14.12.2000 yildagi 160-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 04.01.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari qonunlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatiga va maqomiga, shuningdek, hujjatlarning turlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi.