t/r | Tumanlar nomi | Tumanlar toifasi | Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni (birlik) |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | |||
1. | Amudaryo | I | 12 |
2. | Beruniy | II | 11 |
3. | Kegeyli | III | 10 |
4. | Qonliko‘l | III | 10 |
5. | Qorao‘zak | III | 10 |
6. | Qo‘ng‘irot | III | 10 |
7. | Mo‘ynoq | III | 10 |
8. | Nukus | III | 10 |
9. | Taxiatosh | III | 10 |
10. | Taxtako‘pir | III | 10 |
11. | To‘rtko‘l | II | 11 |
12. | Xo‘jayli | II | 11 |
13. | Chimboy | III | 10 |
14. | Shumanay | II | 11 |
15. | Ellikqal’a | II | 11 |
Andijon viloyati | |||
16. | Andijon | II | 11 |
17. | Asaka | III | 10 |
18. | Baliqchi | I | 12 |
19. | Bo‘z | II | 11 |
20. | Buloqboshi | III | 10 |
21. | Jalaquduq | II | 11 |
22. | Izboskan | I | 12 |
23. | Qo‘rg‘ontepa | I | 12 |
24. | Marhamat | II | 11 |
25. | Oltinko‘l | II | 11 |
26. | Paxtaobod | II | 11 |
27. | Ulug‘nor | II | 11 |
28. | Xo‘jaobod | III | 10 |
29. | Shahrixon | II | 11 |
Buxoro viloyati | |||
30. | Buxoro | I | 12 |
31. | Vobkent | II | 11 |
32. | G‘ijduvon | I | 12 |
33. | Jondor | I | 12 |
34. | Kogon | II | 11 |
35. | Qorako‘l | II | 11 |
36. | Qorovulbozor | II | 11 |
37. | Olot | II | 11 |
38. | Peshku | II | 11 |
39. | Romitan | I | 12 |
40. | Shofirkon | I | 12 |
Jizzax viloyati | |||
41. | Arnasoy | II | 11 |
42. | Baxmal | III | 10 |
43. | G‘allaorol | III | 10 |
44. | Do‘stlik | I | 12 |
45. | Zarbdor | II | 11 |
46. | Zafarobod | II | 11 |
47. | Zomin | II | 11 |
48. | Mirzacho‘l | I | 12 |
49. | Paxtakor | I | 12 |
50. | Forish | III | 9 |
51. | Sharof Rashidov | II | 11 |
52. | Yangiobod | III | 9 |
Qashqadaryo viloyati | |||
53. | G‘uzor | II | 11 |
54. | Dehqonobod | III | 9 |
55. | Kasbi | I | 12 |
56. | Kitob | III | 10 |
57. | Koson | I | 12 |
58. | Qamashi | II | 11 |
59. | Qarshi | I | 12 |
60. | Mi�ishkor | I | 12 |
61. | Muborak | II | 11 |
62. | Nishon | I | 12 |
63. | Chiroqchi | I | 12 |
64. | Shahrisabz | II | 11 |
65. | Yakkabog‘ | II | 11 |
Navoiy viloyati | |||
66. | Karmana | II | 11 |
67. | Konimex | III | 10 |
68. | Qiziltepa | II | 11 |
69. | Navbahor | II | 11 |
70. | Nurota | III | 10 |
71. | Tomdi | III | 9 |
72. | Uchquduq | III | 9 |
73. | Xatirchi | I | 12 |
Namangan viloyati | |||
74. | Kosonsoy | II | 11 |
75. | Mingbuloq | I | 12 |
76. | Namangan | II | 11 |
77. | Norin | II | 11 |
78. | Pop | I | 12 |
79. | To‘raqo‘rg‘on | I | 12 |
80. | Uychi | II | 11 |
81. | Uchqo‘rg‘on | I | 12 |
82. | Chortoq | II | 11 |
83. | Chust | I | 12 |
84. | Yangiqo‘rg‘on | II | 11 |
Samarqand viloyati | |||
85. | Bulung‘ur | II | 11 |
86. | Jomboy | I | 12 |
87. | Ishtixon | II | 11 |
88. | Kattaqo‘rg‘on | I | 12 |
89. | Qo‘shrabot | III | 10 |
90. | Narpay | I | 12 |
91. | Nurobod | II | 11 |
92. | Oqdaryo | II | 11 |
93. | Payariq | I | 12 |
94. | Pastdarg‘om | I | 12 |
95. | Paxtachi | I | 12 |
96. | Samarqand | II | 11 |
97. | Tayloq | II | 11 |
98. | Urgut | II | 11 |
Surxondaryo viloyati | |||
99. | Angor | II | 11 |
100. | Boysun | III | 10 |
101. | Denov | I | 12 |
102. | Jarqo‘rg‘on | I | 12 |
103. | Qiziriq | I | 12 |
104. | Qumqo‘rg‘on | I | 12 |
105. | Muzrabot | I | 12 |
106. | Oltinsoy | II | 11 |
107. | Sariosiyo | II | 11 |
108. | Termiz | II | 11 |
109. | Uzun | II | 11 |
110. | Sherobod | I | 12 |
111. | Sho‘rchi | II | 11 |
Sirdaryo viloyati | |||
112. | Boyovut | I | 12 |
113. | Guliston | II | 11 |
114. | Mirzaobod | II | 11 |
115. | Oqoltin | I | 12 |
116. | Sayxunobod | I | 12 |
117. | Sardoba | II | 11 |
118. | Sirdaryo | I | 12 |
119. | Xovos | II | 11 |
Toshkent viloyati | |||
120. | Bekobod | I | 12 |
121. | Bo‘ka | I | 12 |
122. | Bo‘stonliq | III | 10 |
123. | Zangiota | III | 10 |
124. | Qibray | III | 10 |
125. | Quyichirchiq | I | 12 |
126. | Oqqo‘rg‘on | I | 12 |
127. | Ohangaron | III | 10 |
128. | Parkent | III | 10 |
129. | Pskent | I | 12 |
130. | Toshkent | III | 10 |
131. | O‘rtachirchiq | I | 12 |
132. | Chinoz | II | 11 |
133. | Yuqorichirchiq | II | 11 |
134. | Yangiyo‘l | III | 10 |
Farg‘ona viloyati | |||
135. | Beshariq | I | 12 |
136. | Bog‘dod | I | 12 |
137. | Buvayda | I | 12 |
138. | Dang‘ara | I | 12 |
139. | Yozyovon | II | 11 |
140. | Quva | I | 12 |
141. | Quvasoy sh. | III | 10 |
