27.02.2016 yildagi 57-son
Hujjat 09.03.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) 4-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zmarkazimpeks” DTSAK, “O‘zsanoatmashimpeks” DTSAK, “Markazsanoateksport” DTSAK, “O‘zinterimpeks” DTSAK, “O‘ztashqitrans” DAK, “O‘zbekiston Respublikasi “O‘rta Osiyo Trans” XAYuT DAK” so‘zlari “O‘ztadbirkoreksport” AJ, “O‘zsanoateksport” AJ, “O‘rta Osiyo Trans” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari yuzasidan monitoringni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi ikkinchi xatboshidagi “O‘zmarkazimpeks” DTSAK, “O‘zsanoatmashimpeks” DTSAK, “Markazsanoateksport” DTSAK, “O‘zinterimpeks” DTSAK, “O‘ztashqitrans” DAK, “O‘zbekiston Respublikasi “O‘rta Osiyo Trans” XAYuT DAK” so‘zlari “O‘ztadbirkoreksport” AJ, “O‘zsanoateksport” AJ va “O‘rta Osiyo Trans” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizom 1-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qaroriga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qaroriga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) qarorning nomidagi “tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining o‘rinbosarlari” so‘zlari “tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining o‘rinbosarlari” so‘zlari “tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
8. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 9-ilova 4-pozitsiyasining “Kasbiy tavakkalchilik klasslari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlari) ustunidagi “kompaniyalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 16-maydagi 136-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarorini” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarorini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “mas’uliyati cheklangan jamiyat” so‘zlari “aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovadagi “MChJ” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
a) 8-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zsanoatmashimpeks” DAK” so‘zlari “O‘zsanoateksport” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova nomidagi “O‘zsanoatmashimpeks” DAK” so‘zlari “O‘zsanoateksport” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2018-yillarda Orol halokati oqibatlarini yengillashtirish, Orolbo‘yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning kompleks dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 29-avgustdagi 255-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 35-son, 469-modda) 7b-ilova 3-pozitsiyasining “Bajaruvchilar/sheriklar” ustunidagi “O‘zmarkazimpeks” DTSAK” so‘zlari “O‘ztadbirkoreksport” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.