21.06.2018 yildagi PQ-3795-son
Hujjat 22.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilida Universitetning bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasini 3-ilovaga muvofiq 150 kishi (shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha 30 kishi), Universitetning magistraturasiga 50 kishi (shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha 10 kishi) etib belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilish imkoniyatini nazarda tutish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1 va 2 ilovalar rus tili matnida berilgan.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi

T/r

Rejalashtirilayotgan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. JIDUda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish

1.

Universitetda joriy etilayotgan yangi ta’lim yo‘nalishlari: “xalqaro iqtisodiyot va menejment”, “gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” kabi yo‘nalishlar o‘qitish uchun kiritilayotganligini hisobga olgan holda ta’lim standartlarini tasdiqlash.

Vaz�rlar Mahkamasi qarori

2018-yil iyun

TIV, Oliy ta’lim vazirligi

2.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriati va magistraturasida o‘qish uchun talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida quyidagilarni nazarda tutuvchi Nizomni tasdiqlash:

chet tili, matematika hamda tarix, ona tili va adabiyot bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazgan holda bakalavriatda o‘qish uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish tartibini joriy etish;

JIDUga kirish uchun abituriyentlarni tanlab olish bo‘yicha dastlabki imtihon sinovlarini o‘tkazish tartibi; bakalavriatga qabul qilishda chet tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, bunda IELTS bilimlar darajasi ko‘rsatkichi — kamida 5,5 ball, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 61 ball, shuningdek, Test DaF, GOETNE sertifikati, DELF imtihonlari va hokazolar bo‘yicha CEFR uslubidagi B2 minimal ko‘rsatkichga ega, umum tomonidan qabul qilingan, shu jumladan amaldagi xalqaro sertifikatlar asos bo‘ladi;

magistraturaga qabul qilishda chet tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, bunda IELTS bilimlar darajasi ko‘rsatkichi — kamida 6,5 ball, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 85 ball, shuningdek, Test DaF, GOETNE sertifikati, DALF imtihonlari va hokazolar bo‘yicha CEFR uslubidagi S1 minimal ko‘rsatkichga ega, umum tomonidan qabul qilingan, shu jumladan amaldagi xalqaro sertifikatlar asos bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil iyun

TIV, DTM, Oliy ta’lim vazirligi

3.

Xorijiy tillarga o‘qitish va sinxron tarjimonlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturni qabul qilish va amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018-yil avgust

TIV, Oliy ta’lim vazirligi, O‘zDJTU

4.

Talabalar tomonidan o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash hamda keyinchalik ularning ishga joylashtirilishini ta’minlash tartibini tasdiqlash, bunda talabalar amaliyotini tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi idoralararo bitimlarni tuzish va ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, JIDU bitiruvchilarining lavozimlar bo‘yicha o‘sishining ta’sirchan monitoringini amalga oshirish mexanizmlari nazarda tutiladi.

Qo‘shma qaror

2018 yilnoyabr

TIV,Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TSV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab JIDUda “gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limni tashkil etish borasidagi tashkiliy-huquqiy, o‘quv-uslubiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yil avgust

TIV, Oliy ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

6.

Bakalavriat va magistraturada to‘lov kontrakt asosida ta’lim olish qiymatining miqdorini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qo‘shma qaror

2018 yil iyul

TIV, Moliya vazirligi

7.

Chet ellardagi ixtisoslashgan sherik — oliy o‘quv yurtlarining innovatsion va ilg‘or xalqaro amaliyot tajribasini o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’muriy faoliyatga tizimli asosda joriy etishni tashkil qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yil noyabr

TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi

8.

Chet mamlakatlarning yetakchi turdosh oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tahliliy markazlari bilan xalqaro aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha 2018 — 2020 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

Buyruq

2018 yil noyabr

TIV

9.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda mazkur Universitet huzuridagi Oliy diplomatiya maktabining Us�avlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. JIDUning yangi tashkiliy-shtat tuzilmasini yuqori malakali mutaxassislar, o‘qituvchi kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek, Universitetning kam samarali va bir-birini takrorlovchi bo‘linmalarini tugatish hamda ularning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda to‘xtatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Buyruq

2018 yil avgust

TIV, JIDU

10.

Vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassis-larini, shu jumladan sobiq diplomatlarni ta’lim faoliyatiga jalb etish amaliyotini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yil sentyabr

TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Masofaviy ta’lim va mustaqil bilim olish usullarini, interaktiv mashg‘ulotlar hamda boshqa zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, mazkur sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018 yil sentyabr

TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy tuzilmalar kadrlarini, shuningdek, professor-o‘qituvchilar tarkibini
qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

12.

Diplomatiya, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini Oliy maktabda qayta tayyorlash, malakasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy, o‘quv-uslubiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yil avgust

TIV, TSV, DBA

13.

Diplomatik xizmat xodimlarini, tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy tuzilmalarning xalqaro sohadagi mutaxassislarini Oliy maktabda qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kadrlar zaxirasini shakllantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018 yil avgust

TIV, TSV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

JIDU va Oliy diplomatiya maktabining ma’muriy-boshqaruv va professor-o‘qituvchilar tarkibiga diplomatik martaba berish Tartibini tasdiqlash.

Buyruq

2018 yil sentyabr

TIV, Adliya vazirligi

15.

Universitet kadrlarining TIV markaziy apparatida va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida stajirovkadan o‘tishi hamda ularni rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

Buyruq

2018 yiloktyabr

TIV, Adliya vazirligi

16.

Amaliyotda talab etilgan mutaxassislarni manzilli tayyorlash, shuningdek, buning asosida Universitet mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yillik maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirishni ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy sohalardagi nodavlat tashkilotlarining kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlarini kompleks tahlil qilishning doimiy ishlaydigan tizimini yaratish.

Qo‘shma qaror

2018 yiloktyabr

TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, TSV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Universitet va Oliy maktab professor-o‘qituvchilari malakasini O‘zbekistonning yetakchi ta’lim va tahliliy muassasalarida, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va tadqiqot markazlarida bdjet hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan majburiy ravishda oshirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Buyruq

2018 yil sentyabr

TIV, Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

18.

Vazirliklar va idoralardan, yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalardan, tadqiqot markazlaridan, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarni kontrakt asosida Universitet va Oliy maktabga o‘qituvchilik qilishga jalb etish bo‘yicha yaxlit dasturni ishlab chiqish.

Qo‘shma qaror

2018 yiloktyabr

TIV, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, TSV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. JIDUning ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy salohiyatini oshirish

19.

2019-2021-yillarda xalqaro munosabatlar, tashqi-iqtisodiy va tashqi-siyosiy faoliyat sohasidagi fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar Kompleks dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Buyruq

2018 yiloktyabr

TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi

20.

JIDUda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, Universitetning tashqi-iqtisodiy, tashqi-siyosiy faoliyat sohasi, shuningdek, ta’lim sohasidagi ilmiy-amaliy ishlanmalari tatbiq etilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2018 yiloktyabr

TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi,Oliy ta’lim vazirligi

21.

Xalqaro munosabatlar, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquqning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturni qabul qilish.

Qo‘shma qaror

2018 yil noyabr

TIV, OAK, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

22.

Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi hamda Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazining Nizomlarini ishlab chiqish va tas�iqlash.

TIV buyrug‘i

2018 yil avgust

TIV

IV. JIDUning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari

23.

JIDUning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash;

mahalliy isitish tizimini yaratish;

bosmaxona, poligrafiya va nashriyot bazasini modernizatsiya qilish;

Universitetni zarur mebel, anjomlar, o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan jihozlash;

Universitet hududini obodonlashtirish;

JIDU faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018 yil avgust

Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

24.

Universitet va Oliy maktabning boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘arma hamda ularning xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qo‘shma qaror

2018 yiliyun

TIV, Moliya vazirligi

 LexUZ sharhi