O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
maishiy iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarining davriy davlat qiyoslovidan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlariga yuklatiladi;
tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash ularning xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
3. “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI va “O‘zdavenergonazorat” DI O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq iste’molchilarning tarif guruhlari optimallashuvini hisobga olgan holda, elektr energiyasi uchun yangi tariflarni bir oy muddatda tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI, “O‘zdavenergonazorat” DI “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev, “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Mustafayev, “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI boshlig‘i N.T. Agzamov va “O‘zdavenergonazorat” DI boshlig‘i D.O. Isaqulov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Elektr energetika to‘g‘risida”, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq elektr energiyasini yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2. Ushbu Qoidalar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, elektr energiya iste’molchilari, iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funksiyasini bajaruvchi xususiy operatorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) tomonidan bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
energiya ta’minoti bo‘yicha avariya broni — iste’molchilar faoliyati qisman yoki to‘liq to‘xtatilgan holda uskunalarni saqlash, insonlar hayotining xavfsizligini ta’minlash, avariya va qo‘riqlash yoritgichlari, shamollatish, suv haydash, suv ta’minoti, isitish, yong‘in xavfsizligi vositalari uchun zarur bo‘lgan elektr quvvatining eng kam miqdordagi darajasi yoki elektr energiyasi hajmi;
avariya rejimi — elektr energetika obyektlarining ishlash texnologik parametrlarining yagona elektr energetika tizimi ishonchli ishlashining izdan chiqishiga va iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tarzda chetga chiqishi;
blok-stansiyalar — iste’molchilarning yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmog‘i orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasi — elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansubligi bilan aniqlanadigan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi elektr tarmog‘ining bo‘linish nuqtasi;
elektr ta’minoti shartnomasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga iste’molchida kerakli uskunalar va elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlari mavjud bo‘lgan taqdirda, unga elektr tarmog‘i orqali elektr energiyasi yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan, iste’molchiga esa elektr energiyasi haqini to‘lash, shuningdek, elektr energiyasi iste’molining shartnomada nazarda tutilgan rejimiga rioya qilish, o‘z tasarrufida bo‘lgan elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xavfsizligini hamda elektr energiyasi iste’moli bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zi foydalanadigan uskunalar va asboblarning soz holatda bo‘lishini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan bitim;
elektr energiyasi (quvvati) iste’molining shartnomadagi miqdori — elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan va tegishli hisob-kitob davrida texnik shartlarga ko‘ra ruxsat etilgan quvvat, elektr qurilmalaridan foydalanilgan ish soatlar soni va ish kunlar miqdorlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan elektr energiyasi (aktiv, reaktiv) miqdori;
yagona elektr energetika tizimi — elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari va ularni tezkor-dispetcherlik boshqarish korxonalari;
elektr energiyasi sifati — elektr energiyasi parametrlarining davlat standartlari bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiqligi;
elektr energiyasini hisobga olishni nazorat qilish asbobi — nazorat qilish uchun foydalaniladigan va ko‘rsatkichlari asosida alohida sexlar, texnologik liniyalar, ko‘p energiya sarflaydigan uskunalar va boshqa uskunalarning elektr energiyasi sarfini aniqlash imkonini beradigan hisoblash asbobi;
yetarli miqdorda yetkazib berilmagan elektr energiyasi (kam yetkazib berish) — energiya ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qo‘yish va cheklash vaqtida iste’molchi to‘liq olmagan elektr energiyasi miqdori;
elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari — elektr energiyasini uzatish va yetkazib berishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan elektr energiyasi uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari;
cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish oqibatida muayyan vaqt oralig‘i davomida, shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo bo‘lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga shartnomada belgilangan elektr energiyasini yetkazib berish miqdorining kamayishi;
elektr energiyasi ta’minotidagi tanaffus (uzib qo‘yish) — iste’molchiga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish, avtomatika qurilmalarining muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki elektr energiyasi iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning o‘zida bir nechta liniyalar bo‘yicha elektr energiyasi oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki bir nechta elektr energiyasi yetkazib berish liniyalarining uzib qo‘yilishi tufayli sodir bo‘ladigan tanaffuslar bundan mustasno;
rejali uzib qo‘yish — agar elektr ta’minoti shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr qurilmalarini rejali–ogohlantirish ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida iste’molchilarni oldindan (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga elektr energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish;
to‘lov hujjati — to‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkibga, rekvizitlar formatiga ega bo‘lgan hamda elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni o‘z ichiga olgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi yoki elektron to‘lov hujjati bo‘lib, uning asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining hisob-kitob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkaziladi, shuningdek, to‘lovni naqd pulda to‘lash imkonini beradigan bildirishnoma. Elektron to‘lov hujjatlari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda ularning elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlarni saqlagan holda qog‘ozdagi shakli ham ta’minlanishi kerak;
elektr energiyasi iste’molchisi (iste’molchi) — elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr ta’minoti shartnomasi asosida iste’molchilarga elektr energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) — elektr energiyasini qabul qilish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki asbob;
iste’molchining ulangan quvvati — iste’molchining elektr energiyasini (bevosita elektr qabul qilgichlarni ta’minlaydigan) ishchi kuchlanishga aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvati. Iste’molchilarning elektr qurilmalari tarmoq transformatorlardan yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasining past kuchlanishli tarmoqlaridan ta’minlanganda, iste’molchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilanadi hamda elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi;
hisob-kitob davri — elektr energiyasi iste’molining sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lgan vaqt davri (oy);
Elektr energiyasini hisobga olish pribori — elektr energiyasi sarfini hisobga olish pribori (keyingi o‘rinlarda hisobga olish pribori deb ataladi) bo‘lib, iste’mol qilingan elektr energiyasining haq to‘lanishi lozim bo‘lgan hajmi uning ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi;
tizim operatori — yagona elektr energetika tizimi, magistral elektr tarmoqlari faoliyatining texnologik rejimini tezkor-dispetcherlik boshqaruvini, shuningdek, uning boshqa davlatlar elektr energetika tizimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi vakolatli tuzilma;
subiste’molchi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi roziligi bilan boshqa iste’molchining elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan elektr ta’minoti yuzasidan shartnoma tuzgan iste’molchi. Elektr energiyasi subiste’molchiga berilganda, iste’molchi mazkur Qoidalarga rioya qilish bo‘yicha javobgar bo‘ladi;
elektr ta’minotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi yoki quvvati hajmi;
hisobga olish nuqtasi — elektr ta’minoti sxemasidagi nuqta, unda o‘lchash asbobi (yoki hisobga olish tizimi) yordamida elektr energiyasi sarfining hajmi aniqlanadi;
elektr ta’minoti korxonasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi bo‘linmasi;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yig‘indisi (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
elektr energiyasini hisobga olishni nazorat qilish asbobini ulash sxemasini tekshirish (tekshirish) — Byuro va (yoki) hududiy elektr tarmoqlari korxonasining xodimi tomonidan iste’molchining instrumental usul bilan elektr energiyasi iste’molini hisobga olishni nazorat qilish asbobi va o‘lchov transformatorlarining ulanish sxemasi to‘g‘riligini tekshirish hamda bir vaqtning o‘zida belgilangan namunadagi dalolatnoma rasmiylashtirilib, keyinchalik uni axborot dasturiy kompleksining tegishli reyestriga kiritish;
ko‘rsatkichlarni nazorat tartibida tekshirish (aylanib chiqish) — Byuroning vakolatli shaxsi tomonidan elektr energiyasini hisobga olishni hisob-kitob qilish asboblaridan elektr energiyasining haqiqiy sarfi ko‘rsatkichlarini olish va elektr energiyasini hisobga olish asboblari, o‘lchov transformatorlari, ularning ulash sxemalari va o‘rnatilgan plombalarning butligini ko‘zdan kechirish;
reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati — reaktiv energiyaning eng maqbul qiymati bo‘lib, uning oshib ketishi elektr energiya sifatining yomonlashuviga va elektr ta’minoti korxonasi tarmoqlarida energiya yo‘qotish ortishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Iste’mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki O‘zbekiston Respublikasining o‘lchov vositasi turini tasdiqlash to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan hududiy bo‘linmalar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) mos keladigan hisobga olish asboblari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro iste’molchilar bilan birgalikda iste’mol qilingan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi elektr energiyasini hisobga olish asboblari (maishiy iste’molchilardan tashqari) ko‘rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo‘lganda elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash sxemasini tekshirib ko‘rishi kerak. Iste’molchi tomonidan elektr energiyasi sarfi to‘g‘risida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Byuroga belgilangan shakl bo‘yicha o‘z qo‘li bilan, faksimil, elektron yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilgan hisobot yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun iste’mol qilingan elektr energiyasining amaldagi hajmini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
EHNATning joriy etilishi munosabati bilan iste’molchilarning hisobga olish asboblaridagi ko‘rsatkichlar avtomatlashtirilgan tizimning texnik parametrlariga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta yoki iste’molchining buyurtmasi bo‘yicha yozib olinadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari shaxsiy hisobraqam va hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotlar doimiy asosda shakllantirilishini va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga real vaqt rejimida yuborilishini ta’minlaydi.
5. Iste’molchi o‘ziga tegishli elektr tarmoqlariga kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qo‘shimcha elektr qurilmalarini ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta’minoti uchun qo‘llashdan tashqari).
6. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Elektr energiyasining isrof qilib sarflanishi va iste’molchi elektr qurilmalarining avariya xavfini tug‘diradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati aniqlanganda, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi elektr energiyasi yetkazib berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan iste’molchida energiyadan nooqilona foydalanganlik, elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarmaslik holatlari aniqlangan taqdirda (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasidan nooqilona foydalanish bo‘yicha aniqlangan holatlardan kelib chiqqan holda energiya iste’molining shartnomadagi miqdorini kamaytirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish yoki odamlar xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘lganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda elektr energiyasini uzatishni uzib qo‘yish yoki cheklashga ruxsat etiladi.
9. Obyektning elektr ta’minoti loyihasida ko‘zda tutilgan o‘zaro zaxiralanuvchi manbalarni avtomatik ishga tushirish yoki asosiy manbani qayta avtomatik tiklash vaqtida elektr energiyasining uzib qo‘yilishi (sabablaridan qat’i nazar) elektr ta’minotida tanaffus deb hisoblanmaydi.
10. Vakolatli davlat organlari maxsus qoidalar bo‘yicha foydalaniladigan elektr qurilmalarini qonun hujjatlariga muvofiq energetika nazoratidan o‘tkazadi.
11. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, asboblar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya etilishi uchun javobgarlikdan, shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish paytida paydo bo‘ladigan avariyalar, yong‘inlar, elektr energiyasini hisobga olish asboblarining nosozliklari va boshqa qoida buzarliklar to‘g‘risida hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
12. Elektr tarmoqlari, asboblar va uskunalarning texnik holatiga va ularni ekspluatatsiya qilishga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi elektr energetika sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Respublikada elektr energiyasi iste’molining prognozi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan iqtisodiy rivojlanish, aholi sonining o‘sishi va uy-joy qurilishini hisobga olgan holda har bir iste’molchi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalarida ko‘rsatilgan ehtiyoj miqdorlari asosida aniqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
15. Elektr energetika obyektlarining ichki tarmoq elektr energiyasi iste’molining prognozi (korxonalarning elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining va ishlab chiqarish ehtiyojlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasini elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga uzatish bo‘yicha elektr energiyasining texnologik sarfi) har yili 1-oktabrgacha umumlashtiriladi hamda kelgusi yil uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi tarkibiga kiritiladi.
16. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxona har yili 1-oktabrgacha “O‘zbekenergo” AJga kelgusi yilga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvat va prognoz to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. “O‘zbekenergo” AJ choraklar bo‘yicha bo‘lib chiqqan holda, kelgusi yilgi elektr energiyasi ehtiyojining prognozini shakllantiradi va joriy yilning 15-oktabrigacha uni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansiga muvofiq, elektr energiyasining ko‘rib chiqilayotgan yil uchun choraklarga bo‘lingan yillik resurslarini belgilangan muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog‘iga bevosita ulangan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida mazkur Qoidalarga muvofiq yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi elektr ta’minoti shartnomasi elektr ta’minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi.
Elektr ta’minotining namunaviy shartnomasi “O‘zbekenergo” AJ tomonidan ishlab chiqiladi va Byuro, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi hamda Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Elektr ta’minoti shartnomasi 2 nusxada tuziladi. Bir nusxasi iste’molchiga taqdim etiladi, ikkinchisi hududiy elektr tarmoqlari korxonasida qoladi.
21. Subiste’molchilar iste’molchilar bilan elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga asosan tuzadi.
22. Subiste’molchilarga o‘z tarmoqlari orqali elektr energiyasini yetkazib beruvchi iste’molchilar subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasining umumiy (jami) miqdori bo‘yicha elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi.
23. Elektr energiyasi iste’molchilari, shu jumladan xususiy uy-joylarda yashovchilar, obyektlarni loyihalashtirish va ishga tushirishdan avval elektr qurilmalarining yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.
Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarning elektr ta’minotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
24. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan transformatorlar yoki dvigatellarning yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarini ulash, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoq transformatorlariga past kuchlanishli qurilmalarning yangi quvvatini ulash yoki ularning ruxsat berilgan quvvatini oshirish uchun texnik shartlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchi-buyurtmachidan (quruvchidan) yoki uning topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihalash tashkilotidan buyurtma olingandan so‘ng bir oy muddatda belgilangan tartibda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlariga texnik shartlar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Bunda iste’molchilarning xohishiga ko‘ra, ularni elektr tarmoqlariga “tayyor holda” ulash mumkin.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
25. Iste’molchi texnik shartlarni olish bo‘yicha buyurtmanomada loyihalashtirilayotgan obyektni tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlarni qisqacha shaklda ko‘rsatadi: yuklama miqdori, iste’molchining elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha toifasi, joylashgan joyi (aholi punkti bilan bog‘liq kartografiya materiali), obyektni loyihalashtirish va qurish muddatlari.
26. Elektr qurilmalarning qo‘shimcha quvvati ulaganda, zaxira elektr ta’minotini talab etadigan toifaga o‘tish munosabati bilan elektr qurilmalarining elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha toifasi o‘zgarganda hamda tashqi elektr ta’minoti sxemasi o‘zgargan taqdirda, iste’molchi qo‘shimcha texnik shartlar olishga majburdir.
Belgilangan quvvat texnik shartlar va elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan miqdordan oshirib yuborilganda, Byuro yoki uning talabnomasiga ko‘ra hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qo‘shimcha ulangan quvvat uzib qo‘yiladi.
Bunda iste’molchi tomonidan iste’mol qilishga ruxsat etilgan quvvatning oshirilishi tufayli avariya holati yuzaga kelganda va/yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga zarar yetkazilganda, iste’molchidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazilgan haqiqiy zarar summasi ham undiriladi.
27. Elektr qurilmalari iste’molchining elektr tarmoqlaridan quvvat oladigan subiste’molchilar texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati bilan iste’molchilardan oladi va elektr ta’minoti loyihasini elektr energetika sohasidagi davlat nazorati organi va iste’molchi bilan kelishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar, subiste’molchining yuklamasi ortishi sababli iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasini o‘zgartirish yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan transformatorlar va yuqori voltli dvigatellar quvvatini ko‘paytirish talab etilsa, iste’molchi yuklamani ko‘paytirish bo‘yicha texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan oladi.
28. Obyektni hududiy elektr tarmoqlariga ulashning texnik shartlari eng yaqin elektr tarmoq xo‘jaligi obyektlari tomonidan ularning bandlik darajasi hisobga olingan holda beriladi va ushbu shartlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
elektr qurilmalarning iste’mol qilishga ruxsat etilgan hamda qaytadan ulanadigan va/yoki qo‘shimcha hisoblab chiqilgan quvvati;
ulanish nuqtasi (podstansiya, elektr stansiyasi yoki elektr energiyasini uzatish liniyasi), obyektni ta’minlovchi havo va kabel liniyalari tashkil etiladigan kuchlanish, alohida holatlarda tashqi elektr energiyasi ta’minoti sxemasi variantlarini ishlab chiqish zarurati ko‘rsatiladi;
yangi iste’molchining ulanishi tufayli mavjud tarmoqni kuchaytirish bo‘yicha asoslangan talablar (simlar kesimlarini oshirish, transformatorlar quvvatini almashtirish yoki ko‘paytirish, zaxira yacheykalari barpo etish va shu kabilar);
qisqa tutashish toklarining hisoblangan miqdori, releli himoya, avtomatika, aloqa, izolatsiya va o‘ta kuchlanishdan himoyaga qo‘yiladigan talablar;
50 kVt va undan yuqori iste’mol qilishga ruxsat etilgan iste’molchilar uchun reaktiv quvvat o‘rnini to‘ldirishga qo‘yiladigan talablar;
davlat standartlariga muvofiq tok qabul qilgichlar yonida barqarorlashtiruvchi qurilmalar va elektr energiyasi sifatini nazorat qiluvchi asboblar o‘rnatilishiga qo‘yiladigan talablar;
iste’molchining hududiy elektr tarmoqlari ta’minlovchi liniyalari ulanadigan elektr qurilmalariga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablar (yagona elektr energetika tizimida quvvat tanqisligi paydo bo‘lganda bunday tok qabul qilgichlarning elektr ta’minotini saqlash maqsadida zaxira energiya manbaining, kuchlanish beriladigan joylarni avtomatik himoya qilishning zarurligi, ta’minlovchi liniyalarning parallel ishlashiga yo‘l qo‘yilishi, ayrim zaxira ta’minlovchi liniyalarga yuklamalarni ajratish va boshqalar);
korxona, bino, inshootlar loyihasida (ishchi loyihasida) elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi talablar;
iste’molchi tarmog‘iga ulanadigan subiste’molchilar ro‘yxati (ularning yuklamalari va elektr energiyasi iste’moli to‘g‘risidagi asosiy istiqbol ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda);
ishlarni loyihalash va bajarishning amaldagi me’yorlarini hisobga olgan holda, texnik shartlarning belgilangan amal qilish muddati.
29. Korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarning texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan elektr ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalari) qonunchilikda belgilangan tartibda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog‘liq yangi elektr qurilmalarini va elektr tarmog‘i xo‘jaligining obyektlarini loyihalash va qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
31. Iste’molchi, unda texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabi bo‘yicha o‘z elektr tarmoqlariga boshqa iste’molchilarning elektr qurilmalarini ulashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish va kuchlanishni uzatishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsat etiladi.
Iste’molchilarning elektr qurilmalari “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda elektr qurilmalarni ishlatishga beriladigan ruxsatnomasiz yagona elektr energiyasi tizimining elektr tarmoqlariga ulanganligi aniqlanganda, ushbu elektr qurilmalar qoidabuzilishlar bartaraf etilguncha va mazkur buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilguncha elektr tarmoqlardan darhol uziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Iste’molchilarning yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga energiya iste’molchida “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan elektr qurilmalarini ishlatishga beriladigan ruxsatnoma mavjud bo‘lganda, hisobga olishning qiyoslov asboblari o‘rnatilganda, shuningdek, elektr ta’minoti shartnomasi tuzilganidan keyin yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda tadbirkorlik subyektlarini elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga qonun hujjatlariga muvofiq ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazib, ishlatishga ruxsat beradigan “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydalanish jarayonida ularning normal ishlashi uchun javob bermaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Ishlari mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar har yili, elektr qurilmalarini ishga tushirishdan oldin ularning ko‘rikdan o‘tkazilishi va ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilishi uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalariga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining texnik holati yuzasidan tomonlarning javobgarligi
36. Elektr uskunalarining holati, foydalanilishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan iste’molchilar bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasidagi javobgarlik darajasi elektr uskunalarining balans bo‘yicha mansubligi bilan belgilanadi va elektr ta’minoti shartnomasiga ilova qilinadigan elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligini va tomonlarning ekspluatatsiya qilish bo‘yicha javobgarligini chegaralash dalolatnomasida qayd etiladi.
Elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligini va tomonlarning foydalanish javobgarligini chegaralash dalolatnomasi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi vakillari tomonidan imzolanadi.
Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarining holati va ularga xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgarlik chegaralari:
yopiq taqsimlash qurilmalarining tashqi tomonidan elektr uzatish havo liniyasining o‘tish izolyatori ulangan joyda va simning ochiq taqsimlash qurilmalari izolyatorlari portal tizmasining taranglovchi qisqichidan chiqish joyida;
elektr uzatishning ta’minlovchi yoki chiquvchi liniyalarining kabel yoki havodagi kirish simlari ulangan joylarida belgilanadi. Bunda oldingi jumlada keltirilgan ulanmalarning holati uchun podstansiyadan foydalanuvchi korxona javob beradi.
Turli iste’molchilarga tegishli, tarmoqlangan simlarga (yopiq yoki ajratgichlar orqali) ega bo‘lgan kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uzatish liniyalarining holati va ularga xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgarlikning bo‘linish chegarasi asosiy liniyaning tarmoqlanish amalga oshirilgan tayanch nuqtasida belgilanadi. Tarmoqlangan simlarni ulovchi qisqichlarning holati uchun javobgarlik asosiy elektr uzatish liniya egasiga yuklatiladi.
Kuchlanishi 1000 V bo‘lgan elektr qurilmalarining holati va ularga xizmat ko‘rsatish uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasidagi javobgarlik chegarasi:
Bunda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga, muassasalarga va boshqa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydigan iste’molchilarga tegishli uylardagi elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasidagi ulanmalarning holati uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi javob beradi. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish xususiyatlariga ko‘ra, javobgarlikning boshqa asoslangan chegaralari ham belgilanishi mumkin.
37. Iste’molchi o‘z tasarrufidagi elektr qurilmalarning texnik holati va elektr xavfsizligi, Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi, elektr energiyasining oqilona sarflanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimlari bajarilishi, elektr energiyasi sifatining ta’minlanishi, shuningdek Byuro va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
38. Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarida va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarida hisobga olinmagan ishlab chiqarishning va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishning o‘ziga xos (yer osti, portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlar, elektr tortish kuchi va boshqa) shartlari mavjud bo‘lganda, iste’molchilar ushbu elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus yo‘riqnomalarga ega bo‘lishlari shart.
39. Maishiy iste’molchilar tomonidan o‘z maishiy ehtiyojlari uchun montaj qilingan kuchlanishi 1000 V dan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari (elektr energiyasi uzatish liniyalari, transformator punktlari (keyingi o‘rinlarda TP deb ataladi) va boshqalar) foydalanishga topshirilishidan oldin texnik xizmat ko‘rsatish uchun alohida shartnoma bo‘yicha belgilangan tartibda elektr ta’minoti korxonalariga berilishi kerak.
Iste’molchi tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi bekor qilinganda yoki texnik xizmat uchun o‘z vaqtida to‘lov o‘tkazilmaganda, ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga elektr energiyani yetkazib berish to‘xtatiladi.
40. Maishiy iste’molchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr tarmoqlari montaj qilingan hollarda:
41. Maishiy iste’molchi 1000 V dan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga ega bo‘lgan holda, maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi (liniyalar, TP) elektr energiyaning texnologik yo‘qotishlari hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi va uning iste’moliga qo‘shiladi hamda bu haqida elektr ta’minoti shartnomasida tegishli yozuv qayd etiladi.
42. Maishiy iste’molchilarga 1000 V gacha kuchlanishdagi bitta fiderdan zaxira manba sifatida qo‘shimcha fazaga ega bo‘lish taqiqlanadi.
43. Iste’molchi elektr tarmoqlarining texnik holatini ta’minlash bo‘yicha ekspluatatsiya xarajatlari uchun subiste’molchilar, iste’molchi bilan subiste’molchi o‘rtasida tuzilgan alohida shartnoma bo‘yicha elektr energiyasining umumiy hajmidan olinadigan ulushga mutanosib ravishda haq to‘laydi.
Ekspluatatsiya xarajatlarini subiste’molchiga beriladigan elektr energiyasi tarifiga qo‘shishga ruxsat etilmaydi.
44. Elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hisob-kitob qilish uchun iste’molchilar majburiy tartibda EHNATga mos keladigan elektron hisobga olish asboblari bilan, 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan iste’molchilar esa — EHNATga mos keladigan ko‘p funksiyali (ko‘p tarifli) elektron hisobga olish asboblari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak.
45. EHNAT ko‘rsatkichlar buzilishidan va inson omilining ta’sirini mumkin qadar kamaytirgan holda axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan kompleks himoya bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
46. EHNATga mos keladigan hisobga olish asboblari bo‘lmaganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini elektr tarmoqlariga hamda iste’molchilar va subiste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
47. Turli xil tarif guruhlariga mansub iste’molchi bitta elektr ta’minoti manbaidan elektr bilan ta’minlanganda, hisobga olish asboblari har bir tarif guruhi uchun alohida o‘rnatiladi.
48. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari (shu jumladan aktiv va reaktiv energiyani o‘lchash vositalari, shuningdek EHNAT) mazkur Qoidalarga muvofiq o‘rnatiladi va Elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va iste’molchilar tomonidan ishga tushirilgan EHNAT belgilangan tartibda metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
49. Elektr energiyasini texnik hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan me’yorlari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish asboblari alohida sexlarda, ko‘p energiya sarflaydigan agregatlarda, texnologik liniyalarida, binolarda, alohida obyektlarda va boshqalarda o‘rnatiladi.
50. Ko‘p xonadonli uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida elektr energiyasini hisobga olish asboblari har bir xonadon uchun maxsus ajratilgan joylarda o‘rnatiladi.
Har bir xonadonga o‘rnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun ham umumiy hisobga olish asboblari o‘rnatiladi.
51. Iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) Elektr energiyasini hisobga olish asboblari, shuningdek elektr energiyasini hisobga olishning boshqa vositalari iste’molchilarning mablag‘lari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan Byuro bilan hamkorlikda bepul o‘rnatiladi, plombalanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Maishiy iste’molchilardagi elektr energiyasini hisobga olish elektron asboblarini sotib olish, o‘rnatish, ro‘yxatga olish, davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazish va plombalash, shuningdek, mavjud (jumladan, induksion) hisobga olish asboblari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag‘lari hisobidan almashtiriladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda EHNATga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari ham hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobidan sotib olinadi, o‘rnatiladi, ro‘yxatga olinadi va plombalanadi.
Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uylar va xonadonlarda maishiy iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan birgalikda elektr energiyasini hisobga olish asboblari o‘rnatiladigan joy va ularni o‘rnatish uchun zarur materiallar oldindan aniqlanadi. Bunda hisobga olish priborini montaj qilish uchun materiallar iste’molchi tomonidan sotib olinadi.
Hisobga olish pribori uy-joy yoki xonadon egasining buyurtmanomasiga binoan bir hafta muddatda, uning ishtirokida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan o‘rnatiladi.
53. Hisobga olish iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishni o‘lchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek, ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish asboblarining shikastlanishi va ularning yo‘qolishi) hisobga olish nazorat qilish asboblarini va ularga tegishli asbob-uskunalarni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyosloviidan o‘tkazish va o‘rnatish iste’molchi tomonidan ular qiymati va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘langan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
54. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari, o‘lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, aloqa liniyalarining, shu jumladan ularga o‘rnatilgan plombalarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik binosida ko‘rsatib o‘tilgan hisobga olish asboblari o‘rnatilgan tashkilotga yuklanadi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari, o‘lchov transformatorlari, EHNAT ikkilamchi zanjirlari va aloqa liniyalarining saqlanishi va texnik holati uchun elektr qurilmasi egasi bo‘lgan tashkilot javob beradi.
mahkamlanadigan joyda kojuxlarga, hisobga olish asboblari bilan birga foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarida esa — alohida ajratilgan joylarda “O‘zstandart” agentligining yoki uning hududiy bo‘linmasining belgilangan namunadagi plombasi bo‘lishi kerak;
elektr energiyasini hisobga olish priborining klemmniki qopqoqlarida, tok transformatorlarning klemmniklarida, xotira blokida va sinov bloklarinining hisobga olish asboblarini dasturlashdan foydalanish tugmasida (bo‘lmasida), o‘tuvchi klemmniklarda, kuchlanish transformatorlari ajratgichlari yuritmalari va himoya avtomatlarida — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va Byuroning belgilangan namunadagi plombalari bo‘lishi kerak.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari va o‘lchov transformatorlarini birlamchi qiyoslovdan ishlab chiqaruvchi zavodda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Agar, elektr energiyasini hisobga olish priborini ishlab chiqarish kunidan boshlab, to uni o‘rnatishgacha uch fazali asbob uchun 12 oydan ko‘p muddat va bir fazali asbob uchun 2 yildan ko‘p muddat o‘tgan bo‘lsa, unda hisobga olish pribori o‘rnatilishidan oldin egasining hisobidan davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini va o‘lchov transformatorlarini davriy qiyoslovdan o‘tkazish “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Agar, maishiy iste’molchining elektr energiyasini hisobga olish priborining qiyoslovdan o‘tkazish oralig‘i tugashi bilan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan tartibda qiyoslov tadbirlari o‘tkazilmagan bo‘lsa, unda ushbu iste’molchi qiyoslovdan o‘tkazish muddati tugagan hisobga olish priborining ko‘rsatkichlariga ko‘ra elektr energiyasi haqini to‘laydi.
Bunda elektr ta’minoti korxonasi maishiy iste’molchi tomonidan qiyoslovdan o‘tkazish muddati tugagan hisobga olish priboridan foydalangan elektr energiyasi uchun qaytadan hisob-kitob qilish huquqiga ega emas.
Maishiy iste’molchi o‘z hisoblash asbobini “O‘zstandart” agentligida mustaqil qiyoslov o‘tkazish huquqiga ega. Bunda elektr ta’minoti korxonasi maishiy iste’molchining birinchi talabiga ko‘ra elektr energiyasini hisobga olish priborini bepul yechish, o‘rnatish, plombalash va ro‘yxatdan o‘tkazishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Byuro va Byuro ko‘rsatmasi bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari shaxsiy guvohnomalari bo‘lgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida hisobga olish priborining ko‘rsatkichlarini yozib olish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish asboblarini va ularning ulanish sxemalarini to‘sqinliksiz borib ko‘rish huquqiga egadir.
Byuro xodimining elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirishiga yo‘l qo‘ymaslik dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Iste’molchi Byuro tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan tanishib, uni imzolashi zarur. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, bu haqda tegishli belgi qo‘yiladi. Rad etish ikki nafar guvoh yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Dalolatnomani imzolashni rad etgan iste’molchi buning sababini tushuntirishga haqli va u dalolatnomaga kiritilgan bo‘lishi lozim.
Iste’molchining dalolatnomani imzolashni rad qilgani uni elektr tarmoqlarlardan uzishga asos bo‘ladi va bu haqda u xabardor qilingan bo‘linishi lozim.
58. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarini boshqa joyga o‘rnatish va almashtirish Byuro va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va ko‘rsatilgan xizmatlar haqi iste’molchi tomonidan to‘lanadi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini, o‘lchov transformatorlarini o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga o‘rnatish va (yoki) almashtirish holatlari aniqlangan taqdirda, Byuro yoki uning ko‘rsatmasiga ko‘ra hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmoqdan uzib qo‘yadi.
Qaytadan hisob-kitob qilish Byuro tomonidan hududiy elektr ta’minoti korxonasi bilan birgalikda mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
59. Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday ishlar faqat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Byuro vakili va iste’molchi ishtirokida, bu haqida ular yozma ravishda xabardor qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. Ishlarni bajarish davrida foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish va hisob-kitob qilish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilangan vaqtinchalik sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
60. Bevosita “O‘zbekenergo” AJ va (yoki) “O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalarining elektr tarmoqlaridan hamda iste’molchilar yoki subiste’molchilar elektr tarmoqlari orqali uzatiladigan elektr energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli tariflar bo‘yicha elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Barcha elektr energiyasi iste’molchilari (maishiy iste’molchilardan tashqari) hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan birgalikda hisob-kitob davri tamom bo‘lgandan keyin har oy besh kun mobaynida foydalanilgan elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzishlari shart.
61. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida iste’molchilarni tarif guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi mazkur Qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzilgandan keyin iste’molchining aybi bilan iste’molchini tegishli bo‘lmagan tarif guruhiga kiritish holati aniqlanganda, hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shartnoma tuzilgan paytdan, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan davr uchun qayta hisob-kitob qilinadi.
62. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun I tarif guruhi iste’molchilari uchun tabaqalashtirilgan tarif qo‘llaniladi.
Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning vaqt zonasi bo‘yicha iste’mol qilingan har 1 kVt/s elektr energiyasi uchun to‘lovdan iborat. Bunda:
tig‘iz davr — ertalabki va kechki maksimum (yagona elektr energetika tizimining maksimal yuklamalar soatlari soat 600 dan 900 gacha va soat 1700 dan 2200 gacha);
tungi davr — sutkaning qorong‘i davri (yagona elektr energetika tizimining minimal yuklamalar soatlari soat 2200 dan 2400 gacha va soat 0000 dan 0600 gacha).
Bunda yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffitsiyentni ko‘llash orqali, eng kam yuklamali soatlarda esa belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyentni ko‘llash orqali va yarim tig‘iz paytda o‘rnatilgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
63. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar II, III, IV tarif guruhlari iste’molchilari bilan bir stavkali tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bir stavkali tarif hisob-kitob davrida iste’mol qilingan har bir kVt/s elektr energiyasi uchun to‘lovdan iborat.
Elektr energiyasini realizatsiya qilishda narxni shakllantirishning alohida tartibi belgilanadigan tashkilotlar ro‘yxatida nazarda tutilgan, 750 kVAgacha quvvatga ulangan, mahsulot ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni Hukumat qarori bilan belgilangan o‘sib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Bir necha tarif guruhlariga mansub iste’molchilar bilan hisob-kitoblar, har bir tarif guruhiga alohida o‘rnatilgan hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
65. Elektr energiyasi uchun haq to‘lash hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki iste’molchining tomonidan yoziladigan to‘lov hujjatlari bo‘yicha elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
66. EHNATga ulangan yoki oldindan haq to‘lash qurilmasi va hisobga olish priboriga ega bo‘lgan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan to‘langan to‘lov doirasida amalga oshiriladi.
67. Elektr ta’minoti shartnomasida hisob-kitob davri uchun ko‘rsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilinganda, iste’molchilardan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgandan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi jami hajmi uchun belgilangan tarifning bir yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Iste’molchi yuridik shaxs sifatida tugatilgan taqdirda, uning elektr qurilmasiga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi yetkazib berish taqiqlanadi.
Agar, elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilmagan bo‘lsa, u holda buning oqibati uchun Byuro va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
69. Hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari yozib olinmagan yoki elektr energiyasi sarfi to‘g‘risidagi hisobot iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) iste’molining shartnomaviy miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan hisob-kitob davr uchun elektr energiyasi iste’molining o‘rtacha sutkalik amaldagi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Bunda hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari nazorat tartibida Byuro tomonidan yozib olingandan keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Qayta hisob-kitob iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud uning ishtirokisiz belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
maishiy iste’molchilar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart;
mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin qarzdorlik mavjud bo‘lganda, maishiy iste’molchilar belgilangan tartibda elektr tarmoqlaridan majburiy uziladi;
mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilganlardan tashqari, iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
71. To‘lov hujjatida xatolar yoki hisobga olish asboblari ko‘rsatkichida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga darhol murojaat qilishi kerak, korxona esa, o‘z navbatida, qayd etilgan holatlar to‘g‘risida Byuroga kechiktirmasdan xabar beradi.
(71-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Byuro va iste’molchi bilan birga murojaat qilgan kundan boshlab o‘n sutkadan kechiktirmay, hisob-kitobni tekshirishi, zarurat bo‘lganda esa hisobga olish priborini ham ko‘rikdan o‘tkazishi kerak.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Hisobga olish priborini ko‘rikdan o‘tkazish yoki to‘lov hujjatidagi xatolar to‘g‘risidagi murojaat qilinganda taqdirda ham iste’molchi to‘lovni belgilangan tartibda to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi.
Agar, hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlaridagi chetga chiqish ushbu hisobga olish pribori uchun belgilangan aniqlik doirasidan oshmasa, bunday chetga chiqishlar yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblanadi.
Agar, to‘lov hujjatini tekshirish yoki hisobga olish priborini ko‘rikdan o‘tkazishdan keyin (shu jumladan iste’molchi murojaat qilmasa ham) qayta hisob-kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday qayta hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda amalga oshiriladi.
72. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasida hisob-kitob qilish uchun aktiv va reaktiv energiyani hisobga olish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik chegarasida amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarning 74-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
73. Hisob-kitob davrida iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori va xuddi shu davrda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi miqdori o‘rtasidagi tafovut (shu jumladan, elektr energiyasining amaldagi texnologik sarfi normativ sarfdan oshishi hisobidan paydo bo‘layotgani), me’yorlar doirasida ushbu elektr tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatishdagi uning texnologik sarfining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan normativi hajmi chiqarib tashlangan holda, hududiy elektr tarmoqlarining davr xarajatlariga o‘tkaziladi va yuridik shaxslarning foyda solig‘ini hisoblashda chegirilmaydi.
74. Elektr energiyasini hisobga olish pribori elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasida o‘rnatilmaganda, elektr tarmog‘ining chegarasidan hisobga olish pribori o‘rnatilgan joyigacha bo‘lgan uchastkadagi aktiv va reaktiv energiya texnologik sarfining hajmi iste’molchi bilan birgalikda hisoblash orqali aniqlanadi va elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansubligiga qarab hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining hisobiga o‘tkaziladi.
75. Elektr energiyasi yagona elektr energetika tizimidan tranzit bo‘yicha iste’molchining elektr tarmog‘i orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog‘iga uzatilganda, iste’molchi tarmoqlaridagi elektr energiyasi texnologik sarfining bir qismi, iste’molchining elektr tarmog‘iga kelib tushgan elektr energiyasining umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog‘iga iste’molchi tomonidan uzatilgan elektr energiyasi miqdoriga mutanosib ravishda, yagona elektr energetika tizimining elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga o‘tkaziladi.
76. Iste’molchining aybi bilan elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan elektr energiyasi hajmi to‘liq iste’mol qilinmagan taqdirda, avans tariqasida to‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
77. Iste’molchining elektr energiyasi haqini to‘lash, reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun tarifga ustamalar, shuningdek, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi va penya bo‘yicha qarzi bo‘lgan taqdirda, uning avans to‘lovi hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lari qarzni qoplashga yo‘naltiriladi va avans to‘lovi (oldindan haq to‘lash) sifatida hisobga olinmaydi.
78. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitob bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini imzolash rad etilgan taqdirda, qarzni undirish tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq shartnomaviy hajmdan kelib chiqqan holda, iste’molchining bankdagi hisob raqamiga to‘lov talabnomasi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
79. Iste’molchi (maishiy iste’molchilardan tashqari) egallab turgan binodan uning topshirilishi, sotilishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan taqdirda, u bu haqida hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma shaklda xabardor qilishi hamda elektr energiyasi uchun ko‘chib ketish kunigacha to‘liq hisob-kitob qilishi shart, shundan so‘ng hududiy elektr tarmoqlari korxonasi obyektga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatadi. Yangi iste’molchini rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr tarmog‘iga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
80. Tomonlar ularning xohish va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib bo‘lmaydigan va oldindan bilib bo‘lmaydigan favqulodda holatlarni o‘z ichiga olgan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) oqibatida o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni bajara olmasa, tomonlardan hech biri o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmagani uchun javob bermaydi.
81. Agar ko‘rsatilgan fors-major holatlari majburiyatlarning shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga ta’sir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-major holatlarining amal qilish vaqtiga, ammo elektr ta’minoti shartnomasining amal qilish muddatidan ko‘p bo‘lmagan vaqtga uzaytiriladi.
82. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funksiyalarini belgilangan tartibda xususiy operatorga o‘tkazishi mumkin.
Elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funksiyalarini bajaruvchi xususiy operatorlar o‘z faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
83. Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar o‘zgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan kamida o‘n besh kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Bunda elektr energiyasi uchun tariflar o‘zgargan sanadan qat’iy nazar, elektr ta’minoti shartnomasi o‘z kuchida qoladi va iste’molchi foydalanilgan elektr energiyasi uchun yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab haq to‘lashga majburdir.
Tarif o‘zgargan taqdirda esa, iste’molchi elektr energiyasining (aktiv, reaktiv energiya ham shu jumlaga kiradi) avans bilan to‘langan hajmi uchun, biroq to‘lov kunidan boshlab keyingi 12 oydan ortiq bo‘lmagan vaqtda qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
84. Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan iste’molchilar elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladi (budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
85. Iste’molchining sexlari yoki obyektlari alohida joylashgan bo‘lsa va taqsimlovchi umumiy elektr tarmoqqa ega bo‘lmasa, bu sexlar yoki boshqa alohida obyektlar bo‘yicha hisob-kitoblar iste’molchining o‘zi bilan hisob-kitob qilishda qo‘llanaditgan tarifdan qat’iy nazar, tegishli iste’molchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
86. Tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilmaydigan barcha boshqa iste’molchilar elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
88. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasiga asosan elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasini hisobga olishning bo‘linish nuqtasida o‘rnatilgan elektr energiyani hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tarifga muvofiq hisob-kitob qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
89. Elektr ta’minoti korxonasining elektr tarmoqlari va uylarning ichki elektr tarmoqlarining bo‘linish chegarasidan umumiy mulk hisoblanadigan ushbu tarmoqlardan ta’minlanadigan maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarigacha bo‘lgan elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadi va uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari iste’moliga qaratiladi va bu haqda elektr ta’minoti shartnomasida tegishli yozuv qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
90. Ko‘p xonadonli uy-joylarni bevosita boshqarganda uy-joy egalarining umumiy yig‘ilishi bilan vakil qilingan uy-joylarning egalari uyning umumiy ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar qilish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzish huquqiga ega.
Bunda uy-joy mulkdorlari umumiy yig‘ilishi bilan vakil qilingan bir yoki bir necha uy-joy mulkdori hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan munosabatlarda uy-joy mulkdorlari nomidan harakat qilishga haqlidir.
91. Qabul qilish komissiyasining dalolatnomalariga asosan yangidan foydalanishga topshirilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarni o‘z balansiga qabul qilib olgan tashkilotlar yoxud quruvchilar ushbu uylarni elektr tarmog‘iga ulashga ruxsat olish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga har bir uyda EHNATga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olish priborini o‘rnatish uchun buyurtmanoma taqdim etishi va elektr energiyani hisobga olish asboblarining va ularni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat narxini to‘lashi shart.
92. Uy-joylarning elektr uskunalari va elektr tarmoqlaridan foydalanishga ekspluatatsiya tashkiloti tomonidan ular belgilangan tartibda qabul qilinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin ruxsat etiladi.
93. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi turar joy va noturar joy fondi binolarining egalari va ijarachilar (yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar) bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi va ularga shaxsiy hisob raqamlari ochadi.
Bitta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bir necha shirkatlarga bo‘linganda yoki vaqtincha turar joy va noturar joy fondining uy-joylarini kimningdir mol-mulkiga o‘tkazish masalasi vaqtincha hal etilmagan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, ma’lum bir uy-joylarning umumiy ehtiyojlari uchun foydalaniladigan elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatadi.
94. Shaxsiy hisob raqamini boshqa iste’molchiga qayta rasmiylashtirish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan turar joy va noturar joy fondining yangi mulkdorining kadastr hujjatlari ma’lumotlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning hududiy tarkibiy qismlari ko‘chmas mulkka egalik huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin uch kun muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga ko‘chmas mulk egasi haqida ma’lumot yuboradi va unga muvofiq iste’molchilar bilan shartnomalar qayta rasmiylashtiriladi.
Turar joy va noturar joy fondi binosiga ko‘chib kirgan yangi mulkdor ularni elektr tarmog‘iga ulash uchun 30 kun mobaynida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzishi va o‘z nomiga shaxsiy hisobraqamni rasmiylashtirishi shart. Shaxsiy hisob raqami ko‘rsatilgan muddatda rasmiylashtirilmasa, to‘lov to‘lanmaganligi uchun barcha javobgarlik turar joy va noturar joy fondi binosining yangi mulkdori zimmasiga yuklanadi.
Ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi, notarial harakat amalga oshirilgan kun va qayd etilgan raqam, ko‘chmas mulk kadastr raqami va ko‘chmas mulkning umumiy (turar joy) maydoni, shuningdek, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatilgan ma’lumot yuboriladi. Bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ma’lumot tushgandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzishi shart.
95. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi turar joy va noturar joy fondi binolarining egalari bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni, turar joy va noturar joy binolarining ijarachilarga (yuridik shaxs bo‘lgan ijarachilar bundan mustasno) yoki yollovchilarga topshirilishidan qat’iy nazar, umumiy hisobga olish pribori bo‘yicha amalga oshiradi.
Ijarachilar bilan yollovchilar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha nizolar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
96. Kommunal xonadonda bir nechta oila yashaganda, hisob-kitob davrida iste’mol qilingan elektr energiyasini alohida oilalar o‘rtasida taqsimlash nazorat hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Nazorat hisobga olish asboblarini o‘rnatish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati talab qilinmaydi.
Nazorat hisobga olish asboblarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish, ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish va elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish majburiyatlari yashovchilarning zimmasiga yuklanadi.
Umumiy foydalaniladigan joylarda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori alohida oilalar o‘rtasida amalda yashovchilarning soni bo‘yicha taqsimlanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasidan umumiy hisobga olish pribori orqali foydalanuvchi fuqarolar bilan hech qanday hisob-kitoblarni amalga oshirmaydi.
97. Elektr energiyasi uchun o‘z vaqtida haq to‘lash bo‘yicha mazkur Qoidalarga rioya qilish, turar joy va noturar joy fondi binosidagi hisobga olish priborining saqlanishi va butligini ta’minlash uchun javobgarlik turar joy va noturar joy fondi binosining egasi zimmasiga yuklanadi.
98. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda tasarrufida uy-joy bo‘lgan idora, tashkilot javob beradi.
Zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblariga zarar yetkazilganda yoki o‘g‘irlangan taqdirda, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va idora, tashkilot ularni o‘z hisobidan tiklashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va xususiy xonadonlar ichida o‘rnatilgan hisobga olish asboblarining saqlanishi va butunligi uchun iste’molchi javob beradi.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
99. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, uy-joy mulkdorlari va turar joylardagi hamda boshqa binolardagi xonalarni ijarachilarga (yuridik shaxslarga yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga) ijaraga beruvchi boshqa tashkilotlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsatisiz ijarachilarga tegishli bo‘lgan elektr qurilmalarini (elektr energiyasidan foydalanish maqsadlaridan qat’i nazar) uyning ichki elektr tarmoqlariga ulash huquqiga ega emas.
100. Ijarachilar (yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar) turar joy va noturar joy fondi binosining egasi bilan shartnoma tuzgandan keyin uch kun muddatda, ijaraga olingan binoda elektr energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishi shart.
Ijarachi binodan ko‘chib ketadigan bo‘lsa, turar joy va noturar joy fondi binosining egasi ijarachidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining u ko‘chib ketish kunigacha elektr energiyasi uchun hisob-kitob amalga oshirganligi haqidagi ma’lumotnomani talab qilishi shart. Ko‘chib ketgan ijarachilarning elektr energiyasi uchun qarzlari bo‘yicha javobgarlik ijaraga beruvchi zimmasida bo‘ladi.
101. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan iste’molchilargacha bo‘lgan bo‘linish chegarasidan elektr ta’minotini uzluksiz ta’minlash bilan bog‘liq umumiy uy-joy va uy ichidagi elektr tarmoqlarining texnik holati va ularga xizmat ko‘rsatish uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va tasarrufida turar joylar bo‘lgan tashkilotlari javob beradi.
102. Maishiy iste’molchilar xonadonlarda, shaxsiy uy-joylarda, yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarida maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan elektr energiyasi uchun maishiy ehtiyojlarda qo‘llaniladigan tok qabul qilgichlar quvvati va vazifasidan qat’i nazar, aholi uchun belgilangan yagona bir stavkali tarif bo‘yicha haq to‘laydilar.
EHNATga ulangan, shuningdek, elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qurilmasi bilan jihozlangan elektr energiyasini hisobga olish asboblariga ega maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasi asosida va oldindan to‘langan to‘lov doirasida yetkazib beriladi.
Maishiy iste’molchilardan elektr energiyasi uchun belgilangan tarif qiymatidan ortiqcha biror-bir qo‘shimcha mablag‘ undirish taqiqlanadi, mazkur Qoidalarda ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bundan mustasno.
103. Biror-bir sababga ko‘ra, elektr energiyasini hisobga olish pribori bo‘lmagan va/yoki mazkur turar joyda vaqtinchalik yashamayotgan maishiy iste’molchi elektr energiyasi uchun noto‘g‘ri to‘lov hisoblanishining oldini olish uchun Byuro va hududiy elektr tarmoqlari korxonasini bu to‘g‘rida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
104. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xonadonlar, xususiy uy-joylar, bog‘ uchastkalari va boshqa shaxsiy obyektlardan foydalanilganda, ishlatilgan elektr energiyasi uchun tadbirkorlik faoliyatining (savdo, xizmatlar ko‘rsatish, tovarlar ishlab chiqarish va boshqa) turi bo‘yicha elektr energiyasi iste’molchilarining tarif guruhiga muvofiq haq to‘lanadi.
Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitoblar uchun alohida elektr energiyasini hisobga olish pribori o‘rnatilishi zarur.
105. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har bir maishiy iste’molchi bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi va elektr energiyasi haqini to‘lash uchun unga belgilangan namunadagi hisob-kitob daftarchasini beradi. Hisob-kitob daftarchasining har bir varag‘i kvitansiya va bildirishnomadan iborat bo‘lib, ularda maishiy iste’molchining shaxsiy hisobraqami tushirilgan bo‘lishi kerak.
To‘lov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitansiya) bir xilda, aniq, o‘chirib yozishlarsiz to‘ldirilishi kerak. To‘lov hujjatlarida familiya, manzil, to‘lovning joriy va oldingi sanasi hamda hisobga olish priborining ularga muvofiq bo‘lgan ko‘rsatkichlari, ko‘rsatkichlar tafovuti va to‘lov summasi ko‘rsatilishi kerak.
106. Maishiy iste’molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori iste’molchining elektr energiyasini hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.
107. Elektr energiyasini hisobga olish asboblaridan ko‘rsatkichlarni yozib olish va to‘lov hujjatini yozib berish Byuroning vakili yoki iste’molchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
Byuro vakili tomonidan yozib berilgan to‘lov hujjati (bildirishnoma) maishiy iste’molchiga imzo qo‘ydirib topshiriladi, u bo‘lmagan taqdirda esa — u bilan birga bir xonadonda (xususiy uyda) yashovchi voyaga yetgan shaxsga topshiriladi yoki bildirishnoma bilan birga buyurtma xat orqali jo‘natiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro maishiy iste’molchilar xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddat o‘tgandan so‘ng, mazkur Qoidalarning 71-bandi talablarini inobatga olgan holda esa o‘n besh kun muddat o‘tgandan so‘ng, kelib chiqqan qarzdorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu iste’molchilarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobvaraqlaridan eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda so‘zsiz har oyda chiqarish choralarini ko‘radi.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son)
Keyingi tahrirga qarang.
108. Agar, navbatdagi aylanib chiqish davomida elektr energiyasini hisobga olish pribori o‘rnatilgan xona yopiq bo‘lsa, bu haqda maishiy iste’molchining shaxsiy hisobraqamida tegishli belgi qayd etiladi.
Hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini nazorat tartibida yozib olish bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi iste’molining shartnomadagi miqdori bo‘yicha yoki oldingi davr uchun amaldagi elektr energiyasi iste’molining hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asosan to‘lov yozish huquqiga ega bo‘lib, bu haqida maishiy iste’molchining hisobraqamida tegishli belgi qo‘yiladi. Bunda hisobga olish asboblaridan nazorat ko‘rsatkichlari yozib olingandan keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi.
109. Byuro va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda, xonadondagi elektr energiyasini hisobga olish asboblarini soat 800 dan 2000 gacha hech qanday qarshiliklarsiz ko‘rish huquqiga egadir.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ko‘zdan kechirish uchun Byuro xodimini qo‘ymaslik dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi. Iste’molchi dalolatnoma bilan tanishishi shart. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, dalolatnomada bu haqda tegishli yozuv qayd qilinadi. Rad etish ikki guvoh yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanadi. Imzolashni rad etgan iste’molchi buning sababini tushuntirishga haqli va bu dalolatnomaga kiritilishi lozim.
Iste’molchining dalolatnomani imzolashni rad etishi uni elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yishga asos bo‘ladi va bu haqda u xabardor etilishi lozim.
110. To‘lov hujjatlarini yozish va haq to‘lash paytida yo‘l qo‘yilgan xatolar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan da’vo muddati mobaynida, ushbu xatoliklar aniqlanguniga qadar hisobga olinadi.
111. To‘lov tegishli tashkilot tomonidan qabul qilib olingan sana to‘lov amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
To‘lov elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan taqdirda, pul mablag‘lari iste’molchining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilgan (tranzaksiya) sana to‘lov amalga oshirilgan vaqt deb hisoblanadi.
To‘lov ish beruvchi tomonidan xodimlarining arizalari asosida ish haqidan chegirib qolish yo‘li bilan amalga oshirilganda, har bir iste’molchi uchun pul mablag‘lari o‘tkazilgandan keyin pul to‘lagan xodimlarning nomi qayd etilgan reyestr hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga taqdim etilgan sana to‘lov amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
112. Aholidan to‘lovlarni qabul qiladigan tashkilot (tijorat banklarining bo‘limlari, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining bo‘limlari va aholidan to‘lovni qabul qilib olish punktlari) to‘lov hujjatlarini o‘ram, banderollar va elektron reyestrlarga jamlaydilar.
Har qaysi banderolda (bank bo‘limi tomonidan ma’lum davrda qabul qilib olingan maishiy iste’molchilarning to‘lov hujjatlari to‘plamida) ularni hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga berish vaqtida yorliq bo‘lishi lozim, yorliqda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Bunda aholidan to‘lovni qabul qilib oluvchi tashkilotlar elektr energiyasi uchun to‘lov sifatida kelib tushgan pul mablag‘larini shartnomada belgilangan muddatlarda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga o‘tkazilishini ta’minlashi shart.
113. Maishiy iste’molchilar to‘lov bo‘yicha qarzdor bo‘lganda, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar.
Penya hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari yozib olingandan keyin va amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblardan so‘ng, shuningdek, belgilangan tartibda kiritilgan oldindan to‘lov hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab maishiy iste’molchining aniqlashtirilgan qarzdorlik (to‘lanmangan qarz) summasidan undiriladi.
Penyani hisoblash uchun qarzdorlik hosil bo‘lgan oy aniqlanadi va qarz to‘langan har bir oy bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya shu oydan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’mol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi.
(113-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son)
Keyingi tahrirga qarang.
114. Arifmetik xatoliklar, tariflarni noto‘g‘ri qo‘llash tufayli paydo bo‘ladigan kam va ortiqcha to‘lovlar tegishli tarif bo‘yicha kVt soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan da’vo muddati doirasida ko‘rsatkichlardagi tafovut yoki qo‘shimchalar bilan birgalikda hisobga olinadi.
115. Tarif o‘zgarganda, tarif o‘zgargan sanagacha iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi oldingi to‘lov vaqtidan boshlab o‘rtacha sutkalik iste’mol bo‘yicha aniqlanadi va unga eski tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari to‘lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi.
Tariflar o‘zgargandan keyin iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori uchun yangi tarif bo‘yicha haq to‘lanadi.
116. Maishiy iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra, 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
117. Iste’molchining (maishiy iste’molchidan tashqari) aybi bilan elektr energiyasini hisobga olish priboriga zarar yetkazilgan (plombasi buzilsa, oynasi sinsa va boshqalar), elektr energiyasini hisobga olish priborini ulash sxemasi o‘zgartirilgan, hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bo‘lmasiga) tashqaridan ta’sir ko‘rsatilgan, elektr energiyasini hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlarni ulash yoki energiya boshqa usulda o‘g‘irlangan hollarda, Byuroning vakolatli vakili belgilangan shakl bo‘yicha qoidani buzish dalolatnomasini tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida Byuro yoki uning taqdimnomasi asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yadi.
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorining qiymati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Byuro bilan birgalikda energiya ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan iste’molchining ish soatlari soni hisobga olingan holda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati bo‘yicha quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
elektr energiyasini hisobga olish pribori, o‘lchov transformatorlarini ulash sxemalari o‘zgartirilganda, hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bo‘lmasiga) tashqaridan ta’sir ko‘rsatilganda va hisobga olishni nazorat qilish asboblaridan tashqari elektr qabul qilgichlar ko‘z bilan aniqlab bo‘lmaydigan yashirin yo‘l bilan (yashirin elektr simlari, pereklyuchatellar montaj qilinishi va shu kabilar) ulanganda — elektr energiyani hisobga olishning nazorat asboblari oxirgi almashtirilgan yoki ulanish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
elektr energiyasini hisobga olish priboriga iste’molchining aybi bilan zarar yetkazilganda (plombasi buzilishiga yo‘l qo‘yilgan, oynasi singan va shu kabi holatlar) yoki elektr energiyasi aylanib chiqishda ko‘z bilan aniqlash mumkin bo‘lgan boshqa usulda o‘g‘irlangan taqdirda — oxirgi marta aylanib chiqilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymatini hisob-kitob qilishda qoida buzish aniqlanishidan oldingi davr uchun amaldagi to‘lovlar hisobga olingan xolda, qayta hisob-kitob amalga oshirilayotgan vaqtdagi tarif qo‘llaniladi. Bunda I tarif guruhidagi iste’molchilar uchun hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorining qiymati yagona elektr energetikasi tizimining maksimal yuklanish soatlarida amal qiladigan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
118. Iste’molchilar (shu jumladan maishiy iste’molchilar) elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulagan taqdirda, elektr qurilmalari elektr tarmog‘idan darhol uzib qo‘yiladi, iste’molchidan esa ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasining qiymati iste’molchi rasmiy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘tgan vaqt mobaynida (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) yoki da’vo muddati uchun elektr energiyasini qabul qilgich qurilmaning ulangan quvvat bo‘yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi va o‘zboshimchalik bilan ulangan elektr tarmog‘i (elektr uzatish liniyasi va transformatorlar) uchastkasida yo‘qotilgan quvvat hisobidan undiriladi.
(118-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Hisobga olinmagan elektr energiyasi qiymatini undirish uchun elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoki uning ishtirokisiz, belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
119. Elektr energiyasini hisobga olish iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob Byuroni xabardor qilgan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori bo‘yicha, hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyaning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerak va shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarur.
Agar, elektr energiyani hisobga olish priborini obyektiv sabablarga ko‘ra, ko‘rsatilgan muddatda (o‘lchash transformatorining, hisobga olish priborining yo‘qligi, o‘tib bo‘lmaydigan yo‘llar va shu kabilar tufayli) tiklash imkoniyati bo‘lmasa, iste’molchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
120. Maishiy iste’molchida elektr energiyasini hisobga olish priborini ulash sxemasi o‘zgarganda, priborga zarar yetkazilganda (iste’molchining aybi bilan) yoki plombalari buzilganda, hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bo‘lmasiga) tashqaridan ta’sir ko‘rsatilganda, elektr energiyasini hisobga olish priborlaridan tashqari boshqa elektr qabul qilgichlar ulanganda va amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘yilganda, Byuroning vakili qoida buzilishi haqida belgilangan namunada dalolatnoma tuzadi.
(120-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
elektr energiyasini hisobga olish pribori, o‘lchov transformatorlari ulanishi, hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bo‘lmasiga) tashqaridan ta’sir ko‘rsatilishi va hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan tashqari elektr qabul qilgichlar ko‘z bilan ko‘rib aniqlanmaydigan yashirin yo‘l bilan (yashirin elektr simlari, o‘zgartirish moslamalari montaj qilinishi va shu kabilar) ulanish sxemalari o‘zgargan taqdirda — hisobga olishning nazorat asboblari oxirgi almashtirilgan yoki ulanish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga;
(120-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
elektr energiyasini hisobga olish priboriga zarar yetkazilganda (iste’molchining aybi bilan) yoki pribor mavjud bo‘lmaganda, plombalar buzilgan va amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida aylanib chiqishda ko‘z bilan ko‘rib aniqlanadigan boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda (shu jumladan, elektr energiyasini hisobga olish priboridan boshqa elektr qabul qilishlar ulanganda) — oxirgi marta aylanib chiqilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymati hisob-kitob qilinadi.
121. Qoida buzilgan holda foydalanilgan elektr energiyasi qiymatini qayta hisob-kitob qilish ushbu Qoidalarning 120-bandiga muvofiq maishiy iste’molchida shtepsel rozetkalari mavjud bo‘lganda (rozetkalar va elektr energiyasi qabul qilgichlar sonidan qat’i nazar) bir sutkada 24 soat 600 Vt quvvatdan foydalanish hisobidan, 600 Vt dan ortiq quvvatli isitish asboblari yoki boshqa elektr asbob-uskunalari mavjud bo‘lganda esa — maishiy iste’molchi foydalanayotgan elektr energiyasi qabul qilgichlardan bir sutkada 24 soat foydalanish hisobidan kelib chiqib, ularning amaldagi quvvati bo‘yicha amalda yoritish elektr energiyasi qabul qilgichlardan sutkaning yorug‘ bo‘lmagan vaqtida foydalanish hisobidan kelib chiqib, yoritish elektr qabul qilgichlarning quvvati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobga olinmagan elektr energiyasining qayta hisob-kitobi belgilangan tartibda, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud ishtirokisiz hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Byuro bilan birgalikda qoida buzish aniqlanishidan oldingi davr uchun amalda to‘langan elektr energiya miqdori hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(121-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
122. Elektr energiyasidan foydalanishda iste’molchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzilishlar Byuroning vakili va maishiy iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi maishiy iste’molchiga beriladi va Byuro yoki uning taqdimnomasi asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ushbu Qoidalarni buzgan iste’molchi elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qo‘yiladi.
Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, qoida buzish dalolatnomasida iste’molchini tanishtirganlik to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
123. Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori dalolatnoma asosida aniqlanadi va to‘lash uchun maishiy iste’molchiga qo‘shimcha to‘lov hujjati yozib beriladi.
Maishiy iste’molchi belgilangan tartibda Byuro va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan e’tiroz bildirish huquqiga ega, biroq bu uni qoida buzish dalolatnomasi bo‘yicha yozilgan qo‘shimcha to‘lov hujjatini belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.
Qo‘shimcha to‘lov hujjati bo‘yicha haq 10 kun muddatda to‘lanmasa, Byuro maishiy iste’molchidan ko‘rsatilgan summani majburiy tartibda undirish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi beradi.
124. Amalga oshirilgan elektr energiyasi sarfining qayta hisobi iste’molchini elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtalishi yoki to‘xtatib qo‘yilishi sabablari to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot olish;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ular iste’mol qiladigan elektr energiyasi hajmlarining o‘zgartirilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish. Bunda elektr energiyasining shartnomadagi hajmini o‘zgartirish bo‘yicha taklif mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishdan 10 kun oldindan (joriy oy tugagungacha) berilishi kerak;
elektr energiyasi to‘liq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‘lmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplash;
elektr ta’minoti shartnomasini bekor qilganda foydalanilmagan elektr energiyasi miqdori uchun to‘langan summani qaytarishni talab qilish;
elektr ta’minoti shartnomalarini tuzish va bajarishda yuzaga kelayotgan nizolarni hal etish uchun sudga yoki bo‘ysunishi bo‘yicha yuqori tashkilotga, mansabdor shaxsga murojaat qilish.
Elektr energiyasi iste’molchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilangan elektr energiyasini iste’mol qilish rejimiga rioya etish;
ishlatilayotgan elektr qurilmalari, asboblar va asbob-uskunalarning zarur texnik holatini va iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki elektr ta’minoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining nosozligi to‘g‘risida xabar qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘rnatilgan tartibda Byuro va/yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakiliga elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ko‘rishiga imkon berish;
yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan elektr qurilmalaridan foydalanish boshlanishidan kamida bir oy oldin (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasining zarur miqdori uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga buyurtmanoma berish;
kelgusi yil uchun elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda elektr energiyasini elektr tarmoqlaridan uzatishda, ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlar turlarining) texnologik jarayoni ishlab chiqarish ehtiyojlariga, ishlab chiqarish binolari va ma’muriy binolarni yoritishga, isitishga, shamollatishga elektr energiya sarfini, shuningdek, ushbu elektr tarmoqlariga ulangan subiste’molchilarning ehtiyojini hisobga olish.
Ulangan quvvati 5 MVt va undan ortiq bo‘lgan elektr energiyasi iste’molchilari hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabiga ko‘ra quyidagilarni hisobga olishi va bu haqida xabar qilishi shart:
yagona elektr energetika tizimining eng ko‘p va eng kam yuklamali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;
yagona elektr energetika tizimining eng ko‘p yuklamasining o‘tish davrida aktiv energiya (quvvat)ning har 30 daqiqadagi sarfi.
128. Obyektlaridan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalaniladigan iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan elektr energiyasi uzatish xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish huquqiga ega emas.
129. Ulangan quvvati 250 kVa va undan ortiq bo‘lgan iste’molchilar mazkur Qoidalarning 127-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlar bilan birgalikda quyidagilarga majbur:
mahsulot birligini ishlab chiqarish (ishlarni amalga oshirish) uchun elektr energiyasi sarfining texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan ilg‘or normalarini ishlab chiqish — umumiy ishlab chiqarish va texnologik; yakka tartibdagi va guruh bo‘yicha; yillik, choraklik va oylik — ularni ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyasi takomillashtirilishi (o‘zgartirilishi) va yangi texnika joriy etilishiga qarab qayta ko‘rib chiqish;
korxona bo‘yicha, shu jumladan ko‘p energiya sarflaydigan uskunalar, sexlar va iste’molchilar guruhlari bo‘yicha elektr energiyasi balanslarini tuzish hamda ular asosida ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, elektr energiyasining samarasiz sarflanishi va isrof bo‘lishini aniqlash, ularni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kelgusi davr uchun elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni va elektr tarmoqlarining energiya o‘tkazish qobiliyatini oshirish, elektr ta’minoti sxemalarini takomillashtirish zaruriyatini aniqlash maqsadida (mahsulot ishlab chiqarishning, bajariladigan ish turlarining mo‘ljallanayotgan prognoz hajmlaridan va elektr energiyasi sarfi me’yorlaridan kelib chiqib, ularni kamaytirish va elektr energiyasini tejashni hisobga olgan holda) elektr energiyasining bir yil va kelgusi davr uchun balanslarini tuzish;
mahsulot (ishlar) birligiga elektr energiyasi sarfining tasdiqlangan me’yorlariga rioya qilish va ularni kamaytirish bo‘yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
elektr energiyasini tejash bo‘yicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchilardan elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan majburiyatlarni tegishli darajada bajarishni talab etish;
iste’molchilar tomonidan elektr ta’minoti shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoki buzilishi oqibatida unga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda qoplanishi;
avariya rejimida Byuroni xabardor qilgan holda iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish (o‘chirish);
Byuro ko‘rsatmasi bo‘yicha iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan, shuningdek, EHNATga ulangan va oldindan to‘langan mablag‘ tugagandan so‘ng elektr energiyasi uchun oldindan to‘lovni amalga oshirish qurilmasiga ega hisobga olish asbob mavjud bo‘lgan iste’molchilarni uzish.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari yoki Byuro mazkur Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar.
(130-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
elektr energiyasini elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik bo‘linish chegarasiga elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan hajmda uzluksiz yetkazib berish;
uskunalarni, elektr uzatish liniyalarini, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat ko‘rsatish va uskunalarni ta’mirlash, shuningdek, o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarida nosozliklarni bartaraf etish;
o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarini davlat standartlarida belgilangan darajada saqlab turish;
elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 kun oldin ogohlantirish;
iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtatib turilishi va buning sabablari to‘g‘risida ma’lumot berish;
joriy etiladigan cheklashlar haqida, cheklashning hajmi va vaqtini ko‘rsatgan holda, o‘z vaqtida xabar qilish;
Byuro ko‘rsatmalariga asosan alohida elektr energiyasi iste’molchilarini 6 — 10 kV va undan yuqori kuchlanishli tarmoqlardan uzib qo‘yishni amalga oshiradi;
iste’molchilarning elektr energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi yoki elektr ta’minotida boshqa qoida buzilishlar to‘g‘risidagi arizalarini, iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqish, ushbu qoida buzilishlarini bartaraf etish va iste’molchilarga ushbu Qoidalarga muvofiq batafsil javob yuborish;
o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasining texnologik sarflarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
elektr energiyasining elektr tarmoqlari bo‘linish chegarasida hisobga olinmagan iste’molini aniqlash;
har oyda bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan energiya resurslari hajmi va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm o‘rtasida tafovut mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni Byuroga taqdim etish;
iste’molchilar tomonidan buyurtma berilgan elektr energiyasi hajmini yetkazib berishning texnik imkoniyatlarini va ulardagi tijorat hisobga olish tizimlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha xulosa berish;
iste’molchilarning elektr tarmoqlari va qurilmalarini o‘z hududiy elektr tarmoqlariga ulash yuzasidan texnik shartlar berish;
iste’molchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh kun muddatda elektr energiyasining oylik shartnomaviy hajmiga o‘zgartirishlar kiritish, elektr energiyasining oylik shartnomaviy miqdorini ko‘paytirish (kamaytirish) mumkin bo‘lmagan taqdirda — bu haqida, rad etish sababini ko‘rsatgan holda, iste’molchiga xabar qilish;
har yili iste’molchilarning barcha toifalari buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida elektr energiyasi iste’molining prognoz ko‘rsatkichlarini, shu jumladan aholi iste’molini, o‘z ehtiyojlariga va kelgusi yilda uni uzatishga texnologik sarfni shakllantirish, yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan obyektlar uchun zaxiralarni nazarda tutish va 1-oktabrgacha “O‘zbekenergo” AJga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
kelgusi yil uchun elektr energiyasi iste’moli miqdorlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishish;
maishiy iste’molchining arizasiga asosan ariza berilgan paytning o‘zida to‘lovlarning holati va iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdorlikning mavjud emasligi (mavjudligi) to‘g‘risida ma’lumotnomalar taqdim etish;
iste’molchilarga o‘rnatilgan elektr energiyasi iste’molini hisobga olish asboblarini almashtirish, o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, shuningdek Byuro bilan birgalikda ularni plombalash;
maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘z vaqtida qiyoslovidan o‘tkazish.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan elektr energiyasining nooqilona sarflanishi, elektr qurilmalarining avariya xavfini tug‘diradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati, shuningdek, boshqa qoida buzarliklar aniqlanganda, qoidabuzarlarni elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yish choralarini ko‘rish uchun ular to‘g‘risida zudlik bilan Byuro va elektr tarmoqlari hududiy korxonasiga xabar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
iste’molchi elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilmay, elektr energiyasi iste’moli yoki quvvatining shartnomaviy miqdoridan oshib ketishiga yo‘l qo‘yganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilangan elektr energiyasi iste’molini cheklash jadvalini bajarmagan kunlarda sifati past elektr energiyasi yetkazib berilganligi uchun;
zaxira manbai avtomatik ishga tushganda, avtomatik qayta ulash va avtomatik tarzda tez-tez o‘chirishlar vaqtida elektr energiyasini yetkazib berish borasidagi tanaffuslar uchun iste’molchi oldida moddiy javobgar bo‘lmaydi.
Elektr ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan hollarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi buning natijasida yetkazilgan zararni qoplashga, iste’molchi esa yetkazilgan real zararni qoplashga majbur.
132. Iste’molchilar elektr tarmoqlarini ushbu Qoidalar buzilgani uchun elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yish va qayta ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Elektr tarmoqlaridan avval uzib qo‘yilgan maishiy iste’molchilarni qayta ulashda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, maishiy iste’molchi — yuridik shaxslardan esa eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida to‘lov undiriladi va ushbu mablag‘lar ularni qayta ulagan tashkilotning hisobraqamiga o‘tkaziladi (EHNATga ulangan iste’molchilardan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
133. Reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun chegirmalar (ustamalar) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bo‘yicha yoki elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ruxsat etilgan quvvat 50 kVt va undan ortiqni tashkil etgan I va II tarif guruhlari iste’molchilariga nisbatan amalga oshiriladi (budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
134. Reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun chegirmalar (ustamalar) reaktiv energiyani hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi hamda tegishli ravishda iste’mol qilingan (hosil qilgan) reaktiv energiyaning 1 kVar.soat uchun to‘lov tarzida undiriladi.
(134-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Reaktiv energiyaning shartnomaviy miqdori reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Reaktiv energiyaning har bir hisobot davri uchun iqtisodiy qiymati, shartnomada ko‘rsatilgan va o‘rnatilgan tartibda aniqlanadigan quvvat koeffitsiyentining optimal miqdori hisobga olinib, ushbu davr uchun aktiv energiyaning shartnomadagi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Bir necha tarif guruhlariga mansub bo‘lgan iste’molchilar uchun reaktiv energiyaning shartnomaviy miqdori har bir tarif guruhi bo‘yicha aniqlanadi va elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi.
Hisobot davrining yakuni bo‘yicha reaktiv energiya iqtisodiy qiymatining amaldagi miqdori iste’mol qilingan aktiv energiya va quvvat koeffitsiyentining shartnomaviy miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ikki va undan ortiq alohida obyektlarga (hudud) ega bo‘lgan iste’molchiga nisbatan reaktiv energiya iqtisodiy qiymatining amaldagi miqdori va reaktiv energiyaning amaldagi iste’moli har bir obyekt bo‘yicha aniqlanadi. Bunda barcha obyektlar bo‘yicha reaktiv energiya iqtisodiy qiymatining amaldagi miqdori va reaktiv energiya bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanilgan reaktiv energiya miqdori yig‘indisi aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
135. Ustamalar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchi ulangan elektr tarmoqning katta yuklama soatlarida reaktiv energiya iste’mol qilinganda va yagona elektr energetika tizimining kam yuklama soatlarida iste’molchi reaktiv energiya hosil qilganda qo‘llanadi.
Ustama qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda aktiv energiya uchun quyidagi miqdorda aniqlanadi:
5% — reaktiv energiya mazkur Qoidalarning 134-bandi beshinchi xatboshiga muvofiq aniqlangan iqtisodiy qiymatning amaldagi miqdori doirasida iste’mol qilinganda;
10% — reaktiv energiya mazkur Qoidalarning 134-bandi beshinchi xatboshiga muvofiq aniqlangan iqtisodiy qiymatning amaldagi miqdoridan ortiq iste’mol qilinganda.
Reaktiv energiya kommpensatsiyasi uchun elektr energiyasi tarifiga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va elektr ta’minoti shartnomasiga asosan undiriladi.
Reaktiv energiya o‘rni yetarlicha qoplanmagani hisobiga quvvat koeffitsiyenti qiymatining iste’molchilar tomonidan elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilganiga nisbatan pasaytirilgani aniqlanganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi yo‘qolishi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshiradi, shuningdek, quvvat koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari belgilangan normativlarga nisbatan pasaytirilgani uchun iste’molchilardan qo‘shimcha mablag‘lar undiradi.
Bunda hisob-kitoblar va qo‘shimcha mablag‘larni undirish hisob-kitob davrida elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilganiga nisbatan iste’molchi tomonidan quvvat koeffitsiyentining amaldagi qiymatini pasaytirishga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining tasdiqlovi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
(135-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Keyingi tahrirga qarang.
136. Tarif chegirmalari iste’molchi yagona elektr energetika tizimi tarmog‘ida elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilganda va elektr tarmog‘ining kichik yuklamali soatlarida yagona energiya tizimi tarmog‘idan reaktiv energiya iste’mol qilinganda, agar iste’molchining bunday rejimda ishlash zarurati shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, taqdim etiladi.
Chegirma qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda aktiv energiya uchun amaldagi tarifning 15% miqdorida belgilanadi.
137. Elektr tarmog‘ining katta va kichik yuklamali soatlari — bu sutkaning iste’molchi tomonidan reaktiv quvvatning iste’mol qilinishi (hosil qilinishi) tufayli yagona elektr energetika tizimining elektr tarmoqlarida elektr energiyasining qo‘shimcha ravishda yo‘qotilishiga olib keladigan vaqtlaridir.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr tarmog‘ining katta va kichik yuklamali soatlarini, iste’molchining va u foydalanadigan tarmoqning reaktiv yuklamasi jadvallarini tahlil qilgan holda, har qaysi iste’molchi uchun alohida belgilashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(137-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(137-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
138. Reaktiv energiyaning iste’mol qilinishi hamda hosil qilinishi hisobga olish priborlari yordamida qayd etiladi.
139. Tizim operatori iste’molchi tomonidan yagona elektr energetika tizimi tarmog‘ida katta yuklamali soatlarda reaktiv energiyani hosil qilish va (yoki) kichik yuklamali soatlarda uni majburiy iste’mol qilish belgilagan bo‘lsa, energiyani hisobga olish usuli hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasida kelishiladi va elektr ta’minoti shartnomasida qayd etiladi.
140. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bo‘yicha yoki elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan hamda foydalanishga ruxsat etilgan quvvat 50 kVt va undan ortiqni tashkil etadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari (Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, nasos stansiyalaridan tashqari) bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
yagona elektr energetika tizimi tarmog‘idan hisobot davri uchun iste’mol qilinadigan reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati;
Oldingi tahrirga qarang.
(140-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamalarining nazorat soatlari (yilning har bir oyi bo‘yicha bo‘lib chiqish orqali);
elektr tarmoqlarning katta yuklama soatlarida oylik reaktiv energiya iste’molini texnik chegaralari. Ushbu chegaralardan oshib ketganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasining hisoblash nuqtasida kuchlanishni elektr tarmog‘ining eng katta yuklamali soatlari uchun elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan darajasidan pasayib ketishi uchun javob bermaydi;
elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimining elektr tarmog‘iga bir oyda hosil qilinadigan va (yoki) bir oyda kichik yuklamali soatlarda majburiy iste’mol qilinadigan reaktiv energiyaning chegaraviy qiymatlari.
Hisobot davri uchun reaktiv energiya iste’molining iqtisodiy qiymati texnik chegara hisoblanib, uning ortishida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasining hisobga olish nuqtasidagi kuchlanish elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan darajadan kamayib ketishi uchun javob bermaydi.
141. Elektr energiyasi sifati uchun tarifga chegirmalar (ustamalar) amaldagi tariflar bo‘yicha belgilanadi. Elektr energiyasi sifati uchun tariflarga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq iste’molchilardan (maishiy iste’molchilardan tashqari) undiriladi.
142. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarda qo‘llanadigan elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari (ESK) ro‘yxati davlat standartlari asosida elektr ta’minoti shartnomasida belgilanadi.
143. Agar, iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi ulushi elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshsa, belgilangan qiymat tarifga ustama yoki aks holda — tarifga chegirma hisoblanadi.
144. Har bir ESK bo‘yicha chegirmalar (ustamalar) miqdori ko‘rib chiqilayotgan ESKning hisob-kitob davridagi jami nisbiy davomiyligi ko‘rsatkichlariga (T1 va T2) ko‘ra, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan normal va maksimal qiymatlar sifatida hisoblanadi. T1 va T2 qiymatlari o‘lchash vaqti davomida aniqlanadi, o‘lchash vaqtining davomiyligi har bir ESK bo‘yicha shartnomada belgilanadi, lekin u 1 ish sutkasidan kam bo‘lmasligi kerak. Avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari mavjud bo‘lganda T1 va T2 qiymatlari uzluksiz ravishda o‘lchanishi lozim. Hisob-kitob qilinadigan vaqt oralig‘ini muntazam o‘lchash elektr ta’minoti shartnomasida (lekin bir chorakda bir martadan kam emas) belgilanadi.
145. Iste’molchining elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan har qaysi ESK bo‘yicha elektr energiyasi sifatining yomonlashuvidagi ulushining qiymati har zamonda o‘lchashlar asosida belgilanadi va o‘lchash bayonnomasida qayd etiladi. Amaldagi ulushlarning ushbu qiymatlaridan tomonlardan biri ularni qayta ko‘rib chiqishni taklif etmagunicha foydalaniladi.
146. ESKni o‘lchash ishlari akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi bilan birgalikda elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi. Elektr ta’minoti shartnomasida o‘lchashlar davriyligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, shuningdek, iste’molchi yoki yagona elektr energetika tizimining ish sharoitlari keskin o‘zgarganda, o‘lchashlar tomonlardan birining tashabbusiga ko‘ra akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Ikkinchi tomon o‘lchashlarni o‘tkazishning aniq sanasini 3 kun muddatda kelishib olishi kerak va bu ishlar tashabbus ko‘rsatgan tomonning murojaatidan keyin 10 kun muddatda bajarilishi lozim.
147. Kuchlanishdagi tafovutlar, nomutanosibliklar koeffitsentlari va kuchlanishdagi o‘zgarishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi kelishuv asosida fazalardan birida yoki barcha fazalarda aniqlanadi. Barcha fazalarda o‘lchashda T1 va T2 o‘rtacha qiymat sifatida aniqlanadi.
148. Iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi ulushini aniqlash tartibi elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi.
150. I tarif guruhiga ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadigan iste’molchilar kiradi. Budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari;
“O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibiga kiradigan, hududiy elektr ta’minoti korxonalari, shu jumladan hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan elektr quvvati oladigan korxona va tashkilotlarning, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning ushbu korxonalar hududidan tashqarida alohida joylashgan obyektlarining xo‘jalik ehtiyojlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibiga kiradigan hamda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan xo‘jalik ehtiyojlari uchun o‘ziga tegishli tarmoqlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha foydalanilgan elektr energiyasi amaldagi tannarx bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
152. III tarif guruhiga maishiy iste’molchilar kiradi. Ushbu tarif guruhi bo‘yicha aholi tomonidan turmush ehtiyojlari uchun uy-joylarda, xonadonlarda, yotoqxonalarda, yordamchi xo‘jaliklarda, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarida, shu jumladan bog‘ shirkatlari va dala hovlilar sug‘orish nasoslari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlarda sarflanadigan elektr energiyasi haqi tok qabul qilgichlarning quvvati hamda hisobga olish asboblarining o‘rnatilgan joyidan qat’iy nazar, to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan elektr energiyasi haqi ushbu tarif guruhiga kiradigan amaldagi tarifning 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
(152-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan elektr energiyasi iste’molchilari mazkur bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tarif bo‘yicha haq to‘laydi. Ushbu uylar va yotoqxonalarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha texnik shartlarda avval boshidan mazkur elektr plitalarining quvvati hisobga olingan, elektr qurilmalarni (transformatorlar, kuch kabellari, taqsimlash shitlari, kommutatsiya apparatlari, elektr uzatkichlar va boshqalarni) loyihalashtirish va montaj qilish ularning texnik shartlarda ko‘rsatilgan quvvat hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(152-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
153. Budjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan sarflanadigan elektr energiyasi hajmining haqi IV tarif guruhi bo‘yicha to‘lanadi.
(153-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Keyingi tahrirga qarang.
154. Elektr energiyasi iste’molini cheklash, shuningdek, iste’molchilar yuklamalari jadvallarini tartibga solish chora-tadbirlari, cheklashlar jadvaliga muvofiq “O‘zbekenergo” AJ tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
155. Quvvat va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha cheklash va uzib qo‘yish jadvallari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchilar bilan birgalikda ishlab chiqiladi, mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan kelishiladi, “O‘zbekenergo” AJ tomonidan tasdiqlanadi va yagona elektr energetika tizimida elektr quvvati va energiya tanqisligi paydo bo‘lganda joriy etiladi.
Maishiy iste’molchilar bilan elektr energiyasi quvvati va iste’mol qilish bo‘yicha cheklash va uzib qo‘yish jadvallari alohida tuzilmaydi.
156. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari uskunalarining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sharoitlarda ishlashining oldini olish, yagona elektr energetika tizimining barqaror parallel ishlashini ta’minlash, avariyalar yuzaga kelishining oldini olish hamda iste’molchilarning tartibsiz uzib qo‘yilishini bartaraf etish maqsadida yagona elektr energetika tizimida elektr energiyasi va quvvat tanqis bo‘lgan hollarda tuziladi.
157. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari iste’molchining texnologik va avariya bronini aniqlash dalolatnomasiga asosan, joriy yilning 1-oktabridan keyingi yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan davr uchun tuziladi hamda jadvallarga kiritilgan barcha iste’molchilar uchun ularni bajarish majburiy hisoblanadi.
yagona elektr energetika tizimida yoqilg‘i yoki gidroresurslar yetishmaganda elektr energiyasini (kVt soatda) cheklash jadvali. Jadvalda elektr energiya iste’molini iste’molchilarning texnologik bronigacha, keyinchalik esa avariya bronigacha (cheklashga mansub bo‘lmagan obyektlardan tashqari) va bunda iste’molni 5 ta navbatga bo‘lgan holda qisqartirish nazarda tutilishi lozim;
yagona elektr energetika tizimida quvvat yetishmaganda quvvatni (kVtda) cheklash jadvali. Jadvalda yagona elektr energetika tizimining ertalabki va kechki eng katta yuklamalari yuzaga keladigan soatlarda iste’mol qilinadigan quvvatni iste’molchilarning avariya bronigacha kamaytirish va bunda iste’mol qilinadigan quvvatni 5 ta navbatga bo‘lish nazarda tutilishi lozim;
quvvat taqchilligi yuzaga kelishi natijasida avariya xavfi paydo bo‘lganda va cheklash jadvallarini joriy qilish imkoniyati bo‘lmaganda, quvvatni cheklash jadvali. Jadvalda uzib qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan obyektlardan tashqari, yagona elektr energetika tizimi iste’molchilarini to‘liq uzib qo‘yish va uzib qo‘yiladigan quvvatni 5 navbatga bo‘lish nazarda tutilishi lozim.
Elektr energiyasini uzib qo‘yish jadvali va maxsus jadvalga asosan avtomatika, teleboshqaruv qurilmalariga yoki doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va ishonchli telefon aloqasiga ega bo‘lgan podstansiyalar kiritilishi lozim. Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishi elektr ta’minotining avariya bronigacha cheklab qo‘yilishi mumkin.
elektr energiyasi va quvvatni cheklash va uzib qo‘yish jadvallari “O‘zbekenergo” AJ rahbari farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Dispetcherlik boshqaruvining barcha darajalarida elektr energiyasini cheklashni joriy etish farmoyishi operativ jurnalda cheklash hajmi, cheklash boshlanadigan va tugaydigan vaqt qayd etilgan holda beriladi;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilarga keyingi sutkalarda elektr energiyasini cheklash jadvallarining amalga kiritilishi to‘g‘risida joriy sutkaning soat 1400 dan kechiktirmay, cheklash hajmi, cheklash boshlanadigan va tugaydigan vaqtini ko‘rsatgan holda ma’lum qiladi.
Elektr energiyasini cheklash jadvallarini zudlik bilan joriy etish zarur bo‘lganda, bu haqidagi bildirishnoma sutkaning vaqtidan qat’i nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin iste’molchilarga yetkaziladi.
Uzib qo‘yish jadvallari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan uzib qo‘yish jadvallari joriy etilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingandan keyin darhol joriy etiladi.
Elektr energiyasi iste’molini uzoq vaqtga kamaytirish zarur bo‘lganda, quvvatni uzib qo‘yish jadvaliga teng bo‘lgan elektr energiyasi va quvvatni cheklash jadvali amalga kiritiladi.
Yuridik shaxslar — cheklash va uzib qo‘yish jadvaliga kiritilgan, shu jumladan uzluksiz ishlab chiqarish texnologik jarayoniga ega korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (cheklash va uzib qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan obyektlardan tashqari) cheklash va uzib qo‘yish jadvallarining hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan muddatda so‘zsiz bajarilishini tashkil etishi shart. Aks holda, ular uzib qo‘yish va cheklash jadvallari bajarilmaganligi tufayli yagona elektr energetika tizimi markazlaridan majburiy uzib qo‘yish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi va quvvatini cheklash jadvallarini amalga kiritish to‘g‘risidagi farmoyish iste’molchilar tomonidan bajarilmaganda, ularni ogohlantirgandan so‘ng elektr energiyasi va quvvat iste’molining belgilangan darajada kamayishini ta’minlovchi miqdorda elektr energiyasi yetkazib berilishini majburiy ravishda cheklaydi yoxud belgilangan tartibda ta’sir choralarini ko‘rish uchun Byuroga murojaat qiladi.
Bu boradagi texnologik jarayonlar buzilishining oqibatlari uchun javobgarlik iste’molchilar korxonalarining rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
160. Yagona elektr energetika tizimida elektr energiya va quvvatda tanqislik vujudga kelganda, avariyalarga yo‘l qo‘ymaslik va iste’molchilarning tartibsiz uzib qo‘yilishining oldini olish maqsadida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘chirish vaqtini ko‘rsatgan holda, iste’molchilardan reklamalar, illyuminatsiyalar, bino va inshootlarni yoritgichlarni, elektr isitish va issiq suv bilan ta’minlash qurilmalarini o‘chirib qo‘yishni talab qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
161. Yagona elektr energetika tizimining elektr tarmog‘iga bevosita yoki iste’molchilarning elektr tarmoqlari orqali ulangan iste’molchilarning elektr stansiyalari blok-stansiyalar hisoblanadi. Ular o‘zaro kelishilgan ish rejimiga rioya qilishlari hamda tizim operatorining va yuqori operativ-dispetcherlik xizmatlarining ko‘rsatmalari va farmoyishlariga bo‘ysunishlari shart.
Blok-stansiyalar bo‘yicha elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmlari va blok-stansiyalar tomonidan yagona elektr energetika tizimiga elektr energiyasi yetkazib berishning yillik hajmlari “O‘zbekenergo” AJ va blok-stansiya o‘rtasida tuziladigan shartnoma bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi.
162. “O‘zbekenergo” AJ elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi va blok-stansiya o‘rtasida yagona elektr energetika tizimiga elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan elektr energiyasi yetkazib berishning oylik miqdoriga muvofiq, blok-stansiyalarning yagona elektr energetika tizimiga har bir sutka uchun yuklama va elektr energiyasi yetkazib berish jadvalini belgilaydi.
Blok-stansiya tomonidan yuklama dispetcherlik jadvalida belgilangan miqdordan kamaytirilsa, “O‘zbekenergo” AJ blok-stansiya tegishli bo‘lgan sanoat va idoraviy mansub iste’molchilar bo‘yicha quvvatni blok-stansiya yuklamani kamaytirgan miqdorda cheklash joriy qilish huquqiga ega, blok-stansiya yuklamasining kamayishiga fors-major holatlar sabab bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
163. Yagona elektr energetika tizimiga yetkazib beriladigan, shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan olinadigan aktiv elektr energiyasi blok-stansiya tomonidan balans bo‘yicha mansublik chegarasining bo‘linishida o‘rnatilgan, aktiv elektr energiyasini qabul qilish va yetkazib berishni alohida qayd etadigan hisobga olish priborlari yordamida hisobga olinadi.
Blok-stansiyaga tegishli bo‘lgan elektr tarmog‘i xo‘jaligining obyektlarida elektr energiyasini yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berishda hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan olishda elektr energiyasining texnologik sarflari blok-stansiyaga hisobiga tegishli bo‘ladi.
“O‘zbekenergo” AJ bilan — yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun;
hududiy elektr tarmoqlari bilan — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va blok-stansiyaga ega iste’molchi o‘rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida olingan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qiladi.
165. Etkazib beriladigan va iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun blok-stansiyalar bilan hisob-kitob belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
166. Hisob-kitob davrida yagona elektr energetika tizimiga blok-stansiya aybi bilan to‘liq yetkazib berilmagan elektr energiyasi shartnomada belgilangan elektr energiyasi hajmi va yagona elektr energetika tarmog‘iga amalda yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi tafovut bo‘yicha aniqlanadi.
167. Blok-stansiya fors-major holatlar tufayli elektr energiyasi yetkazib berishdagi tanaffuslar uchun javob bermaydi.
168. Elektr energiyasi iste’molchilari, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni yig‘ish funksiyalarini amalga oshiruvchi xususiy operatorlarning mansabdor shaxslari va Byuro mazkur Qoidalarni buzganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tabiiy gazni yetkazib berish va iste’mol qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2. Ushbu Qoidalar tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilar, gaz transporti va gaz ta’minoti tashkilotlari, iste’molchilar, qurilish-montaj, loyihalash, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) tomonidan bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
avariya holatlarida gaz yetkazib berish jadvallari — avariya holatlarida yoki magistral va taqsimlash gaz quvurlarining texnologik ish rejimi buzilgan holatlarda, iste’molchilarni gaz tarmoqlaridan (qisman yoki to‘liq) uzib qo‘yish navbatini hisobga olgan holda, ularga tabiiy gaz yetkazib berish jadvallari;
Oldingi tahrirga qarang.
xatlov dalolatnomasi — gaz ta’minoti tashkiloti yoki Byuro vakili tomonidan iste’molchi ishtirokida iste’molchining tabiiy gaz iste’moli hajmini aniqlashga ta’sir ko‘rsatadigan barcha ma’lumotlari (nomlanishi, manzili va rekvizitlari, gazni hisobga olish pribori va gazdan foydalanish uskunasining texnik tavsiflari, gaz xo‘jaligining loyiha ma’lumotlari, rasmiylashtirish sanasidagi hisob-kitoblar holati, vakolatli organlar tomonidan tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘yicha berilgan xulosalarning mavjudligi, shuningdek, maishiy iste’molchilar uchun yashovchilar, hayvonlar soni va isitiladigan binolar hajmi) aks ettirilgan holda tuzilgan hujjat;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
maishiy iste’molchilar — maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi;
tabiiy gaz — gazni qayta ishlash tashkilotlari ishlab chiqaradigan, gaz uzatish tashkilotlari tomonidan tashiladigan gaz, shuningdek neftni qayta ishlash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan va yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i gazi;
gazdan foydalanish uskunasi — energiya samaradorligi va energiyani tejash talablariga javob beradigan, markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti uchun issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun, turli ishlab chiqarishlarning texnologik jarayonlarida tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanadigan qozonlar, ishlab chiqarish pechlari, utilizatorlar, texnologik liniyalar hamda gazdan xomashyo sifatida foydalanadigan boshqa qurilmalar, shuningdek, ko‘p xonadonli va turar joy binolarida o‘rnatilgan va gazdan shaxsiy, oilaviy, uy-joy, xo‘jalik va boshqa ehtiyojlar uchun yoqilg‘i sifatida foydalanadigan boshqa uskunalar;
gaz uzatish tashkiloti — tabiiy gazni qabul qiluvchi, uzatuvchi, gaz ta’minoti tashkilotlari va iste’molchilarga magistral gaz quvurlari orqali yetkazib beruvchi tashkilot;
gaz tashkiloti — tabiiy gazni qabul qilish, taqsimlash va iste’molchilarga shartnoma asosida yetkazib berishni ta’minlovchi tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
aralashish holati va sanasini tasdiqlaydigan hujjatlar — hisobga olish pribori yoki o‘lchov kompleksining ishiga aralashish holati va sanasini aniqlash imkonini beradigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar yoki materiallar;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilar — tabiiy gazni qabul qilish, qayta ishlash, ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta’minlash tashkilotlari, shuningdek, neft va (yoki) gaz kondensatini qabul qilish va qayta ishlash, tabiiy gazni ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta’minlovchi neftni qayta ishlash tashkilotlari;
gaz tarmog‘ining bo‘linish chegarasi — gaz uzatish tashkiloti, gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchilar o‘rtasida gaz tarmog‘ining tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlari o‘rnatilishi lozim bo‘lgan va tegishliligi bo‘yicha aniqlanadigan bo‘linish nuqtasi. Bunda, agar tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish pribori iste’molchiga tegishli bo‘lsa, tashqi (uzib qo‘yadigan) kran, agar tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish pribori gaz ta’minoti (gaz uzatuvchi) tashkilotga tegishli bo‘lsa — tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish pribori gaz tarmog‘ining bo‘linish chegarasi hisoblanadi;
tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi — gaz ta’minoti (gaz uzatuvchi) tashkilotiga tabiiy gazni iste’molchiga o‘zining gaz tarmoqlari orqali uzatish, iste’molchiga esa qabul qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovni amalga oshirish majburiyatini yuklaydigan bitim;
kommunal va maishiy iste’molchilar — umumiy hisob quvvati 100 kVt bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalarida maishiy maqsadlarda (ovqat tayyorlash, issiq suv ta’minoti va isitish) gazdan foydalanuvchi va yuridik shaxs maqomini tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
ko‘rsatkichlarni nazorat uchun olish — Byuroning mas’ul vakili tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborining ko‘rsatgichlarini olish va o‘rnatilgan tamg‘alar butunligini ko‘zdan kechirish;
ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilar — gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida, shuningdek, umumiy hisob quvvati 100 kVt yuqori bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalarida maishiy ehtiyojlarda (ovqat tayyorlash, issiq suv ta’minoti va isitish) foydalanuvchi, yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar.
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar — tabiiy gaz yetkazib berish shartlari va ro‘yxati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlanadigan ijtimoiy soha muassasalari va budjet tashkilotlari;
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar — uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish-texnologik obyektlarga ega bo‘lgan hamda tabiiy gaz yetkazib berish shartlari va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan iste’molchilar;
tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari — bir yoki bir nechta funksiyalarni: tabiiy gaz sarfini (hajmini), haroratini va bosimini o‘lchash, priborlarning ishlash vaqtini hisobga olish; o‘lchov ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, saqlash va aks ettirishni bajarish uchun mo‘ljallangan o‘lchov texnika vositalari;
ishga tushirish-sozlash ishlari — kommunikatsiyalar va armaturalarga ega gazdan foydalanish uskunasini ishlashga tayyorlash va ishga tushirish, gazdan foydalanish uskunasi yuklamasini gazdan foydalanish uskunalari egasi bo‘lgan tashkilot bilan kelishilgan darajagacha yetkazish, shuningdek foydali ish koeffitsiyentini maqbullashtirmasdan gazdan foydalanish uskunasining isitish rejimini sozlashdan iborat bo‘lgan ishlar kompleksi;
Oldingi tahrirga qarang.
hisob-kitob davri — tabiiy gaz iste’molining sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun iste’molchi va gaz ta’minoti tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vaqt davri (oy);
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
zaxira yoqilg‘i — tabiiy gaz yetkazib berish qisqaradigan yoki to‘xtaydigan davrda foydalanish uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i;
zaxira yoqilg‘i xo‘jaligi — zaxira yoqilg‘isini saqlash, uzatish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar va qurilmalar kompleksi;
rejim-sozlash ishlari — ish yuklamalari diapazonida loyihadagi (pasportdagi) foydali ish koeffitsiyentiga erishish maqsadida gazdan foydalanish uskunalarini sozlash, yoqilg‘i yoqish jarayonlarini tartibga solish vositalarini, issiqlikni utilizatsiya qiluvchi va yordamchi uskunalarni sozlashni o‘z ichiga oladigan ishlar kompleksi;
mavsumiy iste’molchilar — ulanish uchun belgilangan texnik shartlarga muvofiq tabiiy gazdan asosiy yoqilg‘i sifatida ma’lum bir davr mobaynida foydalanuvchi iste’molchilar;
gazlashtirish texnik shartlari — shartlariga rioya etish iste’molchining gazdan foydalanish uskunasini gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti gaz tarmoqlariga ulashning texnik imkoniyatini yaratadigan va gazlashtirish loyihasini (loyiha-texnik hujjatlarni) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadigan dastlabki hujjat.
4. Iste’molchi (maishiy iste’molchilardan tashqari), shu jumladan oilaviy korxonalar har yili 15-iyulgacha bo‘lgan muddatda gaz ta’minoti tashkilotiga choraklar bo‘yicha (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) taqsimlanadigan kelgusi yilgi tabiiy gaz iste’molining prognoz qilinayotgan hajmi uchun buyurtma beradi.
