LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-730-sonli “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ushbu Qonunning maqsadi sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi.
hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari).
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Sug‘urta faoliyati klassifikatori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syurveyerlari, shuningdek assistans sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risida”gi Nizom.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning 61-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish;
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish;
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
sug‘urta tovoni to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni to‘lashi;
Keyingi tahrirga qarang.
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda yetkazishi;
sug‘urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urta brokerining faoliyati bundan mustasnodir.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
O‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) tanlash;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish;
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha to‘liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug‘urta agenti hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta agenti o‘z faoliyatini sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradi.
Sug‘urta agenti faqat o‘zi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan sug‘urtalovchi reyestriga kiritilganidan keyin o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
sug‘urta agentining tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan sug‘urtalovchilar nomidan sug‘urta shartnomalari tuzishiga;
agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta bo‘yicha sug‘urta agentining O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan chet el sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta shartnomalari tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan vositachilik faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urta agenti — jismoniy shaxs o‘z nomiga, to‘lovlar naqd pullar bilan amalga oshirilganida esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, o‘g‘li, qizi, opa-singillari va aka-ukalari) nomiga sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hujjatlar yozishga, shuningdek o‘z foydasiga sug‘urta shartnomalari tuzishga va bunda mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1213, 01.02.2003-y.) qarang.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida uchinchi—oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sug‘urtaning har qanday turi, shu jumladan majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta tavakkalchiligini baholashda, sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va sug‘urta qildiruvchining sug‘urta mukofotini to‘liq hajmda hamda sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lashida zarur ko‘mak ko‘rsatish;
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
sug‘urta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga to‘liqroq axborot berish maqsadida barcha uchun ochiq bo‘lgan manbalardan tavakkalchilik va sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda ma’lumotlar to‘plash.
Sug‘urta agenti qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta shartnomasi tuzishda va sug‘urta tovoni to‘lashda hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga ko‘maklashishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta tariflari, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sug‘urta shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida axborotga ega bo‘lishi;
sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘lishi, unga sug‘urta tavakkalchiligini pasaytirish va sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirishni taklif etishi;
sug‘urta qildiruvchilarning so‘roviga ko‘ra ularga sug‘urtaning amaldagi shartlari to‘g‘risida axborot berishi;
sug‘urta shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi va yangi muddatga o‘z vaqtida qayta rasmiylashtirishi;
tuzilgan sug‘urta shartnomalari va olingan sug‘urta mukofotlari summalari hisobini belgilangan shaklda yuritishi;
sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida tavakkalchilik shart-sharoitlarining jiddiy ravishda o‘zgarishiga taalluqli axborotni sug‘urtalovchi o‘z vaqtida olishini, shuningdek sug‘urta e’tirozlari yuzaga kelganda hamda ularni tartibga solish jarayonida sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida axborotning o‘z vaqtida almashinishini ta’minlashi;
tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, sug‘urtalovchining topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etishi shart.
Sug‘urta agentining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Adjaster sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining) topshirig‘i bo‘yicha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir:
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda — sug‘urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Adjaster o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan sug‘urtalovchi zararlarning o‘rnini qoplash va nizolarni hal qilish chog‘ida foydalanishi mumkin.
Adjasterning hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta voqeasini (sug‘urta hodisasini) o‘rganish uchun sug‘urta qildiruvchidan (sug‘urtalovchidan) zarur axborotni so‘rash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘zi sug‘urta obyektini sirtdan (zarur hollarda — texnika vositalarini qo‘llagan holda) ko‘zdan kechirganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirish;
faoliyati sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan yuridik ahamiyatga molik zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish.
Keyingi tahrirga qarang.
Adjaster qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasiga taalluqli ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Adjaster zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Aktuariy quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir:
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman sug‘urta majmui bo‘yicha zarar yetkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari og‘irligi darajasini belgilash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) zarur sug‘urta zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchining investitsiyalar sifatida to‘plangan badallardan foydalanishida kapital qo‘yilma normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga ko‘maklashadigan tarzda aniqlash;
sug‘urta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sug‘urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish;
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda belgilash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda baholash;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) daromadlarini sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo‘lsa yoki aktuar tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilgan taqdirda, aktuar xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilishi mumkin.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko‘rsatganlik, tijorat yoki boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilot zarar ko‘rishiga olib kelgan o‘zga xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar bo‘ladi.
Aktuar xizmatlari ko‘rsatish uchun aktuariy maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi shart.
Qarang: Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1725, 10.10.2007-y.).
Yuridik shaxs bo‘lgan aktuariy o‘z shtatida aktuariy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bitta aktuariyga ega bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Aktuariy hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborot sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, aktuar xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa aktuariylarni va o‘zga mutaxassislarni aktuar xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Aktuariy qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchilik faktlarini va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Aktuariy zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta syurveyeri quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir:
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta ekspertizasini o‘tkazishga vakolatli mutaxassislarning (ekspertlarning) ish tartibi sug‘urta syurveyeri tomonidan belgilanadi.
Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sug‘urta syurveyeri ishining natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etiladi, sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bu hisobotdan sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzish chog‘ida foydalanishi mumkin.
Sug‘urta syurveyerining hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
sug‘urta obyektini o‘rganish uchun sug‘urta qildiruvchidan (sug‘urtalovchidan) zarur axborotni so‘rash va olishga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli.
Sug‘urta syurveyeri qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Assistans sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga sug‘urta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko‘mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Assistans xizmatlariga sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar) ishtirokisiz faqat sug‘urtalovchilar tomonidan haq to‘lanadi.
assistans xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha sug‘urtalovchilar bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
assistans xizmatlari ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan barcha axborot sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;
tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Assistans qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta qildiruvchilardan (sug‘urtalangan shaxslardan) sug‘urta voqealari (sug‘urta hodisalari) to‘g‘risidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) zarur yordam ko‘rsatishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(91—99-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilar majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yoki eng kam miqdorini va majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan ko‘p yoki eng kam miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1806, 12.05.2008-y.).
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to‘lovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari mablag‘larini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablag‘lar hisobini yuritish hamda ular bo‘yicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi;
(10-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1882, 15.12.2008-y.).
sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan ijro etilishi majburiy bo‘lgan malaka talablarini belgilaydi;
Qarang: Sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 1827, 18.06.2008-y.).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 37-sonli “Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1945, 20.04.2009-y.) va “Sug‘urtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2564, 28.02.2014-y.).
(10-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini to‘liq yoki ayrim sug‘urta turlariga (klasslariga) nisbatan to‘xtatib qo‘yadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;
(10-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning IX-bo‘limiga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug‘urta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to‘g‘risida yillik hisobotlarni , shuningdek sug‘urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shuningdek sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sug‘urtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: “Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1975, 26.06.2009-y.).
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi;
belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reyestrini yuritadi;
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida o‘n birinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etishga, shuningdek sug‘urta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari, shuningdek sug‘urta bozorining yuridik shaxs bo‘lgan boshqa professional ishtirokchilari qonunlarda nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan shakllantiriladi.
Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining boshlang‘ich ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar muassislar tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi va qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondining eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilarning firma nomida ilgari tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning nomi bilan bir xil yoki ular bilan chalkashtirib yuboriladigan darajada o‘xshash belgilar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sug‘urtalovchilarning filiallari, shuningdek unitar korxona shaklida boshqa sug‘urtalovchilar tomonidan tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning nomlari bundan mustasnodir.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan manzili o‘zgargan taqdirda sug‘urtalovchi bu haqda sug‘urta qildiruvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali, o‘z ijrosidagi bir yildan ortiq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha esa yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga qarang.
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoxud umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.
Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to‘xtatib turilishi uning yangi sug‘urta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan amaldagi sug‘urta shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo‘ladi. Bunda sug‘urtalovchi ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir.
Litsenziyaning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtatib turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga o‘tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud qaror chiqargunga qadar bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat organiga hamda sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining arizasi yo‘llangan sudga taqdim etiladi.
Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sug‘urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bilan bog‘liq hollar bundan mustasnodir.
Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining ishlash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2058, 22.12.2009-y.).
Ushbu moddaning qoidalari sug‘urtalovchining arizasiga binoan litsenziya bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas.
Sug‘urtalovchilarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish maxsus vakolatli davlat organining ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun maxsus vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun berilgan ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror to‘g‘risida sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi hollarda sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishni rad qilishga haqli, agar:
sug‘urtalovchini qayta tashkil etish natijasida yangitdan tashkil qilinadigan sug‘urtalovchilarning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin bo‘lsa;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilarning qayta tashkil etilishi sug‘urta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi so‘rab taqdim qilingan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar bo‘lsa yoxud bu hujjatlar qonun hujjatlariga nomuvofiq bo‘lsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchi (sug‘urtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish natijasida yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilarga litsenziyalarni berish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilayotgan davri uchun hamda yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilar litsenziya olgunga qadar bo‘lgan davrda ular yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzaytirishga haqli emaslar, ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmalariga olingan, huquqiy vorislik tartibida o‘zlariga o‘tgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan mustasnodir.
Keyingi tahrirga qarang.
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda o‘ziga boshqa sug‘urtalovchi qo‘shilayotgan sug‘urtalovchi, agar qo‘shib olish natijasida litsenziyaning shartlari o‘zgarmasa, amaldagi litsenziyani saqlab qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi o‘zining muassislari (ishtirokchilari) yoki sug‘urtalovchining ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqaruv organi qaroriga binoan tugatilayotganda maxsus vakolatli davlat organining ruxsatnomasi talab qilinadi.
Muassislar (ishtirokchilar) yoxud sug‘urtalovchining ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqaruv organi tomonidan tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan keyin sug‘urtalovchi maxsus vakolatli davlat organiga tugatishga ruxsatnoma olish uchun ariza bilan yozma ravishda murojaat etgan holda quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanagacha bo‘lgan, auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan balans hisoboti;
Sug‘urtalovchini tugatishga ruxsatnoma olish uchun berilgan ariza zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror to‘g‘risida sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchini tugatish uchun ruxsatnoma berish bilan bir vaqtda sug‘urtalovchining taqdim etilgan tugatish rejasiga o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi hollarda sug‘urtalovchini tugatishga ruxsatnoma berishni rad etishga haqli, agar:
tugatish natijasida sug‘urta qildiruvchilarning hamda sug‘urtalovchi kreditorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilsa;
sug‘urtalovchini tugatishga ruxsatnoma berilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar bo‘lsa yoki bu hujjatlar qonun hujjatlariga nomuvofiq bo‘lsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan sug‘urtalovchi kreditorlarining talablari tugatishni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek tugatiladigan sug‘urtalovchining asosiy vazifalarini ta’minlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar to‘langanidan so‘ng quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — hayotni sug‘urta qilish sohasida majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilarning talablari;
ikkinchi navbatda — sug‘urta qildiruvchilarning boshqa majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha talablari;
to‘rtinchi navbatda — budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha talablar. Ko‘rsatilgan talablar to‘liq qanoatlantirilgandan keyin ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar hamda jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablari qanoatlantiriladi;
Qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun sug‘urtalovchilar ham so‘mda, ham chet el valyutasida to‘langan sug‘urta mukofotlaridan maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda sug‘urta zaxiralarini shakllantiradilar hamda joylashtiradilar.
Qarang: “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1882, 15.12.2008-y.).
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilar ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdordan va majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdoridan ortiq majburiyatlarni o‘z zimmalariga olishlari mumkin emas, ularning bu majburiyatlarni bajarish qobiliyati to‘lovga qobiliyatlilik normativlariga va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablariga muvofiq qayta sug‘urta qilingan hollar bundan mustasnodir. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmish sug‘urtalovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta brokerlari va qayta sug‘urta brokerlari maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta bozorida raqobatni cheklash yoki bartaraf etishga, bir sug‘urtalovchilarga boshqalariga qaraganda asossiz afzalliklar berilishiga yoki olinishiga, sug‘urta qildiruvchilar va boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga o‘z uyushmalari (ittifoqlari) va boshqa birlashmalaridan sug‘urta bozorini monopollashtirishga qaratilgan bitimlarga erishish yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sug‘urtalovchilarning so‘roviga ko‘ra sug‘urta hodisalarining yuz berishi sabablari va holatlari to‘g‘risidagi hamda sug‘urta tovoni miqdorlari sug‘urtalovchi tomonidan aniqlanishi maqsadida yetkazilgan zarar to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va xulosalarni taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchilar yoki sug‘urta brokerlaridan qabul qilingan pul mablag‘lari va majburiyatlarining miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni o‘z vakolati doirasida talab qilib olishga haqli. Bunday axborotni talab qilib olish yozma ravishda, so‘rov sabablari ko‘rsatilgan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi o‘zi olgan axborotning sir tutilishiga rioya etishi shart, axborotning oshkor qilinishi qonunda ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.
Sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar, sug‘urta qildiruvchilarning va sug‘urtalangan shaxslarning sog‘lig‘i, sug‘urtalangan mol-mulk, sug‘urta puli, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya etilayotgan sug‘urta bitimlari va operatsiyalarining ro‘yxati, sug‘urta tariflari, sug‘urta turlari hamda muddatlari ochiq axborot bo‘lib, sug‘urta siri predmeti bo‘lishi mumkin emas.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar sug‘urta qildiruvchi, shuningdek sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar o‘zlariga taalluqli ma’lumotlarga doir yozma rozilik berganda uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda sug‘urtalovchilar tomonidan sudga, prokurorga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda esa, surishtiruv va tergov organlariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tuzilgan sug‘urta shartnomalari va amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchi jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda quyidagilarga beriladi:
sud va notariusga — ularning ish yurituvida bo‘lgan merosga oid ishlar bo‘yicha sudning qarori yoki notariusning o‘z muhri bilan tasdiqlangan yozma so‘rovi asosida. Notariusning yozma so‘roviga sug‘urta qildiruvchi vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilingan bo‘lishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el sug‘urta tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar — sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urta qilishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashinalar hamda mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda ana shunday sug‘urta shartnomalarini tuzish sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.