T/r | Faoliyat turi kodlari | Ijaraga beriladigan maydonlardan foydalanish maqsadlari | 1 kv. metr maydon uchun |
Sanoat | |||
1. | 11 200 | Yonilg‘i sanoati | 3 500 |
2. | 13 100 | Kimyo sanoati | 3 500 |
3. | 13 300 | Neft-kimyo sanoati | 3 500 |
4. | 14 100 | Mashinasozlik | 3 500 |
5. | 14 200 | Dastgoxsozlik va asbobsozlik sanoati | 3 500 |
6. | 14 300 | Hisoblash texnikalari sanoati | 3 500 |
7. | 14 400 | Traktorsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi | 2 800 |
8. | 14 500 | Qurilish, yo‘l qurilish va kommunal xo‘jaligi mashinasozligi | 2 800 |
9. | 14 600 | Yengil va oziq-ovqat sanoati mashinasozligi hamda maishiy anjomlar sanoati | 2 800 |
10. | 14 710 | Sanitar-texnologik va gaz uskunalari hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish | 3 500 |
11. | 14 800 | Metall konstruksiyalari va mahsulotlar sanoati | 3 500 |
12. | 14 900 | Mashina va jihozlarni ta’mirlash | 3 500 |
13. | 14 780 | Mashinasozlikning boshqa sohalari | 3 500 |
O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati | |||
14. | 15 100 | Yog‘och mahsulotlarini tayyorlash sanoati | 3 500 |
15. | 15 200 | Yog‘ochni qayta ishlash sanoati | 3 500 |
16. | 15 300 | Sellyuloza-qog‘oz mahsulotlari sanoati | 3 500 |
17. | 16 100 | Qurilish materiallari sanoati | 3 500 |
Yengil sanoat | |||
18. | 17 100 | To‘qimachilik sanoati | 3 500 |
19. | 17 200 | Tikuvchilik sanoati* | 3 500 |
20. | 17 300 | Charm, mo‘yna va poyabzal mahsulotlari sanoati | 3 500 |
21. | 17 900 | Yengil sanoatning boshqa mahsulotlari ishlab chiqarish | 3 500 |
Oziq-ovqat sanoati | |||
22. | 18 100 | Oziq-ovqat sanoati (baliq, go‘sht, yog‘-pishloq va sut mahsulotlari ishlab chiqarishdan tashqari) | 3 500 |
23. | 18 200 | Go‘sht va sut mahsulotlari sanoati | 3 500 |
24. | 18 300 | Baliq mahsulotlari sanoati | 3 500 |
25. | 19 210 | Tegirmonchilik sanoati | 3 500 |
26. | 19 220 | Kombikorm (omuxta yem) sanoati | 2 800 |
27. | 19 700 | Oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlari | 3 500 |
Sanoatning boshqa tarmoqlari | |||
28. | 19 300 | Tibbiyot sanoati | 3 500 |
29. | 19 400 | Poligrafiya sanoati | 9 900 |
30. | 19 740 | Kiyimlarni va gazlamalardan tayyorlangan buyumlarni kimyoviy tozalash, bo‘yash, yuvish va matolarni qayta ishlash* | 4 200 |
31. | 19 900 | Sanoatni xo‘jalik boshqaruvi | 9 900 |
Qishloq xo‘jaligi | |||
32. | 21 100 | O‘simlikshunoslik (shu jumladan issiqxona xo‘jaligi) 1 ga yer maydoni uchun | 1 411 200 |
33. | 21 200 | Chorvachilik va parrandachilik | 1 700 |
34. | 21 300 | Baliqchilik (shu jumladan baliq yetishtirish) 1 ga yer maydoni uchun | 1 411 200 |
35. | 22 200 | Veterinariya xizmatlari | 3 500 |
36. | 22 300 | Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar | 3 500 |
37. | 30 000 | O‘rmon xo‘jaligi (shu jumladan bog‘lar) 1 ga yer maydoni uchun | 1 411 200 |
Transport va aloqa | |||
38. | 51 111 | Yer ustida harakatlanuvchi umum foydalanishdagi temir yo‘l transporti | 3 500 |
39. | 51 121 | Transport infratuzilmalari (avtopark, taksopark, avtomobil to‘xtash joylari, garajlar, avtomobillar yuvish joylari) | 3 500 |
40. | 51 121 | Transport infratuzilmalari (jarima maydonchalari) | 900 |
41. | 51 520 | Aholi buyurtmasiga asosan yuk tashish va boshqa transport-ekspeditsiya xizmatlari | 6 400 |
42. | 52 100 | Pochta aloqa tarmoqlari | 3 500 |
43. | 52 200 | Kuryerlik aloqa tarmoqlari | 7 000 |
44. | 52 300 | Elektr tarmoq aloqasi | 7 000 |
45. | 52 300 | Radio, uyali aloqa va peydjer aloqa xizmatlari (texnik maydonlar va inshootlarni hisobga olgan holda tortqichlar perimetrlari bo‘yicha) | 29 600 |
Qurilish | |||
46. | 60 000 | Qurilish | 3 500 |
47. | 66 000 | Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari | 3 500 |
Savdo va umumiy ovqatlanish | |||
48. | 71 100 | Ulgurji savdo | 9 900 |
49. | 71 130 | Mahsulotlarni (xizmatlarni) qismlab savdo faoliyatini amalga oshiruvchi ulgurji savdo bozorlari | 25 400 |
50. | 71 200 | Chakana savdo | 9 900 |
51. | 71 300 | Umumiy ovqatlanish* | 9 900 |
52. | 71 200 | Kitob do‘konlari* | 1 400 |
53. | 71 400 | Madaniy-maishiy maqsadlardagi hamda xo‘jalik buyumlarini prokatga berish | 9 860 |
54. | 71 500 | Xalq xo‘jaligi mahsulotlari savdo-xarid bo‘yicha dallollik xizmatlari | 15 500 |
55. | 80 000 | Moddiy texnika ta’minoti va yetkazib berish (sbit) | 9 900 |
56. | 82 000 | Ma’lumot-hisoblash xizmatlari | 9 900 |
57. | 82 100 | Internet va kompyuter tarmoqlari orqali xizmatlar ko‘rsatish | 9 900 |
58. | 83 000 | Ko‘chmas mulklar bilan muomala qilish | 9 900 |
59. | 84 300 | Reklama, ko‘rgazmalar xizmatlari | 9 900 |
60. | 84 400 | Auditorlik faoliyati | 9 900 |
61. | 84 500 | Marketing tadqiqotlari, tijorat, moliya va boshqaruv faoliyatlari bo‘yicha maslahatlar | 9 900 |
62. | 85 000 | Geologiya va tabiiy boyliklarni qidirish, geodeziya va gidrometeorologiya xizmatlari | 17 600 |
63. | 87 100 | Tahririyat va nashriyotlar | 5 600 |
64. | 87 300 | Metallolom va ikkilamchi qog‘oz (latta) mahsulotlarini to‘plash joylari | 5 600 |
65. | 90 100 | Turarjoy-kommunal xo‘jaliklari (shirkat obyektlari) | 5 600 |
66. | 90 220 | Mehmonxona xizmatlar� | 11 300 |
67. | 90 300 | Ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi | 5 600 |
68. | 90 300 | Sartaroshxona, fotosalon, modalar atelyesi, poyabzallarni ta’mirlash | 8 500 |
69. | 90 300 | Lombard | 12 700 |
70. | 90 300 | Hammom | 17 000 |
71. | Sauna va basseynlar | 33 900 | |
Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot | |||
72. | 91 510 | Sog‘liqni saqlash (tibbiy xizmat) | 7 000 |
73. | 91 600 | Sayyohlik va dam olish* | 7 000 |
74. | 91 611 | Madaniy ko‘ngilochar markazlar (bilyard, o‘yin avtomatlari, diskoteka va boshqalar) | 11 300 |
75. | 91 700 | Jismoniy tarbiya va sport* | 3 500 |
76. | 71 212 | Dorixonalar**, optika, tibbiyot anjomlari va jihozlar savdo do‘konlari | 5 600 |
Maorif | |||
77. | 92 100 | Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi ma’lumotli kadrlarni tayyorlash (o‘quv kurslari bilan)* | 5 600 |
78. | 92 200 | Ishchilar va xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish* | 4 900 |
79. | 92 310 | Bolalar umumta’lim maktablari (nodavlat ta’lim muassasalari uchun)* | 2 800 |
80. | Ta’lim muassasalarida umumiy ovqatlanishni tashkil etish* | 3 500 | |
81. | 92 400 | Maktabgacha tarbiya (nodavlat ta’lim muassasalari uchun) | 2 800 |
82. | 93 000 | Madaniyat va san’at* | 9 900 |
83. | 93 132 | Ko‘rgazmalar | 8 500 |
84. | 93 145 | Maktabdan tashqari tarbiya* | 2 800 |
85. | 93 160 | Madaniyat va dam olish bog‘lari* | 7 000 |
86. | 93 170 | Botanika bog‘lari va zooparklar* | 7 000 |
87. | 93 180 | Televideniyelar va radioeshittirish redaksiyalari | 7 000 |
88. | 93 620 | Kinostudiyalar, ovoz yozish studiyalari | 11 300 |
89. | 95 000 | Fan va ilmiy xizmatlar ko‘rsatish | 4 200 |
Moliya-kredit faoliyati | |||
90. | 96 000 | Moliya, kredit (sug‘urta va auditorlik faoliyatlaridan tashqari), pensiya ta’minoti | 9 900 |
91. | 96 100 | Bank faoliyati | 9 900 |
Boshqa turdagi faoliyatlar | |||
92. | 96 200 | Sug‘urta | 9 900 |
93. | 97 800 | Sud va yuridik xizmatlar | 8 500 |
94. | 97 820 | Advokatlar kollegiyasi va yuridik maslahatxonalar | 8 500 |
95. | 98 000 | Jamoatchilik birlashmalari | 2 800 |
96. | 80 200 | Omborxonalar | 9 900 |
97. | Davlat tashkilotlariga idora sifatida | 4 200 | |
98. | Xususiy tashkilotlarga idora sifatida | 15 500 | |
99. | Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari | 11 300 | |
100. | Yengil avtomashinalar va boshqa turdagi transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish (shu jumladan vulkanizatsiya) | 11 300 | |
101. | Laboratoriyalar | 7 000 | |
102. | Turli xizmat turlari to‘lovlari (paynet) | 28 300 | |
103. | Madaniy meros obyektlari bino va inshootlarida joylashgan savdo do‘konlari | 15 500 | |
104. | Madaniy meros obyektlar bino va inshootlarida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari | 13 500 | |
105. | Avia kassalar (shu jumladan temiryo‘l, transport va boshqalar) | 15 500 | |
106. | Bankomatlari | 141 300 | |
107. | Non-bulka mahsulotlari tayyorlash | 9 900 |
Namangan viloyati hokimining qarori, 31.12.2015 yildagi 403-son
Kuchga kirish sanasi
31.12.2015
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 186-modda) asosan qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan kiritilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan 2015-yil 23-dekabrda kelishilgan Namangan viloyatida 2016-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi (A. Abdullayev)ga qisqa muddatda viloyatdagi davlat tasarrufida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish yuzasidan avval tuzilgan ijara shartnomalariga mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin.
3. Shahar va tumanlar hokimliklariga hududlardagi davlat tashkilotlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda balanslarida bo‘lgan, foydalanilmay bo‘sh turgan davlat mulklaridan samarali foydalanish, ularni ijaraga berish yuzasidan viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasiga doimiy taklif va ma’lumotlar kiritib borish vazifalari topshirilsin.
4. Viloyat hokimligining matbuot va axborot boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalariga Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasining takliflari asosida viloyatdagi bo‘sh turgan, ijaraga beriladigan davlat tasarrufidagi obyektlar ro‘yxatini ommaviy axborot vositalari orqali bepul yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Namangan viloyati hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 373-sonli qarorining 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari N. Hayitaliyev zimmasiga yuklansin.