13.11.2017 yildagi 912-son
Hujjat 15.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish, sotib olish va ularni olib chiqib ketish tartibiga quyidagi mazmundagi 81-band qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
8-bandning uchinchi xatboshidagi “hisob-kitob-kliring palatasidagi (keyingi o‘rinlarda HKKP deb ataladi) va “Xalq iste’mol tovarlari bilan savdo qilish respublika ko‘rgazma-yarmarka savdo markazi” YoAJdagi o‘zlarining maxsus hisob raqamlaridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
34-bandning birinchi xatboshidagi “HKKPda” so‘zi “Hisob-kitob-kliring palatasida (keyingi o‘rinlarda HKKP deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova 4-bandining uchinchi xatboshidagi “hisob-kitob-kliring palatasidagi va “Xalq iste’moli tovarlari bilan savdo qilish respublika ko‘rgazma-yarmarka savdo markazi” YoAJdagi o‘zlarining maxsus hisob raqamlaridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 4-ilova 4-bandining uchinchi xatboshidagi “hisob-kitob-kliring palatasidagi va “Xalq iste’moli tovarlari bilan savdo qilish respublika ko‘rgazma-yarmarka savdo markazi” YoAJdagi o‘zlarining maxsus hisob raqamlaridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.