12.01.2018 yildagi 22-son
Hujjat 16.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Elektr energetika to‘g‘risida”, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq elektr energiyasini yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin qarzdorlik mavjud bo‘lganda, maishiy iste’molchilar belgilangan tartibda elektr tarmoqlaridan majburiy uziladi;
mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilganlardan tashqari, iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
121. Qoida buzilgan holda foydalanilgan elektr energiyasi qiymatini qayta hisob-kitob qilish ushbu Qoidalarning 120-bandiga muvofiq maishiy iste’molchida shtepsel rozetkalari mavjud bo‘lganda (rozetkalar va elektr energiyasi qabul qilgichlar sonidan qat’i nazar) bir sutkada 24 soat 600 Vt quvvatdan foydalanish hisobidan, 600 Vt dan ortiq quvvatli isitish asboblari yoki boshqa elektr asbob-uskunalari mavjud bo‘lganda esa — maishiy iste’molchi foydalanayotgan elektr energiyasi qabul qilgichlardan bir sutkada 24 soat foydalanish hisobidan kelib chiqib, ularning amaldagi quvvati bo‘yicha amalda yoritish elektr energiyasi qabul qilgichlardan sutkaning yorug‘ bo‘lmagan vaqtida foydalanish hisobidan kelib chiqib, yoritish elektr qabul qilgichlarning quvvati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Maishiy iste’molchilar uchun elektr ta’minotining namunaviy shartnomasi

20__ yil “___” _____________

_____-son

_____________________________

(shartnoma tuzilgan joy)

_________________________________________________________________________ asosida faoliyat
yurituvchi ________________________________________________________________________________________ rahbari

(hududiy elektr tarmoqlari korxonasining nomlanishi)

______________________________________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda “Korxona”
(hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining F.I.Sh.)

deb ataladi) bir tomondan hamda ____________________________________________________________________________

(iste’molchi F.I.Sh.)

(keyingi o‘rinlarda “Iste’molchi” deb ataladi) (hisob raqami) ______________________

ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

I. Shartnoma predmeti

1.1. Ushbu Shartnomaga muvofiq, Korxona Iste’molchiga elektr energiyasini (keyingi o‘rinlarda — energiya deb ataladi) ulangan tarmoq orqali yetkazib berish va Iste’molchi iste’mol qilingan energiya uchun o‘z vaqtida haq to‘lash majburiyatini oladi.

1.2. Iste’molchi energiyani faqat maishiy ehtiyojlar uchun sotib oladi.

II. Etkazib berilgan energiyani hisobga olish

2.1. Kelishilgan yillik iste’mol qilinadigan energiyaning hajmi ilovaga muvofiq oylarga bo‘lingan holda ___________ kVt/soatni tashkil qiladi.

2.2. Iste’molchi hisob-kitob davrida olgan energiyaning haqiqiy hajmi hisobga olish pribori (keyingi o‘rinlarda — pribor deb ataladi) ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.

2.3. Uy-joylar, kvartiralar, uy xo‘jaligi, yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarida hisobga olish priborini o‘rnatishda uning butunligi uchun javobgarlik Iste’molchiga yuklanadi.

Hisobga olish pribori Iste’molchining aybi bilan buzilgan (plombasi buzilganda, oynasi singanda va boshqalar) yoki yo‘qolgan taqdirda, hisobga olish priborini almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslovidan o‘tkazish va o‘rnatish Korxona tomonidan amalga oshiriladi, uning qiymatini va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini Iste’molchi to‘laydi.

2.4. H�sobga olish priborini zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan taqdirda uning saqlanishi va butunligi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yoki tasarrufida turar joy bo‘lgan tashkilot javob beradi.

Zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan hisobga olish priboriga zarar yetkazilganda yoki o‘g‘irlangan taqdirda, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va yoki tasarrufida turar joy bo‘lgan tashkilot uni o‘z hisobidan tiklashi shart.

2.5. Iste’molchining hisobga olish pribori quyidagi tekshiruvlardan o‘tkaziladi:

a) vaqti-vaqti bilan qiyoslash — ushbu turdagi hisobga olish priborining qiyoslovdan o‘tkazish oralig‘i muddati tugaganda;

b) navbatdan tashqari qiyoslash — hisobga olish priboriga zarar yetkazilganda, plombasi buzilganda, qayta dasturlash zarurati yuzaga kelganda;

v) ekspert qiyoslash — hisobga olish priborining sozligi, foydalanishga yaroqliligi, shuningdek, metrologik xususiyatlarining normativ hujjatlar talablariga mosligi bo‘yicha nizoli masalalar yuzaga kelganda.

2.6. Hisobga olish priborini vaqti-vaqti bilan qiyoslash “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi. Qiyoslovdan o‘tkazish oralig‘i to‘rt yilni tashkil etadi.

2.7. Navbatdan tashqari va ekspert qiyoslash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — Byuro deb ataladi) tashabbusi bilan o‘tkaziladi va qiyoslash xizmatlarini o‘tkazish haqi hisobga olish pribori o‘rnatilgan joydan qat’i nazar to‘lanadi.

Hisobga olish priboriga Iste’molchining aybi bilan zarar yetkazilgan hollarda, qiyoslashni o‘tkazish uchun xizmatlar haqi Iste’molchi tomonidan to‘lanadi.

2.8. Iste’molchining hisobga olish priborini yechish (demontaj qilish), o‘rnatish (montaj qilish) va plombalash Byuro vakillari bilan birgalikda Korxonaning vakolatli xodimlari tomonidan Iste’molchining ishtirokida dalolatnomani tuzgan holda amalga oshiriladi.

2.9. Qiyoslash hisobga olish pribori yechilgandan so‘ng 15 kun ichida tugatilishi kerak.

2.10. Byuro vakili belgilangan namunadagi va tegishli amal qilish muddati qayd etilgan guvohnomani ko‘rsatgan taqdirda, hisobga olish priborini soat 800 dan 2000 gacha to‘sqinliksiz tekshirish huquqiga egadir.

III. Hisob-kitob qilish tartibi

3.1. Maishiy iste’molchilar (aholi)ning turar joylari, xonadonlar, umumiy yotoqxonalar, yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarida, shu jumladan bog‘dorchilik shirkatlari va dala hovlilarni sug‘orishda elektr nasoslari, shaxsiy avtomobillar turadigan garajlarda maishiy ehtiyojlari uchun foydalangan elektr energiyasi uchun qo‘llaniladigan tok qabul qilgichlarning quvvati va hisobga olish priborlari o‘rnatilgan joyidan qat’iy nazar, aholi uchun belgilangan bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladi.

3.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha hisob-kitob davri bir oy hisoblanadi.

3.3. Iste’molchi har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan energiya uchun to‘liq hisob-kitob qilishi shart.

3.4. Iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar Byuro yoki Iste’molchi tomonidan to‘ldirilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda to‘lovlar qonunchilik bilan belgilangan barcha mavjud usullarda (tijorat banklari va pochta bo‘limlari, mobil aloqa, internet va boshqalar) amalga oshiriladi.

3.5. Iste’molchi to‘lov bo‘yicha qarzdor bo‘lganda, har bir to‘lov muddati o‘tgan kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorda, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.

3.6. Tarif o‘zgarganda, tarif o‘zgargan sanagacha iste’mol qilingan energiya hajmi oldingi to‘lov vaqtidan boshlab o‘rtacha sutkalik iste’mol bo‘yicha aniqlanadi va unga eski tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari to‘lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi. Qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda, tariflar o‘zgargandan keyin iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori uchun yangi tarif bo‘yicha haq to‘lanadi.

3.7. Iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra, 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun energiyadan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin, bu holda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

3.8. Energiya hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi o‘rinlarda EHNAT deb ataladi) ulangan yoki energiya uchun oldindan to‘lash qurilmasiga ega hisoblash pribori bo‘lgan iste’molchilarga elektr energiyasi oldindan to‘langan haq doirasida yetkazib beriladi.

3.9. Energiyani hisobga olish Iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda, yetkazib berilgan energiya uchun hisob-kitob Byuroni xabardor qilgan holda Korxonaning qarori bo‘yicha hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.

Energiyaning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerak va shu vaqt ichida hisobga olish qayta tiklanishi zarur.

3.10. Agar, hisobga olish priborini obyektiv sabablarga ko‘ra, ko‘rsatilgan muddatda (o‘lchash transformatori, hisobga olish pribori bo‘lmaganda, o‘tib bo‘lmaydigan yo‘llar va boshqalar tufayli) tiklash imkoniyati bo‘lmasa, Iste’molchiga yetkazib berilgan energiya uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi.

3.11. Iste’molchini elektr tarmoqlaridan uzish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda;

hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan energiya uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

Byuro talabnomalari ijro etilmaganda, shu jumladan uning vakillariga hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini yozib olish uchun ruxsat etilmaganda;

hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularni ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar amalga oshirilganda;

elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish yoki elektr energiyasida� foydalanish Qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda.

3.12. Hisobga olinmagan energiya hajmining narxini qayta hisoblash Iste’molchini Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod etmaydi.

3.13. Qayta ulashda Iste’molchidan to‘lov paytidagi eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lov undiriladi (EHNATga ulangan iste’molchilar bundan mustasno).

IV. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:

o‘z elektr qurilmalarini texnik shartlarga muvofiq Korxona tarmoqlariga ulash;

sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‘lgan elektr energiyasini olish;

elektr energiyasi yetkazib berishni tugatilishi yoki to‘xtatib qo‘yish sabablari to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot olish;

elektr energiyasi to‘liq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‘lmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida Korxona yoki elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplatish;

qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama tartibda elektr ta’minoti shartnomasini bekor qilish;

elektr ta’minoti shartnomasini bekor qilganda foydalanilmagan elektr energiyasi miqdori uchun to‘langan summani qaytarishni talab qilish;

elektr ta’minoti shartnomalarini tuzish va bajarishda yuzaga keladigan nizolarni hal etish uchun sudga yoki bo‘ysunuvi bo‘yicha yuqori organ (mansabdor shaxs)ga murojaat qilish.

Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

4.2. Iste’molchi quyidagilarga majbur:

Korxona tomonidan belgilangan elektr energiyasini iste’mol qilish rejimiga rioya etish;

foydalanilgan elektr energiyasi uchun mazkur shartnomaning 3-bo‘limida nazarda tutilgan tartib, miqdor va muddatlarda o‘z vaqtida haq to‘lash;

elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

o‘rnatilgan tartibda Byuro va/yoki Korxona vakiliga elektr energiyasini hisobga olish priborlarini ko‘rishiga imkon berish;

Byuro ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish;

ishlatilayotgan elektr qurilmalari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holatini va elektr qurilmalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, Korxona yoki elektr ta’minoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining nosozligi to‘g‘risida xabar qilish.

4.3. Korxona quyidagi huquqlarga ega:

Iste’molchidan shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarishni talab qilish;

Iste’molchi tomonidan mazkur shartnomaning shartlari bajarilmaganda
yoki buzilganda Korxonaga yetkazilgan haqiqiy zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash;

Korxonaning elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘�maydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘lganda, kelishmasdan va ogohlantirmasdan Iste’molchiga elektr energiyasi uzatishni cheklash;

Byuroning ko‘rsatmasiga asosan hamda EHNATga ulangan yoki energiyaga oldindan haq to‘lash qurilmasiga ega hisobga olish pribori bo‘lgan iste’molchini oldindan to‘langan haqi tugaganda Korxona elektr tarmoqlaridan uzish.

Korxona qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

4.4. Korxona quyidagilarga majbur:

elektr energiyasini elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik bo‘linish chegarasiga elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan hajmda uzluksiz yetkazib berish;

uskunalarni, elektr uzatish liniyalarini, elektr energiyani hisobga olish priborlarini ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat ko‘rsatish va uskunalarni ta’mirlash, shuningdek, o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarida nosozliklarni bartaraf etish;

elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashda mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;

iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtatib turilishi
va buning sabablari to‘g‘risida ma’lum qilish;

joriy etiladigan chekla�lar haqida cheklashning hajmi va vaqtini ko‘rsatgan holda, o‘z vaqtida xabar qilish;

Iste’molchining elektr energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi yoki elektr ta’minotidagi boshqa qoidabuzilishlar to‘g‘risidagi arizalarini, ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqish, ularni bartaraf etish va batafsil javob yuborish;

Iste’molchining hisobga olish priborini o‘z vaqtida qiyoslovdan o‘tkazish.

Korxona qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

V. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmagan Korxona buning oqibatida yetkazilgan zararni, Iste’molchi
esa haqiqiy zararni qoplashi shart.

5.2. Korxona Iste’molchi Byuro ko‘rsatmasiga asosan elektr energiyasidan uzilganda yoki yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari yuzaga kelganda Iste’molchi oldida javobgar bo‘lmaydi.

5.3. Mazkur shartnomani bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara o‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.

VI. Yakunlovchi shartlar

6.1. Shartnoma ___________________________ gacha bo‘lgan muddatga tuziladi.

Shartnomaning amal qilish muddati tugaganda, tomonlardan biri uni uzaytirish yoki bekor qilish bo‘yicha ariza bermagan bo‘lsa, shartnoma keyingi har bir yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Ariza ushbu Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin taqdim etilishi lozim.

6.2. Mazkur Shartnoma har ikki tomon uchun teng yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilgan. Shartnomaning ilovasi uning ajralmas qismi hisoblanadi.

6.3. Korxona energiyani berishda va Iste’molchi uni iste’mol qilishda hamda o‘zaro hisob-kitob qilishda mazkur shartnoma va qonunchilikka amal qiladilar.

6.4. Shartnoma ijrosini tugatish yoki shartlarini o‘zgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

VII. Hisobga olish priborlari haqida ma’lumot

Iste’molchining elektr qurilmalari _________________________________________ ko‘chasidagi ___________-son
TPdan �iquvchi 0,4 kV _____________________________ fiderning ______________________-son tayanchiga ulangan.

Hisobga olish priborining turi va raqami ____________________________________________________________,

“O‘zstandart” agentligi plombasining raqami __________________________________________________________,

Hisobga olish pribori klemmnik qopqog‘idagi plombasining raqami:

Byuro __________________________________________, Korxona _________________________________________,

Shartnoma tuzish paytidagi hisobga olish priborining ko‘rsatkichlari ___________________,

Oxirgi qiyoslash sanasi _____________________, navbatdagi qiyoslash sanasi _________________________________,

Ulangan quvvat _____________ kVt.

Korxona

Iste’molchi

1. Nomi va manzili_______________________________
_______________________________________________
1. Manzil_____________________________________
_____________________________________________
2. H/r__________________________________________
_______________________________________________
2. Telefon (uy, uyali) ___________________________
____________________________________________
3. STIR ________________________________________
_______________________________________________
3. Pasport ma’lumotlari_____________________
4. IFUT________________________________________ 4. PINFL ____________________________________
5. Bank kodi (FPM)_______________________________
_______________________________________________
5 STIR______________________________________
6. Rahbarning F.I.Sh.______________________________
_______________________________________________
6. Kadastr raqami______________________________
7. Imzo ____________7. F.I.Sh._____________________________________
��8. Muhr______________8. Imzo________________

Iste’molchi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va mazkur shartnoma bilan tanishtirildi hamda unga elektr va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Korxona vakili

Iste’molchi

____________________________________________
____________________________________________
Sana F.I.Sh. imzo

_______________________________________
_______________________________________
Sana F.I.Sh. imzo

Keyingi tahrirga qarang.

Yuridik shaxslar uchun elektr ta’minotining namunaviy shartnomasi

20___ yil “___” __________

_____-son

_____________________________

(shartnoma tuzilgan manzil)

________________________________________________________________ asosida faoliyat yurituvchi

______________________________________________________________________________rahbari
(hududiy elektr tarmoqlari korxonasining nomi)

_____________________________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda

(hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining F.I.Sh.)

“Korxona” deb ataladi) bir tomondan hamda _____________________________________________________ asosida

faoliyat yurituvchi _________________________________________________________________________________

(iste’molchining nomi)

rahbari _________________________________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda
(iste’molchi rahbarining F.I.Sh)

“Iste’molchi” deb ataladi), hisob raqami —ikkinchi tomondan mazkur shartnomani
quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

I. Shartnoma predmeti

Ushbu Shartnomaga muvofiq, Korxona Iste’molchiga elektr energiyasini (keyingi o‘rinlarda — energiya deb ataladi) ulangan tarmoq orqali yetkazib berish va Iste’molchi iste’mol qilingan energiya uchun o‘z vaqtida haq to‘lash majburiyatini oladi.

II. Etkazib berilgan energiyani hisobga olish

2.1. Energiya iste’molining yillik Shartnomaviy hajmi:
aktiv _____________ kVt.s., reaktiv _____________ kVar.s. ni tashkil etadi.
2.2. Etkazib beriladigan energiyaning Shartnoma tuzilgan kundagi umumiy narxi ___________________ so‘mni, tarif bo‘yicha __________________________________________________________________________________________ (tarif turi: tabaqalashtirilgan, bir stavkali yoki o‘sib boruvchi koeffitsiyent bilan (keraklisi yozilsin) tashkil etadi.
2.3. Iste’molchiga yetkazib beriladigan energiyaning oylar kesimidagi yillik hajmi ushbu Shartnomaga 1-ilovada keltirilgan.
2.4. Iste’molchi tomonidan olingan energiyaning haq to‘lanadigan haqiqiy miqdori ushbu Shartnomaga 2-ilovada nazarda tutilgan hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.

III. Hisob-kitob qilish tartibi

3.1. Energiya uchun hisob-kitoblar tabaqalashtirilgan, bir stavkali yoki o‘sib boruvchi koeffitsiyentli tariflar (narxni belgilashning alohida tartibi) asosida amalga oshiriladi.
3.2. Ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori bo‘lgan Iste’molchi (budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni sutka vaqtlarining tabaqalashtirilgan tarifi bo‘yicha amalga oshiradi.
Tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha hisob-kitoblar:
yarim tig‘iz payt — sutkaning yorug‘ vaqtida (soat 900 dan 1700 gacha) — belgilangan tarif bo‘yicha,
tig‘iz payt — eng katta yuklamali soatlarda (yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlari: ertalabki eng katta miqdor soat 600 dan 900 gacha, kechki eng katta miqdor soat 1700 dan 2200 gacha) — belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffitsiyentni ko‘llash orqali,
tungi payt — sutkaning qorong‘i vaqtida (eng kam yuklamali soatlarda: 2200 dan 2400 gacha va 0000 dan 0600 gacha) — belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar kamayuvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Belgilangan tarif II-tarif guruhidagi bir stavkali tarif qo‘llaniladigan iste’molchilarga ham amal qiladi.
Tabaqalashtirilgan tarif qo‘llanilmaydigan Iste’molchiga nisbatan energiya uchun hisob-kitoblarda bir stavkali tarif qo‘llaniladi
Ulangan quvvati 750 kVAgacha bo‘lgan, elektr energiyasini realizatsiya qilishda narxni shakllantirishning alohida tartibi belgilanadigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi Iste’molchi energiya uchun to‘lovlarni o‘sib boruvchi koeffitsiyentlar va Hukumat qarori bilan belgilanadigan tariflar bo‘yicha amalga oshiradi.
3.3. Ushbu shartnoma bo‘yicha hisob-kitob davri bir oy hisoblanadi.
3.4. Iste’molchi hisob-kitob davri tugagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi o‘rinlarda — Byuro deb ataladi) vakolatli vakili bilan birgalikda hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlarini har oyda yozib oladi va ushbu Shartnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda energiya sarfi bo‘yicha hisobot tuzadi.
Iste’molchi Korxonaga energiyaning sarflanishi to‘g‘risidagi hisobotni o‘z qo‘li bilan, faksimil, elektron yoki pochta aloqasi orqali har oyning “___” sanasigacha taqdim etadi. Bunda, ulangan quvvati 750 kVA va undan bo‘lgan to‘lovlarni tabaqalashtirilgan tarifda amalga oshiradigan Iste’molchilar bo‘yicha energiya sarfi bo‘yicha hisobotda ishlatilgan elektr energiyasi (aktiv va reaktiv) to‘liq hajmidan tashqari alohida tig‘iz, yarim tig‘iz va tungi paytlarda foydalanilgan hajmlar ham ko‘rsatilishi shart.
3.5. Tariflar o‘zgarganda, Iste’molchi yetkazib berilayotgan energiya uchun yangi tariflar kiritilgan kundan boshlab yangi tariflar bo‘yicha haq to‘laydi.
3.6. Iste’molchiga energiyani yetkazib berish kelgusi hisob-kitob davri boshlanishidan oldin energiyaning shartnomaviy miqdori qiymati uchun 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.
3.7. Korxona energiya sarfi to‘g‘risidagi hisobot asosida belgilangan tartibda hisob-kitobni amalga oshiradi hamda hisob-faktura va to‘lov hisob-varag‘ini yozib beradi.
Iste’molchi turli tarif guruhlariga tegishli bo‘lgan bir nechta obyektga ega bo‘lsa, har bir tarif guruhi uchun tarif ko‘rsatilgan holda umumiy hisob-faktura yoziladi.
3.8. Hisobga olish pribori ushbu Shartnomaga 4-ilovaga muvofiq, elektr tarmoqlarining mansublik balansi bo‘yicha farqlash dalolatnomasi va tomonlarning ekspluatatsiya javobgarligi asosida aniqlanadigan elektr tarmog‘ining mansublik balansi chegarasida o‘rnatilmaganda, chegaradan hisobga olish pribori o‘rnatilgan joygacha bo‘lgan uchastkada energiyaning texnologik sarflanish hajmi Iste’molchi bilan birgalikda hisoblash yo‘li orqali aniqlanadi va ushbu Shartnomaga 5-ilovaga muvofiq dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Bunda 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan, tabaqalashtirilgan tarifda to‘lovlarni amalga oshiradigan Iste’molchi uchun energiyaning texnologik sarflanish hajmi sutkaning tig‘iz, yarim tig‘iz va tungi paytlari uchun alohida aniqlanib, mutanosib ravishda jami �lingan energiya hajmining tegishli paytlariga to‘lov haqini yozish uchun qo‘shib boriladi.
3.9. Iste’molchi energiyaning sarflanishi to‘g‘risidagi hisobotni Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmagan taqdirda, Korxona energiya iste’molining shartnomada qayd etilgan miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan davr uchun haqiqatdan iste’mol qilingan elektr energiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida to‘lov hisob-varag‘ini yozadi va Iste’molchining shaxsiy hisob raqamida bu haqida tegishli belgi qo‘yiladi.
Byuro hisoblash priboridan ko‘rsatkichlarni nazorat tartibida yozib olgandan keyin Korxona amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qiladi.
3.10. Iste’molchining energiya haqini to‘lash, reaktiv energiya kompensatsiyasi tarifiga ustamalar, shuningdek, hisobga olinmagan energiyani qayta hisob-kitob qilish va penya bo‘yicha qarzi bo‘lgan taqdirda, uning avans to‘lovi hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lari qarzni qoplashga yo‘naltiriladi va avans to‘lovi (oldindan haq to‘lash) sifatida hisobga olinmaydi.
Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasi Shartnomada ko‘rsatilgan hajmda to‘liq iste’mol qilinmagan taqdirda, avans tariqasida to‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi va elektr energiya uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
3.11. Shartnomada ko‘rsatilgan hisob-kitob davri uchun ko‘rsatilgan miqdordan 5 foizdan ortiq miqdorda energiya olinganda, Iste’molchidan Shartnomada ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha olingan energiya jami hajmi uchun belgilangan tarifning bir yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
3.12. Iste’molchi Korxona bilan birgalikda har oyda, hisob-kitob davri tamom bo‘lgandan keyin besh kun mobaynida o‘zaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
3.13. Iste’molchini quyidagi hollarda elektr tarmoqlaridan uziladi:
Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda;
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan energiya uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
Byuro talabnomalari bajarilmaganda, shu jumladan uning vakillariga hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini olish uchun ruxsat etilmaganda;
hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularning ishlashiga to‘sqinlik qiladigan xatti-harakatlar amalga oshirilganda;
elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish yoki Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda.
3.14. Hisobga olinmagan energiya uchun amalga oshirilgan qayta hisob-kitob Iste’molchini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozo? etmaydi.
3.15. Iste’molchi tarmoqqa uning tomonidan qoidabuzarlik holati bartaraf etilib, mavjud qarzdorlik va to‘lov paytidagi eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida to‘lov undirilgandan so‘ng qayta ulanadi (ENHATga ulangan iste’molchilar bundan mustasno).

IV. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
o‘z elektr qurilmalarini Korxona elektr tarmoqlariga texnik shartlarga muvofiq ulash;
sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‘lgan elektr energiyasini olish;
elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtalishi yoki to‘xtatib qo‘yilishi sabablari to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot olish;
Korxonaga iste’mol qiladigan energiya hajmlarining o‘zgartirilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish. Bunda energiyaning Shartnomadagi hajmini o‘zgartirish bo‘yicha taklif mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishdan oldin 10 kundan kechikmay (joriy oy tugagungacha) berilishi lozim;
elektr energiyasi to‘liq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‘lmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplatish;
shartnomani qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama tartibda bekor qilish;
Shartnoma bekor qilganda foydalanilmagan energiya miqdori uchun to‘langan summani qaytarishni talab qilish;
energiya yetkazib berilishi to‘xtatilganda yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;
elektr ta’minoti shartnomalarini tuzish va bajarishda yuzaga keladigan nizolarni hal etish uchun sudga yoki bo‘ysunuvi bo‘yicha yuqori organga (mansabdor shaxsga) murojaat qilish.
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.2. Iste’molchi quyidagilarga majbur:
energiya iste’molining belgilangan rejimiga rioya etish;
foydalanilgan energiya uchun o‘z vaqtida haq to‘lash;
ekspluatatsiya qilayotgan elektr tarmoqlari, priborlar, elektr qurilmalarining zarur texnik holatini saqlash, shuningdek, elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, Korxonaga elektr uskunalarining nosozligi to‘g‘risida xabar berish;
elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Byuro va elektr energetika sohasidagi davlat nazorati organining yozma ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish;
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari talablarini bajarish;
Byuro va/yoki korxona vakilining hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirishiga belgilangan tartibda ruxsat berish;
yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan elektr qurilmalaridan foydalanish boshlanishidan kamida bir oy oldin energiyaning zarur miqdori uchun Korxonaga buyurtmanoma berish;
kelgusi yil uchun energiyaga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda energiyani elektr tarmoqlaridan uzatishda, ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlar turlarining) texnologik jarayoni ishlab chiqarish ehtiyojlari, ishlab chiqarish binolari va ma’muriy binolarni yoritish, isitish, shamollatish uchun elektr energiya sarfini, shuningdek, ushbu elektr tarmoqlariga ulangan subiste’molchilarning ehtiyojini hisobga olish.
Shuningdek, 5 MVt va undan yuqori quvvatga ulangan Iste’molchi:
iste’mol qilinayotgan quvvatning har sutkalik, har oylik sarfi va amaldagi miqdori,
energetika tizimining eng ko‘p va eng kam yuklamali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi,
energetika tizimining eng ko‘p yuklamasining o‘tish davrida aktiv energiya (quvvat)ning har 30 daqiqadagi sarfini hisobga olishi va Korxona talabiga ko‘ra xabar qilishi shart.
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.3. Korxona quyidag� huquqlarga ega:
Iste’molchidan Shartnomada belgilangan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab etish;
Ushbu shartnoma shartlari bajarilmaganda yoki buzilganda Iste’molchi tomonidan yetkazilgan haqiqiy zararni qoplatish;
elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish buyicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘lganda, kelishmasdan va ogohlantirmasdan Iste’molchiga elektr energiyasini uzatishni cheklash;
Byuroning ko‘rsatmasiga asosan hamda EHNATga ulangan yoki energiyaga oldindan haq to‘lash qurilmasiga ega hisobga olish pribori bo‘lgan iste’molchini oldindan to‘langan haq tugaganda elektr tarmoqlaridan uzish. Korxona qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.4. Korxona quyidagilarga majbur:
Iste’molchiga energiyani elektr tarmog‘i orqali elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik bo‘linish chegarasida Shartnomada ko‘rsatilgan hajmda uzluksiz yetkazib berish;
uskunalar, elektr uzatish liniyalari, hisobga olish priborlaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, shuningdek, o‘z elektr ho‘jaligi obyektlaridagi nosozliklarni bartaraf qilish;
elektr ho‘jaligi obyektlarini ta’mirlash bilan bog‘liq elektr ta’minotidagi uzilishlar to‘g‘risida uch kundan kechikmasdan ogohlantirish;
Iste’molchini elektr energiyasini yetkazib berishdagi uzilishlar va ularning sabablari to‘g‘risida xabardor qilish;
kiritilayotgan cheklashlar to‘g‘risida cheklashlarni hajmi va vaqti ko‘rsatilgan holda oldindan xabar berish;
Iste’molchining elektr energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi yoki elektr ta’minotidagi boshqa qoida buzarliklar to‘g‘risidagi arizalarini, ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqish, ularni bartaraf etish va batafsil javob yuborish;
Iste’molchiga yetkazib berilgan energiya hisobini o‘rnatilgan tartibda yuritish;
Iste’molchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq, besh kun muddatda elektr energiyasining oylik shartnomaviy hajmiga o‘zgartirishlar kiritish, elektr energiyasining oylik shartnomaviy miqdorini ko‘paytirish (kamaytirish) mumkin bo‘lmagan taqdirda — iste’molchiga bu haqida rad etish sababini ko‘rsatgan holda xabar qilish;
Iste’molchining o‘rnatilgan hisobga olish priborlarini almashtirish, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni, shuningdek, Byuro bilan birga plombalashni ta’minlash;
sifat ko‘rsatkichlari davlat standartiga muvofiq bo‘lgan elektr energiyasini yetkazib berish.
Korxona qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

V. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Elektr ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollarda, Korxona buning natijasida yetkazilgan zararni qoplashga, Iste’molchi esa yetkazilgan real zararni qoplashga majbur. 5.2. Korxona:
iste’molchi elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilmay, elektr energiyasi iste’moli yoki quvvatining shartnomaviy miqdoridan oshib ketishiga yo‘l qo‘yganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilangan elektr energiyasi iste’molini cheklash jadvali bajarmaganda, past sifatli elektr energiyasi yetkazib berilganligi uchun;
zaxira manbai avtomatik ishga tushganda, avtomatik qayta ulash va avtomatik tarzda tez-tez o‘chirishlar vaqtida elektr energiyasini yetkazib berish borasidagi tanaffuslar uchun iste’molchi oldida moddiy javobgar bo‘lmaydi.
5.3. Korxona Iste’molchi Byuro ko‘rsatmasiga asosan elektr energiyasidan uzilganda yoki yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yuzaga kelganda (fors-major) Iste’molchi oldida javobgar bo‘lmaydi.
5.4. Mazkur shartnomani bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara o‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.

VI. Yakunlovchi qoidalar

6.1. Shartnoma ____________________________ gacha bo‘lgan muddatga tuzilgan. Shartnomaning amal qilish muddati tugaganda, tomonlardan biri uni uzaytirish yoki bekor qilish bo‘yicha ariza bermagan bo‘lsa, shartnoma keyingi har bir yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Ariza ushbu Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin taqdim etilishi lozim.
6.2. Mazkur Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan va tomonlarning har birida saqlanadigan ikki nusxada tuzildi. Shartnomaning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi.
6.3. Shartnoma t�monlardan birining tashabbusi bilan muddatidan oldin ikkinchi tomonni bekor qilish muddatidan o‘ttiz kun oldin xabardor qilgan holda va tomonlar o‘zaro hisob-kitob qilishi sharti bilan bekor qilinishi mumkin. Bekor qilish to‘g‘risida xabarnoma yozma ravishda yuboriladi.
6.4. Barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar, agar ular faqat yozma ravishda amalga oshirilib, tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan bo‘lsa haqiqiy hisoblanadi.


VII. Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari

Iste’molchi:
Pochta manzili____________________________________________________________________________________


Hisobraqami_____________________________________________________________________________________
Bank kodi (MFO) ___________________________________ (INN) _________________________________________

Respublika va mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan Iste’molchilar uchun:
Budjet fondining hisobraqami ______________________________________________________________________
Bank kodi (MFO)___________________________________ (INN) __________________________________________
Budjetdan tashqari fondning hisobraqami _____________________________________________________________
Bank kodi (MFO) __________________________________ (INN) __________________________________________
Telefonlar ___________________________________________________ Faks: _____________________________

(Iste’molchi, shu jumladan uning rahbarini uyali telefoni ko‘rsatiladi)

Statistik kodlar:
OKED ____________________________________________________________________________
SOOGU __________________________________________________________________________________________
SOATO __________________________________________________________________________________________
KFS ____________________________________________________________________________________________
KOPF ___________________________________________________________________________________________
OKPO ___________________________________________________________________________________________
Korxona:
Pochta manzili ____________________________________________________________________________________
Hisobraqami _____________________________________________________________________________________
Bank kodi (MFO) _____________________________________ (INN) _______________________________________
Telefonlar:_______________________________________________ Faks: __________________________________
Statistik kodlar:
SOOGU __________________________________________________________________________________________
SOATO __________________________________________________________________________________________

Iste’molchi:

Korxona:

__________________________________________________ __________________________________________________
M.O‘., imzo, lavozimi, F.I.O

_____________________________________________
_____________________________________________
M.O‘., imzo, lavozimi, F.I.O



Yurist xulosasi:
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ __________________________________(imzo)_______________________________________(F.I.O)

Tomonlar elektr tarmoqlarining balans mansubligi va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mas’ullik chegarasi
DALOLATNOMASI

1. Iste’molchining balansida quyidagi elektr qurilmalar mavjud:
a) havo liniyalari ___________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
b) kabel liniyalari _________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
v) podstansiyalar, transformator podstansiyalari _________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________

2. Iste’molchi va Korxona o‘rtasida elektr tarmoqlarning balans bo‘yicha mansublik chegarasi:

__________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
3. Ulardan quyidagilarga:
a)________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________xizmatlar Iste’molchi xodimlari tomonidan;
b) ________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
ste’molchi bilan tuzilgan Shartnoma asosida elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi.
4.
Elektr qurilmalarning holati va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha javobgarlik chegarasi quyidagicha belgilandi:
__________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________


Vakillar:

Iste’molchi
M.O‘

__________________
(imzo)

__________________
(F.I.Sh)

Korxona
M.O‘

__________________ (imzo)

__________________ (F.I.Sh)

Energiyani yo‘qotilishlarini aniqlash
DALOLATNOMASI

Energiyani hisobga olish priborlari elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligi chegarasida o‘rnatilmaganda, elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligi chegarasi hisobga olingan holda mansublik chegarasidan hisobga olish pribori o‘rnatilgan joygacha bo‘lgan uchastkada hisoblash yo‘li bilan aniqlanadigan energiya yo‘qotishlari quyidagilar hisoblanadi:

a) Quvvati ________ kVA bo‘lgan transformatorlardagi oylik aktiv energiyani yo‘qotish _____________ kVt.soat yoki _________ foizni, reaktiv energiyani yo‘qotish _________ kVAr.soat yoki _________ foizni tashkil etadi;

b) Iste’molchining kabel liniyalaridagi har oylik energiyani yo‘qotish:
Uzunligi
_______________________________________________________________________________________m;
Kesimi______________________________________________________________________________________ mm2;
Rusumi _________________________________________________________________________________________ ;
Kuchlanishi _________________________ kV,bulsa, ___________________kVt.soatni yoki_______________ foizni tashkil etadi;
v) Iste’molchining havo liniyalaridagi har oylik energiya yo‘qolishlari:
Uzunligi_______________________________________________________________________________________m;
Kesimi______________________________________________________________________________________ mm2;
Rusumi _________________________________________________________________________________________ ;
Kuchlanishi _________________________ kV,bulsa, ___________________kVt.soatni yoki_______________ foizni tashkil etadi;

Energiyani har oyda jami yo‘qotishlar hajmi hisob davridagi energiya sarfining ____ foizini tashkil etadi.

Korxona bir kunda __________ soat, bir oyda ____________ kun ishlaydi.

Smenalar bo‘yicha yuklama nisbati (foiz hisobida) I _______, II ________, III ________ni tashkil qiladi.

Imzolar:

Iste’molchi:

Korxona:

_____________________
(M.O‘. Imzo)

_____________________
(M.O‘. Imzo)

Kompensatsiya qurilmalarining ishlash rejimi
1. Kompensatsiya qurilmalarining belgilangan quvvati

T/r

Kompensatsiya qurilmalarining turi

Quvvati

Ulanish vaqti

Jami

Ertalab

Kechqurun

1.




1.1.



1.2.



2.

3.



4.

Kondensatorlar, kVar

1000 V gacha

1000 V dan yuqori,

jumladan:

Avtomatik boshqariladigan:
1000 V gacha
1000 V dan yuqori,

Qo‘lda boshqariladigan:
1000 V gacha
1000 V dan yuqori,

Sinx�on dvigatellar (SD), kVt

SDning reaktiv quvvati, kVar (SD belgilangan quvvatining 30 foizi, kVt)


Jami (1b.+3b.) kVar:
1000 V gacha
1000 V dan yuqori.


2. Reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati

Yil, oy

Reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati (kVar.soat)

Shu jumladan, tarif guruhlari bo‘yicha

Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentyabr
Oktyabr
Noyabr
Dekabr
Tarifga ustama qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda faol energiyaning amaldagi tarifi bo‘yicha:
5% — reaktiv energiyadan iqtisodiy qiymat doirasida foydalanilganda;
10% — reaktiv energiyadan iqtisodiy qiymat miqdoridan ortiq foydalanilganda belgilanadi.
Reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi tarifiga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va elektr ta’minoti shartnomasiga asosan undiriladi.
Tarif chegirmalari iste’molchi yagona elektr energetika tizimi tarmog‘ida elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilganda va elektr tarmog‘ining kichik yuklamali soatlarida yagona energiya tizimi tarmog‘idan reaktiv energiya iste’mol qilinganda, agar iste’molchining bunday rejimda ishlash zarurati shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, taqdim etiladi.
Chegirma qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda aktiv energiya uchun amaldagi tarifning 15% miqdorida belgilanadi

ISTE’MOLChI:
________________________
(M.O‘., imzo)

KORXONA:
________________________
(M.O‘., imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tabiiy gazni yetkazib berish va iste’mol qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Gazlashtirish uchun texnik shartlarni berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti mazkur Qoidalarning 22-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddatda iste’molchiga rad etish sabablarini asoslagan holda, tegishli yozma xabarnoma yuboradi va taqdim qilingan hujjatlarni qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Iste’molchida ushbu Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ITSI va RSI amalga oshirish uchun ko‘rsatilgan hajmda gaz berilishini ta’minlash yuzasidan yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Ushbu Qoidalarning 10-bandida keltirilgan iste’molchilarni ob-havo sovib ketishi davrida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, tabiiy gaz ishlab chiqarish, gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari va iste’molchilar (maishiy va kommunal xo‘jalik iste’molchilari hamda oilaviy korxonalardan tashqari) bilan kelishilgan holda korxonalarni zahira yoqilg‘iga o‘tkazish jadvallarini tuzib, ushbu jadvallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Jadvallar tabiiy gazni yetkazib berish prognoz ko‘rsatkichlari mazkur Qoidalarning 10-bandida keltirilgan iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash imkonini bermagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari tomonidan joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
93. Ushbu Qoidalarning 92-bandida ko‘rsatib o‘tilgan muddatda iste’mol qilingan tabiiy gaz haqi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovadagi ro‘yxatga muvofiq tabiiy gazni sotishda narxni shakllantirishning alohida tartibi belgilangan iste’molchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan o‘sib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
124. Maishiy iste’molchida ushbu Qoidalarning 123-bandida ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarlik holatlari, shuningdek, shaxsiy hisobraqamiga (belgilangan me’yorlar bo‘yicha iste’mol qilingan tabiiy gaz miqdorini hisoblash uchun gaz yetkazib beruvchi tashkilotning billing tizimi) kiritilgan boshlang‘ich ma’lumotlar (isitish maydoni, gazdan foydalanish uskunalari soni va yashovchilar soni) buzib ko‘rsatilishi holatlari aniqlanganda, maishiy iste’molchidan Byuro yoki gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli xodimining so‘nggi tashrif buyurgan kunidan boshlab, amalda aniqlangan ma’lumotlar asosida belgilangan iste’mol me’yori bo‘yicha hisoblangan gaz hajmining haqi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
126. Ushbu Qoidalarning 123 — 125-bandlarida qayd etilgan qonun buzilishi holatlarida, foydalanilgan gaz hajmlari qiymatining undirilishi iste’molchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilmaydi.
127. Ushbu Qoidalarning 123 — 125 bandlarini buzilishi holatlari Byuroning uch nusxada tuziladigan hamda gaz ta’minoti tashkiloti vakillari va iste’molchi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Iste’molchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, bu haqida dalolatnomaga belgi qo‘yiladi. Byuro vakili gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli shaxslari bilan birga darhol mazkur iste’molchilarni belgilangan tartibda gaz tarmog‘idan uzib qo‘yadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
e) Ushbu Qoidalarning 123 — 125 bandlarida nazarda tutilgan holatlarda, aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilguniga qadar avvaldan ogohlantirmagan holda gaz yetkazib berishni to‘xtatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

_____-son ShARTNOMA

Maishiy iste’molchilar (oilaviy korxonalar) uchun tabiiy gaz yetkazib berish
shartnomasi

20 __ yil “___” ____________

_____________________________
(shartnoma tuzilgan joy)

Nizom yoki “O‘ztransgaz” AJning 20 __ yil “___” _____________________________________________ da berilgan
___ — son ishonchnomasi asosida faoliyat yurituvchi gaz ta’minoti tashkiloti (filial
yoki vakolatli vakil)” _________________________________________________________” boshlig‘i, bundan keyin
“Etkazib beruvchi” deb ataluvchi _____________________________________________________________________
(F.I.Sh.)
bir tomondan va __________________________________________________________________________________
manzilida yashaydigan “Iste’molchi” (turar joy yoki obyekt mulkdori,
foydalanuvchisi, ijarachisi) _______________________________________________________________________
(Iste’molchi F.I.Sh. va manzili)
ikkinchi tomondan quyidagilar haqida mazkur shartnomani tuzdilar:

I. Shartnoma predmeti

1.1. Mazkur shartnoma bilan “Etkazib beruvchi” o‘zining gaz tarmoqlari orqali “Iste’molchi”ga tabiiy gaz (keyingi o‘rinlarda gaz deb ataladi) yetkazib berish, “Iste’molchi” esa iste’mol qilingan gaz uchun o‘z vaqtida haq to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. “Iste’molchi” gazni faqat maishiy ehtiyoji uchun sotib oladi va undan foydalanadi (oilaviy korxona gazdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ham foydalanishi mumkin), shuningdek, o‘z tasarrufidagi gaz tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligini, foydalanayotgan gaz yonish qurilmalari va jihozlari, shuningdek, gazni hisoblash priborlari (keyin o‘rinlarda hisoblash pribori deb ataladi) soz holatda bo‘lishini ta’minlaydi.

II. Etkazib berilgan gazni hisoblash

2.1. Etkazib berilayotgan gaz miqdori, hisoblash priborlari ko‘rsatkichlari, ular mavjud bo‘lmagan hollarda esa — tasdiqlangan me’yorlar bo‘yicha aniqlanadi (oilaviy korxonalar bundan mustasno).

2.2. Hisoblash priborining o‘lchov diapazoni (ko‘lami) o‘rnatilgan gaz qurilmasi quvvatiga mos kelishi kerak.

2.3. Hisoblash pribori Iste’molchining aybi bilan ishdan chiqqanda (hisoblash priborining buzilishi, unga zarar yetkazilishi yoki yo‘qolishi), uni almashtirish, ta’mirlash, tekshirish va o‘rnatish bo‘yicha sarf-xarajatlar to‘liq uning hisobidan qoplanadi.

2.4. Hisoblash pribori uning foydalanish uchun yaroqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ajratilgan joylarda belgilangan shakldagi amal qiluvchi belgilar va tamg‘alarga ega bo‘lishi kerak.

2.5. Hisoblash priborining texnik holati va uni ta’mirlash uchun javobgarlik hisoblash pribori egasining zimmasiga yuklanadi.

2.6. Iste’molchiga tegishli hisoblash priborlari o‘z vaqtida tekshirish uchun javobgarlik Etkazib beruvchi zimmasiga yuklanadi.

2.7. Hisoblash priborlarini tekshirish davriyligi me’yoriy-texnik hujjatlar asosida belgilanadi.

2.8. Hisoblash priboriga tamg‘a o‘rnatish Byuroning mas’ul xodimlari tomonidan Etkazib beruvchi vakillari bilan birga dalolatnoma tuzgan holda hamda Iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.

2.9. Hisoblash priborlarining, shu jumladan o‘rnatilgan tamg‘alarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik Iste’molchi zimmasiga yuklanadi.

2.10. Hisoblash pribori o‘rnatilgandan keyin Etkazib beruvchi tomonidan ro‘yxatga olinadi

2.11. Hisoblash priborini almashtirish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, tekshirish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish Etkazib beruvchi
va Byuro vakillari tomonidan Iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.

2.12. Hisoblash priborini (Iste’molchi mulki bo‘lganda) almashtirish uchun yechib olish Iste’molchining arizasi asosida Etkazib beruvchi vakillari tomonidan Byuro xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.

2.13. Hisoblash priborining (mulkiy egaligidan qat’iy nazar) tekshiruv muddati tugaganligi sababli yechib olish Etkazib beruvchi vakillari tomonidan Byuro xodimining ishtirokida tekshiruv muddati tugashidan kamida bir kun avval amalga oshiriladi.

2.14. Hisoblash priborining (mulkiy egaligidan qat’iy nazar) sozligini monitoring qilish uchun yechib olish Etkazib beruvchi vakillari tomonidan Byuro talabi bilan Iste’molchi ishtirokida amalga osh?riladi.

2.15. Ushbu shartnomaning 2.11 va 2.12-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha yechib olingan hisoblash priborini (Iste’molchi mulki bo‘lganda) o‘rnatish Iste’molchining arizasiga ko‘ra yoxud tegishli tekshiruv tugagandan so‘ng ikki kun ichida Etkazib beruvchi vakillari tomonidan amalga oshiriladi va Byuroning mas’ul xodimlari bilan birgalikda tamg‘alanadi.

2.16. Ushbu shartnomaning 2.14-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha yechib olingan hisoblash priborning belgilangan talablarga muvofiqligi holatida o‘rnatish, monitoring tugaganidan so‘ng kechiktirmasdan, darhol “Etkazib beruvchi”ning vakillari tomonidan amalga oshiriladi va Byuroning mas’ul xodimlari bilan birgalikda tamg‘alanadi.

Hisoblash pribori belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, hisoblash pribori egasi nomuvofiqliklarni bartaraf etishni ta’minlashi shart, shundan so‘ng priborni 2.15-bandda qayd etilgan muddatdan kechikmasdan o‘rnatish amalga oshiriladi.

2.17. Hisoblash priborining monitoringidan yoki tekshiruv natijalaridan norozi bo‘lgan Iste’molchi yuqori turuvchi organ yoki Sudga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.

2.18. Iste’molchi tomonidan quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, Byuro yoki Etkazib beruvchining vakolatli xodimi tomonidan undan so‘nggi ko‘rik o‘tkazgan vaqtdan boshlab ulangan va foydalanayotgan gaz qurilmalari bir kunda 24 soat to‘liq quvvat bilan ishlashi hisobidan iste’mol qilingan gaz hajmining narxi (amaldagi tariflar asosida) undiriladi:

a) hisoblash priboriga qasddan shikast yetkazish;

b) uzib qo‘yish moslamalari, gazdan foydalanish qurilmalari yoki gazni hisoblash priborida o‘rnatilgan tamg‘alarni qasddan buzish;

v) gazni hisoblash priborisiz yoki uni chetlab o‘tgan holda iste’mol qilish, Iste’molchiga belgilangan me’yorlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno;

g) gaz quvurlari yoki gaz taqsimlash shaxobchalarida (GTSh), gaz taqsimlash tarmoqlarining texnologik ish rejimining buzilishiga olib keladigan qurilmalarni o‘rnatish.

2.19. Iste’molchi Byuroning vakolatli xodimlariga soat 0800 dan 2000 gacha hisoblash priborlarini moneliksiz ko‘zdan kechirish uchun kirish imkoniyatini ta’minlashi shart.

2.20. Byuro xodimini hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘ymaslik holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Iste’molchi mazkur dalolatnoma bilan tanishishi lozim. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan holatda, dalolatnomada bu haqida belgi qo‘yiladi. Rad etish holati ikki guvoh yoki fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi kerak. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega va bu dalolatnomada qayd etiladi.

Dalolatnomaga imzo qo‘yishni rad etish Iste’molchini gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish uchun asos bo‘ladi va u bu haqida ogohlantirilishi shart.

III . Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi

3.1. Foydalanilgan gaz uchun hisob-kitob O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.

3.2. Iste’molchi har oyning 10-sanasiga qadar avvalgi oyda iste’mol qilingan gaz uchun to‘liq hajmda hisob-kitob qilishi kerak.

3.3. Iste’molchi tomonidan to‘lov naqd va naqd bo‘lmagan shaklda, elektron to‘lov tizimlari orqali yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa usullarda amalga oshiriladi.

3.4. Iste’molchi gaz tarmoqlaridan quyidagi holatlarda uzib qo‘yiladi:

shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganda;

foydalanilgan gaz uchun hisob-kitob o‘z vaqtida amalga oshirilmaganlik natijasida qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

Byuro majburiy ko‘rsatmalari bajarilmaganda, shu jumladan uning vakillari hisoblash priborlaridan ko‘rsatkichni yechib olishga qo‘yilmaganda;

hisoblash priborlariga qasddan shikast yetkazilganda, pribor ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida uning ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar amalga oshirilganda;

tabiiy gazni talon-taroj qil�sh, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;

3.5. Tarmoqqa qayta ulanishda Iste’molchidan to‘lov kuni amalda bo‘lgan eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida haq undiriladi (foydalanilgan gazni hisoblash va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan iste’molchilar bundan mustasno).

3.6. Gaz yetkazib beruvchi tashkilotlar ma’lumot bazalarida belgilangan tariflar o‘zgarishiga (ortishi) qadar Iste’molchi amalga oshirgan to‘lovlar haqidagi hisobga olinmagan hujjatlar aniqlangan taqdirda, ushbu Iste’molchi bo‘yicha hisob-kitob (qayta hisob-kitob) to‘lov vaqti (sanasi) amalda bo‘lgan tariflar asosida amalga oshirilib, keyinchalik billing tizimidagi shaxsiy hisobraqami ko‘rsatkichlariga tuzatish kiritiladi.

3.7. Foydalanilgan gaz haqining summasi hisoblash priborlaridan ko‘rsatkichlarni olish vaqtida amal qilgan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar o‘zgarganda, avval hisoblangan haq summasi bo‘yicha tariflar o‘zgarishiga qadar to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydigan qarzdorlik vujudga kelgan deb tan olinadi.

3.8. Tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan Iste’molchi o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

3.10. Iste’molchining mazkur shartnoma 2.18-bandida ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarlik holatlari, shuningdek, shaxsiy hisobraqamiga (belgilangan me’yorlar bo‘yicha iste’mol qilingan tabiiy gaz miqdorini hisoblash uchun gaz yetkazib beruvchi tashkilotning billing tizimiga) kiritilgan boshlang‘ich ma’lumotlar (isitish maydoni, gazdan foydalanish uskunalari va yashovchilar soni) buzib ko‘rsatilishi holatlari aniqlanganda, Iste’molchidan Byuro yoki gaz yetkazib beruvchi tashkilot vakolatli xodimining oxirgi tashrif buyurgan kunidan boshlab, amalda aniqlangan ma’lumotlar asosida belgilangan iste’mol me’yori bo‘yicha hisoblangan gaz hajmining haqi undiriladi.

IV. Texnik xizmat ko‘rsatish tartibi

4.1. Etkazib beruvchi quyidagi hollarda mazkur shartnomaning 4.3-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda Iste’molchining ichki gaz tarmoqlari, gazdan foydalanuvchi uskunalarni texnik taftishdan o‘tkazadi va/yoki ularga profilaktik xizmat ko‘rsatadi:

a) Etkazib beruvchining tasdiqlangan jadvaliga asosan;

b) yozma yoki boshqa usulda berilgan navbatdan tashqari talabnomaga muvofiq.

4.2. Etkazib beruvchi Iste’molchi ishtirokida texnik taftish va / yoki profilaktik xizmatini o‘tkazib, bajarilgan ishlar dalolatnomasini rasmiylashtiradi. Etkazib beruvchi bajarilgan ishlar sifatiga javobgar hisoblanadi.

4.3. Ichki gaz tarmoqlari, gazdan foydalanuvchi uskunalarning texnik taftishi va/yoki profilaktik xizmati ko‘yidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

ko‘p qavatli turar joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz priborlari mavjud bo‘lmaganda — ikki yilda bir marta;

turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari — har yili bir marta, profilaktik xizmat ko‘rsatish — har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval.

4.4. Iste’molchi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni tasdiqlangan tariflar asosida amalga oshiradi.

V. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

5.1. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:

tabiiy gaz standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan hajmda va sifatda, uzatish rejimiga rioya qilgan holda uzluksiz yetkazib berilishiga;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun to‘langan summani qaytarishni talab qilishga;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonunchilikka muvofiq bir tomonlama bekor qilishga;

tabiiy gazni yetkazib berish to‘xtatilganda zararni qoplashni talab qilishga;

gaz ta’minoti tashkiloti vakilini uzib qo‘yish va qayta ulanish uchun qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirmagan holda gaz priborlarini gaz ta’minotidan vaqtincha yoki doimiy uzib qo‘yish uchun chaqirtirishga.

�ste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

5.2. Iste’molchi quyidagilarga majbur:

yangi turar joylarga ko‘chib o‘tilganda hamda mavjud uy-joy fondini gazlashtirish davomida gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tish;

o‘z tasarrufidagi gaz tarmoqlari, priborlar, uskunalar, shuningdek foydalanilayotgan yerto‘lalar, texnik yo‘laklar va boshqalarni soz holatda saqlash, elektr yoritish va ventilatsiya tizimining doimiy ishlashini ta’minlash;

binolar yerto‘lalaridagi yer osti kommunikatsiyalarining zichligini, shuningdek, binolar qurilish elementlarining gaz tarmoqlari bilan o‘zaro kesishgan joylarini kuzatib borish;

o‘z xizmat guvohnomalarini ko‘rsatgan gaz ta’minoti tashkiloti ishchilariga favqulodda va avariya holatlarida kunning istalgan vaqtida, gaz sizib chiqish holatini tekshirish uchun barcha yerto‘lalar, texnik yo‘laklar, xonalarga kirishini ta’minlash;

belgilangan tartibda tutun mo‘rilari, mo‘rilar kallaklari va ventilatsiya kanallari holatini o‘z vaqtida tekshirilishini tashkil qilish;

tutun mo‘rilari va ventilatsiya kanallaridagi nosozliklar to‘g‘risida yong‘in xavfsizligi xizmatlariga nosozliklarni tuzatish uchun zudlik bilan xabar berish;

gaz ta’minoti tashkilotini xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan turar joylarni buzilishi yoki qayta qurilishi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilish;

Byuro va gaz ta’minoti tashkilotining majburiy ko‘rsatmalarini bajarish;

turar joy ichidagi gaz quvurini korroziyadan himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish, muntazam ravishda bo‘yab turish;

tabiiy gazdan oqilona foydalanish;

foydalanilgan tabiiy gaz va gazdan foydalanish uskunasi hamda uy ichi gaz tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar uchun gaz ta’minoti tashkiloti bilan o‘z vaqtida hisob-kitobni amalga oshirish;

gaz priborlarini toza saqlash, taom tayyorlash jarayonida pribor yondirgichlarini ifloslanishdan saqlash;

gazlashtirish loyihasi saqlanishini ta’minlash hamda uni gaz ta’minoti tashkiloti va boshqa vakolatli davlat organlari vakili talabi bilan taqdim qilish;

yerto‘la, yo‘lak, hovli, ko‘chada tabiiy gaz hidi sezilgan taqdirda, avariya xizmatiga “104” telefoni orqali xabar berish;

gaz bilan to‘lgan joylardan odamlarni olib chiqish, elektr yoritish tizimi yonib va o‘chib qolishi, ochiq olov yoki uchqun paydo bo‘lishini oldini olish choralarini ko‘rish;

Byuroning vakillariga soat 800 dan 2000 gacha tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirish uchun qarshiliksiz kirish imkoniyatini ta’minlash;

tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida uning ishlashiga to‘sqinlik qiladigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, ularga qasddan shikast yetkazishni oldini olish va o‘rnatilgan tamg‘alarning butunligini ta’minlash.

5.3. Etkazib beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

texnik zaruratga ko‘ra, ushbu shartnomaga muvofiq belgilangan tartibda iste’molchini xabardor qilgan holda tabiiy gazni yetkazib berishni qisqartirish yoki to‘xtatish;

gaz ta’minoti tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish holatlari aniqlanganda ularni gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish;

Iste’molchilardan tabiiy gazdan foydalanish qoidalari va gazni yetkazib berish shartnomasi talablariga rioya etishni talab qilish;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

gaz tarmoqlarida avariyani oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish zarurati tug‘ilganida, iste’molchi bilan kelishmasdan va ogohlantirmasdan, zudlik bilan xabardor qilgan holda, tabiiy gazni yetkazib berishni to‘xtatish yoki cheklash;

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 123 — 125-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda, aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilguniga qadar avvaldan ogohlantirmagan holda gaz yetkazib berishni to‘xtatish.

5.4. Etkazib beruvchi quyidagilarga majbur:

o‘ziga qarashli bo‘lgan gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va ularda
o‘z hisobidan ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;

o‘ziga qarashli bo‘lgan gaz tarmoqlarining texnik holati va ulardagi ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash uchun davriy ravishda ko‘zdan kechirish;

tabiiy gaz yetkazib berish qisqargan yoki to‘xtagan taqdirda bu to‘g‘rida iste’molchilarni xabardor qilish;

tabiiy gazning ruxsatsiz iste’mol qilinganligi, gaz tarmoqlari moddiy boyliklarining talon-taroj qilinganligi to‘g‘risida Byuro va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish;

Iste’molchiga gaz yetkazib berish shartnomasida kelishilgan shartlarda gaz yetkazib berish;

xonada o‘rnatilgan gaz priborlaridan xavfsiz foydalanish masalalari bo‘yicha eslatmani taqdim etgan holda Iste’molchiga ko‘rsatmalar berish;

Byuro va vakolatli davlat organlarining majburiy ko‘rsatmalarini bajarish;

iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari, gazdan foydalanuvchi uskunalarini texnik taftishdan o‘tkazish va profilaktika xizmatlari ko‘rsatish;

iste’molchilarni texnik xizmat ko‘rsatish (taftish o‘tkazish) sanalari haqida turar joylar yo‘laklarida e’lonlar yoki boshqa mavjud usullar orqali kamida
uch sutka avval ogohlantirish;

iste’molchilarning yozma yoki elektron buyurtmalari asosida, narxlarni tartibga solish organi tomonidan tasdiqlangan tariflar bo‘yicha, quyidagi muddatlarda gazdan foydalanish uskunalarini ta’mirlash:

tabiiy gaz sizib chiqishida — darhol;

ovqat tayyorlash uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida — bir kun davomida;

isitish mavsumida isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida — bir kun davomida;

issiq suv va isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida (isitish mavsumidan tashqari vaqtda) — ikki kun davomida;

gazdan foydalanish uskunalarini almashtirishda — besh kun davomida.

Iste’molchiga tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini har oyda kiritib borish, to‘lovlarni amalga oshirish va interaktiv xizmatlarning boshqa imkoniyatlaridan foydalanish uchun haq undirmasdan shaxsiy kabinet ochish imkonini berish;

Iste’molchi arizasiga asosan hisob-kitob ahvoli hamda iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud emasligi (mavjudligi) haqida ma’lumotnomani ikki ish kuni ichida haq undirmagan holda taqdim etish;

Etkazib beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

VI. Taraflarning javobgarligi

6.1. Etkazib beruvchi mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki tegishli darajada bajarilmasligi uchun javobgar bo‘ladi.

6.2. Etkazib beruvchi gaz ta’minoti tizimi mukammal ta’mirlanayotgan holatda Iste’molchining gaz bilan ta’minlanishidagi uzilishlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

6.3. Zarur miqdorda gaz yetkazib berilmagan holatda, Etkazib beruvchi har bir kechiktirilgan kun uchun shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan qismining 0,4%, biroq yetkazib berilmagan gaz umumiy qiymatining 50% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima (penya) to‘laydi.

6.4. Engib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holati vujudga kelganda, Etkazib beruvchi mazkur shartnoma shartlarini buzilishi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

6.5. Iste’molchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:

Gazdan mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarga zid ravishda foydalanish;

o‘zboshimchalik bilan gaz ta’minoti tarmoqlariga ulanish yoki gazdan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, hisoblash priboriga qasddan shikast yetkazish yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashish.

6.6. Mazkur shartnomaning 2.18-bandida ko‘rsatilgan holatlarda gaz hajmlari narxining undirilishi Iste’molchini qonunchilikda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.

6.7. Olingan gaz uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, Etkazib beruvchiga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1%, biroq kechiktirilgan to‘lov summasining 50% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima (penya) to‘lanadi.

VII. Yakunlovchi shartlar

7.1. Mazkur shartnoma “Iste’molchi” gaz tarmoqlaridan amalda uzib qo‘yilguniga qadar, tomonlarning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarilishi qismi bo‘yicha esa — ularning to‘liq bajarilguniga qadar amal qiladi.

7.2. Mazkur shartnomani amal qilish muddati davomida qonunchilikda o‘zgarishlar ro‘y bergan holatda, shartnoma qonunchilikka muvofiqlashtirilishi lozim.

7.3. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni muzokara yo‘li bilan hal qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Kelishmovchiliklarni muzokara yo‘li bilan hal qilish imkoni bo‘lmaganda, ular Sud tartibida hal etiladi.

7.4. Ushbu shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzilgan, har ikkala nusxa bir xil yuridik kuchga ega.

7.5. Etkazib beruvchi va Iste’molchi gaz yetkazib berishda, uni iste’mol qilishda, shuningdek, o‘zaro hisob-kitob qilishda mazkur shartnoma va qonunchilik normalariga amal qilishga majburdir.

7.3. Shartnoma ____________________ muddatga tuziladi. Shartnoma muddati tugagach, tomonlardan biri uni uzaytirish yoki bekor qilish haqida ariza bermagan taqdirda, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Ariza shartnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy avval berilishi kerak.

VIII. Yuridicheskiye adresa, rekviziti i podpisi storon

“Etkazib beruvchi”

“Iste’molchi”

___________________________________________
(gaz ta’minoti tashkilotining nomi)

Pochta manzili: _____________________________________

__________________________________________________

KTUT kodi _________________________________________

XXTUT ____________________________________________

Bog‘lanish telefoni: __________________________________

To‘lovlar uchun bank hisobraqami __________________________________________________

Bank nomi: _________________________________________

FPM _____________________________________________

STIR _____________________________________________

Rahbar: ___________________________________________

(F.I.O, imzo)

M.O‘.

____________________________________________

(iste’molchi — jismoniy shaxs F.I.O.)

Yashash joy manzili:____________________________

_____________________________________________

_____________________________________________

shaxsiy hisob raqami ___________________________

STIR________________________________________

INPS _______________________________________

Bog‘lanish uchun telefonlar:

uyali: ________________________________________

uy: __________________________________________

Pasport ma’lumotlari:_________________________

_____________________________________________

_____________________________________________

(Iste’molchi imzosi)

O‘rnatilgan gaz qurilmalarini xavfsiz ishlatish bo‘yicha
KO‘RSATMA VA ESLATMA

Tabiiy gaz (metan) — rangsiz, zaharli gaz hisoblanadi va shu sababli binolardagi gaz quvuridan sirqib chiqqan hollarda sezilmaydigan gazli havo aralashmasi paydo bo‘lishi mumkin.

Kundalik hayotda gazdan xavfsiz foydalanish uchun uning tabiiy xususiyatlarini va quyidagi qoidalarga rioya etish zarur:

1. Xonada gaz hidi paydo bo‘lganda, darhol gaz qurilmalarining og‘zini berkitib, deraza va eshiklarni ochish, elvizak hosil qilish va telefon orqali 104 avariya xizmatini chaqirish zarur. Olov yoqmaslik, chekmaslik, elektr yoritish asboblari va elektr qurilmalarini yoqmaslik, elektr qo‘ng‘iroqlardan foydalanmaslik, gazlangan hududdan odamlarni zudlik bilan olib chiqish kerak.

2. Gaz plitasidan foydalanganda oyna ochiq holda bo‘lishi lozim. Toza havo yetarlicha kelmaganda gaz oxirigacha yonmasligi mumkin va is gazi pay�o bo‘ladi. Is gazi — metanning oxirigacha yonmagan mahsuloti. Rangsiz va hidsiz, o‘ta zaharli. Bino hajmining 10 foiziga yetarli is gazi yig‘ilganda va inson bir necha marta undan nafas olsa, uni o‘limga olib kelishi mumkin. Is gazi chiqishining belgilari: olovda sariq, olov, qizil rang chiqishi.

3. Gaz qurilmasi nosozligida yoki gaz qurilmalari profilaktikasi uchun gaz xizmati ekspluatatsion xodimlarini 104 raqami orqali chaqirish.

4. Mo‘rilar va ventilatsiyaning normal holatda ishlashi, gaz isitish qozonlarini ishlatish payti va ishlatishdan oldin tyagani tekshirish.

5. Isitish mavsumi boshlanishida mo‘rilar holatini tekshirish.

Quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:

1. Gazda ishlaydigan qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan gazga ulash, joyini o‘zgartirish, almashtirish va ta’mirlash;

2. Gazda ishlaydigan qurilmalar o‘rnatilgan binolarni me’yoriy shartlarga to‘g‘ri kelmagan holda qayta rejalashtirish;

3. Gazda ishlaydigan qurilma, tutun va ventilatsion tizimlar konstruksiyasiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ventilatsiya kanallarini to‘sib qo‘yish, mo‘rilarni tozalash uchun mo‘ljallangan “karman” va lyuklarni berkitib tashlash;

4. Xavfsizlik va boshqarish avtomatikasini o‘zboshimchalik bilan o‘chirish,
gaz qurilmalari, avtomatika va armatura nosoz bo‘lganda ulardan foydalanish;

5. Devor qalinligi o‘zgarganida, gazlashtirilgan pech va mo‘rilar darz ketishida tabiiy gazdan foydalanish;

6. Mo‘ri va ventilatsiya kanallarini tekshirish va tozalash to‘g‘risidagi dalolatnomaning yo‘qligi yoki uning vaqti tugaganida tabiiy gazdan foydalanish;

7. Mo‘ri va ventilatsiya kanallarini o‘zboshimchalik bilan tozalash;

8. Yopiq oynalar, jalyuzili panjaralar, ventilatsiya kanallari panjaralari yopiq bo‘lganda, vanna va oshxona eshiklari ostida teshiklar hamda mo‘ri
va ventilatsiya kanallarida tyaga yo‘qligida gaz qurilmalaridan foydalanish;

9. Ishlab turgan gaz qurilmalarini qarovsiz qoldirish, to‘xtovsiz ishlovchi
va bunga munosib avtomatikaga ega bo‘lgan qurilmalar bundan mustasno;

10. Maktab yoshidagi bolalarni hamda o‘zini boshqara olmaydigan va gazdan foydalanish qoidalarini bilmaydiganlarni gazda ishlaydigan qurilmalardan foydalanishini taqiqlash;

11. Gaz quvurlariga arqon bog‘lash va ularga yuk qo‘yish;

12. Gaz va gazda ishlaydigan qurilmalardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik, xonalarni isitishda ulardan foydalanish;

13. Gazda ishlaydigan qurilmalar joylashgan xonalardan dam olish va uxlash maqsadida foydalanish;

14. Tabiiy gaz bor-yo‘qligini bilish uchun olov yoqib tekshirib ko‘rish (odatda bu maqsadlarda sovunli emulsiya yoki maxsus qurilmalardan foydalanish lozim);

15. Gaz tarmoqlarida gaz taqsimlash tarmoqlarining texnologik rejimini buzuvchi nasos qurilmalarini o‘rnatish.

DIQQAT!

Gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik
inson hayoti uchun XAVFLI bo‘lishi mumkin!



Nafaqat yaqinlaringiz hayoti va mulki oldida, balki qo‘shni
va boshqa fuqarolar oldidagi o‘z shaxsiy javobgarligingizni

UNUTMANG.

Sizning xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda!

Keyingi tahrirga qarang.

Tabiiy gazni ulgurji iste’molchilarga yetkazib berishning
NAMUNAVIY ShARTNOMASI

20__ yil “___” ____________

____-son

_____________________________

(shartnoma tuzilgan joy)

Nizom asosida faoliyat yurituvchi ________________________________________________ _____________________________________________________________________________________

(Iste’molchi nomi)

(keyingi o‘rinlarda “Iste’molchi” deb ataladi), rahbari ________________________

______________________________________________________________bir tomondan hamda Nizom va 20___ yil “____” _______________ da berilgan _____________________ — sonli ishonchnoma
asosida faoliyat yurituvchi “__________________________________________________” (gaz ta’minoti
tashkiloti nomi) (keyingi o‘rinlarda “Etkazib beruvchi” deb ataladi), rahbari
______________________________________________ ikkinchi tomondan, quyidagilar to‘g‘risida mazkur

shartnomani tuzdilar:

I. ShARTNOMA PREDMETI


1.1. Etkazib beruvchi o‘z zimmasiga gaz tarmoqlari orqali Iste’molchining kelishilgan buyurtmanomasi bo‘yicha tabiiy gaz (keyinlarda o‘rinlarda gaz deb ataladi) yetkazib berish majburiyatini oladi, Iste’molchi esa o‘z zimmasiga ushbu shartnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan hajmda gazni qabul qilish majburiyatini oladi hamda to‘lovlarni belgilangan narx bo‘yicha o‘z muddatida amalga oshiradi.

1.2. Etkazib beruvchi gazni ushbu shartnomaga va gazlashtirish loyihasiga muvofiq, gazdan foydalanish uchun standartlashtirilgan va sertifikatga ega gaz qurilmalari, shuningdek, gazni hisoblash priborlari (keyingi o‘rinlarda hisoblash priborlari deb ataladi) mavjud bo‘lganda yetkazib beradi.

1.3. Iste’molchi Etkazib beruvchiga tasdiqlangan me’yorlarga (Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 6-bandiga) asosan ishlab chiqariladigan mahsulotga (yoki ko‘rsatilayotgan xizmat) nisbatan kelgusi yilda gazga asoslangan ehtiyojni taqdim etadi.

Iste’molchi joriy yil 15-iyul kuniga qadar kelgusi yilda iste’mol qilinishi taxmin qilinayotgan gaz hajmi bo‘yicha buyurtma beradi.

1.4. Iste’molchi bilan kelishilgan buyurtma bo‘yicha yetkazib beriladigan gaz hajmi texnik shartlarda belgilangan bosim va hajmda 20 __ yilda ____________ kub.m, narxi ____________ ming so‘mni tashkil qiladi, jumladan choraklar va oylar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

I kvartal _______ tis. kub. m, yanvar _______, fevral _______, mart __________.
II kvartal _______ tis. kub. m,aprel _______, may __________, iyun __________.
III kvartal _______ tis. kub. m, iyul _________,avgust ________, sentyabr _______.
IV kvartal _______ tis. kub. m, oktyabr _______, noyabr _______, dekabr _______.

Etkazib beruvchi tomonidan xizmatlarni to‘liq hajmda ko‘rsatish uchun magistral va gaz taqsimoti tarmoqlarining ishlashidan izdan chiqqan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarorida qayd etilgan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega Iste’molchilarga 20__ yilda zarur bo‘lgan tabiiy gazning minimal hajmi ____________ ming kub metrni, shu jumladan choraklar va oylar bo‘yicha quyidagini tashkil qiladi:


I kvartal _______ tis. kub. m, yanvar _______,fevral ______, mart __________.
II kvartal _______tis. kub. m, aprel _______, may _______, iyun _________.
III kvartal _______ tis. kub. m, iyul _________,avgust _______, sentyabr _______.
IV kvartal _______ tis. kub. m, oktyabr _______, noyabr _______, dekabr _______.

1.5. Agar, Iste’molchi oylar bo‘yicha bo‘lingan buyurtmanomani taqdim etmasa, Etkazib beruvchi tomonidan chorak uchun ajratilgan tabiiy gaz hajmi oylar bo‘yicha bir xil miqdorda taqsimlanadi.

1.6. Navbatdagi oy (chorak) uchun ko‘rsatilgan tabiiy gaz hajmlari bo‘yicha tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma o‘zgartirilishidan oldin iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga bu haqida o‘n kundan kechikmay xabar bergan taqdirda, bunday holatlar ortiqcha olingan miqdor deb hisoblanmaydi.


II. GAZNI YETKAZIB BERISh ShARTLARI

2.1. Gaz ushbu Shartnomada qayd etilgan (1.4-band) muddatlarda va hajmlarda yetkazib beriladi.

2.2. Etkazib beruvchi Iste’molchiga 1.4-bandda ko‘rsatilgan hajmda gaz yetkazib beradi.

2.3. Iste’molchi Etkazib beruvchidan ushbu shartnomaning 1.3 va 1.4-bandlariga asosan joriy oy uchun gaz iste’molining sutkalik me’yori doirasida gaz qabul qilib oladi, shuningdek, oy oxirida tuzilgan gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasini imzolaydi.

2.4. Etkazib beruvchi Iste’molchiga 24 soat ichida gaz yetkazib berish va qabul qilish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida barcha usullar orqali bilan xabardor qilishi shart.

Etkazib beruvchining avariya-dispetcher xizmatlari telefon raqamlari:

______________________________________________________________

Iste’molchi manzili va telefon raqami:

______________________________________________________________

2.5. Etkazib beruvchi Iste’molchini gaz yetkazib berish qisqartirilishiga qadar kamida 24 soat avval bu haqida xabardor qilishi shart, magistral gaz quvurlarida yuz bergan avariya holatlari bundan mustasno. Iste’molchi xabardor qilingandan keyin gaz yetkazib berish darhol qisqartiriladi.

2.6. Magistral va taqsimlovchi gaz quvurlarining texnologik ish rejimlari buzilgan taqdirda, Etkazib beruvchi gaz yetkazib berishni cheklashi mumkin, Iste’molchi esa zaxira yoqilg‘i turidan foydalanishga o‘tadi.

2.7. Iste’molchi Etkazib beruvchi bilan gaz yetkazib berish-qabul qilish doirasida tezkor ma’lumotlarni muntazam almashishni ta’minlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

2.8. Iste’molchi zaxira yoqilg‘i turidan foydalanishni ko‘zda tutishi va uni yetarli miqdorda (3 oydan kam bo‘lmagan muddatga) shakllantirishi shart. Iste’molchi Etkazib beruvchining asoslangan talabi bilan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq zaxira yoqilg‘iga o‘tishi va gazdan foydalanishni to‘xtatishi lozim. Gaz yetkazib berishning to‘xtatilishi tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

2.9. Iste’molchi o‘ziga tegishli bo‘lgan gaz tarmoqlari va ularda o‘rnatilgan uskunalar, GTP (gaz taqsimlash punkti), gazdan foydalanish uskunalaridan soz holda foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda saqlash uchun javobgar hisoblanadi.

2.10. Iste’molchining qo‘shimcha gazdan foydalanish uskunalari o‘rnatilishi, rekonstruksiya qilinishi yoki ta’mirlanishi oqibatida gaz sarflash hajmi o‘zgarishiga olib kelgan hollarda, Iste’molchi Etkazib beruvchidan qo‘shimcha gazdan foydalanish uskunalarini o‘rnatish yoki rekonstruksiya qilishga texnik shartlarni olishi shart. Gaz tarmoqlariga ulanish Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

2.11. Iste’molchi yoki Etkazib beruvchining to‘lov rekvizitlari o‘zgargan holatlarda ular zudlik bilan bir-birini bu haqida xabardor qilishi shart.

2.12. Tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish rejimining yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olib, tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va Etkazib beruvchining talablarini bajarish iste’molchilar uchun majburiy hisoblanadi.

III. YETKAZIB BERILGAN GAZNI HISOBGA OLIShNI TAShKIL ETISh

3.1. Gazni hisobga olmasdan yetkazib berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

3.2. Etkazib berilgan gaz miqdori gaz tarmoqlari bo‘linishi chegarasida o‘rnatilgan hisoblash priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi hamda har ikki tomon imzolaydigan gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Gaz tarmog‘i bo‘linishi chegarasi Etkazib beruvchi va Iste’molchi o‘rtasidagi, tegishliligi bo‘yicha aniqlana�igan gaz tarmog‘i bo‘linishi nuqtasi hisoblanadi va unda hisoblash priborlari o‘rnatilishi shart.

Etkazib berilgan gaz uchun hisob-kitob gaz hajmini standart shartlariga ko‘ra (DST 5542-87 va DST 2939-63 1.1-bandiga asosan) kub metrga, ya’ni T = 200S, R = 760 mm simob ustuniga keltirilgan holda amalga oshiriladi.

Iste’molchi tomonidan gazni tijoriy hisobga olish uchun mo‘ljallangan toraytiruvchi qurilmaga ega o‘lchov kompleksi foydalanilgan taqdirda, Etkazib beruvchi va Byuro bilan hamkorlikda gazni yozgi va qishki mavsumlarda iste’mol qilish hajmidan kelib chiqib, toraytiruvchi uskunalarni o‘z vaqtida almashtirish
va o‘lchov kompleksi ishini “O‘zstandart” agentligi talablariga muvofiqlashtirish ta’minlanishi lozim.

3.3. Gazni sarflanishini hisoblashda quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi:

a) manometrlar va termometrlar sozligi, ularning davlat tekshiruvini amal qilish muddati;

b) GTShni yurgizish (tartibga solish) muddati, shuningdek haqiqiy ishchi bosimning GTShni tartibga solish dalolatnomasida qayd etilgan ko‘rsatkichlarga muvofiqligi.

Qayd etilgan ko‘rsatkichlarga rioya etilmaganda Rortiqcha = 1,0 kgs/sm2 koeffitsiyenti qo‘llanadi

Etkazib beruvchi Iste’molchi bilan birgalikda hisoblash priboriga, uning sifat laboratoriyasi tomonidan taqdim etiladigan gaz tarkibi bo‘yicha tuzatuvchi o‘zgartirishlarni 12 soatdan kechiktirmasdan kiritishi kerak. Gaz tarkibi bo‘yicha ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida va haqqoniy kiritilishi uchun javobgarlik Iste’molchi zimmasida bo‘ladi.

3.4. Gaz sarfini hisoblash pribori hajmini o‘lchash diapazoni o‘rnatilgan gazdan foydalanish uskunalari quvvatiga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar tabiiy gaz hisobga olish qurilmalarining texnik tavsifida ko‘rsatilgan hajmdan kam sarflansa, gaz hajmi va sarfini hisobga olish texnik tavsifn??ng pastki chegarasi bo‘ycha qabul qilinadi. Bunda Iste’molchi 15 kun mobaynida gaz hajmi bo‘yicha uning gaz uskunasiga to‘g‘ri keladigan boshqa gazni hisoblash priborini o‘rnatishni o‘z zimmasiga oladi.

Gazni hisoblash priborining xatoligi priborning pasportida ko‘rsatilgan xatolik chegarasiga mos kelishi lozim, bunday holatlarda gaz sarfini hisobga olish tizimi o‘zaro hisob-kitoblar uchun yaroqli hisoblanadi

Etkazib beruvchi tomonidan yetkazib beriladigan gaz hajmining ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘lchov komplekslari va hisoblash priborlarining ishlashi buzilgan holatlar aniqlanganda, Etkazib beruvchi “O‘zstandart” agentligi bo‘linmalarida o‘lchov komplekslari va gazni hisoblash priborlarini ekspertizadan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega

Agar o‘lchov komplekslari va hisoblash priborlari nosoz bo‘lsa, ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar Iste’molchi tomonidan, soz holatda bo‘lganda esa — Etkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

3.6. Olingan gaz uchun hisob-kitob, quyidagi hollarda tamg‘alanmagan gazdan foydalanish uskunasining 24 soat davomida ishlab turishi hisob-kitobidan amalga oshiriladi:

a) gazni hisoblash priborisiz yoki uni chetlab o‘tgan holda iste’mol qilish;

b) gazni hisoblash priborini davlat qiyoslovidan o‘tkazish muddati tugaganda, bunda tegishli hisob-kitob qiyoslov muddati tugagan vaqtdan boshlab u o‘tkazilgandan keyin gazni hisoblash priborini o‘rnatish vaqtigacha bo‘lgan davrda;

v) nosozlik, tamg‘a butligi buzilishi, hisoblash pribori o‘zboshimchalik bilan yechib olinganligi aniqlangan holatlarda;

g) gaz quvurlari yoki GTShlarda, gazni taqsimlash tarmoqlarini texnologik ish rejimini buzadigan qurilmalarni o‘rnatish.

3.7. Hisoblash pribori ishdan chiqqanida iste’molchiga yetkazilgan gaz hajmi tamg‘alanmagan gazdan foydalanish uskunasining eng yuqori quvvat bilan ishlab turishiga nisbatan aniqlanadi, biroq, mazkur shartnomaning 1.4 va 1.5-bandlarida belgilangan talablarga rioya etilgan taqdirda, bir chorakdan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘llanadi.

Hisoblash pribori ishdan chiqqanida, Iste’molchi 24 soatdan kechiktirmasdan bu haqida Etkazib beruvchiga xabar berishi, shuningdek, korxonani va gazdan foydalanuvchi uskuna ish jadvalini tuzishi va ishdan chiqqan gazdan foydalanuvchi uskunani tamg‘alab qo‘yishi shart.

3.8. Hisoblash priborlarini o‘rnatish, foydalanish va tekshirish amaldagi me’yorlar va qoidalarga asosan o‘tkaziladi.

3.9. Tabiiy gazni hisoblash uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari Davlat reyestriga kiritilgan turdagi priborlardan foydalanish shart.

3.10. Priborlar ularning foydalanish uchun yaroqli ekanligini tasdiqlov�i hujjat, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan joylarda tegishli shakldagi amal qiluvchi belgilar va tamg‘alarga ega bo‘lishi shart.

3.11. Hisoblash priborlarining texnik holati, ta’mirlanishi va o‘z vaqtida davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi uchun javobgarlik hisoblash pribori egasi zimmasiga yuklatiladi.

3.12. Hisoblash priborlarini qiyoslovi Davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

3.13. Hisoblash priborlarini qiyoslov davriyligi me’yoriy-texnik hujjatlar asosida belgilanadi.

3.14. Hisoblash priboriga tamg‘a o‘rnatish Byuroning mas’ul xodimlari tomonidan Etkazib beruvchi vakillari bilan birga dalolatnoma tuzgan holda hamda Iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.

3.15. Hisoblash priborlarining, shu jumladan o‘rnatilgan tamg‘alarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik Iste’molchiga yuklatiladi.

3.16. Hisoblash pribori o‘rnatilgandan keyin, Etkazib beruvchi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

3.17. Hisoblash priborini almashtirish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, tekshirish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish Etkazib beruvchi va Byuro vakillari tomonidan Iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.

3.18. Hisoblash priborini almashtirish uchun yechib olish Iste’molchining arizasi asosida Etkazib beruvchi vakillari tomonidan Byuro xodi�i ishtirokida amalga oshiriladi.

3.19. Hisoblash priborini tekshiruv muddati tugaganligi sababli yechib olish Etkazib beruvchi vakillari tomonidan Byuro xodimining ishtirokida tekshiruv muddati tugashidan kamida bir kun avval amalga oshiriladi.

3.20. Hisoblash priborini sozligini monitoring qilish uchun yechib olish Etkazib beruvchi vakillari tomonidan Byuro talabi bilan Iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.

3.21. Mazkur shartnomaning 3.17-bandida qayd etilgan holatlarda yechib olingan hisoblash priborini o‘rnatish uchun Iste’molchi sertifikatda ko‘rsatilgan kundan boshlab ikki kun ichida buyurtma berishi lozim.

3.22. Ushbu shartnomaning 3.17-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha yechib olingan hisoblash priborini o‘rnatish Iste’molchining buyurtmasiga ko‘ra ikki kun ichida Etkazib beruvchining vakillari tomonidan amalga oshirilib, so‘ng Byuroning mas’ul xodimlari bilan birga tamg‘alanadi.

3.23. Ushbu shartnomaning 3.20-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha yechib olingan hisoblash pribori belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, monitoring tugaganidan so‘ng kechiktirmasdan, darhol Etkazib beruvchining vakillari tomonidan o‘rnatilib, so‘ng Byuroning mas’ul xodimlari bilan birgalikda tamg‘alanadi.

Hisoblash pribori belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, mulkdor nomuvofiqliklarni bartaraf etishni ta’minlashi shart, shundan so‘ng 3.21 va 3.22 — bandlarga muvofiq o‘rnatish amalga oshiriladi.

3.24. Hisoblash priborini monitoring qilish yoki tekshi�uv natijalaridan norozi bo‘lgan Iste’molchi, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.

3.25. Shartnomaning har ikki tomoni belgilangan qonunchilikka muvofiq, Byuroning vakolatli xodimiga sutkaning istalgan vaqtida hisoblash priborlarini moneliksiz ko‘zdan kechirish uchun kirish imkoniyatini ta’minlashi shart.

3.26. Byuro xodimini hisoblash priborlariga qo‘ymaslik holati dalolatnoma b??ln r�smiylashtirilad�. Iste’molchi mazkur dalolatnoma bilan tanishishi lozim. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan holatda, dalolatnomada bu haqda qayd etiladi. Rad etish holati ikki guvoh yoki fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi kerak. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega, bu haqida dalolatnomaga qayd etiladi.

Dalolatnomaga imzo qo‘yishni rad etish Iste’molchini gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish uchun asos bo‘ladi va bu haqida ogohlantirilishi shart.

IV. YETKAZIB BERILGAN GAZ UChUN HISOB-KITOBNI AMALGA OShIRISh

4.1. Iste’molchi mazkur shartnoma asosida yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovni amalga oshirishi shart.
4.2. Gaz uchun narxlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Navbatdagi oy (chorak) uchun ko‘rsatilgan tabiiy gaz hajmlari bo‘yicha tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma o‘zgartirilishidan oldin iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga bu haqida o‘n kundan kechikmay xabar bergan taqdirda, bunday holatlar ortiqcha olingan miqdor deb hisoblanmaydi.
4.3. Iste’molchi hisob-kitob qilish davri boshlanishidan kamida 5 kun oldin Etkazib beruvchi hisob raqamiga ushbu shartnomaning 1.4 va 1.5-bandlarida ko‘rsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining 100 foiz summasini oldindan to‘laydi;

4.4. Iste’molchiga gaz oldindan to‘lovsiz yetkazib berilmaydi.

4.5. Oldindan to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, Iste’molchiga gaz yetkazib berilmaydi (strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilar bundan mustasno).

4.6. Iste’molchi har oyning 10 sanasiga qadar avvalgi oyda iste’mol qilingan gaz uchun yakuniy hisob-kitobni amalga oshirishi kerak.

4.7. Strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega Iste’molchilar hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 30 kun mobaynida olingan gaz uchun yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradilar.

4.8. Tabiiy gazdan foydalanishda iste’molchining aybi bilan tabiiy gaz yetkazib berishga shartnomada ko‘rsatilganidan hajmdan kam foydalanilgan taqdirda, avans tarzida to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar esa kelgusida gazdan foydalanishda hisobga olinadi.

4.9. Iste’molchi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada belgilanganidan ko‘p hajmda va gaz ta’minoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda, iste’molchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lov undiriladi.

4.10. Tabiiy gaz uchun iste’molchining to‘lov muddati o‘tgan qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning avans to‘lovi hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lari iste’molchini xabardor qilgan holda, to‘lov muddati o‘tgan qarzni to‘lashga yo‘naltiriladi va avans to‘lovi sifatida hisobga olinmaydi.

4.11. Shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarda yetkazib berilgan gaz qiymati o‘z vaqtida to‘lanmaganda, Iste’molchi muddati o‘tgan har bir kun uchun muddati o‘tgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50foizidan oshmaydigan miqdorda penya to‘laydi.

4.12. Hisob-kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi Byuro vakillari tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboridan ko‘rsatkichlarni yozib olish (TGHNATga ulangan, shuningdek, tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan va belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar bundan mustasno) asosida, keyinchalik yozib olingan ko‘rsatkichlar billing tizimiga kiritish, shuningdek, iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini interaktiv xizmatlar vositalariga kiritish orqali aniqlanadi.

4.13. Shartnomaning 4.12-bandiga asosan ko‘rsatkich yechib olinganidan so‘ng keyingi oyning 5 kuniga qadar Etkazib beruvchi tomonidan hisob-kitob oyi uchun gaz yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi va schet-faktura rasmiylashtiriladi.

4.14. Etkazib beruvchi va Iste’molchi o‘rtasida hisoblash haqqoniyligini ta’minlash uchun hisobot davrida Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi Iste’molchida quyidagi texnik hujjatlar mavjud bo‘lganda rasmiylashtiriladi:

a) avtomatik tarzda to‘g‘rilanadigan gazni hisoblash priboridan hisobot davri uchun olingan (ko‘chirma) arxiv ma’lumotlari;

b) Etkazib beruvchi tomonidan belgilangan tartibda hisoblangan, Iste’molchi gaz tarmoqlari va GTShdagi texnologik yo‘qotishlarning hisoblangan hajmi ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilgan dalolatnoma.

4.15. Ko‘rsatkichlar olinganidan so‘ng keyingi oyning 5-kuniga qadar Etkazib beruvchi tomonidan hisob-kitob oyi uchun gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasi va schet-faktura rasmiylashtiriladi.

4.16. Iste’molchi oyning 7 kunidan kechiktirmasdan Etkazib beruvchidan hisob-kitob oyi uchun gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasini va schet-fakturani qabul qilib oladi va imzolaydi hamda bir nusxasini Etkazib beruvchiga jo‘natadi.

4.17. Tabiiy gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni e’tirozlar bilan imzolash Iste’molchini ko‘rsatib o‘tilgan tabiiy gaz hajmlari uchun to‘lovlardan ozod qilmaydi. Uzatilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashdan norozi bo‘lgan tomon dalolatnomada norozilik sabablarini majburiy aks ettirish yo‘li bilan hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 10-kungacha boshqa tomonga bu to‘g‘rida ma’lum qilib, so‘ng dalolatnomaning bir nusxasini Byuro vakiliga taqdim qiladi. Ushbu masalani o‘zaro hal etish imkoniyati bo‘lmaganda, kelishmovchilik sabablari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.

4.18. Iste’molchidan debitor qarzlarni undirish Byuro tuzilmasi tomonidan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

4.19. Gaz uzib qo‘yilgani�an so‘ng o‘zboshimchalik bilan qayta ulanganda, iste’mol qilingan gaz hajmi va uning qiymati gaz uzib qo‘yilgan kundan boshlab, ulangan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada 24 soat ichida to‘liq quvvat bilan ishlab turishi hisobidan aniqlanadi.

4.20. Gaz uchun amaldagi tariflar (narxlar) o‘zgargan holatda, Etkazib beruvchi bu haqidagi axborotni o‘n besh kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qiladi. Gaz uch�� tariflar o‘zgarganida, mazkur Shartnoma o‘z kuchida qoladi, iste’mol qilingan gaz uchun to‘lov esa yangi tarif asosida, u qonunda belgilangan tartibda kuchga kirganidan so‘ng amalga oshiriladi.

V. HUQUQBUZARLIKLAR VA GAZDAN NOQONUNIY FOYDALANISh UChUN JAVOBGARLIK

5.1. Gazdan foydalanishda Iste’molchi tomonidan 3.6-bandda ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilishi, Byuroning Etkazib beruvchi va Iste’molchi vakillari tomonidan imzolanadigan va uch nusxada tuziladigan dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

5.2. Ushbu shartnomaning 5.1-bandiga asosan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga muvofiq Iste’molchidan, Etkazib beruvchi yoki Byuro vakilining so‘nggi ko‘zdan kechirish kunidan boshlab, foydalangan gaz hajmi qiymati (amaldagi tariflar bo‘yicha) undiriladi.

5.3. Bunda mazkur shartnomaning 5.2-bandida ko‘rsatilgan holatlarda gaz hajmi qiymatining undirilishi Iste’molchini qonunchilikda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.

VI. TARMOQDAN UZIB QO‘YISh VA QAYTA ULANISh TARTIBI

6.1. Iste’molchi gaz tarmoqlaridan quyidagi holatlarda uzib qo‘yiladi:

shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganda;

foydalanilgan gaz uchun hisob-kitob o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi natijasida qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

Byuro ko‘rsatmalari bajarilmaganda, shu jumladan uning vakillari hisoblash priborlaridan ko‘rsatkichni olishga qo‘yilmaganda;

hisoblash priborlariga qasddan zarar yetkazilganda, pribor ko‘rsatgichlarini o‘zgartirish maqsadida ularning ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar amalga oshirilgan holatlarda;

gazni talon-taroj qilish, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish yoki boshqa gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda.

6.2. Tarmoqqa qayta ulanishda Iste’molchidan eng kam ish haqining
o‘n baravari miqdorida haq undiriladi.

6.3. Gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan gaz tarmoqlariga iste’molchilarni masofadan qayta ulash uchun haq undirilmaydi.

VII. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

7.1. Etkazib beruvchi quyidagilarga majbur:

o‘ziga qarashli bo‘lgan gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va ularni
o‘z hisobidan ta’mirlash-tiklash
;

o‘z gaz tarmoqlarining texnik holatini va ularda ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash uchun davriy ko‘zdan kechirish;

tabiiy gaz yetkazib berish qisqargan yoki to‘xtagan taqdirda bu to‘g‘rida iste’molchilarni xabardor qilish;

tabiiy gazning ruxsatsiz iste’mol qilinganligi, gaz tarmoqlari moddiy boyliklarining talon-taroj qilinganligi to‘g‘risida Byuro va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish;

Iste’molchiga gaz yetkazib berish shartnomasida kelishilgan shartlar asosida gaz yetkazib berish;

iste’molchilarga yo‘riqnomalar berish va xonada o‘rnatilgan gaz priborlaridan xavfsiz foydalanish masalalari bo‘yicha eslatmani topshirish;

Byuro va vakolatli davlat organlarining majburiy ko‘rsatmalarini bajarish;

Iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari, gazdan foydalanuvchi uskunalarini texnik taftishdan o‘tkazish va ularga profilaktika xizmati ko‘rsatish;

iste’molchilarni texnik xizmat ko‘rsatish (taftish o‘tkazish) sanalari haqida turar joylar yo‘laklarida e’lonlar yoki boshqa mavjud usullar orqali kamida uch sutka avval ogohlantirish;

gazdan foydalanish uskunalarini iste’molchilarning yozma yoki elektron buyurtmalari asosida narxlarni tartibga solish organi tomonidan tasdiqlangan tariflar bo‘yicha quyidagi muddatlarda ta’mirlash:

tabiiy gaz sizib chiqishida — darhol;

ovqat tayyorlash uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida — bir kun davomida;

isitish mavsumida isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida — bir kun davomida;

issiq suv va isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida (isitish mavsumidan tashqari vaqtda) — ikki kun davomida;

gazdan foydalanish uskunalarini almashtirishda — besh kun davomida.

Etkazib beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

7.2. Etkazib beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

texnik zaruratga ko‘ra, iste’molchini belgilangan tartibda xabardor qilgan holda, tabiiy gazni yetkazib berishni qisqartirish yoki to‘xtatish;

gaz ta’minoti tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish holatlari aniqlanganda ularni gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish;

Iste’molchilardan tabiiy gazdan foydalanish qoidalari va gazni yetkazib berish shartnomasi talablariga rioya etishni talab qilish;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

gaz tarmoqlarida avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish zarurati yuzaga kelganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan hamda zudlik bilan xabardor qilgan holda, tabiiy gazni yetkazib berishni to‘xtatish yoki cheklash;

ushbu shartnomaning 3.6-bandida nazarda tutilgan holatlarda, aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilguniga qadar avvaldan ogohlantirmagan holda gaz yetkazib berishni to‘xtatish.

7.3. Iste’molchi quyidagilarga majbur:

gazdan oqilona va samarali foydalanish;

gaz xo‘jaligi gaz quvurlari va uskunalarini texnik jihatdan soz holatda saqlash;

gaz tarmoqlarida yoki gazdan foydalanish uskunasida vujudga kelgan tabiiy gaz sizib chiqishi holati haqida gaz ta’minoti tashkiloti dispetcherlik xizmatlarini zudlik bilan xabardor qilish;

o‘zining gaz tarmoqlari daxlsizligini ta’minlash va ehtimoli bo‘lgan ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash maqsadida ularni va ulardagi uskunalarni muntazam ravishda ko‘zdan kechirib chiqish;

gaz ta’minoti tashkilotlari gaz tarmoqlariga sertifikatlanmagan, gazlashtirish loyihasiga (LTH) muvofiq bo‘lmagan gazdan foydalanish uskunasining ulanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Byuro va gaz ta’minoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma ko‘rsatilgan taqdirda) tabiiy gazni iste’mol qilishni hisobga olish priborlarini va/yoki gazdan foydalanish uskunasini kunning istalgan vaqtida erkin ko‘zdan kechirishini ta’minlash;

gazdan foydalanish uskunasidagi nosozliklarni (bunday turdagi ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan brigadalar yoki xodim yordamida) bartaraf etish;

tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularning ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik, ularning qasddan buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘rnatilgan tamg‘alarning butunligini ta’minlash;

tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ishidagi nosozlik aniqlangan taqdirda, gaz ta’minoti tashkilotini o‘zi uchun qulay shaklda darhol xabardor qilish.

7.4. Iste’molchi Etkazib beruvchidan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:

yetkazib berilgan tabiiy gazning aniqlangan hajmiga va boshqa parametrlarga norozi bo‘lgan taqdirda, gaz yetkazib beruvchining tabiiy gazni iste’molini hisobga olish priborlari ishlashining ishonchliligini tekshirish uchun komissiya tashkil etish;

tabiiy gazning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan sifatda va yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda uzatilishi;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun to‘langan summani qaytarish;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

tabiiy gazni yetkazib berish to‘xtatilganda, zararni qoplashni talab qilish;

gaz yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatishni.

Iste’molchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

VIII. TARAFLARNING MODDIY JAVOBGARLIGI

8.1. Etkazib beruvchi Iste’molchiga gaz yetkazib berish shartnomasiga asosan gaz yetkazib berilmagan yoki to‘liq yetkazib berilmaganligi oqibatida yetkazilgan aniq zarar va boy berilgan foydasini belgilangan tartibda qoplaydi.

Etkazib beruvchi gazni yetkazib bermaganlik yoki to‘liq yetkazib bermaganlik uchun quyidagi hollarda javobgar hisoblanmaydi:

a) iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tarmoqlariga qo‘shimcha gazdan foydalanish uskunasini ruxsatsiz ulash holati ani�langanda;

b) zaxira yoqilg‘iga o‘tish talablari bajarilmaganda;

v) foydalanilgan gaz uchun to‘lov amalga oshirilmaganda;

g) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda.

8.2. Etkazib beruvchi tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarmasligi natijasida Iste’molchiga moddiy zarar yetkazilganda, yetkazib beruvchining mansabdor shaxsiga nisbatan eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima qo‘llanadi.

8.3. Shartnomada ko‘rsatilgan hajmdan kam hajmda gaz yetkazib berilgan taqdirda, Etkazib beruvchiga nisbatan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida jarima sanksiyalari qo‘llaniladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

a) fors-major holatlar;

b) magistral va gaz tarmoqlarida avariya holatlari;

v) qish davrida vaqtincha gaz yetkazib berishni cheklash (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son va 2008-yil
24-dekabrdagi 277-son qarorlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlangan gaz yetkazib berish tarmog‘idan uzib qo‘yilmaydigan obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan korxonalardan tashqari);

g) qabul qilin�an shartnoma majburiyatlarining Iste’molchi tomonidan bajarilmasligi.

8.4. Etkazib berilgan tabiiy gazning sifati shartnoma yoki normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda, Iste’molchi gaz qabul qilish yoki uning uchun haq to‘lashni rad etganda Etkazib beruvchidan yetkazib berilgan sifati zarur darajada bo‘lmagan gaz hajmi qiymatining 20 foizi miqdorida jarima to‘lashni talab qilish huquqiga ega. Agar, gaz qiymati to‘langan bo‘lsa, Iste’molchi Etkazib beruvchidan belgilangan tartibda to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

8.5. Etkazib beruvchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan hajmlardan kam gaz yetkazib berilganda, Etkazib beruvchi Iste’molchiga muddati o‘tgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan summasining 0,5 foizi miqdorida, biroq yetkazib berilmagan gaz qiymatining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya to‘laydi.

8.6. Shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarda yetkazib berilgan gaz haqi
o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, Iste’molchi muddati o‘tgan har bir kun uchun muddati o‘tgan to‘lov summasining 0,5 foizi miqdorida, biroq muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya to‘laydi.


IX. NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI

9.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda tomonlar qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.

Kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni hal etish uchun taraflar belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqlidir.

9.2. Shartnoma shartlarini bir tomonlama rad etish va bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno.

X. FORS-MAJOR HOLATLAR

10.1. Tomonlar:

a) tabiiy ofatlar;

b) magistral gaz quvurlarida va gaz tarmoqlarida, gazni qayta ishlash korxonalari va gaz qazib chiqarish joylarida kutilmagan avariya vaziyatlari yuzaga kelganda javobgarlikka jalb etilmasdan, gaz yetkazib berishni to‘xtatish, qisqartirish yoki qabul qilish huquqiga ega.

10.2. Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, taraflar har qanday aloqa vositasi yordamida bir-birini xabardor qilishi kerak.

10.3. Agar, ko‘rsatilgan holatlar 90 kundan ortiq kun mobaynida saqlanib tursa,tomonlar muzokaralar yo‘li bilan shartnomani kelgusida bajarish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladilar.

XI. ShARTNOMANING AMAL QILIShI

11.1. Ushbu shartnomaga o‘zgartirish va �o‘shimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda taraflar tomonidan imzolanishi kerak.

11.2. Budjet tashkilotlari uchun shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga asosan G‘aznachilik bo‘limi tomonidan majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

11.3. Shartnoma _______ yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan. Shartnomaning muddati tugagandan keyin, agar tomonlardan biri shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilmagan bo‘lsa, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi.

Budjet tashkilotlari uchun shartnoma bir yilga tuziladi, shartnomaning muddati tugagandan keyin, agar tomonlardan biri shartnom??i bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilmagan bo‘lsa, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Budjetdan mablag‘ oluvchilar har yili “______ yil
31-dekabr sanasiga” amal qilishlari lozim.

11.4. Tomonlarning ushbu shartnoma bo‘yicha da’volari da’vo qabul qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan hal etilmagan nizolar javobgarning joylashgan joyidagi Iqtisodiy sud tomonidan hal qilinadi.

XII. YAKUNLOVChI QOIDALAR

12.1. Mazkur shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha yoki shartnoma qoidalari jiddiy buzilgan taqdirda, bir tomonlama tartibda yoxud sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

12.2. Ushbu shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzilgan, har ikkala nusxa bir xil yuridik kuchga ega.

XIII. TOMONLARNING BANK REKVIZITLARI VA MANZILI:

ETKAZIB BERUVChI________________________________________________________________________________

(gaz ta’minoti tashkilotining nomi)

Pochta manzili____________________________________________________________________________________
KTUT kodi_______________________________________________________________________________________
XXTUT _________________________________________________________________________________________
Bog‘lanish telefoni________________________________________________________________________________
To‘lovlar uchun bankning hisobraqami_________________________________________________________________
Bankning nomi______________________________________ FPM________________________________________ STIR___________________________________________________________________________________________
Rahbar___________________________________________________________________________________________

��

(F.I.O.)

Imzo: ___________________________________________________________________________________________

M.O‘.

ISTE’MOLChI_____________________________________________________________________________

(budjet tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning nomi)

Pochta manzili ___________________________________________________________________________________
KTUT___________________________________________________________________________________________
kodi____________________________________________________________________________________________
XXTUT__________________________________________________________________________________________
Bog‘lanish telefoni________________________________________________________________________________
To‘lovlar uchun bankning hisobraqami__________________________________________________________________
Bankning nomi____________________________________________________________________________________
FPM____________________________________________________________________________________________
STIR____________________________________________________________________________________________
Rahbar __________________________________________________________________________________________

(F.I.Sh.)

Imzo: _____________________________________

M.O‘.

Yurist maslahatchi xulosasi: ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________

_________________________

________________________

____________________________

(F.I.Sh.)

(imzo, muhr)

(sana)

Keyingi tahrirga qarang.