30.04.1999 yildagi 6-son
Hujjat 30.04.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq dahlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qilmishni tavsiflashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jinoyat kodeksining 164-modda 2-qismi “a” bandi bilan tavsiflanadigan bosqinchilik yo‘li bilan mulkka egalik qilishning belgilaridan biri qurol yoki qurol sifatida ishlatiladigan boshqa narsalarni qo‘llash hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarorining 2-bandiga muvofiq pnevmatik miltiq, signal, start, gaz pistoletlari yoki gaz balonlari, raketnitsalar va boshqa imitatsiya-protexnik yoki yoritgich vositalari qurol jumlasiga kirmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 11-son Plenum qarorining 5-bandiga muvofiq o‘zganing mulkini talon-toroj qilishdan iborat bo‘lgan aybdorning harakatlariga huquqiy baho berishda uning sodir etilishi usulidan (o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik) qat’i nazar, jinoyat Jinoyat kodeksi moddasining og‘irroq jazoni ko‘zda tutuvchi qismi bilan tavsiflanishi lozim va ushbu moddaning boshqa qismlari bilan qo‘shimcha tavsiflanishi talab etilmaydi. Masalan, jinoyat juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish belgisi bo‘yicha JKning 169-modda 3-qismi bilan tavsiflanganda JKning ushbu modda 1 va 2-qismlari bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.