[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi]
[
TSZ:
1.
Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “DEHQONOBOD KALIY O‘G‘ITLARI ZAVODI QURILIShINI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 17 DEKABRDAGI PQ-748-SON QARORINING BAJARILIShINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi PQ-748-son
qarorining
bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodining tashqi infratuzilma obyektlari: elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, tashqi aloqa, avtomobil va temir yo‘l obyektlari, shuningdek mutaxassislar uchun uy-joylar ular tugallangandan keyin belgilangan tartibda ushbu obyektlarning tegishli buyurtmachilari balansiga qabul qilinadi.
2. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga zavod foydalanishga topshirilgungacha qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi direksiyasi xarajatlarini “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan smeta doirasida Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirishga ruxsat etilsin.
3. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” institutining “VNII Galurgii” (Rossiya) yopiq aksiyadorlik jamiyatini loyiha hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish hamda zavodni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish ishlarini texnik kuzatish bo‘yicha, xizmatlar uchun Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga haq to‘lagan holda, kontrakt asosida mustaqil konsultant sifatida jalb etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuziladigan kontraktni narx jihatidan ekspertizadan o‘tkazsin.
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi maydonni tanlash dalolatnomasiga muvofiq Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi obyektlari qurilishi uchun ikki hafta muddatda yerlar ajratsin.
5. “O‘zgidromet” markazi qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi direksiyasiga obyektlarni loyihalashtirish uchun qurilish rayonining meteorologiya sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
272-son