O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek eksport operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2011-yil 1-oktabrdan boshlab “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmining bosqichma-bosqich joriy etilishi tajriba tariqasida ro‘yobga chiqarilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bir vaqtning o‘zida, tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, gigiyena sertifikatlarini berish va bojxonada rasmiylashtirish bilan birga, “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmini joriy qilish uchun mas’ul organ etib belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-dekabrdagi 414-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 604-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy banki tegishli sertifikatlarni berish uchun va “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha vakolatli banklar bo‘limlari uchun kamida ikki nafar vakolatli vakilning faoliyat yuritishini ta’minlasinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2012-yil 1-aprelgacha barcha xizmatlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini nazarda tutgan holda onlayn rejimida eksport operatsiyalarni bojxonada rasmiylashtirishning birxillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha zarur tayyorgarlik chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksport operatsiyalarini rasmiylashtirish mexanizmini joriy etish natijalari to‘g‘risidagi tahliliy axborotni hamda tegishli qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni 2012-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining barcha tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga 2012-yil 1-apreldan boshlab onlayn rejimida elektron shakldagi hujjatlarni taqdim etgan holda “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom bir vaqtning o‘zida, tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, gigiyena sertifikatlarini berish va bojxonada rasmiylashtirish bilan birga, “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-dekabrdagi 414-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 604-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Eksport tovarlarini sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish tartibotlaridan o‘tish sxemasi ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Ushbu Vaqtinchalik nizom qonun hujjatlarida belgilanadigan tovarlarning alohida toifalarini eksport qilish uchun qo‘shimcha ruxsatnoma hujjatlari (litsenziya, ruxsatnoma) olish bilan bog‘liq bo‘lgan eksport tartibotlarini amalga oshirish mexanizmiga joriy etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
“bir darcha” tamoyili — tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, gigiyena sertifikatlarini berish va eksport qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish (keyingi o‘rinlarda sertifikatsiyalash va bojxona rasmiylashtiruvi deb yuritiladi) uchun eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirishning soddalashtirilgan mexanizmi, bunda arizachi arizaning yagona shaklini to‘ldiradi va uni zarur hujjatlarni ilova qilgan holda “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksport tartibotlarini rasmiylashtirish joriy etiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida (keyingi o‘rinlarda TIF bojxona postlari deb yuritiladi) faoliyat yurituvchi manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakolatli vakillariga taqdim etadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-dekabrdagi 414-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 604-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
arizaning yagona shakli — sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish uchun hujjatlarni berishda arizachi tomonidan to‘ldiriladigan shakl.
3. Arizachi eksport qilinadigan tovarlarni sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish uchun ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq yagona shakl bo‘yicha arizani to‘ldiradi.
4. TIF bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekekspertiza” OAJ (keyingi o‘rinlarda vakolatli sertifikatsiya organlari deb ataladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining vakillari doimiy ravishda faoliyat yuritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
6. Birinchi bosqichda arizachi oladigan sertifikatning turiga qarab TIF bojxona postlaridagi vakolatli sertifikatsiya organlariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yagona shakldagi arizani taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi “O‘zekspertiza” AJ):
(6-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
eksport qilinadigan tovarni tayyorlovchi, ishlab chiqarishda foydalanilgan xomashyoning kelib chiqishi va komponentlari (xomashyo yetkazib berishga shartnomalar, schyot-fakturalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari;
Tovarlar kelib chiqqan mamlakatni, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan import qilingan komponentlar, xomashyo-materiallar, butlovchi va ehtiyot qismlarni aniqlash bo‘yicha murojaat qilingan taqdirda — yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
materiallar va qo‘shilgan qiymatning foizdagi ulushini aniqlash uchun tovarning tannarxi hisob-kitobi;
tovar pozitsiyasining tovarni qayta ishlash natijasida yuzaga kelgan birinchi to‘rtta belgisidan biri darajasida TIF TN bo‘yicha o‘zgarishini asoslab berish;
b) veterinariya sertifikatini olish uchun (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi):
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
v) fitosanitariya sertifikatini olish uchun (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi):
(6-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)
Keyingi tahrirga qarang.
import qiluvchi mamlakatning (alohida mamlakatlar uchun hukumatlararo bitimga asosan) import qilishga karantin ruxsatnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) gigiyena sertifikatini olish uchun (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi):
Keyingi tahrirga qarang.
Davlatlararo standart (GOST), O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O’zDSt)ga mos bo‘lgan tovarni sertifikatsiyalashni tartibga soladigan normativ hujjat nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va ularda uchraydigan nomuvofiqlikni aniqlash uchun ularni darhol ko‘rib chiqadilar;
kamchiliklar aniqlanganda arizachiga yagona shakldagi arizada kamchiliklarni ko‘rsatgan holda kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni qaytaradilar.
8. Vakolatli sertifikatsiya organlari vakillari ariza qabul qilingan kun mobaynida, eksport uchun mo‘ljallangan tovarlardan belgilangan tartibda namunalar oladilar va tovarlar namunalarini hamda hujjatlarni tegishli sinov laboratoriyalariga va/yoki vakolatli organlarga yuboradilar.
9. Eksportga mo‘ljallangan tovarlar uchun laboratoriya sinovlari, ekspertizadan o‘tkazish va tegishli sertifikatlar berish muddati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari, ko‘pi bilan 3 ish kunini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va boshqa tegishli sertifikatlarni berish muddati 5 ish kunidan oshmaydi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
10. Laboratoriya sinovlari yakunlari bo‘yicha ijobiy natija olingan taqdirda vakolatli sertifikatsiya organlari vakillari bir ish kuni mobaynida arizachiga bevosita TIF bojxona postida tegishli sertifikatlarni beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ikkinchi bosqichda arizachi eksport uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun davlat bojxona xizmati organlari xodimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kontrakt (shartnoma, bitim), tegishli vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja kontaktlari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
yukning bojxona deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish yo‘li bilan tovarlarni deklaratsiyalash hollari bundan mustasno;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-dekabrdagi 414-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 604-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va ularda uchraydigan nomuvofiqlikni aniqlash uchun ularni darhol ko‘rib chiqadi;
kamchiliklar aniqlanganda arizachiga yagona shakldagi arizada kamchiliklarni ko‘rsatgan holda kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son va “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmonlariga 1-ilovalarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada nazarda tutilgan tovarlar uchun eksport kontraktlari (qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmatlari organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Davlat bojxona xizmati organi xodimi eksport qilinadigan tovarlarning yuklab jo‘natishga tayyorligiga qarab, ularni va transport vositalarini bojxona tekshiruvidan o‘tkazadi, shuningdek eksport qilinadigan tovarlarni va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini bir ish kuni mobaynida amalga oshiradi.
15. Vakolatli sertifikatsiya organlari va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mazkur Vaqtinchalik nizomning 6 va 11-bandlarida ko‘rsatilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
16. Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishda vakolatli sertifikatsiya organlari va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan yagona shakldagi arizada ilgari bayon qilinmagan yangi e’tiroz bilan da’vo bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Arizachidan sertifikatsiya va bojxonada rasmiylashtirish hujjatlari vakolatli sertifikatsiya organlari hamda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan butun ish kuni (soat 9:00 — 18:00) davomida qabul qilinadi.
18. Mazkur Vaqtinchalik nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-dekabrdagi 414-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 604-modda)
“Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Bojxona postlari nomi | Post kodi | Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari |
“Nukus” TIF | 35002 | Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi |
“Andijon” TIF | 03011 | Davlat bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi |
“Buxoro-2” TIF | 06006 | Davlat bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarmasi |
“Jizzax” TIF | 08004 | Davlat bojxona qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi |
“Qashqadaryo” TIF | 10001 | Davlat bojxona qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi |
“Tinchlik” TIF | 12001 | Davlat bojxona qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi |
“Namangan” TIF | 14010 | Davlat bojxona qo‘mitasining Namangan viloyati boshqarmasi |
“Samarqand” TIF | 18005 | Davlat bojxona qo‘mitasining Samarqand viloyati boshqarmasi |
“Guliston” TIF | 24009 | Davlat bojxona qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi |
“Termiz” TIF | 22005 | Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi |
“Chirchiq” TIF | 27014 | Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi |
“Vodiy” TIF | 30003 | Davlat bojxona qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi |
“Urganch” TIF | 33007 | Davlat bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi |
“Toshkent-tovar” TIF | 26002 | Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi |