O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
PAXTA TOLASINI RESPUBLIKANING IChKI ISTE’MOLChILARIGA SOTIShNI TAKOMILLAShTIRISh VA TO‘QIMAChILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Paxta tolasining yuqori likvidli resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek sifatli, eksportga yo‘naltirilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Respublikaning paxta tolasini qayta ishlaydigan barcha korxonalari uchun paxta tolasini milliy valyutada to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha “O‘zpaxtaeksport” AJ va O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq xarid qilishning yagona tartibi o‘rnatilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 06/17/5197/0045-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-sonli qarori 5-bandida nazarda tutilgan, “O‘zbekyengilsanoat” DAK korxonalariga ichki bozorda yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) shartnoma tuzish paytida tarkib topgan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlarda erkin muomaladagi valyutaga (qo‘shilgan qiymat solig‘i nulinchi stavka bo‘yicha qo‘shib hisoblangan holda) sotib olishga ruxsat berish bo‘yicha imtiyozlar muddati 2011-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin, bunda ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, respublikaning:
umumiy realizatsiya hajmida 80 foiz va undan ortiq foiz tayyor to‘qimachilik mahsulotini;
umumiy realizatsiya hajmida 60 foiz va undan ortiq foiz to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlarini (kalava ip, gazlama, trikotaj polotno) erkin muomaladagi valyutaga sotuvchi to‘qimachilik sanoati korxonalari mol-mulk solig‘i to‘lashdan 2016-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrga ozod qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-noyabr,
PQ-733-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 46-47-son, 467-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda, 51-son, 584-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 06/17/5197/0045-son, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)