27.07.2017 yildagi PQ-3149-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agar buyurtmaga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoxud ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron xat bilan davlat ijrochisiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar xatda ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Buyurtmachi buyurtma qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmani o‘zgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlar o‘rnatilgan talablarga muvofiq to‘ldirilmagan va jo‘natilmagan, zakalat puli operatorning bank hisobvarag‘iga to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan, shuningdek, ariza mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan berilgan hollarda operator buyurtmachining elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmasini rad qiladi va bu haqda unga elektron xat bilan bildirishnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning 53-bandida belgilangan tartibda mol-mulkni sotib olish taklif etilgan auksion g‘olibi va oxiridan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan mol-mulk bahosi belgilangan muddatda to‘liq to‘lanmasa.
35. Agar mazkur Nizomning 33-bandi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion o‘tkazilmagan deb topilganligi sababli mol-mulk realizatsiya qilinmagan hollarda mol-mulk mazkur Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy auksionga qo‘yiladi.
Agar mazkur Nizomning 33-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion o‘tkazilmagan deb topilganligi sababli mol-mulk realizatsiya qilinmagan hollarda mol-mulk mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan auksionga qaytadan qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
agar auksion g‘olibi mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga mansubligi auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgunga qadar operatorga ma’lum bo‘lib qolsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Davlat daromadiga (Davlat budjetiga) undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni realizatsiya qilishda, shuningdek, mazkur Nizomning 46-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra takroriy auksion o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda, mol-mulk mazkur Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy auksionga qaytadan qo‘yiladi.
Bunda, har bir qaytadan o‘tkazilgan takroriy auksionda eng past narx 5 foizga kamaytiriladi, mazkur Nizomning 46-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘tkazilmagan deb topilishi munosabati bilan qaytadan o‘tkazilgan takroriy auksionlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtirish vaqtida operatorga auksion g‘olibi mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga mansubligi ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlangan auksion ishtirokchisiga shu mazmundagi xat yuboriladi.
55. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 36, 49 va 53-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lagan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va mol-mulk qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 49 va 53-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lamagan auksion ishtiroklariga, shuningdek, mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga
ELEKTRON BUYuRTMA

1. ___________________________________________________________________________
(yuridik shaxs uchun — to‘liq nomi, yuridik manzili, bank rekvizitlari;

_____________________________________________________________________________
jismoniy shaxs uchun — F.I.Sh., yashash manzili)

(keyingi o‘rinlarda –IShTIROKChI)
Lot raqami:№ _________
Lotning nomlanishi:_______________________________________________
_______________________________________________
_______________________________________ ni sotish
bo‘yicha elektron onlayn-auksion o‘tkazish haqidagi xabarnoma bilan tanishib, elektron onlayn-auksionda qatnashishga__________________________________________________________

(to‘lov hujjati rekvizitlari)

to‘lov hujjati bo‘yicha zakalat pulini to‘lab, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlarni o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) bilan tanishib, _____ yil “______” ____________ da soat ______ da __________ saytida bo‘lib o‘tadigan elektron onlayn-auksionda qatnashish uchun mazkur buyurtmani qabul qilishingizni so‘raydi.
2. IShTIROKChI elektron onlayn-auksionda qatnashishga mazkur buyurtmani taqdim qilib, Qoidalardagi shartlarga roziligini tasdiqlaydi.
3. IShTIROKChI elektron onlayn-auksion g‘olibi deb topilgan taqdirda, auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan lotning auksionda shakllangan narxdagi qiymatini to‘liq to‘lash va to‘lov hujjati nusxasini taqdim etish majburiyatini oladi.
Shuningdek, agar IShTIROKChINING taklifi oxirgidan oldin bo‘lib, g‘olib belgilangan muddatlarda auksion obyekti uchun to‘lovni amalga oshirmagan yoki auksionda ishtirok etish huquqi ega bo‘lmagan taqdirda, IShTIROKChI besh ish kunidan kechiktirmasdan lotning qiymatini to‘lash va to‘lov hujjati nusxasini taqdim etish majburiyatini oladi.
4. IShTIROKChI sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojxona xizmatlari hamda Milliy xavfsizlik xizmati organlarining xodimi emasligini, auksionga qo‘yilgan mulk baholanishi yoki ko‘zdan kechirilishida ishtirok etmaganligini, xorijiy davlat fuqarosi emasligini (yer uchastkasi va yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan auksionda qatnashish uchun buyurtma berishda), Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy pripiskada turishini (Toshkent shahar va Toshkent shahrida joylashgan turar joy ko‘chmas mulkni auksionda realizatsiya qilish uchun buyurtma berishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) tasdiqlaydi.
IShTIROKChI mazkur ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmagan taqdirda, auksion natijalari haqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
5. IShTIROKChI elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan mol-mulk davlat ijrochisining buyurtmasiga asosan sotilayotganligi to‘g‘risida ogohlantirildi hamda davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi yoxud mol-mulk (lot) yoki uning bir qismi elektron onlayn auksiondan olinganligi uchun IShTIROKChIGA yetkazilgan zarar uchun “E-IJRO AUKSION” YaESM operatori javob bermasligi bilan kelishadi.

