04.03.2002 yildagi 77-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2006
Hujjat 04.03.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar sifatiga qo‘yilgan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy-texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishni, shuningdek mamlakatning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 19-fevraldagi 71-son qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 360-son, 1992-yil 9-sentabrdagi 419-son va 1992-yil 8-dekabrdagi 570-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi (keyingi o‘rinlarda “Muvofiqlashtirish Kengashi” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.