O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturining 1.9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek eksport qiluvchi korxonalarning kreditorlik qarzini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha asoslangan takliflarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kiritish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tashkil etilgan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Ishchi guruhning eksport qiluvchi korxonalarning 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qarzini tarkibiy o‘zgartirishga hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarishga yo‘naltirilgan takliflar tayyorlash bo‘yicha kichik guruhi (keyingi o‘rinlarda Kichik guruh deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Eksport qiluvchi korxonalarning qarzlarini tarkibiy o‘zgartirish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarish yuzasidan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tashkil etilgan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Ishchi guruhning 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra eksport qiluvchi korxonalarning qarzini tarkibiy o‘zgartirishga hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarishga yo‘naltirilgan takliflar tayyorlash bo‘yicha Kichik guruhi (keyingi o‘rinlarda Kichik guruh deb ataladi) tomonidan tayyorlanadi.
5. Ishchi organ murojaat, shuningdek ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va asoslashlar olingan kundan boshlab 2 kun mobaynida ularni xulosa tayyorlash uchun Kichik guruhga taqdim etadi.
9. Ariza beruvchilar tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati taqdim etilmaganda, shuningdek mazkur hujjatlar ushbu Vaqtinchalik nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq bo‘lmaganda Kichik guruh eksport qiluvchi korxonaga qarzni to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish hamda penyani hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqlidir, u keyinchalik bu haqda Respublika komissiyasiga tegishli axborot taqdim etadi.