5. “O‘zbekneftgaz” AJ har yili 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va taqsimlashda o‘zining gazga bo‘lgan ehtiyojlari va texnologik yo‘qotishlarni aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Kelgusi yilda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligi uchun texnik va ilmiy asoslangan normalarga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarishning prognoz qilinayotgan hajmlarini hisobga olgan holda, tabiiy gazning ikki yillik (har choraklik) amaldagi sarfi va mahsulot ishlab chiqarish asosida iste’molchi tomonidan tegishli hisob-kitoblar bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
Maishiy iste’molchilar va kommunal xo‘jalik iste’molchilarning kelgusi yilda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji tabiiy gazni belgilangan iste’mol qilish me’yorlari va (yoki) ikki yillik (har choraklik) amaldagi sarfi asosida gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan aniqlanadi.
7. Gaz ta’minoti tashkilotlari har yili 1-sentabrgacha tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni choraklarga (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) taqsimlagan holda (kelgusi yilda yangidan ishga tushiriladigan obyektlar uchun zahira hajmlarini nazarda tutgan holda), kelgusi yil uchun gaz ehtiyoji prognozini shakllantiradi hamda umumlashtirish va keyinchalik “O‘zbekneftgaz” AJga taqdim etish uchun “O‘ztransgaz” AJga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “O‘zbekneftgaz” AJ taqdim etilgan buyurtmalar asosida resurs va gaz uzatish imkoniyatlari, shuningdek, ichki tarmoq ehtiyoji va tabiiy gaz eksporti hajmlarini hisobga olib, tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni choraklar bo‘yicha (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) taqsimlagan holda, respublika bo‘yicha kelgusi yil uchun tabiiy gaz resurslarining va gazni taqsimlash balansini tuzadi hamda ushbu balansni kelgusi yil respublika bo‘yicha tabiiy gaz resurslari va gazni taqsimlash balansi loyihasini tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga 15-sentabrgacha taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “O‘zbekneftgaz” AJ kelgusi yil uchun respublika bo‘yicha tabiiy gaz resurslarining va gazni taqsimlashning tasdiqlangan balansiga muvofiq, har yili 1-dekabrga qadar “O‘ztransgaz” AJga va keyinchalik gaz ta’minoti tashkilotlariga yuborish uchun iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishning yillik va choraklik (qish davri uchun — oylar bo‘yicha) hajmlarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) buyurtmalarini tabiiy gaz resurslarining va gazni taqsimlashning tasdiqlangan balansiga muvofiq ajratilgan hajmlar darajasida qayta ko‘rib chiqishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Iste’molchilar (shu jumladan, umumiy hisob quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalariga ega oilaviy korxonalar) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq va qonun hujjatlariga ko‘ra gazlashtirish ishlarini bajarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda ishlab chiqilgan gazlashtirish loyihalariga asosan gaz bilan ta’minlanadi.
iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga elektron yoki yozma shaklda gazlashtirish haqidagi arizani kadastr hujjati nusxasini ilova qilgan holda taqdim etadi;
taqdim etilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joylarga chiqib, gazlashtirishning texnik imkoniyatlariga mos kelishi yoki mos kelmasligi bo‘yicha o‘rganiladi. O‘rganish natijasida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, iste’molchiga ichki gaz quvurlari, gazda ishlaydigan asboblar (turi va soni) va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga qo‘yilgan talablarni o‘z ichiga olgan gazlashtirish texnik shartlari beriladi.
Iste’molchi obyekti joylashgan hududda iste’molchiga gazta’minoti tashkiloti tomonidan tabiiy gaz uzatish imkonini beradigan quvvatga ega bo‘lgan gazni taqsimlash tarmog‘i mavjud bo‘lganda, iste’molchini gaz bilan ta’minlashning texnik imkoniyati mavjud deb tan olinadi.
Gazlashtirilgan xususiy uy-joylar maishiy iste’molchi va oilaviy korxonaga ajratilgan taqdirda, ularning har biri gazlashtirish loyihalari asosida, tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uchun alohida priborlar o‘rnatish sharti bilan va oilaviy korxonani gazlashtirish uchun qo‘shimcha gazlashtirish texnik sharti olingan holda gaz bilan ta’minlanadi.
Gazlashtirilgan xususiy uy-joylar ikki va undan ortiq maishiy iste’molchiga ajratilgan taqdirda, har bir uy qismi uchun alohida gazlashtirish loyihalarini ishlab chiqish va gazlashtirish uchun qo‘shimcha texnik shartlarni olmasdan tabiiy gaz iste’molini hisobga oladigan alohida priborlar o‘rnatish sharti bilan uy-joyni ajratish rejalari (kadastr hujjati) asosida gaz bilan ta’minlanadi.
13. Gazlashtirish (gazdan foydalanish uskunalari, qurilma va uy ichi gaz quvurlari) loyihasi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlari tomonidan gazlashtirish texnik shartlari asosida ishlab chiqiladi.
iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz sarfining hisoblangan diapazonida hisobga olishning ishonchliligini ta’minlaydigan, gaz hajmini standart shartlarga muvofiqlashtirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan hamda tabiiy gaz iste’molini avtomatik tarzda nazorat qilish va hisobga olish tizimiga mos keladigan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini (ularni qulay joylashuv nuqtalarini ko‘rsatgan holda) o‘rnatish.
15. Gazlashtirish loyihasi gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari (keyingi o‘rinlarda QMI deb ataladi) boshlanishidan avval, biroq gazlashtirish uchun texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechikmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
16. QMI gazlashtirish loyihasiga muvofiq, mazkur ishlarni bajarish huquqiga ega tashkilot tomonidan ijro-texnik hujjatlar va yerto‘la inshootlaridagi boshqa kommunikatsiyalarning kirish joylarini germetik zich yopilganligi haqidagi dalolatnomani tuzgan holda bajariladi.
17. QMIni amalga oshirgan tashkilot gaz ta’minoti tashkilotiga dudburon va ventilatsiya kanallarini tekshirish, shuningdek, yerto‘la inshootlaridagi boshqa kommunikatsiyalarning kirish joylarini germetik zich yopilganligi haqidagi dalolatnomalarni taqdim etadi.
18. Yangi qurilgan ichki gaz quvurini foydalanishga qabul qilish va gazdan foydalanish uskunasini ishga tushirish-sozlash ishlari (keyingi o‘rinlarda ITSI deb ataladi) gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19. ITSI yakunlangach, ishga tushirish dalolatnomasi tuziladi va iste’molchiga tabiiy gazdan foydalanish qoidalari bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Shundan so‘ng iste’molchi ishga tushirish dalolatnomasiga imzo chekadi va tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuziladi (ishga tushirish dalolatnomasining bir nusxasi gaz ta’minoti tashkilotida saqlanadi).
20. Iste’molchilar (shu jumladan umumiy hisob quvvati 100 kVt dan yuqori bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalariga ega oilaviy korxonalar) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq va qonun hujjatlariga ko‘ra gazlashtirish ishlarini bajarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda ishlab chiqilgan loyiha-texnik hujjatlarga asosan gaz bilan ta’minlanadi.
21. Yangi turdagi gazdan foydalanish uskunalarini ishga tushirish va (yoki) foydalanilayotgan quvvatlarni rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlashni mo‘ljallayotgan iste’molchilar gazta’minoti tashkilotlari bilan gaz tarmoqlariga ulanishning texnik imkoniyatlarini kelishish uchun belgilangan shaklda tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha asoslangan hisob-kitoblarni taqdim etadi.
22. Gaz ta’minoti tashkiloti gazlashtirish masalasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga gazlashtirish texnik shartini olish uchun buyurtma beradi.
Buyurtmada tabiiy gazdan foydalanish davri, gazdan foydalanish uskunasining turi va texnik tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zaxira yoqilg‘idan foydalanish hisobga olingan holda, gaz iste’molining rejalashtirilayotgan hajmlari ko‘rsatiladi va unga ishlab chiqarish quvvatlarining joylashish rejasi ilova qilinadi.
Ushbu hujjatlar yangi gazlashtirish texnik shartlarini olishda yoki muddatini uzaytirishda ham taqdim etiladi.
23. Gaz ta’minoti tashkiloti ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, iste’molchiga quyidagilar ko‘rsatilgan gazlashtirish texnik shartlari beriladi:
ulanish nuqtasidagi tabiiy gazning maksimal soatlik, kunlik, yillik sarfi va ishchi bosimi, shuningdek, ushbu bosimning o‘zgarish chegaralari;
gaz taqsimlash shoxobchasi (keyingi o‘rinlarda GTSh deb ataladi) inshootini qurish zarurligi, GTShga bo‘lgan texnik talablar, avtomatika turi, gaz quvurlari soni va ularning har biridagi tabiiy gaz bosimi, chirishdan himoyalash chora-tadbirlari va boshqalar;
gazdan foydalanish uskunasi va gaz goryelkali qurilmalariga qo‘yiladigan talablar (turi va soni), muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;
zaxira yoqilg‘idan foydalanish davrini ko‘rsatgan holda, zaxira yoqilg‘i xo‘jaligini qurish zarurligi.
Gazlashtirish texnik shartlarining amal qilish muddati ular berilgan kundan boshlab 2 yilni tashkil qiladi. Belgilangan muddat o‘tgach, agar iste’molchi gazlashtirishni tugatmagan bo‘lsa, gazlashtirish uchun yangi texnik shartlar olinishi lozim.
24. Gazlashtirish uchun texnik shartlarni berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti mazkur Qoidalarning 22-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddatda iste’molchiga rad etish sabablarini asoslagan holda, tegishli yozma xabarnoma yuboradi va taqdim qilingan hujjatlarni qaytaradi.
25. Iste’molchilar va gazlashtirish loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish oshirilgan loyihalashtirish tashkiloti gazlashtirish texnik shartlari talablarini bajarishi majburiy hisoblanadi. Texnik shartlarda ko‘rsatilgan talablarni rad etishga faqat gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Kelishish buyurtma berilgan kundan keyin uch ish kuni davomida amalga oshiriladi va yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
26. Iste’molchi texnik shartlarda ko‘rsatib o‘tilgan talablarni o‘zgartirishga ehtiyoj bo‘lmaganda o‘zgargan taqdirda, tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma yangi iste’molchi bilan qayta tuziladi. Bunda gazlashtirish texnik shartlarini takroriy rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tadbirkorlik subyektlariga gazlashtirish texnik shartlarini berish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladi. Bunda iste’molchilarning xohishi bilan gaz tarmoqlariga “tayyor holda” ulanish mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
28. Gazlashtirish loyiha-texnik hujjatlari (keyingi o‘rinlarda LTH deb ataladi) quyidagilardan iborat:
29. LTH mazkur turdagi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Loyihalash tashkiloti gaz ta’minoti bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihaning amaldagi normativ-texnik normalar va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan javob beradi.
yuqori tejamkor texnologik sxemalarni, jarayonlarni va sertifikatlangan gazdan foydalanish qurilmalarni va gaz goryelka qurilmalari qo‘llanishi;
iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz sarfining hisoblangan diapazonida hisobga olishning ishonchliligini ta’minlaydigan, gaz hajmini standart shartlarga keltirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan hamda tabiiy gazni iste’mol qilishni avtomatik tarzda nazorat qilish va hisobga olish tizimiga mos bo‘lgan tabiiy gazni hisobga olish priborlarini qo‘llash;
ikkilamchi energiya resurslaridan iqtisodiy asoslangan va texnik jihatdan mumkin bo‘lgan tarzda foydalanish;
tabiiy gazning va undan foydalangan holda ishlab chiqilgan mahsulotning hisobga olinishini ta’minlash;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligiga yoqilg‘i-energetika resurslarini normativ bo‘yicha sarflash ko‘rsatkichlari;
amaldagi loyihalash normalariga muvofiq agregatlarni va issiqlik quvurlarining qizish yuzasini himoyalovchi issiqlik izolatsiyalarini qo‘llash;
binolar va inshootlarning isitiladigan hajmlari, shuningdek, obyektlardan gaz quvurlarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
32. LTX gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan QMI boshlanishiga qadar, texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechiktirilmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Loyiha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgandan keyin iste’molchining yozma shakldagi murojaati asosida LTH gaz ta’minoti tashkilotida 5 ish kunidan kechikmay to‘lov undirilmasdan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Agar, QMI ro‘yxatdan o‘tkazish kunidan buyon 24 oy mobaynida boshlanmagan yoxud gazlashtirishda texnik shartlardan cheklanish holatlari aniqlangan bo‘lsa, LTH gaz ta’minoti tashkilotida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
LTHni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti 5 ish kuni mobaynida iste’molchiga rad etish sabablarini va bartaraf etilishi kerak bo‘lgan kamchiliklarni asoslagan holda, tegishli yozma xabarnoma yuboradi.
33. LTHga muvofiq QMI ushbu ishlarni amalga oshirish uchun huquqiga ega tashkilot tomonidan tegishli ijro-texnik hujjatlarni tuzgan holda bajariladi.
34. Gaz ta’minotining mavjud tizimlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashda qurilish va foydalanishga topshirish talablari yangi qurilish obyektlariga bo‘lgani kabi taqdim etilishi kerak.
35. QMI tugallanganidan so‘ng mazkur ishlarni bajarish huquqiga ega tashkilot tomonidan gazdan foydalanish uskunasini ITSI va rejim-sozlash ishlari (keyingi o‘rinlarda — RSI deb ataladi) amalga oshiriladi.
RSI bir yilda 100 000 kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari) uchun majburiy hisoblanadi.
36. ITSI va RSI tuganlanganligi tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, texnik hisobot tuziladi va unda gazdan foydalanish uskunasining turli ish rejimlarida gazdan oqilona foydalanishga, xavfsizlik hamda yoqilg‘ini yondirish jarayonlarini avtomatik tarzda tartibga solish priborlari va vositalarini, issiqlikni utilizatsiya qilish va yordamchi uskunalarni hamda qozonxonalar uchun suv tayyorlash tizimlari uskunasini sozlashga ta’sir ko‘rsatadigan energiya samaradorligining barcha ko‘rsatkichlari qayd etiladi.
37. ITSI va RSI natijalari asosida ularni bajargan tashkilot iste’molchi tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik rejim (texnologiya) xaritalarini beradi.
38. Vaqtinchalik rejim (texnologiya) xaritalarining asl nusxalari iste’molchida saqlanadi, ish joylarida esa ularning nusxalari osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
39. Ishlayotgan gazdan foydalanish va yordamchi uskunada har 3 yilda kamida bir marta, gazdan energiya sifatida foydalanuvchi tashkilotlarda esa (mukammal va joriy ta’mirlashni o‘tkazish xususiyatini hisobga olgan holda) har 4 yilda bir marta RSIning quyidagi turlarini o‘tkazish nazarda tutilishi kerak:
gazdan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan konstruktiv o‘zgarishlar kiritilgandan keyin;
gazdan foydalanish uskunasi rejim (texnologiya) xaritalari talablaridan muntazam ravishda chekinilgan holda ishlaganda;
41. Yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarni foydalanishga qabul qilish ishlari qabul qilish komissiyasi tomonidan normativ hujjatlar va ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
42. Gazdan foydalanish uskunasini ko‘rikdan o‘tkazish va tabiiy gaz uzatishga ruxsatnoma berish iste’molchining arizasi tushgan kundan boshlab, 10 ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Obyektni ko‘rikdan o‘tkazish uchun iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga loyiha va ijro-texnik hujjatlariga berilgan quyidagi ruxsatnomalarni taqdim etishi kerak:
“Sanoatgeokontexnazorat” DI tomonidan ishga tushirish-sozlash ishlarini o‘tkazish uchun berilgan ruxsatnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
“Sanoatgeokontexnazorat” DI tomonidan gazdan foydalanish uskunasidan uzoq vaqt (yoki mavsumiy) xavfsiz foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi ruxsatnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limining qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosasi.
(42-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
43. “Sanoatgeokontexnazorat” DI ruxsatnomasisiz va “O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limining qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosasisiz gaz sarflovchi uskunalarga tabiiy gaz yetkazib berish taqiqlanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
44. “Sanoatgeokontexnazorat” DI ruxsatnomasisiz va “O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limining qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosasisiz gaz sarflovchi uskunalarga tabiiy gaz yetkazib berish aniqlanganda, tegishli organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomalariga asosan, tabiiy gaz yetkazib berish taqiqlanadi. Gazdan foydalanuvchi uskunalarga tabiiy gazni berish aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda qayta tiklanadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Keyingi tahrirga qarang.
45. Gaz ta’minoti tashkiloti yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasiga, gaz quvurlari va uskunalarga tabiiy gaz ushbu Qoidalarning 42-bandi talablari bajarilgan taqdirda uzatiladi.
46. Iste’molchida ushbu Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ITSI va RSI amalga oshirish uchun ko‘rsatilgan hajmda gaz berilishini ta’minlash yuzasidan yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuziladi.
47. Iste’molchi RSI tugallangach, bajarilgan ishlarning sifatini baholash uchun “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘linmasiga yozma shaklda murojaat qilishi va texnik hisobotni ilova qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bajarilgan sozlash ishlarining sifati past bo‘lgan taqdirda “O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘linmalarining ko‘rsatmasiga asosan sozlash ishlarini bajargan tashkilot hisobidan gazdan foydalanish uskunasi takroran sozlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma gaz ta’minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi.
Gaz ta’minotining namunaviy shartnomasi “O‘ztransgaz” AJ tomonidan ishlab chiqiladi hamda Byuro, “O‘zdavneftgazinspeksiya” va Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Keyingi tahrirga qarang.
49. Maishiy iste’molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma gaz tarmog‘iga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi.
Bunda gaz ta’minoti tashkiloti mazkur iste’molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuzish hamda ushbu Qoidalar talablariga muvofiq tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng uch kun muddat ichida iste’molchi bilan shartnomani qayta rasmiylashtirish uchun gaz ta’minoti tashkilotiga ko‘chmas mulk egasi to‘g‘risida ma’lumot yuboradi.
50. Tabiiy gaz iste’molchilarining boshqa toifalariga tabiiy gaz faqat shartnomalari asosida yetkazib beriladi.
51. Iste’molchilarga shartnomada belgilangan hajmda tabiiy gaz (maishiy iste’molchilardan tashqari) mazkur Qoidalarning 4 va 9-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq yetkazib beriladi.
52. Tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida gazdan foydalanish uskunalari va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi va tartibi qonun hujjatlari talablari va texnik hujjatlarga muvofiq ko‘rsatilishi shart.
53. Tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2 nusxada, taraflarning har biri uchun bir nusxadan tuziladi.
54. Iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti tomonidan ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Iste’molchiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz faqat iste’molchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishiga yo‘l qo‘yiladi. Etkazib berilgan tabiiy gaz hajmidan bir qismini uchinchi shaxslarga o‘tkazish yoki sotish faqat gaz ta’minoti tashkiloti bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini tuzish hamda alohida tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborini o‘rnatish asosida amalga oshirilishi shart.
56. Gaz ta’minoti tashkiloti tabiiy gazni o‘rtacha sutkalik norma doirasida oy mobaynida bir xil miqdorda, iste’mol qilishning sutkalik normasidan kamaytirish hisobiga chekinish zarurati bo‘lgan holatlarda esa — tomonlar o‘rtasida kelishilgan dispetcherlik jadvallari bo‘yicha yetkazib berishi, iste’molchi esa (maishiy iste’molchilar va umumiy hisob quvvati 100 kVt.dan ko‘p bo‘lmagan gazdan foydalanish uskunasiga ega oilaviy korxonalardan tashqari) uni bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish pribori orqali olishi shart.
Gaz ta’minoti tashkilotlariga GTSning alohida chiqish gaz quvurlari (nuqtalar) orqali yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmlari iste’molchilar bilan bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatgichlarining umumiy yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi. GTSning alohida chiqish gaz quvurlar (nuqtalar) va iste’molchilar bilan bo‘linishi chegarasida o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga qadar o‘rnatilgan boshqa tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari, gaz ta’minoti tashkilotlari bilan o‘zaro hisob-kitob qilish uchun yaroqsiz deb hisoblanadi.
Respublika hududi bo‘yicha tabiiy gazni yetkazib berishning oylik hajmlari “O‘ztransgaz” AJ tomonidan gaz tashish tizimining resurs va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Gaz uzatish tashkiloti tabiiy gazning gaz taqsimlash stansiyasidan chiqish bosimini normativ-texnik hujjatlarga mos ravishda ushlab turadi.
58. Ushbu Qoidalarning 10-bandida keltirilgan iste’molchilarni ob-havo sovib ketishi davrida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, tabiiy gaz ishlab chiqarish, gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari va iste’molchilar (maishiy va kommunal xo‘jalik iste’molchilari hamda oilaviy korxonalardan tashqari) bilan kelishilgan holda korxonalarni zahira yoqilg‘iga o‘tkazish jadvallarini tuzib, ushbu jadvallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Jadvallar tabiiy gazni yetkazib berish prognoz ko‘rsatkichlari mazkur Qoidalarning 10-bandida keltirilgan iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash imkonini bermagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari tomonidan joriy etiladi.
Jadvalga kiritilgan iste’molchilar qisqarmaydigan miqdorda (kamida 3 oy davomida ehtiyojni qoplaydigan) zaxira yoqilg‘i zaxirasiga ega bo‘lishi va havo harorati pasayib ketgan davrlarda ushbu yoqilg‘iga o‘tishi shart.
Havo harorati pasayib ketgan davrda yoki kuz-qish mavsumida zaxira yoqilg‘iga o‘tkazish jadvaliga kiritilgan alohida iste’molchilarga tabiiy gazni qaytadan yetkazib berish Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi, bunda tasdiqlangan korxonalarni zaxira yoqilg‘i turlariga o‘tkazish jadvallariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
59. Gaz ta’minoti tashkilotlari 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda gaz tarmoqlaridan uziladigan mavsumiy iste’molchilar ro‘yxatini tuzadi (ularni majburiy tarzda xabardor qilgan holda) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
60. “O‘ztransgaz” AJ taqdimnomasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari iste’molchilarga (maishiy va kommunal xo‘jalik iste’molchilari, shuningdek oilaviy korxonalar bundan mustasno) tabiiy gazni yetkazib berish jadvallarini va avariyalar ro‘y berishi yoki magistral va taqsimlovchi gaz quvurlari ishida texnologik rejim buzilishlari oqibatida gaz tarmoqlaridan ularni uzib qo‘yish navbatini tasdiqlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan avariyalar paytidagi gaz yetkazib berish jadvallari tegishli tashkilotlarga yuboriladi va magistral va taqsimlovchi gaz quvurlarida avariya vaziyatlarida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga kiritiladi.
Avariyalar natijasida obyektlar, magistral va taqsimlovchi gaz quvurlarining texnologik ish rejimlari buzilgan taqdirda, gaz ta’minoti tashkilotlarining dispetcherlik xizmatlari iste’molchilarga ko‘rsatib o‘tilgan avariyalar paytidagi jadvallarni amalda joriy etish to‘g‘risida iste’molchilarga sutkalik gaz yetkazib berish hajmlaridagi tegishli o‘zgarishlar bilan birga ko‘rsatmalar beradilar, mahalliy davlat hokimiyati organlarini hamda aholini bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qiladilar.
tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilar (“O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ orqali) gaz uzatish tashkilotini — 2 soat mobaynida;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
gaz ta’minoti tashkilotlari (joylardagi mahalliy hokimiyati organlari orqali) iste’molchilarni — 1 soat mobaynida xabardor qilishi shart.
61. Tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish rejimining yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olib, tabiiy gazni ishlab chiqaruvchi “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va gaz ta’minoti tashkilotlarining ko‘rsatmalarini bajarish iste’molchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Gazni uzatishda tabiiy gazni ishlab chiqaruvchilar, gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari va iste’molchilar gaz qazib chiqarish joylari, gazni qayta ishlash zavodlari, magistral gaz quvurlari, shuningdek, iste’molchilarning uskunalari va gaz tarmoqlaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari va foydalanish qoidalariga qat’iy rioya etishlari shart.
magistral gaz quvurlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish joyiga ega iste’molchilarga –bevosita tuzilgan shartnomalar asosida bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’mol qilishni hisobga olish priborlari orqali;
magistral gaz quvurlari va gaz tarmoqlari bo‘linishi chegarasidagi gaz ta’minot tashkilotlariga — keyinchalik iste’molchilarga sotish uchun xo‘jalik hisobidagi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari orqali yetkazib beradi.
64. Tabiiy gazni yetkazib berish yuzasidan boshqa barcha shartlar tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalarida nazarda tutiladi.
66. Iste’molchilarga (maishiy iste’molchilardan tashqari) yetkazib berilayotgan gaz miqdori gaz tarmoqlarining bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi va ikkala taraf imzolaydigan tabiiy gazni yetkazib berish — qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Etkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob standart shartlarga nisbatan gaz hajmini — kub metrlarda keltirgan holda (T = 20 0S, R = 760 mm simob ustuni hisobida) amalga oshiriladi.
manometrlar va termometrlarning sozligi, ularning davlat qiyoslovidan o‘tganligining amal qilish muddati;
GTShni sozlash (tartibga solish) muddati, shuningdek amaldagi ishchi bosimining GTShning sozlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada qayd etilgan parametrlarga muvofiqligi.
Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti Iste’molchi bilan birgalikda tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboriga, uning sifat laboratoriyasi tomonidan taqdim etiladigan gaz tarkibi bo‘yicha tuzatuvchi o‘zgartirishlarni, taqdim etilgan vaqtdan 12 soatdan kechiktirmasdan kiritishi kerak. Gaz tarkibi bo‘yicha ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida va haqqoniy kiritilishi uchun javobgarlik gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti zimmasida bo‘ladi.
67. Quyidagi holatlarda yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun plombalanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarining bir sutkada to‘liq quvvat bilan 24 soat ishlashi (maishiy iste’molchilar bundan mustasno) hisobidan amalga oshiriladi:
gazni hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan o‘tkazish muddati tugaganda va iste’molchi davlat qiyoslovini o‘tkazishga to‘sqinlik qilgan holatda, tegishli hisob-kitob qiyoslov muddati tugagan vaqtdan boshlab u o‘tkazilgandan keyin gazni hisobga olish priborini o‘rnatishgacha bo‘lgan davrga;
Oldingi tahrirga qarang.
(67-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
68. Maishiy iste’molchilar tomonidan iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz hajmi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari bo‘yicha, ular mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmagan hollarda aholiga kommunal va maishiy ehtiyojlar uchun beriladigan tabiiy gazning bir oylik sarf me’yorlari bo‘yicha aniqlanadi.
69. Gaz iste’molini hisobga olish priborlarini montaj qilish, ulardan foydalanish va ularni tekshirish amaldagi normativ va texnik hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
70. Tabiiy gazni hisoblash uchun faqatgina O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari Davlat reyestriga kiritilgan turdagi priborlardan foydalanilishi shart.
71. Tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlari ularning foydalanish uchun yaroqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan joylarda tegishli shakldagi amal qiluvchi belgilar va tamg‘alarga ega bo‘lishi shart.
72. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish loyihasi doirasida o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy elektron priborlari gaz ta’minoti tashkilotlarining mulki hisoblanadi.
73. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlarini o‘rnatishga qadar, tabiiy gaz iste’molini hisobga oladigan mavjud priborlarni davriy davlat qiyoslovidan o‘z vaqtida o‘tkazishni tashkil etish uchun javobgarlik gaz ta’minoti tashkilotiga yuklanadi.
Davlat qiyoslovidan o‘tkazish vaqtida tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari yaroqsizligi (ta’mirlash imkoniyati bo‘lmaganda) aniqlangan taqdirda, hisobga olish pribori foydalanishga yaroqsizligi haqidagi metrologiya organi xulosasi bilan mulkdorga qaytariladi.
74. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini ta’mirlash va davlat qiyoslovidan o‘tkazish sarf-xarajatlari hisobga olish pribori mulkdori tomonidan qoplanadi.
75. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga tamg‘a qo‘yish Byuroning mas’ul xodimlari tomonidan gaz ta’minoti tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda iste’molchi ishtirokida dalolatnomani rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
76. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari, shu jumladan o‘rnatilgan tamg‘alarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik iste’molchi zimmasiga yuklatiladi.
77. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari o‘rnatilgandan so‘ng gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan ro‘yxatga olinadi.
78. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish metrologiya xizmati organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
79. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini qiyoslov davriyligi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.
80. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini o‘rnatish, ularga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va davlat qiyoslovidan o‘tkazishni tashkil etish ishlari “O‘ztransgaz” AJ tasdiqlaydigan Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga xizmat ko‘rsatish reglamentiga muvofiq gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
81. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini almashtirish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish gaz ta’minoti tashkiloti vakillari va Byuro vakillari tomonidan Iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.
Bunday holatda hisobga olish pribori o‘rniga tekshirilgan boshqa hisobga olish pribori gaz ta’minoti tashkiloti hisobidan darhol o‘rnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun yechib olish sanasida tuziladi. Maishiy iste’molchida hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi uch yilda kamida bir marta tuziladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
82. Almashtirish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olingan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborini o‘rnatish gaz ta’minoti tashkiloti vakillari tomonidan amalga oshiriladi va shu vaqtning o‘zida Byuroning mas’ul xodimlari bilan birga tamg‘alanadi.
83. Xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini yechib olish va o‘rnatish tartibi tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida ko‘rsatiladi.
84. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan o‘tkazish natijalaridan norozi bo‘lgan iste’molchilar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organ (tashkilot) yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
85. Iste’molchi Byuroning vakolatli xodimlariga sutkaning istalgan vaqtida tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborini ko‘zdan kechirish uchun kirish imkoniyatini ta’minlashi shart. Maishiy iste’molchilarning tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirish soat 0800 dan 2000 gacha amalga oshiriladi.
86. Byuro xodimini tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘ymaslik holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Iste’molchi mazkur dalolatnoma bilan tanishishi lozim. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, dalolatnomada bu qayd etiladi. Rad etish holati ikki guvoh yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi kerak. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega va bu dalolatnomaga qayd etilishi shart.
Dalolatnomaga imzo qo‘yishni rad etish iste’molchini gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish uchun asos bo‘ladi va u bu haqida ogohlantiriladi.
87. Hisob-kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi Byuro vakillari tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboridan ko‘rsatkichlarni yozib olish (TGHNATga ulangan, shuningdek, tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan va belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar bundan mustasno) asosida, keyinchalik yozib olingan ko‘rsatkichlar billing tizimiga kiritish, shuningdek, iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini interaktiv xizmatlar vositalariga kiritish orqali aniqlanadi. Bunda oilaviy korxonalar tomonidan hisob-kitob oyida iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi, faqat tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni to‘liq yechib olish asosida aniqlanadi.
88. Hisob-kitob oyida tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni to‘liq yozib olish ta’minlanmagan taqdirda, qamrab olinmagan iste’molchilar bilan hisob-kitob joriy oyda tabiiy gazni iste’mol qilish me’yorlaridan kelib chiqib va keyingi oyda haqiqatda iste’mol qilingan hajmga aniqlik kiritgan holda amalga oshiriladi. Bunda ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritilgandan so‘ng haqiqatda iste’mol qilingan gaz uchun qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
89. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (TGHNAT) ulangan va belgilangan me’yorlar asosida hisob-kitob qilinadigan iste’molchilarga hisob-kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi billing tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda aniqlanadi.
90. Billing tizimiga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida gaz ta’minoti tashkiloti yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmini, debitorlik va kreditorlik qarzdorlik bo‘yicha ishonchli hisobni amalga oshirish uchun har bir iste’molchining shaxsiy hisobraqamlari bo‘yicha yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi.
91. Iste’molchining telefon raqami mavjud bo‘lgan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchilarni tabiiy gaz uchun to‘lovni amalga oshirish zarurligi haqida avtomatik rejimda (ovozli qo‘ng‘iroq yoki SMS) xabardor qilishni ta’minlaydi.
92. Iste’molchi oy tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida iste’mol qilingan gaz hajmi uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari yoki belgilangan me’yorlar asosida to‘lovni amalga oshiradi.
93. Ushbu Qoidalarning 92-bandida ko‘rsatib o‘tilgan muddatda iste’mol qilingan tabiiy gaz haqi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’mol qilingan tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son)
Keyingi tahrirga qarang.
94. Iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lov bank muassasalari va kommunal to‘lovlarni qabul qilish kassalari, shuningdek, elektron to‘lovlar orqali yoki bevosita naqd bo‘lmagan shaklda to‘lov qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Byuro vakili orqali amalga oshirilishi mumkin.
95. Gaz ta’minoti tashkiloti har oyning 11 sanasidan kechiktirmay, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzdor bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatini shakllantiradi va yagona elektron idoralararo baza orqali Byuroga taqdim qiladi.
96. Byuro yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzdor bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatini olgan kunning ertasidan kechiktirmay, iste’molchilarni qarzni besh kun ichida uzish lozimligi haqida xabardor qilishni ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
97. Byuro iste’molchilar xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddat o‘tgandan so‘ng, qarzdorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy undirish, shu jumladan kelib chiqqan qarzdorlikni eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ushbu iste’molchilarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobvaraqlaridan so‘zsiz har oyda chiqarish, shuningdek, iste’molchilarni gaz tarmoqlaridan uzish choralarini ko‘radi.
(97-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son)
Keyingi tahrirga qarang.
98. Iste’molchilarni debitor qarzdorlik uchun gaz tarmoqlaridan uzish va ularni qaytadan ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
99. Qayta ulanishda iste’molchidan to‘lov kuni amalda bo‘lgan eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida haq undiriladi. Tabiiy gaz iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan iste’molchilarni gaz tarmoqlariga qayta ulanishi uchun haq undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
100. Gaz ta’minot tashkilotlari ma’lumotlar bazasida belgilangan tariflar o‘zgarishi (ortishi) vaqtiga qadar Iste’molchi amalga oshirgan to‘lovlar haqidagi hisobga olinmagan hujjatlar aniqlangan taqdirda, ushbu Iste’molchi bo‘yicha hisob-kitob (qayta hisob-kitob) to‘lov vaqti (sanasi) amalda bo‘lgan tariflar asosida amalga oshirilib, keyinchalik billing tizimidagi shaxsiy hisobraqami ko‘rsatkichlariga tuzatish kiritiladi.
101. Foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lov summasi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatgichlarni olish vaqtida amal qilingan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar o‘zgarganda, avval hisoblangan summa bo‘yicha tariflar o‘zgarishiga qadar to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydigan qarzdorlik vujudga kelgan deb tan olinadi.
102. Tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
103. Iste’molchi tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnoma asosida yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun yuz foiz oldindan to‘lovni amalga oshirishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovadagi ro‘yxatga muvofiq tabiiy gazni sotishda narxni shakllantirishning alohida tartibi belgilangan iste’molchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan o‘sib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
104. Tabiiy gazdan foydalanishda iste’molchining aybi bilan tabiiy gaz yetkazib berishga shartnomada ko‘rsatilganidan hajmdan kam foydalanilgan taqdirda, avans tarzida to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar esa kelgusida gazdan foydalanishda hisobga olinadi.
105. Iste’molchi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada belgilanganidan ko‘p hajmda va gaz ta’minoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda, iste’molchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lov undiriladi. Vujudga kelgan qarzdorlik uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
106. Navbatdagi oy (chorak) uchun ko‘rsatilgan tabiiy gaz hajmlari bo‘yicha tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma o‘zgartirilishidan oldin iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga bu haqida o‘n kundan kechikmay xabar bergan taqdirda, bunday holatlar ortiqcha olingan miqdor deb hisoblanmaydi.
107. Tabiiy gaz uchun iste’molchining to‘lov muddati o‘tgan qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning avans to‘lovi hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lari iste’molchini xabardor qilgan holda, to‘lov muddati o‘tgan qarzni to‘lashga yo‘naltiriladi va avans to‘lovi sifatida hisobga olinmaydi.
108. Vakolatli organ tomonidan tabiiy gaz uchun amaldagi tariflar (narxlar) o‘zgarishlari to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan o‘zgarishlarning kuchga kirishidan oldin o‘n besh kundan kechikmay ommaviy-axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Bunda tabiiy gaz uchun tariflarning o‘zgargan sanasidan qat’i nazar, tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma o‘z kuchida qoladi, iste’molchi esa iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, u kuchga kirgan kundan boshlab yangi tarif bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishi shart.
109. Iste’molchilarni debitor qarzdorlik uchun gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish va ularni qaytadan ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
110. Qayta ulanishda iste’molchidan to‘lov kuni amalda bo‘lgan eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida haq undiriladi. Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan iste’molchilarni gaz tarmoqlariga qayta ulanishi uchun haq undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
111. Iste’molchilar hisob-kitob davri boshlangungacha kamida 5 kun oldin tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan oylik tabiiy gaz hajmi qiymatining 100 foizi miqdorida gaz ta’minoti tashkilotining hisobraqamiga oldindan to‘lovlarni amalga oshirishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
113. Oldindan to‘lov summasi o‘tkazilmagan taqdirda iste’molchilarga (strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilardan tashqari) tabiiy gaz yetkazib berish amalga oshirilmaydi.
114. Iste’molchilar tomonidan olingan tabiiy gaz uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-kunigacha amalga oshiriladi.
115. Strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar olingan gaz uchun uzil-kesil hisob-kitobni hisob-kitob oyi tugagandan keyin 30 kun o‘tgungacha amalga oshiradilar.
116. Hisob-kitob oyi uchun yetkazib berilgan gaz hajmi Byuro vakillari tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboridan ko‘rsatkichlarni yozib olish asosida (TGHNATga ulangan iste’molchilar bundan mustasno) aniqlanib, keyinchalik gaz ta’minoti tashkilotiga taqdim qilinadi.
117. Ko‘rsatkichlar yozib olinganidan so‘ng keyingi oyning 5 kuniga qadar gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan hisob-kitob oyi uchun tabiiy gaz yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi va schet-faktura rasmiylashtiriladi.
118. Iste’molchi 7 kundan kechiktirmasdan gaz ta’minoti tashkilotidan hisob-kitob oyi uchun tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasini va schet-fakturani qabul qilib oladi va imzolaydi hamda uning bir nusxasini gaz ta’minoti tashkilotiga jo‘natadi.
119. Tabiiy gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni e’tirozlar bilan imzolash Iste’molchini ko‘rsatib o‘tilgan tabiiy gaz hajmlari uchun to‘lovlardan ozod qilmaydi. Uzatilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashdan norozi bo‘lgan tomon dalolatnomada norozilik sabablarini majburiy aks ettirish yo‘li bilan hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 10-kungacha boshqa tomonga bu to‘g‘rida ma’lum qilib, so‘ng dalolatnomaning bir nusxasini Byuro vakiliga taqdim qiladi. Ushbu masalani o‘zaro hal etish imkoniyati bo‘lmaganda, kelishmovchilik sabablari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.
120. Iste’molchilardan kelgusida debitorlik qarzlarni undirish Byuro bo‘linmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
121. Tabiiy gazdan uzib qo‘yilganidan so‘ng yana o‘zboshimchalik bilan ulangan holda iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlari, uning qiymati, gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan vaqtdan boshlab gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida to‘liq quvvat bilan ishlashi hisobidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
122. Bunda ruxsatsiz foydalanilgan gaz hajmlari qiymatining undirilishi iste’molchini qoidani buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
1221. Tariflar o‘zgarganda, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlar mazkur Qoidalarning 100 — 102-bandlarida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(1221-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Keyingi tahrirga qarang.
123. Iste’molchi tomonidan quyida ko‘rsatilgan qoida buzilishlari sodir etilgan taqdirda, undan iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlari narxi (amaldagi tariflar bo‘yicha) Byuro yoki gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli xodimi so‘nggi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtidan boshlab, gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida to‘liq quvvat bilan ishlashi hisobidan kelib chiqqan holda undiriladi:
b) o‘chirish qurilmalari, gazdan foydalanadigan uskuna yoki tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborida o‘rnatilgan tamg‘alarni qasddan buzish;
v) tabiiy gaz hisobini yuritmasdan yoki o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan foydalanmasdan tabiiy gazni ishlatish, oylik me’yorlar bo‘yicha aholi maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bundan mustasno;
g) gaz quvurlari yoki GTShlarda, gaz taqsimlash tarmoqlarini texnologik ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalarni o‘rnatish.
124. Maishiy iste’molchida ushbu Qoidalarning 123-bandida ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarlik holatlari, shuningdek, shaxsiy hisobraqamiga (belgilangan me’yorlar bo‘yicha iste’mol qilingan tabiiy gaz miqdorini hisoblash uchun gaz yetkazib beruvchi tashkilotning billing tizimi) kiritilgan boshlang‘ich ma’lumotlar (isitish maydoni, gazdan foydalanish uskunalari soni va yashovchilar soni) buzib ko‘rsatilishi holatlari aniqlanganda, maishiy iste’molchidan Byuro yoki gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli xodimining so‘nggi tashrif buyurgan kunidan boshlab, amalda aniqlangan ma’lumotlar asosida belgilangan iste’mol me’yori bo‘yicha hisoblangan gaz hajmining haqi undiriladi.
125. Iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirmasdan gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan taqdirda, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslardan ruxsatsiz foydalanilgan gaz hajmlari qiymati iste’molchi davlat ro‘yxatidan rasmiy o‘tkazilgan kundan boshlab (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) o‘tgan vaqt mobaynida gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida to‘liq quvvat bilan ishlashi (yoki standart gazdan foydalanish uskunasi mavjud emasligida quvurning o‘tkazish imkoniyati) hisobidan kelib chiqqan holda, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan miqdorda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek, tarmoqqa ulangan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada maksimal (to‘liq) quvvat bilan 24 soat ishlashi hisobidan kelib chiqib, iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlarining qiymati quyidagi hollarda undiriladi:
a) hisobga olishni noto‘g‘ri ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborining konfiguratsiyasi va sozligini o‘zgartirish uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboriga modem yoki boshqa aloqa vositalarining ruxsatsiz ulangani aniqlanganda — ruxsatsiz aralashilgan kundan boshlab butun vaqt davomida (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda), lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda;
b) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborining xotirasidan iste’molchining aybi bilan nazorat qilinadigan ma’lumotlar qisman yoki to‘liq yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganda — ma’lumotlar yo‘qotilgan vaqtdan nosozlik aniqlangan vaqtgacha (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda), vaqtni (davrni) aniqlash imkoni bo‘lmaganda — oxirgi ko‘rik yoki Byuro yoxud gaz ta’minoti tashkiloti vakili borib ko‘rgan vaqtdan boshlab, lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda;
v) gaz iste’moli hajmlari hisobga olish priborining ruxsat etilgan maksimal o‘lchov chegarasidan ortiqcha bo‘lganda. Ushbu holatda plombalanmagan gaz jihozlarida foydalanilgan gaz uchun hisob-kitoblar oxirgi xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, xatlov dalolatnomasi mavjud bo‘lmaganda esa — Byuro yoki gaz ta’minoti tashkiloti vakili tomonidan oxirgi marta borib ko‘rilgan kunda amalga oshiriladi;
g) hisobga olish priborini ulash tartibi va sxemasi o‘zgartirilganda, pribordan tashqari vizual aniqlab bo‘lmaydigan yashirin yo‘l bilan ulanishlar (gaz quvurlari, baypas liniyalari va boshqalarni yashirincha montaj qilinishi) aniqlanganda — oxirgi xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda;
d) hisobga olish pribori buzilganda yoki mavjud bo‘lmaganda (iste’molchi aybi bilan), plombalar uzilganda va vizual aniqlanadigan tabiiy gazning haqiqiy iste’moli ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadidagi boshqa qoidabuzarliklarda (jumladan, hisobga olish priboridan tashqari yoki undan oldin gaz quvurlari va baypas liniyalari ulanganda) — bir hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lmagan vaqtda;
e) iste’molchi tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan gazdan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha uskuna o‘rnatilganda — bir hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lmagan vaqtda.
Bunda qoidabuzarlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga muvofiq amalga oshirilgan qayta hisob-kitob hajmi va summasi mazkur Qoidalarni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonun buzilishi natijasida keltirilgan zararni hisoblash uchun asos hisoblanadi.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
126. Ushbu Qoidalarning 123 — 125-bandlarida qayd etilgan qonun buzilishi holatlarida, foydalanilgan gaz hajmlari qiymatining undirilishi iste’molchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilmaydi.
127. Ushbu Qoidalarning 123 — 125 bandlarini buzilishi holatlari Byuroning uch nusxada tuziladigan hamda gaz ta’minoti tashkiloti vakillari va iste’molchi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Iste’molchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, bu haqida dalolatnomaga belgi qo‘yiladi. Byuro vakili gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli shaxslari bilan birga darhol mazkur iste’molchilarni belgilangan tartibda gaz tarmog‘idan uzib qo‘yadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lganda, Byuroning vakolatli xodimi tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
128. Iste’molchilar tabiiy gazdan foydalanilgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki bajarilayotgan ishlar (xizmatlar) birligiga natura holida va shartli ravishda hisoblangan gaz sarfining tasdiqlangan normalariga ega bo‘lishlari kerak.
129. Ishlab chiqarishning barcha darajalarida gaz sarfini normalash amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
130. Gazdan foydalanish uskunalarini ishlatadigan tashkilotlar ushbu uskuna uchun gaz sarfining individual normalariga ega bo‘lishi, ular mavjud bo‘lmaganda esa, loyihalash yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda ularning texnik asoslangan normalarini ishlab chiqishi kerak.
131. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalariga muvofiq iste’molchilar tashkilotlarni (energiya auditorlarini) jalb etgan holda yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida energetika tekshiruvini o‘tkazishi kerak.
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan yoki ular turlaridan har birining jami iste’moli yiliga ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘ini tashkil qiladigan iste’molchilar energetika tekshiruvlaridan majburiy o‘tkazilishi kerak.
Yoqilg‘i-energetika resurslarini energetika tekshiruvi natijalari bo‘yicha energiya auditorlari tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishdagi qoida buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalar va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ro‘yxati texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda ikkilamchi energetika resurslaridan foydalangan holda beriladi.
132. Tabiiy gazni sarflash normalari iste’molchi tomonidan tasdiqlanadi va gazdan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi, takomillashtirilishi kerak.
133. Yil mobaynida tasdiqlangan normalar uskunalar almashtirilgan yoki rekonstruksiya qilingan, buyumlar turlari, foydalaniladigan xomashyo tarkiblari o‘zgargan hollarda, gaz sarfining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
134. Tabiiy gazni sarflash normalariga rioya qilinishi hamda undan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan ichki nazorat tashkilotlarning rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
a) o‘ziga qarashli bo‘lgan gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va ularni o‘z hisobidan ta’mirlash-tiklash;
b) o‘z gaz tarmoqlarining texnik holatini va ularda ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash uchun davriy ko‘zdan kechirish;
v) tabiiy gaz yetkazib berish qisqargan yoki to‘xtagan taqdirda bu to‘g‘rida iste’molchilarni xabardor qilish;
g) tabiiy gazning ruxsatsiz iste’mol qilinganligi, gaz tarmoqlari moddiy boyliklarining talon-taroj qilinganligi to‘g‘risida Byuro va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish;
d) iste’molchiga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq gaz yetkazib berish. Bahor-yoz davrida barcha iste’molchilarga gaz yetkazib berish uchun resurslar va quvvatlar yetarli bo‘lmagan hollarda, iste’molchilar o‘rtasida gaz taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
e) iste’molchilarga yo‘riqnomalar berish va xonada o‘rnatilgan gaz priborlaridan xavfsiz foydalanish masalalari bo‘yicha eslatmani topshirish. Bunda yo‘riqnomalar gaz ta’minoti tashkilotining mas’ul xodimi tomonidan o‘tkazilib, tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi ilovasiga belgi va iste’molchiga imzo qo‘ydirilishi shart. Eslatmada gaz ta’minoti tashkilotining avariya xizmati telefon raqamlari ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
z) gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tasdiqlagan jadvallar va tariflar bo‘yicha iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari va gazdan foydalanish uskunalarini quyidagi muddatlarda texnik taftishdan o‘tkazish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatish:
(135-band “z” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
ko‘p qavatli turar joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz priborlari mavjud bo‘lmaganda — ikki yilda bir marta;
turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari — yilda bir marta, profilaktik xizmat ko‘rsatish — har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval;
i) iste’molchilarni texnik xizmat ko‘rsatish (taftish o‘tkazish) sanalari haqida turar joylar yo‘laklarida e’lonlar yoki boshqa mavjud usullar orqali kamida uch sutka avval ogohlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
k) gazdan foydalanish uskunalarini iste’molchilarning yozma yoki elektron buyurtmalari asosida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tasdiqlangan tariflar bo‘yicha quyidagi muddatlarda ta’mirlash:
(135-band “k” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
ovqat tayyorlash uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida — bir kun davomida;
isitish mavsumida isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida — bir kun davomida;
issiq suv va isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida (isitish mavsumidan tashqari vaqtda) — ikki kun davomida;
l) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini har oyda kiritib borish, to‘lovlarni amalga oshirish va interaktiv xizmatlarning boshqa imkoniyatlaridan foydalanish uchun maishiy iste’molchiga haq undirmasdan shaxsiy kabinet ochish imkonini berish;
m) maishiy iste’molchi arizasiga asosan hisob-kitob holati hamda iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud emasligi (mavjudligi) haqida ma’lumotnomani ikki ish kuni ichida haq undirmagan holda taqdim etish;
136. Gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchilarning gazdan foydalanish uskunalari va gaz tarmoqlariga belgilangan tartibda texnik xizmat ko‘rsatadi hamda ularni taftishdan o‘tkazadi.
137. Gazdan foydalanish uskunalari va ichki gaz tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni taftishdan o‘tkazish tegishli normativ hujjatlarda belgilangan hajmda va muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
a) texnik zaruratga ko‘ra, iste’molchini ushbu Qoidalarga muvofiq belgilangan tartibda xabardor qilgan holda, tabiiy gazni yetkazib berishni qisqartirish yoki to‘xtatish;
b) o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish;
v) iste’molchilardan ushbu Qoidalarni va tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi shartlarini bajarishni talab qilish;
g) tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;
d) gaz tarmoqlarida avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish zarurati yuzaga kelganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan hamda zudlik bilan xabardor qilgan holda, tabiiy gazni yetkazib berishni to‘xtatish yoki cheklash;
e) Ushbu Qoidalarning 123 — 125 bandlarida nazarda tutilgan holatlarda, aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilguniga qadar avvaldan ogohlantirmagan holda gaz yetkazib berishni to‘xtatish.
Oldingi tahrirga qarang.
j) gaz sarfini hisobga olish priborlariga ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashilgan, o‘rnatilgan plombalarning butunligi buzilgan va plombalar uzilgan hollarda gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulangandagi kabi mazkur Qoidalarning 67, 123 — 125-bandlarida nazarda tutilgan choralarni qo‘llash.
(138-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
a) yangi turar joylarga ko‘chib o‘tilganda hamda mavjud uy-joy fondini gazlashtirish davomida gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha ko‘rsatmalar olish;
b) o‘z tasarrufidagi gaz tarmoqlari, priborlar, uskunalar, shuningdek, foydalanilayotgan yerto‘lalar, texnik yo‘laklar va boshqalarni soz holatda saqlash, elektr yoritish va ventilatsiya tizimining doimiy ishlashini ta’minlash;
v) binolar yerto‘lalaridagi yer osti kommunikatsiyalarining zichligini, shuningdek, binolar qurilish elementlarining gaz tarmoqlari bilan o‘zaro kesishgan joylarini kuzatib borish;
g) favqulodda va avariya holatlarida, kunning istalgan vaqtida o‘z xizmat guvohnomalarini ko‘rsatgan gaz ta’minoti tashkiloti ishchilariga qarshilik ko‘rsatmasdan ularning gaz sizib chiqish holatini tekshirish uchun barcha yerto‘lalar, texnik yo‘laklar, xonalarga kirishini ta’minlash;
d) belgilangan tartibda tutun mo‘rilari, mo‘rilarning kallaklarini va ventilatsiya kanallarining holatini o‘z vaqtida tekshirilishini tashkil qilish;
e) tutun mo‘rilari va ventilatsiya kanallaridagi nosozliklar to‘g‘risida yong‘in xavfsizligi xizmatlariga nosozliklarni tuzatish uchun zudlik bilan xabar berish;
j) gaz ta’minoti tashkilotini xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan turar joylarni buzilishi yoki qayta qurilishi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilish;
i) uy ichi gaz quvurini chirishdan himoya qilish choralarini ko‘rish, muntazam ravishda bo‘yab turish;
l) foydalanilgan tabiiy gaz va gazdan foydalanish uskunasi hamda uy ichi gaz tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar uchun gaz ta’minoti tashkiloti bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish;
m) gaz priborlarini toza saqlash, taom tayyorlash jarayonida gaz yondirgichlarni ifloslanishdan saqlash;
n) gazlashtirish loyihasi saqlanishini ta’minlash hamda uni gaz ta’minoti tashkiloti va boshqa vakolatli davlat organlari vakili talabi bilan taqdim qilish;
o) yerto‘la, yo‘lak, hovli, ko‘chada tabiiy gaz hidi sezilgan taqdirda, avariya xizmatiga “104” telefoni orqali xabar berish;
p) gaz bilan to‘lgan joylardan odamlarni olib chiqish, elektr yoritish tizimi yonib va o‘chib qolishi, ochiq olov yoki uchqun paydo bo‘lishini oldini olish yuzasidan choralar ko‘rish;
r) Byuroning vakillariga soat 0800 dan 2000 gacha tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirish uchun qarshiliksiz kirish imkoniyatini ta’minlash;
s) tabiiy gazni iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularning ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik, ularga qasddan shikast yetkazishning oldini olish va o‘rnatilgan tamg‘alarni butunligini ta’minlash.
v) gaz tarmoqlarida yoki gazdan foydalanish uskunasida vujudga kelgan tabiiy gaz sizib chiqishi holati haqida gaz ta’minoti tashkiloti dispetcherlik xizmatlarini zudlik bilan xabardor qilish;
g) o‘zining gaz tarmoqlari daxlsizligini ta’minlash va ehtimoli bo‘lgan ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash maqsadida ularni va ulardagi uskunalarni muntazam ravishda ko‘zdan kechirib chiqish;
d) gaz ta’minoti tashkilotlari gaz tarmoqlariga sertifikatlanmagan, gazlashtirish loyihasiga (LTH) muvofiq bo‘lmagan gazdan foydalanish uskunasining ulanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
e) Byuro va gaz ta’minoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma ko‘rsatilgan taqdirda) tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlarini va/yoki gazdan foydalanish uskunasini kunning istalgan vaqtida erkin ko‘zdan kechirishini ta’minlash;
j) gazdan foydalanish uskunasidagi nosozliklarni (bunday turdagi ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan brigadalar yoki xodim yordamida) bartaraf etish;
z) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularning ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik, ularning qasddan buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘rnatilgan tamg‘alarning butunligini ta’minlash;
i) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ishidagi nosozlik aniqlangan taqdirda, gaz ta’minoti tashkilotini o‘zi uchun qulay shaklda darhol xabardor qilish.
a) tabiiy gazning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan hajmda va sifatda, uzatish rejimiga rioya qilgan holda to‘xtovsiz yetkazib berilishi;
b) tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun to‘langan summani qaytarishni talab qilish;
v) tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;
d) gaz ta’minoti tashkiloti vakilini uzish va qayta ulanish uchun qo‘shimcha haq to‘lamasdan, gaz priborlarini gaz ta’minotidan vaqtincha yoki to‘liq uzib qo‘yish maqsadida chaqirish;
a) yetkazib berilgan tabiiy gazning aniqlangan hajmiga va boshqa parametrlarga norozi bo‘lgan taqdirda, gaz yetkazib beruvchining tabiiy gazni iste’molini hisobga olish priborlari ishlashining ishonchliligini tekshirish uchun komissiya tashkil etish;
b) tabiiy gazning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan sifatda va yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda uzatilishi;
v) tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun to‘langan summani qaytarish;
g) tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;
a) o‘zboshimchalik bilan gazlashtirish, gazdan foydalanish uskunasini mustaqil ravishda ko‘chirish, almashtirish va ta’mirlash;
b) gazdan foydalanish uskunasi joylashgan xonalarda me’yoriy talablarga nomuvofiq tarzda qayta rejalashtirish;
v) gazdan foydalanish uskunasi, mo‘ri va ventilatsiya tizimlari tuzilishiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish, shuningdek, mo‘rilarni tozalash uchun mo‘ljallangan ventilatsiya kanallari va lyuklarni yopib qo‘yish;
g) xavfsizlik va tartibga solish avtomatika tizimini o‘zboshimchalik bilan o‘chirish, gaz priborlari, avtomatika va armatura yaroqsiz holga kelgan taqdirda gazdan foydalanish;
d) gazlashtirilgan pechlar va mo‘rilarda sinch zichligi, suvoqdagi (yoriqlar) buzilishi holatlarida tabiiy gazdan foydalanish;
e) tabiiy gazdan mo‘ri va ventilatsiya kanallari tekshirilganligi va tozalanganligi haqidagi dalolatnoma mavjud bo‘lmaganda yoki uning muddati o‘tganidan so‘ng foydalanish;
z) darchalar (framugalar), jalyuzi panjaralari, ventilatsiya kanallari panjaralari, hammom va oshxona eshiklari ostidagi tirqishlarning yopiq holatlarida, mo‘ri va ventilatsiya kanallarida tortish kuchi yo‘q bo‘lganda gaz priborlaridan foydalanish;
i) ishlab turgan gaz priborlarini qarovsiz qoldirish, uzluksiz ishlab turishni nazarda tutadigan va buning uchun tegishli avtomatlashtirilgan tizimga ega gaz priborlari bundan mustasno;
k) gazdan foydalanish uskunalaridan maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan va ushbu uskunalardan foydalanish qoidalaridan bexabar shaxslar foydalanishga ruxsat etish;
m) tabiiy gaz va gazdan foydalanish uskunalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, gaz plitalarini xonalarni isitish uchun foydalanish;
144. Gaz ta’minoti tashkiloti gaz taqsimlash tarmoqlari orqali olingan tabiiy gazning qabul qilingan va taqsimlangan hajmi bo‘yicha hisobot balansini (keyingi o‘rinlarda tabiiy gaz balansi deb ataladi) tuzadi.
145. Hisobot davri uchun tabiiy gaz balansi olingan tabiiy gaz umumiy hajmining tabiiy gazni umumiy taqsimlash yig‘indisiga tengligi orqali quyidagilar bo‘yicha aniqlanadi:
iste’molchilarga sotilgan tabiiy gaz hajmi (shu jumladan, noqonuniy foydalanuvchilar tomonidan sarf qilingan gaz hajmi);
foydalanish va texnologik ehtiyojlar uchun sarflangan tabiiy gaz hajmi (alohida hujjat asosida tartibga solinadi);
146. Musbat farq vujudga kelganda, ya’ni taqsimlangan tabiiy gaz hajmi qabul qilingan tabiiy gaz hajmidan ortiq bo‘lganda, mazkur farq hisobotda ma’lumot o‘rnida ko‘rsatilib, yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmiga (hajm oshmagan holda) ta’sir qilmaydi.
147. Manfiy farq vujudga kelganida, ya’ni taqsimlangan tabiiy gaz hajmi qabul qilingan tabiiy gaz hajmidan kam bo‘lganda, mazkur farq hisobotda tabiiy gaz tannarxiga qo‘shib hisoblanadi. Bunda uzoq vaqt davomida tabiiy gazning talon-taroj qilinishi oqibatida aniqlangan tabiiy gaz hajmlari hisobot davri yakunida tabiiy gaz hajmida vujudga kelgan manfiy farq hisobidan chiqariladi.
148. “O‘ztransgaz” AJ ijroiya organi tomonidan har bir hisobot yili yakunida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy gaz balansida vujudga kelgan farqlar yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
149. Gaz ta’minoti tashkilotlari Byuro bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda har oyda salbiy farqning vujudga kelish sabablarini aniqlash, shuningdek, asossiz yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslardan qarzdorlikni gazni sotish narxlarida undirish choralarini ko‘rishi shart.
150. Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari, Byuro va iste’molchilar ushbu Qoidalar talablari buzilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 8-son, 64- modda) va qarorga 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyundagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 6-son, 65-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq targ‘ibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 44-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 373-son qarorining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-yil, 1-son, 5-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-son Qonunining 13-moddasi)” 2016-yil 24-maydagi 175-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 5-son, 43-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft-gaz sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-son qarori)” 2017-yil 1-oktabrdagi 782-son qaroriga ilovaning 6-bandi.