan (radio, televideniye, internet) foydalanayotgan uy xo‘jaliklari ulushi, uy xo‘jaliklari boshlig‘i Xotin-qizlar va erkaklar kesimida

Davlat statistika qo‘mitasi

20.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida yoshlar savodxonligi darajasi (15 — 24 yoshlilar orasida)

Davlat statistika qo‘mitasi

21.

O‘g‘il bolalar va qizlar kesimida boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olinganlarning aniqlashtirilgan koeffitsiyenti

Davlat statistika qo‘mitasi

22.

O‘g‘il bolalar va qizlar kesimida o‘rta ta’lim bilan qamrab olish umumiy koeffitsiyenti

Davlat statistika qo‘mitasi

23.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida maktabdan keyingi ta’lim bilan qamrab olish umumiy koeffitsiyenti

Davlat statistika qo‘mitasi

24.

Boshlang‘ich, o‘rta, maktabdan keyingi ta’lim bilan qamrab olish darajasi bo‘yicha gender tengligi indeksi

Davlat statistika qo‘mitasi

25.

Fan, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bitiruvchilari orasida ayollar ulushi

Davlat statistika qo‘mitasi

26.

Maktabdan keyingi ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibida ayollarning ulushi

Davlat statistika qo‘mitasi

27.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida boshlang‘ich ta’limning 1-sinfiga qabul qilinganlarning aniqlashtirilgan koeffitsiyenti

Davlat statistika qo‘mitasi

28.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida boshlang‘ich ta’limni tugatganlik koeffitsiyenti

Davlat statistika qo‘mitasi

29.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida o‘rta ta’limning birinchi bosqich bitiruvchilarning umumiy koeffitsiyenti

Davlat statistika qo‘mitasi

30.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida boshlang‘ich ta’limdan ta’limning o‘rta bo‘g‘iniga o‘tish koeffitsiyenti (umumiy dasturlar)

Davlat statistika qo‘mitasi

31.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 25 yosh va undan kattalar ta’lim olganligi darajasi

Davlat statistika qo‘mitasi

32.

15 — 49 yoshli turmushga chiqqan ayollar hamda ittifoqda yashayotgan ayollar orasida kontratseptik vositalaridan keng foydalanilganlik ko‘rsatkichi (%)

Davlat statistika qo‘mitasi

33.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida 5 yoshga to‘lmagan bolalar o‘limi (holatlar soni)

Davlat statistika qo‘mitasi

34.

Onalar o‘limi koeffitsiyenti

Davlat statistika qo‘mitasi

35.

Perenatal parvarishlash/xizmat ko‘rsatish doirasi (%)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

36.

Malakali tibbiyot xodimlari tomonidan parvarish qilingan tug‘ilishlar soni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

37.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 yoshlilar va undan kattalar o‘rtasida tamaki mahsulotlarni iste’mol qilish tarqalganligi (%)

Davlat statistika qo‘mitasi

38.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ortiqcha vazn (semizlikdan) aziyat chekayotgan katta yoshlilar ulushi

Davlat statistika qo‘mitasi

39.

15 — 49 yoshlilar orasida OIV/OITS tashxisi bilan kasallangan ayollar ulushi (soni)

OITS markazi

40.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida retroviruslarga qarshi davolanayotganlar soni

OITS markazi

41.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 60 — 64 yoshlilar o‘rtacha umr ko‘rishi ehtimoli yuqori bo‘lganlar (%)

Davlat statistika qo‘mitasi

42.

Yoshi kattalarning vafot etishi (sabablar va yosh bo‘yicha toifalari kesimida)

Davlat statistika qo‘mitasi

43.

Vazir (vazirga tenglashtirilgan) lavozimlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar ulushi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

44.

Milliy Parlamentda ayollar egallagan lavozimlar (deputatlik o‘rinlari) ulushi

Markaziy saylov komissiyasi

45.

Boshqaruv lavozimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar ulushi

Davlat statistika qo‘mitasi

46.

Ichki ishlar xodimlari sonidan ayollar ulushi

Ichki ishlar vazirligi

47.

Sudyalar orasida ayollar ulushi

Oliy sud

48.

Jinsiy sherigi bo‘lgan, shuningdek so‘nggi 12 oyi davomida amaldagi yoki oldingi jinsiy sheriklari tomonidan jinsiy va/yoki jismoniy zo‘rlanishga duchor bo‘lgan (15 — 49 yoshdagilar) ayollar ulushi

Ichki ishlar vazirligi

49.

Yaqin sherik hisoblanmagan shaxslar tomonidan jinsiy zo‘rlanishga duchor bo‘lgan ayollar, 15 yoshli va undan kattalar (15 — 49 yoshdagi ayollar) ulushi

Ichki ishlar vazirligi

50.

Ayollarning jinsiy organlarida mayib (majruh) qiluvchi operatsiyalar tarqalgani / kesishlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

51.

20 — 24 yoshda turmush qurgan ayollar sonidan 18 yoshga to‘lmasdan qonuniy yoki noqonuniy turmush qurgan ayollar ulushi

Davlat statistika qo‘mitasi

52.

O‘smir qizlar orasida erta tug‘ruqlar foizi

Davlat statistika qo‘mitasi

53.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari davomida nafaqa olgan fuqarolar soni

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

54.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqalar manbalari to‘g‘risida ma’lumotlar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi