12.05.2017 yildagi 282-son
Hujjat 22.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda):
28-bandning ikkinchi xatboshiga “Bozor hududida yer uchastkalari ajratishga” so‘zlaridan keyin (dehqon (oziq-ovqat) bozorlari hududida qonun hujjatlariga muvofiq zamonaviy savdo majmualari qurish uchun yer uchastkalari ajratish bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
42-bandning ikkinchi xatboshiga “100 ta va undan ko‘p turg‘un” so‘zlaridan keyin “(dehqon (oziq-ovqat) bozorlari uchun 50 ta va undan ortiq savdo o‘rinlari)” so‘zlari qo‘shilsin;
46-bandning birinchi xatboshidagi “biroq har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdorlardan past bo‘lmagan miqdorda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) O‘zbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalarining 37-bandidagi “biroq har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdorlardan past bo‘lmagan miqdorda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi 213-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 23-bandiga “vaqtincha saqlash” so‘zlaridan keyin “(avtotransport vositalarining dehqon (oziq-ovqat) bozorlarining avtomobillar to‘xtash joyida vaqtincha to‘xtab turishi bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin.