O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 191-modda)
qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 19-son, 191-modda) ishlab chiqilgan bo‘lib, po‘lat eritish korxonalarida xavfsizlik talablarini belgilaydi.
91. Mazkur Qoidalarning 76-(birinchi bandi),
77 — 83-bandlari talablari elektr yoyli pechlarga materiallar yuklash jarayonlariga ham taalluqlidir.
112. Kislorod quvurlaridagi olovli ishlar ushbu Qoidalarning 603 — 605-bandi talablariga asosan naryad-ruxsatnoma bo‘yicha va mutaxassislarning uzluksiz kuzatuvi ostida bajarilishi kerak.
183. Bug‘latib sovutish tizimini ta’mirlash ishlari ushbu Qoidalarning 603 — 605-bandi talablariga binoan naryad-ruxsatnoma asosida va faqat tizimdan bug‘ bosimi tushirilgandan so‘ng bajarilishi lozim. Zarur hollarda, ta’mirlash bo‘yicha ishlarni tizim texnik suv bilan sovutishga o‘tkazilgandan keyin bajarish lozim.
313. Pech vannasiga kislorod beruvchi furmaning yuritmasi ushbu Qoidalarning 237-bandi talablariga muvofiq furmani ish bo‘shlig‘idan chiqarilishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmalariga ega bo‘lishi lozim. Furma ko‘tarilayotgan paytda kislorod berilishi avtomatik tarzda to‘xtashi lozim.
327. Oson alangalanuvchi kukunsimon materiallar va ularning asosida tayyorlangan aralashmalarning* (bundan buyon — material va aralashmalar deb ataladi) texnik hujjatlarida va texnologik yo‘riqnomalarda quyidagi tavsiflar keltirilgan bo‘lishi kerak:
328. Oldingi, ya’ni 327-bandda ko‘rsatilgan tavsiflarni (yonish jarayonining hisoblangan solishtirma issiqligi va haroratidan tashqari) hamda material va aralashmalardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosani tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar beradi. Yonish jarayonining solishtirma issiqligi va harorati ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan aniqlanadi.