13.11.2017 yildagi 907-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq, shuningdek, respublika iqtisodiyotida davlat ishtirokini qisqartirish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning roli va mavqeyini tubdan oshirish, davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Yagona buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 4-bandidagi “tegishli shahar (tuman) hokimi qarori asosida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi, hokim, shuningdek, Yagona buyurtmachi xizmatining ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan Ustavini ham tasdiqlaydi” so‘zlari “belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 10-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’sis etilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 12-bandning o‘ninchi xatboshidagi va 24-banddagi “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” so‘zlari “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 378-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 139-modda) bilan tasdiqlangan Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 6-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.