26.02.2019 yildagi 170-son
Hujjat 23.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, shuningdek, davlat uy-joy fondidagi turar joylar berishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning birinchi xatboshisidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda tashkilotlarda sog‘liqni saqlash organi, davlat kadastr xizmati, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va murojaat qilgan fuqaroning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vakillaridan iborat tarkibda turar joy masalalari bo‘yicha komissiya tuziladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi mahalliy davlat hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ushbu Nizomning 12-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, shuningdek, bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
b) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan muddatda, ammo boshqa aholi punktlarida yashaydigan, agar ular yashash joyi bo‘yicha ish joyi joylashgan aholi punktida amalda bo‘lgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar hisobiga qo‘yish shartlariga javob bergan taqdirda, shu aholi punktida joylashgan tashkilotlarda uzluksiz ishlagan xodimlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-banding “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
50. Davlat uy-joy fondidagi xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq o‘z mehnat majburiyatlarining turiga ko‘ra ish joyida yoki xizmat binosida yashash zarur bo‘lgan fuqarolarga ijara haqini to‘lash majburiyati yuklatilmagan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar joy beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Toifalarning nomlanishi

1.

Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalari (nogironlar, faxriylar, yolg‘iz keksalar uchun internat-uylar)ning bug‘ qozon qurilmalari operatorlari

2.

Nasos stansiyalari, yirik gidrouzellar va to‘g‘onlarga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi texniklar, mashinistlar, elektr texniklar

3.

Kommunal xizmat ko‘rsatishning suv oqizish-kanalizatsiya va gaz xo‘jaligi avariya-dispetcherlik xizmatlari ustalari, chilangarlari

4.

Yo‘l oraliqlari ustalari, tuzatuvchilari

5.

Gazdan ta’minoti korxonalari xodimlari

6.

Suv xo‘jaligining foydalanish uchastkalari boshliqlari, gidroinshootlarning tartibga soluvchilari va gidropostlarning kuzatuvchilari, uchastka gidrotexniklari va gidroo‘lchovchilari

7.

Kabelli (radiorele) kuchaytirish punktlariga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi texniklar, radio va televizion stansiyalarga, shuningdek, qishloq joylardagi maxsus obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi elektr mexaniklar

8.

Elektr tarmoqlari va yordamchi stansiyalarning navbatchi muhandislari, kabelli taqsimlash tarmoqlarining navbatchi muhandislari va texniklari

9.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining uchastka vrach-terapevtlari, pediatrlari;

Nogironlar va qariyalar uylarining hamda aqlan zaif bolalar uchun nogiron bolalar uylarining direktorlari, vrach, (feldsher)lari, katta tibbiyot hamshiralari, shuningdek, ushbu bolalar uylarining tarbiyachilari, sanatoriylar va dam olish uylarining bosh vrachlari, vrach (feldsher)lari, xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi hamshiralari

10.

Oilaviy bolalar uyining tarbiyalash uchun ularga berilgan bolalar bilan birga yashovchi ota-ona tarbiyachilari

11.

O‘rmon, qo‘riqxona, zakaznik (daxlsiz o‘rmon qo‘riqxonasi), ovchilik xo‘jaliklarining direktorlari, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari, o‘rmon kesuvchilari, yollangan ovchilari

12.

Boshqa joylardan vaqtinchalik taklif etilgan oliy toifali trenerlar va sport ustalari

13.

Harbiylashtirilgan qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari

14.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kazarma — uy-joy fondiga hamda kommunal inshootlarga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq ishchi va xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitserlar tarkibidagi shaxslar va belgilangan muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari

15.

Ichki ishlar organlarining xodimlari

16.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va tuman, shahar hamda harbiy sudlarning sudyalari

17.

Prokuratura organlarining xodimlari

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar h�kimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari apparatlarining boshqa hududlardan ishga taklif etilgan mas’ul xodimlari

19.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, Toshkent shahrida turar joyga ega bo‘lmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning o‘rinbosari

20.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va uning o‘rinbosari

21.

Qishloq joylardagi aloqa bo‘limlarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari

22.

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Turar joyning ijara shartnomasi turar joyning balansda saqlovchisi yoki vakolatli organlari tomonidan turar joyni olayotgan fuqarolar bilan Fuqarolik kodeksi va Uy-joy kodeksida belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shaklda tuzilishiga rioya qilinmasligi va uning hisobga olinmasligi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Turar joyni berish va uni qaytarib olish tomonlarning vakolatli shaxsi ishtirokida, mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan namunadagi shaklida, ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzilgan holda amalga oshirilib, ushbu dalolatnomada quyidagilar qayd etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(29-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)

Turar joyni ijaraga oluvchiga topshirish
DALOLATNOMASI

20___ y. “____” _________________

___________________________________
(aholi joyining nomi)

Bizkim, Ijaraga beruvchining topshirig‘iga ko‘ra uning nomidan ish yurituvchi ___________________________________ va ____________________ ning “___”_________20__ y. dagi ______-son qaroriga muvofiq Seriya_______________ № _____________ order asosida harakat qiluvchi ijaraga oluvchi fuqaro _____________________________________________________ tomonidan ushbu dalolatnoma tuzildi shu haqdaki, Ijaraga beruvchining vakili va Ijaraga oluvchi o‘rtasida ____________________________________________ manzilida joylashgan ____ uyning _____qavatidagi _______ kvartirani topshirish va qabul qilish amalga oshirildi.
Turar joy umumiy maydoni _________ kv.m. bo‘lgan __________ ta yashash xonasidan iborat.
Turar joyning tarkibi:

Oshxona
vanna xonasi
hojatxona
dahliz (xoll)
omborxona
balkon
lodjiya
yashash xonasi
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;
__________________;

Turar joy suv ta’minoti (sovuq va issiq suv), kanalizatsiya va issiqlik tarmog‘i (markaziy va mahalliy isitish tizimi), elektr tizimi, telefon aloqasi bilan ta’minlangan (yo‘q bo‘lgani o‘chirib tashlansin).
Turar joyning qo‘shimcha xonalarida uskunalar o‘rnatilgan.
________________________________________________________________________________________________
Xonalarning texnik holati
________________________________________________________________________________________________

(xonalarning texnik holati ko‘rsatiladi)

Ijaraga beruvchi vakili
_______________________________________
(F.I.Sh. imzo, muhr)

Ijaraga oluvchi
_______________________________________
(F.I.Sh. imzo)