LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 52-moddaning to‘qqizinchi qismidagi “va qat’iy belgilangan soliqni” degan so‘zlar “qat’iy belgilangan soliqni va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
yuridik shaxslar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organi tomonidan ularga yuboriladigan soliq qarzini to‘lash to‘g‘risidagi talabnoma;
jismoniy shaxslar uchun, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, — soliq majburiyatlarini bajarish muddatlari tugaganidan keyin davlat soliq xizmati organining jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi, bundan soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lgan hollar mustasno”;
birinchi va ikkinchi qismlari “yuridik shaxs” degan so‘zlardan keyin “shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismidagi “Soliq to‘lovchi” degan so‘zlar “Yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud hujjatlari asosida sud ijrochilari tomonidan qo‘llaniladi va ularga ushbu Kodeks 63 — 65-moddalarining qoidalari tatbiq etilmaydi, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno”;
5) 84-moddaning to‘qqizinchi qismidagi “depozitariylarda ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar “o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga quyidagi hollarda murojaat qilishga haqli:
soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilinganda yoki daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilganda;
soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda”;
7) 114-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “qiymati” degan so‘z “qiymatining 20 foizi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“19) bankning, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq to‘lash”;
10) 147-moddaning 13-bandidagi “145-moddasida” degan so‘zlar “143 va 145-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“yuridik shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aksiyalar mustasno), ulushlari (paylari)”;
o‘ninchi — yigirma ikkinchi qismlari tegishincha to‘qqizinchi — yigirma birinchi qismlar deb hisoblansin;
o‘n to‘qqizinchi — yigirma birinchi qismlari tegishincha o‘n sakkizinchi — yigirmanchi qismlar deb hisoblansin;
o‘n sakkizinchi qismidagi “o‘n ikkinchi, o‘n beshinchi, o‘n oltinchi va o‘n sakkizinchi qismlarida” degan so‘zlar “o‘n birinchi, o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n yettinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ortiqcha to‘langan summasini qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi to‘lov manbaida ushlab qolinmagan yoki O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnoma qoidalarining g‘ayriqonuniy tarzda qo‘llanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoxud to‘liq ushlab qolinmasligiga sabab bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidenti yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ushlab qolinmagan summasini va u bilan bog‘liq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritishi shart”;
“4) ta’tilga qo‘shimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 178-moddasining 16-bandida nazarda tutilmagan moddiy yordam”;
“bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan beriladigan to‘lovlar”;
“ushbu Kodeksning 178-moddasida ko‘rsatilgan boshqa hollarda, — soliq davri uchun eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda”;
“qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini)”;
30-bandining uchinchi xatboshisi “quruvchi shaxslar” degan so‘zlardan keyin “shuningdek ularning mazkur kreditlar bo‘yicha birgalikdagi qarz oluvchi bo‘lgan oila a’zolari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
19) 186-modda beshinchi qismining uchinchi jumlasidagi “Ma’lumotnoma yoki identifikatsiya raqami keyinchalik taqdim etilgan taqdirda” degan so‘zlar “Ma’lumotnoma va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Yil yakunlari bo‘yicha hisoblangan va amalda to‘langan daromadlarning summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi”;
“5) yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan investitsiya vositachilarining qimmatli qog‘ozlar depo-hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish”;
“issiq suv ta’minoti (hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmagan taqdirda) va markaziy isitish uchun tasdiqlangan iste’mol normalaridan ortiq miqdorda aholiga yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi bo‘yicha”;
“Soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha to‘langan summasi ushbu Kodeksning 10-bobiga muvofiq soliq to‘lovchiga qaytariladi.
Hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.
Hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining soliq davri yakunlariga ko‘ra hisoblangan soliq summasidan ortiqchaligi saqlanib qolgan taqdirda, ushbu ortiqcha summa keyingi soliq davriga o‘tkaziladi va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.
Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot hisobidan hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi quyidagi ketma-ketlikda qaytariladi:
ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi qoplanadi;
Ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplash yoki soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud soliq qarzini qoplash ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mazkur moddaning beshinchi qismiga muvofiq qaytarilgandan keyin saqlanib qolgan nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot hisobidan hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida uning bank hisobvarag‘iga, agar mazkur ariza ortiqcha summa hosil bo‘lgan hisobot davri tugaganidan keyin o‘n ikki oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan tartibda qaytarilishi mumkin”;
“Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish to‘g‘risidagi yozma arizani ko‘rib chiqish, qaytarilishi lozim bo‘lgan ortiqcha summani aniqlash va mablag‘larni soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga ushbu moddaga muvofiq o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi”;
“Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi”;
“Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi”;
“Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan yer solig‘i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 290-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
“Yer solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi”;
“Hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda bo‘lgan soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi”;
“Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yil yakunlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallariga doir hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi”;
to‘rtinchi qismidagi “keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay” degan so‘zlar “hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallarini yiliga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligining boshlig‘i sug‘urta badallarini majburiy tartibda, boshqa a’zolari esa, ixtiyoriylik asosida to‘laydi. Belgilangan miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi”;
“28) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — investorlarning, qimmatli qog‘ozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi da’volar yuzasidan”;
“38) yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish chog‘ida buyurtmachining vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq qaysi yuridik shaxsning zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs — qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi quruvchilar bilan nizolarni hal etish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
39) qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, o‘sha tijorat banklari — qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha”;
“20) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — investorlarning, qimmatli qog‘ozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi da’volar bo‘yicha”;
“Ushbu Kodeks 352-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etmagan holda qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy asosda to‘lashga o‘tishga hisobot yili boshlanishidan e’tiboran haqlidir”;