Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

Hujjat 13.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
* 1 — 9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Jizzax viloyati hududida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 11-ilovaga* muvofiq ayrim turlarini Jizzax viloyati hokimining qarori bo‘yicha eksport qilishga istisno tariqasida ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Soliq imtiyozlari va preferensiyalari, ularni berish shartlari

Beriladigan muddat

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmoni 3-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga muvofiq “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilariga berilgan soliq imtiyozlarini (boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlardan tashqari) Jizzax viloyatida (Jizzax shahri bundan mustasno) yangidan tashkil etilayotgan sanoat korxonalariga, investitsiya hajmlaridan qat’i nazar, tatbiq etish.

2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha

2.

Jizzax viloyati fermer xo‘jaliklarini paxta va g‘alla yetishtirilayotgan yerlar bo‘y�cha yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilish.

2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha

3.

Jizzax viloyati fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini 5 foiz miqdorida belgilash, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tavsiya etadigan xodimlarning eng kam soni normativlariga rioya etilgan taqdirda.

Jizzax viloyati fermer xo‘jaliklarini paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish uchun mavsumiy ishlarga jalb etiladigan xodimlarning mehnatga haq to‘lash fondi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovdan ozod qilish.

2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha

4.

Jizzax viloyatida joylashgan sanoat sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdorini bekor qilish.

2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha

5.

Arnasoy, Baxmal, Forish, Zafarobod, Zarbdor, Yangiobod tumanlarida, shuningdek Jizzax viloyatining boshqa tumanlari qishloq aholi punktlarida maishiy (sartaroshxona, poyabzal, kiyim-kechak, elektr maishiy priborlar ta’mirlash va boshqalar) xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni belgilab qo‘yilgan soliq to‘lashdan ozod qilish.

2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha

6.

Jizzax viloyatining issiqxonalar tashkil etgan va ularda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan dehqon xo‘jaliklarini va jismoniy shaxslarini quyidagi shartlarda yer solig‘idan ozod qilish, issiqxona maydoni:

jismoniy shaxslar uchun — kamida 100 kvadrat metr;

dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer uchastkasida — kamida 500 kvadrat metr bo‘lganda.

2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha

7.

Jizzax viloyati xalq deputatlari tuman Kengashlariga zarurat bo‘lganda quyidagilar bo‘yicha vakolatlarni berish:

yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar uchun belgilab qo‘yilgan soliqning tasdiqlangan stavkasiga pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash;

tomorqalaridan, shuningdek dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer uchastkalaridan samarasiz foydalanayotgan jismoniy shaxslar uchun yer solig‘i stavkasini ikki baravargacha ko‘paytirish.

2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha

8.

Jizzax viloyati budjet tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish yuzasidan elektron birja savdolari tizimida e’lon bermasdan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan har oyda o‘tkaziladigan hududiy Kooperatsiya birjasi va sanoat yarmarkasi doirasida shartnomalar tuzishga, keyinchalik ularni Moliya vazirligining G‘aznachilik organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berish.

2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha

9.

Jizzax viloyati muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hududiy komissiyasiga soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar to‘lash muddatini 12 oygacha bir marta uzaytirish hamda faoliyatini Jizzax viloyati hududida amalga oshirayotgan korxonalar va fermer xo‘jaliklarining muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan penyani hisobdan chiqarish huquqini berish.

2017-yil 1-iyuldan 2019-yil 1-yanvargacha

10.

Jizzax viloyati fermer xo‘jaliklariga asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili yig‘ib olingandan keyin bo‘shaydigan yer uchastkalarini jismoniy shaxslarga takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun vaqtinchalik foydalanish uchun shartnoma asosida, 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga berish huquqini berish.

2017-yil 1-iyuldan 2019-yil 1-yanvargacha

11.

Quyidagi tartibni belgilash, unga ko‘ra Jizzax viloyatida yashovchi o‘z tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga dehqon xo‘jaliklari uchun belgilangan miqdorda sug‘urta badallari to‘lashi pensiya tayinlashda ish stajini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi.

2017-yil 1-iyuldan 2019-yil 1-yanvargacha

12.

Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun ularning Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichiga o‘tishi munosabati bilan xodimlarining cheklangan soni o‘zgarganda, erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadagi xodimlarning cheklangan sonini kichik tadbirkorlik subyektlari jumlasiga kiritishda qo‘llash huquqi saqlab qolinishini belgilab qo‘yish.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab

Keyingi tahrirga qarang.

1.

Bekenov S.X.

Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Mustafoyev U.M.

Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

3.

Xadjizadayev Sh.R.

Markaziy bank raisining o‘rinbosari

4.

Xolmurodov S.R.

“O‘zmilliybank” raisi

5.

Shayxov A.E.

Savdo-sanoat palatasi raisi

6.

Tursunov Y.E.

Moliya vazirining o‘rinbosari

7.

Usmanov A.A.

Adliya vazirining o‘rinbosari

8.

Safarov T.B.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

9.

Gadoyev E.F.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

10.

Ro‘zmetov M.I.

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

11.

Ximmatov A.X.

Davlat raqobat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

12.

Ikramov A.A.

Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

13.

Sharaxmetov Sh.Sh.

Turizm davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

14.

Raximov B.S.

“O‘zbekenergo” AJ raisining o‘rinbosari

15.

Xoliyarov Y.D.

“O‘zkimyosanoat” AJ raisining o‘rinbosari

16.

Rustamov O.B.

“O‘zbekneftgaz” MXK raisining o‘rinbosari

17.

Xolmurodov A.A.

Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob jamg‘armasi direktori

18.

Ashurov U.M.

“O‘ztransgaz” AK raisining o‘rinbosari

19.

Uralov Sh.

Tashqi savdo vazirligining boshqarma boshlig‘i

20.

Xolmurodov N.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boshqarma boshlig‘i

21.

Xotamov S.

Markaziy bank departament direktorining o‘rinbosari

22.

Abdullayev A.K.

“Jizzax” EIZ direktori

23.

Lavozimiga ko‘ra

tijorat banklari rahbarlari

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi