(1) Talabnoma beruvchi har bir ko‘rsatilgan idoraga ustuvorlik sanasidan e’tiboran 30 [1] oydan kechikmay xalqaro talabnomaning nusxasini (yuborish 20-moddaga ko‘ra amalga oshirilgan hollar bundan mustasno) va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etadi, shuningdek milliy bojni (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) to‘laydi. Agar ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi ixtirochi nomini va u to‘g‘risidagi belgilangan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatib o‘tishni talab qilsa, ammo ushbu ma’lumotlarni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga yo‘l qo‘ysa, talabnoma beruvchi mazkur ma’lumotlarni, agar ular arizada mavjud bo‘lmasa, ushbu davlatning milliy idorasiga yoki ushbu davlat nomidan amal qiladigan milliy idoraga ustuvorlik sanasidan e’tiboran 30 [1] oydan kechikmay taqdim etadi.
(vi) Ittifoq dasturini belgilaydi, uning uch yillik budjetini [2]qabul qiladi va moliyaviy hisobotlarini tasdiqlaydi;
(10) Ijroiya qo‘mita tuzilishiga qadar Assambleya dastur va uch yillik [3] budjet doirasida Bosh direktor tomonidan tayyorlangan yillik dasturlar va budjetlarni qabul qiladi.