6. “E-IJRO AUKSION” YaESM operatori tomonidan yuborilgan barcha xatlarni IShTIROKChI o‘zining ______________________________________________________________ elektron
(elektron pochta manzili)

manzili orqali olishini rasman tasdiqlaydi.
7. Zakalat pulini qaytarish uchun IShTIROKChINING bank rekvizitlari:
Bank nomi ____________________________________________________________________
Bank MFOsi __________________________________________________________________
Bank hisob raqami № ___________________________________________________________
8. IShTIROKChINING STIRi:
№ ___________________________________________________________________________
Ilova:
1. Elektron onlayn auksionni o‘tkazish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga ishtirokchi tomonidan zakalat puli o‘tkazilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi.
To‘ldirilgan sana _______________________
Ishtirokchining ERIsi __________________
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni, shu jumladan, mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

MXX (R. Gulyamov), IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Elektron onlayn-auksionlar tashkil etish va o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi operatori o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik Reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev)

4.

Majburiy ijro choralarini qo‘llash va qarzdorning mol-mulkini xatlashda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning likvidligini aniqlash qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev)

II. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK faoliyatini tashkil etish

5.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz deb yuritiladi) Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Markazni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Ustavni tasdiqlash va Markazni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)

6.

Markazni uning faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

15-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

7.

Markazni mebel, kompyuter texnikasi va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

15-avgustga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining kuzatuv kengashi (M. Azimov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev), Markaz

8.

Elektron raqamli imzoni ro‘yxatdan o‘tkazish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur tashkiliy, tashkiliy-texnik va dasturiy-apparat ishlarini o‘rnatilgan talablarga muvofiq amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

20-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

9.

Markazni elektron raqamli imzoni ro‘yxatdan o‘tkazish markazi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma olish

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

III. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasini tashkil etish va mol-mulklarni elektron onlayn-auksionlarda sotish tizimini joriy etish

10.

Ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni va mulkiy huquqlarni elektron onlayn-auksionlarda sotish tizimini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Konsepsiya

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

11.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy-apparat kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik topshiriq

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

12.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun server va boshqa apparat jihozlari, sertifikatlangan dasturiy mahsulotlarni xarid qilish.

Asbob-uskunalarni xarid qilish

2017-yil

10-avgustga qadar

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017-yildagi F–759-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Maxsus komissiya,

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Markaz

13.

Quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

“E-IJRO AUKSION” amaliy dasturiy mahsulotni ishlab chiquvchi tashkilotni tanlab olish;

“E-IJRO AUKSION” amaliy dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

5-avgustga qadar

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017-yildagi F–759-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan �axsus komissiya,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

14.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy kompleksini qabul qilish va tajriba tariqasida foydalanishga topshirish.

Qabul qilish dalolatnomasi

2017-yil

15-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

15.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy-apparat kompleksini sanoatda foydalanishga joriy etish.

Foydalanishga topshirish dalolatnomasi

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

16.

Markazning veb-saytini ishlab chiqish hamda Byuro va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlariga elektron onlayn-auksionlarga qo‘yilgan mol-mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ulardagi ma’lumotlarni yangilab borish imkonini yaratgan holda takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev), Markaz

17.

Aholini elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish va mol-mulklarni sotib olish,shuningdek, elektron raqamli imzoni olish tartibi bilan keng tanishtirishni nazarda tutuvchi ko‘rgazmaviy videoroliklar va boshqa video mahsulotlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, tele- va radiokanallarda joylashtirish va e’lon qilish uchun tayyorlash.

Targ‘ibot materiallarini tayyorlash

2017-yil

20-avgustga qadar

MTRK (X. Mirzaxidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz