O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori ijrosini ta’minlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (keyingi o‘rinlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar deb ataladi), ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, o‘zlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishiga ruxsat berilsin.
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan eksport qilinadigan un miqdori ular tomonidan import qilingan don miqdorining 75 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi 866-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi 866-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)
2020-yilning 1-yanvariga qadar ilovadagi ro‘yxatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan don mahsulotlari bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zdonmahsulot”AK bilan birgalikda ikki hafta muddatda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarni hamda non ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularning rentabelligini ta’minlash maqsadida un va non narxini shakllantirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
T/r | Mahsulotlar nomi | TIF TN kodi |
1. | Qattiq urug‘lik bug‘doy | 1001110000 |
2. | Urug‘lik bug‘doy, qattiq bug‘doydan tashqari | 100191 |
3. | Oziqa yoki nooziqa qattiq bug‘doy | 1001190000 |
4. | Oziqa yoki nooziqa bug‘doy, qattiq bug‘doydan tashqari | 1001990000 |
5. | Qayta ishlanmagan arpa | 1003900000 |
6. | Makkajo‘xori, shirinidan tashqari | 1005900000 |
7. | Qayta ishlanmagan tariq | 1008290000 |
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)