21.11.2007 yildagi PQ-733-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 30.12.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, respublikaning paxta tolasini qayta ishlaydigan barcha korxonalari uchun paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qarorida nazarda tutilgan shartlar asosida erkin ayirboshlanadigan valyutada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali xarid qilishning yagona tartibi o‘rnatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-sonli qarori 5-bandida nazarda tutilgan, “O‘zbekyengilsanoat” DAK korxonalariga ichki bozorda yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) shartnoma tuzish paytida tarkib topgan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlarda erkin muomaladagi valyutaga (qo‘shilgan qiymat solig‘i nulinchi stavka bo‘yicha qo‘shib hisoblangan holda) sotib olishga ruxsat berish bo‘yicha imtiyozlar muddati 2011-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin, bunda ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi