27.09.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2793-1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori, 27.09.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2793-1
Kuchga kirish sanasi
03.10.2016
Hujjat 03.10.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“g” kichik banddan “asosiy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
“d” kichik band “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari yoki xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“e” kichik band “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 10 ta maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“j” kichik band “, shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo‘shimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 13-bandning “d”kichik bandi “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari yoki xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
“g” kichik banddagi “bir yil davomida ITMning asosiy shtatida” degan so‘zlar “bir yil “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ITMning shtatida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“d” kichik band “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 3 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoxud tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 17-bandning “d” kichik bandi “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 3 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoxud tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. 18-bandning birinchi xatboshisi “(mazkur band tibbiyot sohasidagi talabgorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
“v” kichik banddan “asosiy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
“g” kichik band “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“d” kichik band “, shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo‘shimcha ravishda 1 ta monografiya nashr ettirgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“j” kichik band “talabasiga” degan so‘zdan keyin “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 nafar magistratura talabasiga)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
“g” kichik band “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun mazkur ro‘yxatdagi ilmiy jurnallarda kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“d” kichik band “, shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo‘shimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
“b” kichik band “3 yillik” degan so‘zlardan keyin “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 yillik)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“v” kichik banddagi “bir yil davomida ITMning asosiy shtatida” degan so‘zlar “bir yil “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ITMning shtatida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“g” kichik band “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 1 ta monografiya va kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola chop ettirgan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.