25.12.2017 yildagi 1017-son
Hujjat 25.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalarining omborxonalarida tayyor mahsulotlar qoldiqlarining normativlari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 167-son qaroriga 1-ilovadagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi AJ” so‘zlari “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilova 12-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi OAJ” so‘zlari “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning 45-pozitsiyasidagi “Mas’ullar” ustunidagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” so‘zlari “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining ma’naviy eskirgan va eyilgan asbob-uskunalarini jadal yangilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-apreldagi 115-son qarorining 4-bandidagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi OAJ” so‘zlari “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlari va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi OAJ” so‘zlari “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.