142. | Qo‘shtepa | I | 12 |
143. | Oltiariq | I | 12 |
144. | Rishton | I | 12 |
145. | So‘x | III | 10 |
146. | Toshloq | II | 11 |
147. | O‘zbekiston | II | 11 |
148. | Uchko‘prik | I | 12 |
149. | Farg‘ona | I | 12 |
150. | Furqat | II | 11 |
Xorazm viloyati | |||
151. | Bog‘ot | II | 11 |
152. | Gurlan | I | 12 |
153. | Qo‘shko‘pir | I | 12 |
154. | Urganch | II | 11 |
155. | Xazorasp | I | 12 |
156. | Xiva | II | 11 |
157. | Xonqa | I | 12 |
158. | Shovot | II | 11 |
159. | Yangiariq | II | 11 |
160. | Yangibozor | II | 11 |
Jami: | 1 782 |
Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar | |
I. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish | ||||
1. | Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish komissiyalari faoliyatining samaradorligiga, Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi faoliyati ustidan samarali nazorat tizimini ta’minlashga alohida e’tibor bergan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3082-son qarorini qayta ko‘rib chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, |
2. | Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini ishlab chiqish, bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish: mablag‘lar aylanishining shaffofligi; tadbirkorlik subyektlarini ochiq tanlov asosida tanlab olish; iste’mol tovarlarining real olib kirilishini nazorat qilish mexanizmi; zarur xulosalarni olish mexanizmi va tartib-taomillarni amalga oshirish muddatlari, shu jumladan mahsulotlar importi bo‘yicha. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, |
3. | “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi va “O‘zbekoziqovqatxolding” XK faoliyatini tubdan takomillashtirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari savdosining shaffof tizimini shakllantirish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2019-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK |
4. | Yer uchastkalarini sertifikatlash mexanizmlarini, shuningdek, ularni olib qo‘yishning shaffof va aniq tartibini joriy etish masalalarini ko‘rib chiqqan holda amaldagi mexanizmlarni soddalashtirishni nazarda tutuvchi yer uchastkalarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
5. | Yerlarning hosildorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash, suv tejovchi va tuproqni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirayotgan fermer xo‘jaliklarini, mazkur chora-tadbirlar samaradorligini baholashning aniq mezonlarini belgilagan holda, rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsiya vazirligi, |
6. | Prognozlar va strategik hisobotlarni ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning haqqoniy hisobini yuritish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi strategik rejalashtirish mexanizmini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Qishloq xo‘jaligiga tegishli barcha texnik talablarni xatlovdan o‘tkazish, standartlash bo‘yicha samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlari o‘rniga foydalanib kelinayotgan norma va normativ hujjatlarga barham beradigan tegishli normativ hujjatlarni, shuningdek, texnik normativlarni ishlab chiqish va qabul qilish. | Normativ hujjatlar | 2019-yil | “O‘zstandart” agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar |
8. | “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalarini zamon talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutgan holda uni tubdan qayta ko‘rib chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
9. | Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqarilishi munosabati bilan uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi |
II. Ichki bozorda narx shakllanishi ustidan sifatli monitoring yuritilishini ta’minlash | ||||
10. | Oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan narxlarni monitoring qilish va marketing tadqiqotlarini olib borish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar |
11. | Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi, eksporti va importi, asosiy tovar turlarini o‘z vaqtida tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish va mahsulotlarni zaxira qilish hamda vujudga keladigan muammolarni tez bartaraf etish choralarini ko‘rishni inobatga olgan holda hududlar kesimida oziq-ovqat bozorining asosiy tovar turlari bilan ta’minlanganligini balans baholash tizimini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, |
12. | Iste’mol bozorida narxlar o‘sishi va pasayishi dinamikasini aniqlashning yagona metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy hujjat | 2018-yil | Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, |
13. | Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazish. | Tashkiliy | 2018-yil | Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Hisob palatasi |
III. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash | ||||
14. | Keskin taqchillik davrida qat’iy belgilangan narxlar bo‘yicha zaxiraning savdoga chiqarilishini ta’minlash maqsadida qish-bahor mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish va mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi |
15. | Fermer xo‘jaliklari bilan omuxta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlar o‘rtasida fyuchers shartnomalari tuzilishiga e’tibor qaratgan holda ozuqa bazasini shakllantirish uchun foydalaniladigan makka, tariq, arpa va boshqa boshoqli ekinlar ekish uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmini ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqish. | Tashkiliy | 2018-yil | Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
16. | Boyitilgan ozuqalarni (shrot, sheluxa, omuxta yem) uzluksiz yetkazib berish, mustaqil ozuqa bazasini shakllantirish uchun unumdor yerlar ajratish va aholidan chorva mollarini xarid qilish uchun naqd pul shaklida qisqa muddatli kreditlar berish yo‘li bilan chorva mollarini bo‘rdoqiga boqish uchun sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda davlat-xususiy sheriklik shartlarida qishloq tumanlarida, ayniqsa viloyatlar va respublika darajasidagi shaharlarga yaqin hududlarda bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish mexanizmini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2019-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
17. | Bioqo‘shimchalar komponentlarini yig‘ish va ularni qayta ishlashning veterinar-sanitariya qoidalarini ishlab chiqish. | Idoraviy hujjat | 2018-yil | Davlat veterinariya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
18. | Quyidagilarga: respublika korxonalariga, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, bug‘doyni kelgusida qayta ishlash va tayyorlangan unni, shu jumladan, eksport orqali sotish maqsadida import qilish huquqini berish; “O‘zdonmahsulot” AK korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalanishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, |
19. | Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat olib borish, birja savdolarida sotilayotgan mahsulot, xomashyo va materiallar narxining asossiz oshirib yuborilishini aniqlash va oldini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, shu jumladan birja savdolari orqali oziq-ovqat | Idoraviy hujjat | 2018-yil | Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tovar-xomashyo birjasi |
20. | Oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilishda respublika bo‘yicha mavjud omborxona va sovutkichlardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazish. Mavjud sovutkichlar, qayta ishlash korxonalari quvvatlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xarita” ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxoding” XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
21. | Davlat zaxirasiga oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ta’minotchilar) bilan tuzilgan fyuchers shartnomalari asosida hamda import bo‘yicha xarid qilish tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi savdo vazirligi |
22. | Yillik ishlab chiqarish va iste’mol prognozlarini tasdiqlash bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni davlat zaxirasini to‘ldirish va yangilab borish tartibida ta’minlashni nazarda tutuvchi amaliyotni joriy etish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | har yili | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi |
23. | Davlat zaxirasida saqlanayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini maxsus iste’molchilar hamda ijtimoiy soha muassasalari yillik iste’molining haqiqiy hajmi va talabini, shuningdek, o‘z muddatida yangilab borishni inobatga olgan holda maqbullashtirish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | har yili | Iqtisodiyot vazirligi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
24. | Bugungi kundagi talablar va iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda davlat zaxirasida saqlanayotgan mahsulotlarning normativ hajmlariga har yili tuzatishlar kiritib borish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | har yili | Iqtisodiyot vazirligi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi |
25. | Muqobil oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va foydalanishni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish. | Tashkiliy | doimiy asosda | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zMTRK, |
26. | Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga investitsiyalar jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Tashkiliy | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi |
27. | Soliq yukini kamaytirish, muqobil manbalarga o‘tkazish | Tahliliy materiallar | 2018-yil | Moliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ |
28. | Ijtimoiy ahamiyatga ega import oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tariflarini birxillashtirish va pasaytirish masalasini o‘rganish, shuningdek, tashish tariflarini birxillashtirish va pasaytirish yuzasidan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar |
29. | Aholiga unni qat’iy belgilangan narxlarda sotish tartibini qayta ko‘rib chiqish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: ijtimoiy himoyalanmagan aholi qatlamlariga unni qat’iy belgilangan narxlarda manzilli sotish mexanizmini joriy etish; unni sotib olish va qat’iy belgilangan narxlarda aholiga sotish maqsadida tadbirkorlarga birja savdolarida keng ishtirok etishga sharoit yaratilishini ta’minlash; suiiste’molchilik imkoniyatlarining oldini olish va unning qat’iy belgilangan narxlarda chakana savdo shoxobchalariga yetkazib berilishi va sotilishi ustidan samarali nazorat mexanizmini, shu jumladan jamoatchilik nazoratini tashkil qilish orqali joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, vazirlik va idoralar |
30. | Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan lalmi yerlardan foydalanish hisobiga bug‘doy yetishtirish hajmini ko‘paytirish masalasini o‘rganish. | Tashkiliy | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi |
31. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, birinchi navbatda, ularni respublikaga olib kirish uchun ishlab chiqarish maqsadida xorijiy davlatlar hududidagi yer maydonlaridan ijara asosida foydalanish masalasini o‘rganish. | Tashkiliy | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, vazirlik va idoralar |
32. | Xalqaro standartlar darajasida logistika tizimlarini (qayta ishlash, saralash, kalibrlash va qadoqlash liniyalari, sovutkichli sig‘imlar, maxsus transport) rivojlantirish uchun investitsiya jalb etish masalasini o‘rganish. | Tashkiliy | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxoding” XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
33. | Energiya va suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda zamonaviy issiqxona majmualarini qurish uchun erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida uyali polikarbonat ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Tashkiliy | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi |
34. | Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun Global GAP, ISO 22000, Nalal, Organic standartlarini keng joriy etish va targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Tashkiliy | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zMTRK, Matbuot va axborot agentligi |
IV. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish | ||||
35. | Paxta va boshoqli don ekinlarining past rentabelli maydonlarini qisqartirgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali joylashtirish, eksportbop oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Chora-tadbirlar dasturi | har yili 15-martgacha | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
36. | Mexanizatsiya vositalari yordamida yig‘ib olinadigan paxta maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
37. | Mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash, taqsimlash va qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni ular bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va shaffofligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Tashkiliy | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zneftmahsulot” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi |
38. | Oxirgi 5 — 7 yil davomida foydalanilmayotgan davlat zaxirasidagi yer maydonlarini kamida 5 yil muddat davomida barcha turdagi soliq va davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirish bo‘yicha majburiyatlardan ozod qilish hamda qayd etilgan muddatda ularni qayta tiklash (sug‘oriladigan maydonlarda) yoki bog‘ yoxud qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli o‘rmonzorlarni (tog‘, tog‘ oldi va cho‘l hududlarda hamda lalmi yerlarda) barpo etish sharti bilan jismoniy va yuridik shaxslarga berish masalasini o‘rganish. Foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni tiklash mexanizmini takomillashtirish. | Tashkiliy | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
39. | Past hosilli, an’anaviy bog‘ va tokzorlar maydonlarida, shuningdek, tog‘ oldi va adir hududlarida intensiv bog‘ va tokzorlar maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Chora-tadbirlar dasturi | har yili 1-oktabrgacha | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, |
40. | Qishloq xo‘jaligida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida | Tashkiliy | 2018-yil | Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
41. | Mahalliy seleksiyaga mansub qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydonlarni bosqichma-bosqich kengaytirishni nazarda tutgan holda boshoqli don va meva-sabzavot ekinlari urug‘chiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2018-yil | Innovatsiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
42. | Hayvonlarning mahalliy zotlarini yaratish va sun’iy urug‘lantirish ishlarini kuchaytirishni nazarda tutgan holda chorvachilikda naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish, tarmoq ozuqa bazasini rivojlantirish ham�a ozuqa ekinlari maydonlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | har yili 1-yanvargacha | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, |
V. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish | ||||
43. | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida mavjud axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2019-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
44. | Oziq-ovqat mahsulotlari bozorida shaffoflikni oshirish va ishlab chiqaruvchilar uchun to‘siqlarni bartaraf etish imkonini beruvchi savdo o‘rinlarini onlayn taqsimlash mexanizmini joriy etish masalasini o‘rganish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Axborot texnologiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
45. | Rejalashtirish va hisobot tizimini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarilgan va eksport qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobini yuritishning “onlayn-tizimi”ni joriy etish masalasini o‘rganish. | Tashkiliy | 2019-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, |
46. | Qisqa va o‘rta muddatli maxsus kurslarni o‘tkazish orqali axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish. | Tashkiliy | har yili | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
VI. Kadrlar tayyorlash, xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish | ||||
47. | Korxona va tashkilotlarni zamonaviy, zarur kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim yo‘nalishlarini kiritish. | Tashkiliy | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, |
48. | Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash sifatini o‘rganish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Tashkiliy | 2018-yil | Innovatsiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
49. | Tarmoq xodimlarining moddiy manfaatdorligini �shirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil | Moliya vazirligi, |
50. | “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va guvohnoma tavsifini tayyorlash hamda tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, |