18.01.2000 yildagi 16-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2017
Hujjat 18.01.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur Vaqtinchalik Nizom (keyingi o‘rinlarda “Nizom” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqaruvchi tashkilotlar kapital ta’mirlashga ajratmalar me’yorlarini har yili ko‘p kvartirali uyning haqiqiy holatini hisobga olgan holda uy-joyga qarash va ta’mirlash uchun tushuvchi “a”, “b” va “v” kichik bandlarda ko‘rsatilgan mablag‘larning kamida 30 foizi va 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlarida (belgilangan miqdorda) va “g” kichik bandida (to‘liq miqdorda) nazarda tutilgan manbalardan boshqaruvchi tashkilotning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga tushuvchi mablag‘lar har oyda to‘plash hisob raqamiga o‘tkaziladi.
“D”, “e” va “j” kichik bandlarda nazarda tutilgan manbalardan tushuvchi mablag‘lar bevosita to‘plash hisob raqamiga o‘tkaziladi.
4-bandning “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan manbalardan belgilangan miqdorda tushgan mablag‘lar tegishli ko‘p kvartirali uyning shaxsiy hisob raqamlari (kartochkalari) bo‘yicha tarqatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Yuridik shaxslarning hisob raqamlarida mablag‘i yetarli bo‘lmagan taqdirda, ularni hisobdan chiqarish ketma-ketligi, Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘chirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) asosan amalga oshiriladi. Qonunbuzilishning xususiyatidan kelib chiqib, aybdor shaxslar fuqarolik-huquqiy, jinoiy, ma’muriy, intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
13. Kapital ta’mirlash uchun jamg‘arma depozit hisob raqamlariga o‘tkazilgan va yil oxirigacha foydalanilmagan ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar, yillik foiz stavkalarini hisobga olgan holda, mablag‘larni to‘plash hisob raqamida jamlanadi va olib qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.