O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining tayanch punktlari to‘g‘risidagi nizomning 4-bandidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida” 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 85-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lombardlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 27-martdagi 52-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari tomonidan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 34-modda) 1-bandida, 2-bandining birinchi xatboshida hamda 3-bandidagi tegishli kelishikdagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Davlat xizmatlari markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 3-bandidagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 196-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini hisobga olish to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-banddagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi)” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlarida (keyingi o‘rinlarda “markazlar” deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2 va 3-bandlardagi, 4-bandning birinchi xatboshidagi, 7-bandning birinchi — uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi, 8-banddagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 10-banddagi, 13-bandning birinchi xatboshidagi, 14-bandning uchinchi xatboshidagi, 16-bandning birinchi xatboshidagi hamda 20 va 21-bandlardagi, shuningdek 1-ilovadagi tegishli kelishikdagi “yagona darcha” markazi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazi” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi Namunaviy nizomning 5 va 53-bandlaridagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/256/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 9-martdagi 70-son qarorining rus tilidagi matnida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 17-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
3-banddagi “edinie tsentri po okazaniyu gosudarstvennix uslug subyektam predprinimatelstva po prinsipu “odno okno” (daleye — tsentri “odno okno”)” so‘zlari “Sentri gosudarstvennix uslug (daleye — tsentri)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 10-banddagi, 13-bandning ikkinchi xatboshidagi, 17-banddagi, 18-bandning birinchi xatboshidagi, 20-bandning birinchi xatboshidagi, 21-banddagi, 22-bandning birinchi xatboshidagi, 25-bandning birinchi xatboshidagi, 26-banddagi, 29-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, shuningdek, 1-ilovadagi “odno okno” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Summa sbora zachislyayetsya na bankovskiy schet ispolnitelya, 20 protsentov iz kotoroy zachislyayetsya na litsevoy schet vnebudjetnogo fonda Agentstva gosudarstvennix uslug pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan”;
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi Namunaviy nizomning 26-bandi uchinchi xatboshidagi “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi yagona markazlarning” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 184-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 23-son, 265-modda) bilan tasdiqlangan Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom 6-bandining “i” kichik bandidagi “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
20. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovadagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 11-avgustdagi 258-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2016-yil 15-avgust, 32-son, 391-modda) 10-bandidagi “yagona darcha” markazlari” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 353-son (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2016-y., 42-son, 491-modda) qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan davlat elektron xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholash metodikasining rus tilidagi matni 5-bandidagi “edinie tsentri po okazaniyu gosudarstvennix uslug subyektam predprinimatelstva po prinsipu “odno okno” so‘zlari “Sentri gosudarstvennix uslug” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda):
2-banddagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus shaxsiy hisob raqamiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-bandidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“18. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘langan davlat bojining barcha summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”.
24. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-may, 284-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 20-son, 364-modda):
3-banddagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi)” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markaz deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
9-bandning birinchi xatboshidagi, 12 — 14-bandlardagi, 20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 24-bandning ikkinchi xatboshidagi, 38-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 41-banddagi, 43-bandning birinchi xatboshidagi, shuningdek 1-ilovadagi tegishli kelishikdagi “yagona darcha” markazi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Litsenziya berish haqidagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining 20 foizi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“Litsenziatning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi Yagona portal orqali taqdim etilganda, arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining 20 foizi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“40. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining 20 foizi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“61. Litsenziya talabgori tomonidan ariza Yagona portal orqali taqdim etilgan taqdirda davlat boji summasining 20 foiz miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi Respublika budjetiga yo‘naltiriladi.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, to‘lanadigan davlat bojining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
b) 2-ilovning 6-bandi o‘n to‘rtinchi xatboshidagi va 7-bandning beshinchi xatboshidagi “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazi” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
2-bandning birinchi xatboshidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi) tamoyili bo‘yicha Davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markaz deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
9-bandning birinchi xatboshidagi, 22-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 27-banddagi, shuningdek, ilovadagi tegishli kelishikdagi “yagona darcha” markazi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Litsenziya talabgori tomonidan ariza zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda markaz orqali berilganda, markaz xodimi mazkur arizani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organga yo‘llaydi”.
“Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza Yagona portal orqali berilganda, arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining 20 foizi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining 20 foizi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“26. Litsenziya yo‘qotilgan yoki u yaroqsiz holga kelgan taqdirda dublikat beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat markazlar yoki Yagona portalga ariza va litsenziya va/yoki litsenziya bitimi yo‘qotib qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan, shuningdek, litsenziya berganlik uchun nazarda tutilgan yig‘im summasining yarmi miqdorida to‘lov to‘lab murojaat qiladi. Ariza Yagona portal orqali berilganda, arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining 20 foizi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“30. Litsenziya bitimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya bitimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish to‘g‘risidagi ariza Yagona portal orqali elektron shaklda berilganda arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining 20 foizi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
Murojaat shaklidan qat’i nazar (elektron shaklda yoki o‘zi kelgan holda) — 20 foiz miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga;
g) 5-ilovaning 1-pozitsiyasi “Ma’lumotlar taqdim etilishi uchun mas’ul organ” ustunidagi “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmati ko‘rsatuvchi yagona markazlar” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 548-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 4-banddagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi)” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-bandning birinchi xatboshidagi, 14-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi, 29-bandning birinchi xatboshidagi, shuningdek, 1-ilovadagi tegishli kelishikdagi “yagona darcha” markazi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Litsenziya berish haqidagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasining 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi, yig‘im summasining qolgan qismi esa litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda yig‘im summasining 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi, yig‘im summasining qolgan qismi esa litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilinganda arizalarni ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
“32. Litsenziya yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning dublikati beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat markazlarga yoki Yagona portal orqali ariza va litsenziyaning yo‘qolganligini tasdiqlovchi hujjat bilan, shuningdek, litsenziyani olish uchun nazarda tutiladigan yig‘imning yarmini to‘lagan holda murojaat qiladi. Ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda, yig‘im summasining 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi, yig‘im summasining qolgan qismi esa litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda arizalarni ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
Murojaat shaklidan qat’i nazar (elektron shaklda yoki shaxsan murojaat qilingan taqdirda) — 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi;
elektron shaklda murojaat qilinganda — 10 foizi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
26. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 27-son, 614-modda):
a) 2-ilovaning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi ““yagona darcha” markazlari” degan so‘zlar “Davlat xizmatlari markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
b) 3-ilovaning 22-bandi oltinchi xatboshidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” degan so‘zlar “Davlat xizmatlari markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 40-son, 1056-modda):
a) 2-bandning “v” kichik bandida “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandda “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi) tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi) so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning uchinchi xatboshidagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 11 — 13-bandlardagi, 14-bandning birinchi xatboshidagi, 22-bandning yettinchi xatboshidagi, 25 — 27, 29-bandalardagi, 30-bandning ikkinchi xatboshidagi, 41-banddagi, 63-bandning birinchi xatboshisidagi, 64-banddagi, 66-bandning ikkinchi xatboshidagi, 68-banddagi, 77-bandning birinchi xatboshidagi tegishli kelishikdagi “yagona darcha” markazi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
Murojaat shaklidan qat’i nazar (elektron shaklda yoki shaxsan murojaat qilingan taqdirda) — 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi;
to‘lanadigan mablag‘ning 10 foiz miqdori Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yanada rivojlantirishni moliyalashtirish hamda vazirlik xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish manbai sifatida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatli bankdagi maxsus hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lovning qolgan qismi ishchi organning hisobiga o‘tkaziladi va keyinchalik tushadigan mablag‘lar ishchi organni saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishi uchun yo‘naltiriladi.
Murojaat shaklidan qat’i nazar (elektron shaklda yoki shaxsan murojaat qilingan taqdirda) — 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi;
elektron shaklda murojaat etganda — to‘lanadigan mablag‘ning 10 foiz miqdori Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yanada rivojlantirishni moliyalashtirish hamda vazirlik xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish manbai sifatida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Litsenziya berish uchun davlat bojining qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi”;
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun to‘lanadigan yig‘im summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
murojaat shaklidan qat’i nazar (elektron shaklda yoki shaxsan murojaat qilingan taqdirda) — 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi;
elektron shaklda murojaat etganda — to‘lanadigan mablag‘ning 10 foiz miqdori Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yanada rivojlantirishni moliyalashtirish hamda vazirlik xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish manbai sifatida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun to‘lovlarning qolgan qismi ishchi organning hisobiga o‘tkaziladi va keyinchalik tushadigan mablag‘lar ishchi organni saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishi uchun yo‘naltiriladi”;
v) 3-ilovadagi “Ma’lumot taqdim qilish uchun mas’ul organ” ustunining 1 va 2-pozitsiyalaridagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-oktabrdagi 834-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 42-son, 1084-modda) 6-bandning yettinchi xatboshidagi va 7-banddagi “tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida” so‘zlari tegishli kelishikda “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.