02.02.2018 yildagi PF-5325-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2021
Hujjat 03.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Hududlar

Tuman va shaharlar

1-toifa

2-toifa

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri

Qo‘ng‘irot tumani

Xo‘jayli tumani

Beruniy tumani

To‘rtko‘l tumani

Chimboy tumani

Ellikqal’a tumani

Amudaryo tumani

Shumanay tumani

Qonliko‘l tumani

Kegeyli tumani

Mo‘ynoq tumani

Qorao‘zak tumani

Taxtako‘pir tumani

Nukus tumani

Taxiatosh tumani

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

Qo‘rg‘ontepa tumani

Shahrixon tumani

Andijon tumani

Jalaquduq tumani

Izboskan tumani

Marhamat tumani

Xonobod shahri

Asaka tumani

Baliqchi tumani

Bo‘z tumani

Buloqboshi tumani

Paxtaobod tumani

Oltinko‘l tumani

Xo‘jaobod tumani

Ulug‘nor tumani

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

G‘ijduvon tumani

Romitan tumani

Qorako‘l tumani

Shofirkon tumani

Kogon shahri

Jondor tumani

Peshku tumani

Olot tumani

Buxoro tumani

Vobkent tumani

Kogon tumani

Qorovulbozor tumani

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

Zomin tumani

Do‘stlik tumani

G‘allaorol tumani

Forish tumani

Baxmal tumani

Sh.Rashidov tumani

Paxtakor tumani

Mirzacho‘l tumani

Arnasoy tumani

Zarbdor tumani

Zafarobod tumani

Yangiobod tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

Shahrisabz tumani

Nishon tumani

Muborak tumani

Mirishkor tumani

Chiroqchi tumani

G‘uzor tumani

Yakkabog‘ tumani

Koson tumani

Qamashi tumani

Shahrisabz shahri

Qarshi tumani

Kitob tumani

Dehqonobod tumani

Kasbi tumani

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

Zarafshon shahri

Uchquduq tumani

Qiziltepa tumani

Xatirchi tumani

Karmana tumani

Konimex tumani

Navbahor tumani

Nurota tumani

Tomdi tumani

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

Kosonsoy tumani

Norin tumani

Uchqo‘rg‘on tumani

Chust tumani

Pop tumani

To‘raqo‘rg‘on tumani

Chortoq tumani

Mingbuloq tumani

Namangan tumani

Uychi tumani

Yangiqo‘rg‘on tumani

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Kattaqo‘rg‘on shahri

Urgut tumani

Narpay tumani

Jomboy tumani

Samarqand tumani

Ishtixon tumani

Payariq tumani

Pastdarg‘om tumani

Kattaqo‘rg‘on tumani

Bulung‘ur tumani

Nurobod tumani

Paxtachi tumani

Oqdaryo tumani

Qo‘shrabot tumani

Toyloq tumani

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Sirdaryo tumani

Boyovut tumani

Sayxunobod tumani

Xovos tumani

Shirin shahri

Yangiyer shahri

Sardoba tumani

Oqoltin tumani

Guliston tumani

Mirzaobod tumani

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

Denov tumani

Sho‘rchi tumani

Sherobod tumani

Jarqo‘rg‘on tumani

Sariosiyo tumani

Muzrabot tumani

Qumqo‘rg‘on tumani

Uzun tumani

Angor tumani

Boysun tumani

Qiziriq tumani

Oltinsoy tumani

Termiz tumani

11.

Toshkent viloyati

Nurafshon shahri

Olmaliq shahri

Angren shahri

Bekobod shahri

Chirchiq shahri

Bo‘stonliq tumani

Qibray tumani

Zangiota tumani

O‘rtachirchiq tumani

Yangiyo‘l tumani

Oxangaron shahri

Yangiyo‘l shahri

Oxangaron tumani

Oqqo‘rg‘on tumani

Bekobod tumani

Bo‘ka tumani

Quyichirchiq tumani

Parkent tumani

Piskent tumani

Chinoz tumani

Yuqorichirchiq tumani

Toshkent tumani

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri

Qo‘qon shahri

Marg‘ilon shahri

Quva tumani

Bog‘dod tumani

Beshariq tumani

O‘zbekiston tumani

Toshloq tumani

Uchko‘prik tumani

Quvasoy shahri

Buvayda tumani

Dang‘ara tumani

Oltiariq tumani

Qo‘shtepa tumani

Rishton tumani

Farg‘ona tumani

Yozyovon tumani

So‘x tumani

Furqat tumani

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

Hazorasp tumani

Xiva tumani

Xonqa tumani

Bog‘ot tumani

Shovot tumani

Xiva shahri

Urganch tumani

Qo‘shko‘pir tumani

Gurlan tumani

Yangiariq tumani

Yangibozor tumani

14.

Toshkent shahri

Olmazor tumani

Bektemir tumani

Mirobod tumani

Mirzo Ulug‘bek tumani

Sirg‘ali tumani

Uchtepa tumani

Chilonzor tumani

Shayxontohur tumani

Yunusobod tumani

Yakkasaroy tumani

Yashnobod tumani

Jami

106

94

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro
muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari faoliyatini tashkil etish, shuningdek FHDY organlari faoliyatini yanada takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

2.

Quyidagilarni:

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini, ularning tuzilmalarini tasdiqlashni, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xotin-qizlar qo‘mitalari, sog‘liqni saqlash organlari, FHDY, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibini, har bir xodimning vakolatlari va javobgarligini aniq belgilashni hisobga olgan holda;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga oid maxsus o‘quv kurslari faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
mart

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’lim vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga yosh iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

4.

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

(Q. Kuranbayev),Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

5.

Shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va sh.k.) bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aholining band bo‘lganlar toifasiga kiritish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Z.Mirzayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov)

6.

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzand(lar)ini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish yuzasidan hududiy manzilli dasturlarni, shuningdek, uylarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
mart

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davarxitektqurilish qo‘mitasi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
aprel

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),
Adliya vazirligi (R. Davletov) manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Nikohdan o‘tuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha bila turib ularning sog‘lig‘i haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarni aks ettiruvchi ma’lumotnomalarni berganlik uchun tibbiyot muassasalari rahbarlari va xodimlarining javobgarligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma,

zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy sud

(K. Kamilov), Xotin-qizlar qo‘mitasi

(T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova)

9.

Nikohdan o‘tuvchi shaxslar tomonidan oilaviy hayot asoslari bo‘yicha majburiy o‘qishdan o‘tishlari masalasini o‘rganish va xalqaro tajribani inobatga olgan holda bu sohada samarali o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

Tahlili� ma’lumotnoma,

zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
iyun

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev),

10.

Quyidagilarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash:

fuqarolar yig‘ini yarashtirish komissiyasining oilaviy nizolar va ajrashishlarning barvaqt oldini olish, shuningdek, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sohasini;

fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi va fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, shu jumladan ularning xotin-qizlar va oilalarning muammolarini aniqlash va hal etishda amaliy ko‘mak berishi masalalari, shuningdek, mazkur tuzilmalarning faoliyatiga rahbarlik qilishni tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislarga yuklash masalalarini nazarda tutgan holda.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
iyun

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova)

11.

Uy-joy mulkdori bilan doimiy birga yashovchi farzandlarining er-xotinlarni uy-joy mulkdorining oila a’zosi sifatida tan olinishiga qaratilgan takliflarni tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil
iyul

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Xotin-qizlar qo‘mitasi

(T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova)

12.

Oila va nikohni saqlash bo‘yicha er va xotinning birgalikdagi javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan, xususan, xalqaro tajribani o‘rgangan holda er-xotinning ajralish holatida voz kechish to‘lovi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma,

zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil

avgust

?dliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud

(K. Kamilov), Xotin-qizlar qo‘mitasi

(T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova)

13.

Xalqaro mehnat tashkilotining “1952-yilgi onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi 183-sonli Konvensiyasini implementatsiya qilishga doir xalqaro tajribani o‘rganish va uni ratifikatsiya qilish bo‘yicha taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma,

zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov),
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

(A. Saidov), Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov)

14.

Xalqaro ilg‘or tajribani o‘rgangan holda nikohdan o‘tish uchun hujjatlarni topshirgandan so‘ng shaxslarning nikohga kirishigacha bo‘lgan davrni uzaytirishni, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning faqat sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, sud tomonidan ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun bir yilgacha muhlat tayinlashi bo‘yicha taklif tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma,

zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil

noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura

(O. Murodov), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz (A. Saidov)

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur Farmoni mazmun-mohiyatini ommaviy-axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.

Reja-jadval

Reja-jadval ishlab chiqish — 2018-yil fevral

amalga oshirish — reja asosida

MTRK (A. �adjayev), O‘zA (A. Ko‘chimov), O‘zMAA (L. Tangriyev), O‘zEOAVMA

(F. Abduholiqov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova)

16.

Mazkur Farmon doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash borasida qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish va bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma,

zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil

dekabr

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

II. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishtirokini yanada oshirish

17.

Joylarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsa�ida:

xotin-qizlar bandligini ta’minlash, shu jumladan, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish;

mehnatga layoqatli va ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish va doimiy yangilab borish;

xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini, shuningdek, xotin qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasbiy ko‘nikmalarni o‘rganish imkonini beradigan boshqa kurslarni tashkil etish;

“Ustoz — shogird” tizimi rivojlantirish;

xotin-qizlarga uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

mahallalarda bo‘sh turgan binolarni xatlovdan o‘tkazish, tegishli mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil

mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R. Gulyamov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Quydagilarga alohida e’tibor qaratgan holda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarini bitirgan qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli monitoring olib borish:

bandlik dasturlari doirasida yaratilgan yangi ish o‘rinlariga bitiruvchi qizlarni joylashtirish;

yaratilgan ish o‘rinlarining haqiqatda mavjudligi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilishini tashkil etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

har chorakda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan yosh qizlar — Chinoz tumanidagi maxsus maktab-internati va Qo‘qon maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy, o‘quv-tarbiyaviy ishlar hamda xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi ishlar holatini chuqur tahlil qilish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asosli takliflar kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil

fevral-mart

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Xalq ta’lim vazirligi (U. Inoyatov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(A. Qodirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

20.

Namunaviy jamoa shartnomalarini, ularga ish beruvchilar tomonidan xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini nazarda tutuvchi alohida bandlarni kiritgan holda takomillashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
mart

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(K. Rafikov), Xotin-qizlar qo‘mitasi

(T. Narbayeva), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov)

21.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslalashuviga, jumladan quyidagi usullarni qo‘llab, ko‘maklashish:

ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish;

lozim bo‘lganda kasbga qayta tayyorlash bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish orqali ularning bandligini ta’minlash;

doimiy psixologik yordamni tashkil etish;

ularning voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va tizimli tadbirlarni tashkil etish;

mahallalardagi turli tadbirlarga jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi

(G. Maxmudova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning ishtirokini yanada oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor ayollar” respublika biznes-forumini tashkil etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

har yili

iyun

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

III. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolarini hal etishda
va ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda hamkorlikni kuchaytirish

23.

Yoshlarni milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning ma’naviyatini oshirish maqsadida “Milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlashda ayollarning o‘rni” mavzusida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.

Chora-tadbirlar
rejasi

har yili

may

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(A. Qodirov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Respublikamizdagi iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish va ularni oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish.

Reja-grafik

Reja-grafik ishlab chiqish — 2018-yil
mart

amalga oshirish — reja ?sosida

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(A. Qodirov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

25.

Quyidagilarni tashkil etgan holda “Yosh oilalar va qizlar” respublika konferensiyasini o‘tkazish:

“Men ham yetakchi bo‘laman” mavzusida 16 yoshdan 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy faol va uyushmagan qizlarning turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar bilan uchrashuvini;

“Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida “Oilam kitob o‘qiydi” aksiyasini;

yosh xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli kasb-hunarlar bo‘yicha “Kim nimaga qodir?” mahorat darslarini;

“Sog‘lom turmush tarzi” aksiyasi (sport musobaqalari)ni tashkil etish.

Chora-tadbirlar
rejasi

har yili
avgust

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Faoliyati birinchi navbatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatishga va ularni normal hayotga qaytarishga qaratilgan xotin-qizlar qo‘mitalari qoshida ayollar ijtimoiy moslashuv markazlarini hududlarda tashkil etish bo‘yicha taklif tayyorlash.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvi qarori loyihasi

2018-yil

sentyabr

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

27.

Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini tezkorlik bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, ularni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash va murojaatlariga tezkor munosabat bildirish maqsadida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Tezkor aloqa”ni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
noyabr

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

28.

Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, o‘zi faoliyat yuritayotgan soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, oilaga sadoqati va farzand tarbiyasidagi ibrati bilan xalq e’tirofiga sazovor bo‘layotgan ayollar to‘g‘risida “O‘zbekiston ayollari” (“Jenщini Uzbekistana”) kitobini chop etish, uni rus va ingliz tillariga tarjima qilish.

Kitob chop etish

2018-yil
dekabr

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), O‘zMAA (L. Tangriyev), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova), “Ijod” fondi

(Sh. Irzoyev), “Ilhom” fondi (J. Rizayev)

29.

Qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish, milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlarjon” teleko‘rsatuvini tashkil etish.

Reja-grafik

har oyda
bir marta

MTRK (A. Xadjayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

30.

Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, oilalarning hayotini yorituvchi va aholi, ayniqsa, ayollar hamda yoshlar uchun o‘rnak bo‘ladigan qahramonlar obrazini yaratish va ularning targ‘ibotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan badiiy, hujjatli, multiplikatsion, qisqa metrajli filmlar, teleserial va spektakllar yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish — 2018-yil aprel

amalga oshirish —

2018-2019

yillar

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbekkino” milliy agentligi

(F. Zakirov), MTRK (A. Xadjayev), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Sh. Jalilov)

31.

Xotin-qizlar va kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun Xiva, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili
mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Abduxakimov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (A. Ramatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Oila instituti rolini mustahkamlash, oila qadriyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish

32.

O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2018-yil

may

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Xotin-qizlar o‘rtasida oila ma’naviyatini yuksaltirish, ularga farzand tarbiyasi va oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishdagi o‘rinlarini chuqur anglashlariga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

2018-yil

aprel

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(A. Qodirov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev),

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

34.

Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rnini targ‘ib qilish bo‘yicha “Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlangan kompleks tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

har yili

15-maygacha

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

35.

Oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish maqsadida “Ibratli oila”;

Xotin-qizlar�ing oila va jamiyatdagi o‘rnini oshirish, ularning ilg‘or tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” respublika tanlovlarini o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlari bayonlari loyihalari

har yili

aprel-may

har yili

dekabr

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Sh. Djalilov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov)

36.

Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda ta’lim muassasalari psixologlarining rolini tanqidiy tahlil qilish.

Vazirlar Mahkamasi

chora-tadbirlar rejasi

2018-yil

mart

Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoq� (Q. Kuranbayev)

37.

Qizlarda oliyjanob axloqiy fazilatlar, yuksak ma’naviyat va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlar kutubxonasi” turkumidagi “Faqat qizlar uchun” nomli ommabop risolalarning mobil ilovasini yaratish va chop etish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

2018-yil

avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova) Ma’naviyat va m?’rifat markazi (A. Qodirov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

38.

Xotin-qizlar o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari uchun “Ayollar psixologiyasi asoslari” nomli uslubiy qo‘llanma va video darslikni ishlab chiqish va tarqatish.

Uslubiy qo‘llanma

2018-yil

avgust

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), MTRK (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (F. Abduholiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni barvaqt aniqlash, shu jumladan, oilaviy ajrashishlarni oldini olish maqsadida “Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi a’zolari uchun motivatsiya texnologiyalari” nomli uslubiy qo‘llanmani tayyorlash hamda qo‘llanmani bu kabi holatlar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlarda sinovdan o‘tkazish.

Uslubiy qo‘llanma

2018-yil

oktyabr

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

Ta’lim tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘quv dasturlarini tashkil etish:

maktabgacha ta’lim muassasalarida 4 yoshdan oshgan bolalar uchun oilaviy qadriyatlar bo‘yicha haftalik (10 15 daqiqa davomiyligida) mashg‘ulotlar o‘tkazishni;

umumta’lim maktablarining 5 7 sinflariga “Oila asoslari” va 8 10 sinflariga “Oila etikasi va psixologiyasi” fanlarini kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
may

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

41.

Oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyat, oilaviy munosabatlar psixologiyasini oshirish maqsadida “Oila ensiklopediyasi”ni chop etish, shuningdek uni kam ta’minlangan oilalarga bepul asoslarda hamda oila qurayotgan yoshlarga imtiyozli asoslarda tarqatish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

2019-yil

yanvar

O‘zMAA (L. Tangriyev),
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(A. Qodirov), “Ilhom” fondi (J. Rizayev), “Ijod” fondi (Sh. Irzoyev)

V. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini
keng targ‘ib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish

42.

Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida:

xotin-qizlar, bolalar va oila qurayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash ishlarini sifatli tashkillashtirish;

fertil yoshdagi ayollarning kontratseptiv vositalarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish;

homilador ayollar va go‘daklarda tug‘ma nuqson va xavfli belgilarni oldini olish, shu jumladan, skrining-tekshiruvlar o‘tkazilishini o‘rganib borish;

ijtimoiy kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish;

onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun ayollarni skrining-tekshiruvlardan o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov),

“Sog‘lom avlod uchun” fondi (S. Inamova)

43.

Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini yuritish (to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shug‘ullanish va boshqalar) asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targ‘ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxa??dova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

(Q. Kuranbayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Sog‘lom avlod uchun” fondi (S. Inamova)

44.

Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida:

barcha turdagi sport majmualarining sport-sog‘lomlashtirish guruhlarida kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarning imtiyozli shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish;

sportning nafis turlari bo‘yicha bir necha bosqichli xotin-qizlar spartakiadalarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
mart

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi (R. Qurbonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xotin-qizlar qo‘mitasi

(T. Narbayeva), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

45.

Ota-onalar uchun oilada nogiron farzandlarini to‘g‘ri parvarishlash va tarbiyalash, ularning tegishli ko‘nikmalarini patronaj tizimi orqali oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash va tasdiqlash.

Uslubiy ko‘rsatmalar

Targ‘ibot tadbirlari

2018-yil
aprel

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (V. Alimova), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

46.

Oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash maqsadida oilaviy mutolaa uchun “Sog‘lom turmush tarzi va profilaktikasi alifbosi” elektron modulini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yaratish va tarqatish.

Elektron modul

2018-yil

avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi

(S. Tursunbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov),
Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

VI. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazi tizimi idoralari faoliyati samaradorligini oshirish

47.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar)lar xotin-qizlar qo‘mitalariga hamda “Oila” markazi va uning hududiy bo‘linmalariga zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlarni jalb etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil

mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

48.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazining xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish ishlarida ularning ishtirokini ta’minlash tizimini shakllantirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil

aprel

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil in�tituti

(G‘. Abdukarimov), O‘zNNTMA (A. Karimov)

49.

“Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar tajribasi” respublika ayollar forumini tashkil etish.

Chora-tadbirlar
rejasi

har yili

noyabr

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

(G‘. Abdukarimov), O‘zNNTMA (A. Karimov)

50.

Ta’lim muassasalarida “Qizlarjon” to‘garaklari faoliyatini tashkil etish orqali qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek oila va nikoh, reproduktiv s?lomatlik masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil

aprel

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev)

51.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘limlari va boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:

zamon talabidan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar nizomini ishlab chiqish;

xotin-qizlar bilan amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni, yo‘nalishlari, shakli va uslublarini aniq belgilash;

boshlang‘ich tashkilotlar raislari uchun o‘quv seminarlar tashkil etish;

“Xotin-qizlar qo‘mitalarining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” tanlovini tashkil etish.

Nizom

Uslubiy tavsiyalar

Chora-tadbirlar

rejasi

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil

aprel

2018-yil

aprel

reja asosida

reja asosida

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

52.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari raislari va faol a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini amalga oshirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil

may

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(K. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov)

53.

“Saodat” jurnali va “Oila va jamiyat” gazetasi tahririyatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha choralarni belgilash, ularning elektron shakllarini yaratish va takomillashtirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
iyun

Xotin-qizlar qo‘mitasi
(T. Narbayeva), O‘zMAA (L. Tangriyev)

54.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:

yagona elektron tizimni va elektron hujjat aylanishini joriy etish;

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining veb-sayti platformasida xotin-qizlar muammolarini hal qilish bo‘yicha onlayn va interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan tibbiyot (tib.uz), psixologiya (psy.uz), huquq (yurist.uz), ish o‘rinlari, biznes (biz.ayol.uz) sohalarida xotin-qizlarga maslahatlar berish bo‘yicha alohida sub-saytlarni yaratish;

xodimlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishlarini ta’minlash maqsadida ularning malakalarini oshirish;

barcha bo‘limlarni tezkor aloqa kanallari, zamonaviy kompyuterlar va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2018-yil
aprel

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

55.

Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida:

ularning yoritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;

xalqaro konferensiyalar, “davra suhbat”lari va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish;

milliy ma’ruzalarni tayyorlash va chop etish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

2018 — 2021-yillar davomida

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oliy majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) (U.Muxammadiyev), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

(A. Saidov), O‘zA (A. Ko‘chimov), O‘zEOAVMA (F. Abduholiqov), “Jahon” AA (A. G‘ulomov)

56.

Ommaviy axborot vositalari orqali xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi o‘rtasida keng yoritishga qaratilgan axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida markaziy gazeta va jurnallarda, Internet tarmog‘ida, radio va televideniyeda quyidagi mavzularda muntazam materiallar chop etib borish:

ayolning oila ?a jamiyatdagi o‘rni;

xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi;

sog‘lom ona — sog‘lom kelajak;

oilaviy munosabatlar, an’analar va urf-odatlar;

oilada farzand tarbiyasi;

erta nikoh va uning salbiy oqibatlari;

xotin-qizlar tadbirkorligi va boshqalar.

Reja-jadval

2018-yil
fevral

O‘zMAA (L. Tangriyev), O‘zA (A. Ko‘chimov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA

(F. Abduholiqov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

Keyingi tahrirga qarang.