LexUZ sharhi
Ushbu Konvensiyaning 2-moddasida bayon etilgan asosiy majburiyatlarga muvofiq, ishtirokchi davlatlar irqiy kamsitishni uning barcha shakllarida taqiqlash va yo‘qotishga hamda har bir odamning irqi, tana rangi, milliy yoki etnik nasabidan qat’i nazar, ayniqsa quyidagi huquqlarni amalga oshirishga nisbatan qonun oldida teng huquqligini ta’minlash majburiyatini oladilar:
3. Qo‘mita unga berilgan masalani ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq umumiy tan olingan xalqaro huquq prinsiplariga binoan huquqiy himoyaning hamma qulay ichki vositalari sinab ko‘rildi va mana shu holda tugadi, deb belgilangandan keyin ko‘rib chiqadi. Bu qoida shu vositalarni qo‘llash nihoyatda cho‘zilib ketganida harakat qilmaydi.
5. Kotibiyat Konvensiya 10-moddasining 3-bandiga muvofiq ta’minlanib, agar Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari o‘rtasidagi bahs Komissiya tuzishga olib kelsa, shu Komissiyaga ham xizmat qiladi.
3. Ushbu moddaning 2-bandida ko‘zda tutilgan davr o‘tishi bilan qo‘mita raisi Komissiya ma’lumotini hamda manfaatdor ishtirokchi davlatlarning arizalarini Konvensiyaning boshqa ishtirokchi davlatlariga jo‘natishi kerak.
2.Ushbu moddaning 1-bandida ko‘zda tutilgan arizani bergan har qanday ishtirokchi davlat o‘zining milliy huquqiy tizimi doirasida o‘zlarini ushbu Konvensiyada bayon etilgan huquqlardan biri buzilishining qurboni deb va huquqiy himoyaning boshqa mavjud mahalliy vositalaridan foydalanib bo‘lgan ayrim shaxslar va shaxslar guruhlarining arizalarini o‘z huquqiy darajasida qabul qilish va ko‘rib chiqish vakolati bo‘lgan organni ta’sis etishi yoki ko‘rsatishi mumkin.
3. Ushbu moddaning 1-bandiga binoan berilgan ariza shuningdek ushbu moddaning 2-bandiga binoan ta’sis etilgan yoki ko‘rsatilgan har qanday organning nomi tegishli ishtirokchi davlat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlanish uchun topshirilmog‘i kerak, Bosh kotib ularning nusxalarini qolgan ishtirokchi davlatlarga jo‘natmog‘i lozim. Ariza istalgan vaqtda bu haqda Bosh kotibga bildirish yo‘li bilan qaytarib olinishi mumkin, lekin bu qo‘mita ko‘rib chiqayotgan axborotlarga aslo ta’sir etmasligi kerak.
4. Petitsiyalarning ro‘yxati ushbu moddaning 2-bandiga binoan ta’sis etilgan yoki ko‘rsatilgan organ tomonidan tuzilib, bu ro‘yxatning tasdiqlangan nusxalari har yili tegishli yo‘llar orqali Bosh kotibga topshiriladi, bunda ularning mazmuni oshkor qilinmasligi kerak.
5. Agar petitsiyachi ushbu moddaning 2-bandiga binoan ta’sis etilgan yoki ko‘rsatilgan organ harakatlaridan qoniqmasa, u olti oy mobaynida mazkur masalani qo‘mitaga o‘tkazish huquqiga ega.
2. a) Ushbu Konvensiya 8-moddasining 1-bandiga binoan ta’sis etilgan qo‘mita petitsiyalarning nusxalarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining shu Konvensiyaning prinsiplari hamda maqsadlariga bevosita taalluqli bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanadigan organlaridan oladi va ularda qaralayotgan petitsiyalar (agar ular vasiylikdagi va o‘zini o‘zi boshqarmaydigan hududlarda yashaydigan shaxslardan kelsa, ularga nisbatan 1514 (XV)-rezolyutsiya qo‘llaniladigan bo‘lsa va bu petitsiyalar ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan masalalarga tegishli bo‘lsa) bo‘yicha ularga fikr va tavsiyalar beradi.
b) Qo‘mita Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolatli organlaridan ushbu Konvensiyaning prinsiplari va maqsadlariga bevosita aloqador hamda ushbu bandning “a” kichik bandida eslatib o‘tilgan hududlarda idora etuvchi Davlatlar tomonidan o‘tkazilayotgan qonunchilik, sud, ma’muriy va boshqa tadbirlarga tegishli ma’ruzalarning nusxalarini oladi, shuningdek bu xususda o‘z fikrini bildiradi va shu organlarga tavsiyalar beradi.
1. Ushbu Konvensiya Konvensiya 17-moddasining 1-bandida ko‘rsatilgan har qanday davlatning qo‘shilishi uchun ochiqdir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, ushbu Konvensiyaning 17-modda 1-bandida eslatib o‘tilgan barcha davlatlarga quyidagi ma’lumotlarni xabar beradi:
a) 17 va 18-moddalarga muvofiq imzolash, ratifikatsiya qilish va qo‘shilish to‘g‘risida;
b) 19-moddaga muvofiq ushbu Konvensiyani amalga kiritish sanasi to‘g‘risida;
s) 14, 20 va 23-moddalarga muvofiq olingan axborotlar va Deklaratsiyalar to‘g‘risida;
d) 21-moddaga muvofiq bekor qilishlar to‘g‘risida.