Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

×
 ×
Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Yo‘lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

Hujjat 07.03.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Transport sohasini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish

1.

Transport sohasida milliy qonunchilikni xatlovdan o‘tkazish va uni xalqaro normalar bilan uyg‘unlashtirish.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish

2019-yil 1-dekabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Adliya vazirligi (Istamov), O‘zstandart (Sattarov),

Bosh prokuratura (Saidkarimov)

2.

Tashish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlashi va transport vositalarining yo‘llardagi harakatlanish tezligini masofadan kuzatish, avtotransport vositalarining texnik holati va safar oldi texnik ko‘rikdan o‘tganligi hamda haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini nazorat qilish imkoniyatini beruvchi elektron tizimining yagona minimal standartlarini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

IIV (Bobojonov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

3.

Yo‘lovchilar va yuk tashishlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish tartibi to‘g‘risida Nizom loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2019-yil

1-avgustgacha

IIB (Bobojonov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

5.

Jamoatchilik kuzatuvi mexanizmlaridan foydalangan holda avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Tashkiliy

tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

IIV (Bobojonov).

6.

Etakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, Toshkent shahrida yo‘lovchi transporti faoliyatini tubdan takomillashtirish Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2019-yil 1-iyulgacha

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (Valiyev)

7.

“Toshshahartransxizmat” AJning avtobus parklaridagi hissasini ishonchli boshqaruvga o‘tkazish yoki xususiy mulkka sotish chora-tadbirlarini ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi (Jo‘rayev),

Transport vazirligi (Dexkanov),

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev)

8.

Temir yo‘l va havo tashishlari sohasida:

yuk hujjatlarini rasmiylashtirishni amalga oshirish, tashish uchun hisob-kitoblar qilish;

havo kemalari, vagonlar va konteynyerlarning to‘lganligi darajasi hamda poyezdlar harakatini onlayn tarzda monitoring qilish;

vagonlar va konteynyerlar harakatlarini, shu jumladan mobil telefonlar uchun ilovalardan foydalangan holda, masofadan kuzatish imkoniyatini yaratuvchi elektron tizimni joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xosilov), “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ (Xakimov)

9.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga litsenziyalashni soddalashtirish va nazorat tizimini takomillashtirishni hisobga olib, shu jumladan “tijorat asosida amalga oshiriladigan tashishlar” tushunchasini izohlashni nazarda tutgan holda, o‘zgartirishlar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

IIV (Bobojonov),

Adliya vazirligi (Davletov)

10.

Ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarining narx siyosatini, texnik konfiguratsiyasi va turlarini milliy avtotransport kompaniyalarining real ehtiyojlarini hisobga olib, qayta ko‘rib chiqish.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-aprelgacha

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (G‘ulomov), O‘zavtosanoat (Umurzoqov), Monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi (Sharipov), Moliya vazirligi (X�ydarov)

11.

Milliy eksport qiluvchilarni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish, shu jumladan eksport qilinadigan milliy tovarlar tashishni subsidiyalash tartibini joriy etish yo‘li bilan.

Tahliliy ma’lumot shaklida xulosa

2019-yil1-aprelgacha

Moliya vazirligi (Xaydarov),Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

12.

O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro yuk tashishlariga ixtisoslashtirilgan transport-logistika qo‘shma korxonalarini tashkil etish uchun yetakchi xorijiy transport kompaniyalarni jalb etish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-oktabrgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

13.

Milliy, shu jumladan milliy tashuvchilarning xorijdan orqaga qaytishida yuklar yuklanishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va yagona elektron logistik portalning operatori hisoblangan milliy ekspeditorlik kompaniyasini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

14.

Qora dengiz havzasi, Kaspiy va O‘rta yer dengizlari, Fors ko‘rfazining yirik dengiz portlarida hamda transkontinental dengiz tutashmalarida joylashgan portlarda vakolatxonalar, front-ofislar va stividor kompaniyalarni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyungacha

Investitsiyalar �a tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Savdo sanoat palatasi (Ikramov)

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabida “Logistika va yetkazib berish tizimini boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash jarayoni tashkil qilish, bunda yetakchi xorijiy mutaxassislar hamda logistika va yetkazib berish tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasalarini jalb qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Davlat boshqaruvi Akademiyasi (Kasimov Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabi (Abduraupov)

16.

“Transport logistikasi” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlarini tayyorlashni tashkil etish samaradorligini oshirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

1-aprelgacha

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

17.

Milliy oliy ta’lim muassasalarida aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni tiklash bo‘yicha takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Transport vazirligi (Maxkamov)

18.

Ilg‘or xorijiy ishlanmalarni joriy etgan holda, hududiy rejalashtirish uchun transport makro va mikro modellashtirishni ishlab chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov)

19.

Taqsimlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etgan holda avtomobilda xalqaro tashishlar uchun xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Bosh prokuratura (Mavlonov)

20.

Amalga oshirilayotgan xalqaro avtomobilda yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

DBQ (Azimov)

21.

“O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy” yo‘nalishi bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvonini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

II. Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashish jarayonlarini takomillashtirish

22.

Yo‘nalishli taksilar uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarining maxsus seriyali davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

IIV (�obojonov)

III. Yo‘l, yo‘l yoqasi va boshqa infratuzilmalarni takomillashtirish

23.

Janubiy-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, MDH va Yevropa punktlari o‘rtasida transfert oqimiga xizmat ko‘rsatish markazini bosqichma-bosqich tashkil etishga qaratilgan Markaziy Osiyo xabi Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

24.

Xalqaro standartlarga yetkazish maqsadida aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda aerodromlarni samolyotlar oqimi ko‘payishi ehtimoliga tayyorlash (zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, uchish-qo‘nish yo‘lagi va perronlar turargohlari sonini ko‘paytirish).

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov)

25.

Aeroportlarning noaviatsiya daromadlarini oshirish uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish, aeroportlar hududida xizmatlarni taqdim etish uchun xususiy sektorga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov)

26.

Yo‘lovchilarga zarur qulayliklar va xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab turgan temir yo‘l vokzallarini xalqaro normalar va standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida (simsiz internetdan erkin foydalanish, chipta kassalariga elektron navbatlar, yo‘lovchilarni xabardor qilishning markazlashgan tizimi, xavfsizlik choralarini ko‘rish, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar yoki og‘ir bagaj bilan sayohat qilayotganlarga qulaylik yaratish) modernizatsiya qilish va jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

“O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ (Xasilov),

27.

Ishlab turgan avtovokzallar, avtostansiyalar va to‘xtash bekatlariga egalik qilish shartlarini qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Avtovokzallar, avtostansiyalar, to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va boshqarishga, tomonlarning majburiyatlari va obyektlar joylashuvi standartlarini aniq belgilab, tadbirkorlik subyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy asosda

Transport vazirligi (Maxkamov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Davletov)

29.

Axborotlarni maxsus saytda joylashtirish, aholi va yo‘lovchilar uchun yo‘nalishlar, harakat jadvallari, xizmatlar va boshqa zaruriy ma’lumotlar haqida axborot bazalaridan erkin foydalanishni nazarda tutuvchi, jamoat transporti faoliyati haqida xabardor qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish yo‘li bilan yo‘lovchilarni axborot bilan ta’minlash darajasini oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (Valiyev)

30.

Aviatsiya yoqilg‘isini import qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish, shu jumladan aeroportlar hududida havo kemalariga uzluksiz xizmat ko‘rsatish uchun tadbirkorlik subyektlari va xorijiy kompaniyalarni jalb qilishni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Energetika vazirligi (Sultonov)

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov), “O‘zbekneftgaz”
AJ (Siddikov)

31.

Og‘ir yuk tashuvchi va yirik gabaritlitransport vositalarining “Qamchiq” dovoni orqali o‘tishini, shu jumladan tashishlarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari uchun Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘ylab muqobil aylanma yo‘llardan foydalanish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish yo‘li bilan kamaytirish yuzasidan choralarni ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil davomida

Transport vazirligi (Maxkamov),

TIV (Kamilov)

32.

Temir yo‘l tashuvlari sohasida faoliyatni amalga oshirishga, shu jumladan asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan mehmonxona va boshqa mol-mulkini tadbirkorlik subyektlariga autsorsing asosida berish yoki sotish bo‘yicha takliflarni kiritish yo‘li bilan, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-iyulgacha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xasilov)

33.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda, og‘ir vaznli va/yoki yirik gabaritliyuklarni tashish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-avgustgacha

Transport vazirligi (Abduvaliyev)

34.

Yo‘l yoqasi infratuzilma�i obyektlarini (kemping, parkovka, motel, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, sanitar punkti va boshqalarni) xorij tajribasidan kelib chiqib, davlat-xususiy sheriklik asosida respublikaning tranzit yo‘laklari bo‘ylab joylashtirish va qurish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Abduvaliyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov),

Qurilish vazirligi (Tuxtayev)

IV. Tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

35.

Xorijiy tashuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida yo‘lovchilar va yuklar tashishni amalga oshirgani, shuningdek, katta gabaritlar bo‘yicha cheklangan parametrlaridan oshganligi uchun javobgarlik choralarini belgilash.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-avgustgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), IIV (Bobojonov),

DSQ (Musayev),

DBQ (Azimov)

36.

Xorijiy tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish muddatlariga nisbatan mos choralarni ko‘rish tartibini joriy etish, respublika hududida uzoq muddat bo‘lish uchun ruxsatnomani faqatgina asoslangan sabablar mavjudligida taqdim etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), IIV (Bobojonov), DBQ (Azimov)

37.

O‘zbekiston Respublikasining TRASEKA Hukumatlararo Komissiyasining Doimiy Kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish to‘g‘risida 2005-yil 21-apreldagi Bitimga qo‘shilishi yo‘li bilan TRASEKA doirasida hamkorlikni faollashtirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumot ko‘rinishida xulosa

2019-yil 1-aprelgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Moliya vazirligi (Xaydarov)

V. Tashuvchilar va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliklarini

majburiy sug‘urtalash mexanizmlarini takomillashtirish

38.

Tashuvchilar va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliklarini majburiy sug‘urtalash mexanizmlarini, shu jumladan sug‘urta qoplamasi miqdorini oshirish, sug‘urta kompaniyalarini respublika hududiga (bojxona) kirish joylarida joylashtirish tartibini belgilash masalalarini nazarda tutgan holda takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Moliya vazirligi (Xaydarov)

39.

Xorijiy transport vositalarini qo‘shaloq sug‘urtalanishi holatlariga yo‘l qo‘ymagan holda, avtosug‘urtaning yagona namunalari qo‘llanishini ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy asosda

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

VI. Transport sohasida tariflar, yig‘imlar va to‘lovlarni belgilash tartibini takomillashtirish

40.

Davlatlar va mahsulotlar kesimida raqobatbardosh narxlarni ta’minlashni hisobga olgan holda, eksport mahsulotlarini tashish tariflarini optimallashtirish.

Idoraviy hujjatlar

2019-yil 1-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xosilov), “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ (Xakimov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

41.

Xorijiy davlatlarning katta hajmli yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun yo‘l yig‘imlari kilometrli yoki vaqtbay hisoblash tizimini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tajribani, asosan davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘llash yuzasidan takliflarni kiritish.

Tahliliy ma’lumot ko‘rinishida xulosa

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi(Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

DBQ (Azimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi