O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 191-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjat sifatida e’tirof etilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin va ko‘paytirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 27-oktabrdagi 231-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarning sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 191-modda) qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
1. Mazkur Yo‘riqnoma qozonxonalarda uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asboblarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash va ulardan foydalanishga nisbatan talablarni belgilaydi.
2. Mazkur Yo‘riqnoma foydalanishda bo‘lgan, loyihalashtirilayotgan va qayta jihozlanayotgan qozonxonalarga tegishlidir.
ish zonasi — ishlovchilar muntazam yoki muntazam bo‘lmagan (vaqtincha) holda ishlaydigan, yerdan 2 m balandlikdagi chegaralangan joy yoki maydoncha.
muntazam ish joyi — ishlovchilar ish vaqtining katta qismi (50 foizdan ortiq yoki uzluksiz 2 soatdan ortiq) davomida ishlaydigan ish joyi. Bunda ish zonasining turli punktlarida ishlar bajariladigan hollarda, butun ish zonasi muntazam ish joyi hisoblanadi.
qozonxonalar havosida uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish tizimi — gaz tipi va konsentratsiyasi miqdori darajasini aniqlash, gaz konsentratsiyasi miqdorining chegaralangan miqdorlar bilan taqqoslanishi, yorug‘lik, ovozli signalizatsiyalar va tashqi bajaruvchi qurilmalar uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqarilishini ta’minlovchi, o‘zaro konstruktiv bog‘liq bo‘lgan texnik elementlar.
5. Qozonxonalar havosida uglerod oksidining yuqori miqdorlarda paydo bo‘lishining asosiy sabablari havo tortuvchi dudburonlar tortish imkoniyatlarining quyidagi vaziyatlarda sodir bo‘ladigan buzilishidan iborat:
qozon o‘txonasida yonuvchi goryelka, goryelka tonnelining emirilishi, yonilg‘ining havo bilan aralashmasi paydo bo‘lish jarayonining buzilishi natijasida dud tortish o‘lchamidagi tebranishlar;
dudburoni umumiy bo‘lgan qozonlarning gaz traktlarida bosimlarning biror bir qozon o‘chirilganda o‘zaro ta’siri;
dudburon yo‘llariga yer osti suvlari (yoki boshqa kommunikatsiyalar orqali suvlar) tushishidan emirilishi;
qattiq yoki suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan qozonlarning qizuvchi yuzalaridagi qurumlarning yonib ketishi;
“gaz-havo” bosimlar nisbatlarining sozlagichlari, o‘txonadagi dud tortish, issiqlik kuchlanishi asboblari va sozlagichlaridagi nuqsonlar;
qozonxonalarda yonilg‘ining yonishi uchun havo ushbu xonadan olingan hollarda, kiruvchi havo ventilatsiyasi ishining buzilishi natijasida havo so‘rilishi paydo bo‘lishi;
o‘txonasi havo purkash orqali ishlaydigan qozonlar obmurovkasi va garniturasida gaz zichligi buzilishi;
yonish jarayoni avtomatlashtirilgan holda boshqariladigan asboblarni sozlash dasturida ko‘zda tutilgandan farqlanadigan yonish issiqligiga ega bo‘lgan yonilg‘i tipiga o‘zgarishi;
6. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qiluvchi asbob konstruksiyasi GOST 13320-81 talablariga muvofiq bo‘lishi zarur.
7. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qiluvchi asboblar ish zonasidagi uglerod oksidi miqdorini GOST 12.1.005-88 bilan belgilangan talablarga muvofiqligi konsentratsiya chegaralaridan oshib ketishi to‘g‘risida xabar beruvchi signalizatsiya orqali uzluksiz nazorat qilib turilishi zarur.
Uglerod oksidi miqdori darajasini nazorat qiluvchi asboblarning sezgirligi uglerod oksidini tanlab olish turiga muvofiq bo‘lishi hamda boshqa toksik va yonuvchan gazlarga nisbatan sezgirligi mavjud bo‘lmasligi zarur.
8. Signalizatsiya ish zonasidagi uglerod oksidi konsentratsiyasining ikkita bosqichi (darajalari) doirasida ishlab ketishi zarur.
Birinchi bosqich “Porog — 1” chegarasi ish zonasida uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdori 20 ± 5 mg/m3 ga teng bo‘lgan (PDK r.z. — ish zonasidagi konsentratsiyaning ruxsat berilgan eng yuqori chegarasi)da ishlab ketishi zarur bo‘lib, bunda uzilish bilan ishlaydigan yorug‘lik signali ishga tushadi.
Ikkinchi bosqich “Porog — 2” signalizatsiyasi uglerod oksidi konsentratsiyasi 95 — 100 mg/m3 (5 PDK r.z.) ga yetganda ishlab ketishi ko‘zda tutilib, bunda to‘xtovsiz ishlaydigan yorug‘lik va ovozli signal ishga tushadi.
Uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qiluvchi asbob ish rejimi uglerod oksidi konsentratsiyasi PDK r.z. dan kamayganda, “Porog — 1” signalizatsiyasi avtomatlashtirilgan holda uzib qo‘yilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur. Uglerod oksidi 2 PDK r.z. dan yuqori bo‘lmagan darajada operator “Porog — 2” ovozli signalizatsiyani “Sbros” tugmachasini bosish orqali o‘chirishi mumkin, bunda konsentratsiya ruxsat berilgan chegaralarga yetganda yorug‘lik signalizatsiyasi avtomatik ravishda o‘chadi.
9. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asbobi, qozonxonadagi havoda uglerod oksidi konsentratsiyasini nazorat qilishning loyihada qabul qilingan sxemasidan kelib chiqib, muntazam ish joylarida uglerod oksidining konsentratsiyasi normal holgacha yetishi ta’minlanguncha avariyaviy ventilatsiyani ishga tushirishi (o‘chirishi) yoki qozon (qozonlar)ga yoqilg‘i uzatishni avtomatik ravishda o‘chirish dasturiga ega bo‘lishi zarur.
10. Uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qiluvchi bir necha asboblariga ulangan ovozli va yorug‘lik signalizatsiyalari umumiy pultga ulangan bo‘lishi zarur.
11. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asboblarining tuzilishi portlash xavfi bo‘lmagan zonalarga o‘rnatiladigan elektr jihozlariga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi zarur. Bunda konstruksiyasining xavfsizligi GOST 12.2.007.0-75 muvofiq bo‘lishi zarur.
12. Gaz yoqilg‘i tizimining ijro mexanizmlariga ulanadigan uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asboblaridan faqat, ularning sifati to‘g‘risidagi hujjat mavjud hollarda foydalanish mumkin.
14. Ish zonasidagi havoda uglerod oksidi konsentratsiyasini nazorat qilish tizimining xizmat qilish muddati kamida 10 yilga teng bo‘lishi zarur.
15. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asboblarining foydalanish tavsifnomalari xonadagi havo harorati 0 dan +50° S gacha bo‘lganda normal holda ishlashini ko‘zda tutishi lozim.
16. Muntazam ravishda xodimlar ishlaydigan qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish asboblarining datchiklari yerdan yoki ish maydonchasidan 150 — 180 cm masofada, ish smenasi davomida operator eng ko‘p turishi mumkin bo‘lgan joyda o‘rnatiladi. Ushbu joy ish stoli ortida qozon ro‘parasidagi nafas olish zonasida bo‘ladi.
17. To‘liq avtomatlashtirilgan, davriy ravishda xizmat ko‘rsatiladigan qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish uskunalarining datchiklari xonaga kirish joyida o‘rnatiladi, uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish uskunasining signalizatsiyasi esa navbatchi operator pultiga ulanadi.
18. Qavatlar oralig‘i yoppasiga yopilmagan qozonxona zallarida asboblar o‘rnatilishida har bir qavat alohida xona sifatida qaraladi.
19. Qozonxona zalining har 200 m2 ga uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asbobiga bitta datchik, shu bilan birga har bir xonaga kamida bitta datchik o‘rnatilishi lozim.
20. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asbobining datchiklarini havo oqimi uzatiladigan joylar va ochiq fortochkalardan kamida 2 m uzoqlikda o‘rnatish zarur. Datchiklarni o‘rnatishda ularni ishlab chiqargan zavodning montaj qilish bo‘yicha yo‘riqnomasi talablariga rioya etish zarur bo‘lib, unda uglerod oksidi konsentratsiyasini o‘lchashdagi aniqlikka qozonxonadagi havoning harakatlanuvchi oqimlari, nisbiy namlik hamda issiqlik nurlanishlarining salbiy ta’siri maksimal darajada istisno etilgan bo‘lishi zarur.
21. Uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarining datchiklari namlik tushishiga qarshi himoya qopqog‘i bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.
23. Yangi quriladigan qozonxonalarning loyihalarida uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarining bevosita qozonxonalarda o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur.
24. Foydalanishda bo‘lgan yoki qayta jihozlanayotgan qozonxonalarga uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarining o‘rnatilishi ushbu qozonxona egasi tomonidan amalga oshirilishi zarur.
25. Foydalanishda bo‘lgan uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarini davriy ravishda tekshirib turish imkoni bo‘lishi zarur.
26. Nosoz holdagi, tekshirish muddati o‘tgan uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish uskunalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
eshiklar, framugalarni ochadi, ishchi ventilatsiyasining ishlayotganligini tekshiradi va avariyaviy ventilatsiyani (mavjud hollarda) ishga tushiradi;
uglerod oksidini qozonxonaga kirish sababi yoki manbalarini aniqlaydi va bartaraf etib, tegishli choralar ko‘radi;
eshiklar, framugalarni ochadi, ishchi ventilatsiyasining ishlayotganligini tekshiradi va avariyaviy ventilatsiyani (mavjud hollarda) ishga tushiradi;
uglerod oksidini qozonxonaga kirish sababi yoki manbalarini aniqlaydi va bartaraf etib, tegishli choralar ko‘radi;
uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdori 30 daqiqa davomida 5 PDK r.z. darajada saqlanib tursa, qozonga yoqilg‘i uzatilishi to‘xtatilganligini tekshiradi.
Qozonni takroran ishga tushirishga faqat uglerod oksidining yuqori konsentratsiyasi sabablari bartaraf etilgandan keyingina ruxsat beriladi;
29. Qozonxonada ishlaydiganlar har smenada uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarining ishlash qobiliyati saqlanib turganligini, vaxta jurnalida qayd etgan holda aniqlab turishlari zarur.
30. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan.