10.04.2007 yildagi PQ-618-son
Hujjat 05.06.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar, idoralar va bajaruvchilar — sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz va sifatli bajarilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlangan Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizom talablariga javob bermaydigan sug‘urta tashkilotlari faoliyatini 2008-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda to‘xtatish va litsenziyalarini bekor qilish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
T/rTadbirlarAmalga oshirish shakli Bajarish muddatlariMas’ul bajaruvchilar
I. Sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish
1.“Transport vositalari egalarining javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.Qonun loyihasi2007-yil II chorak Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari
2.“Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.Qonun loyihasi2007-yil IV chorak Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari
3.“Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.Qonun loyihasi2007-yil IV chorak Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari
1.2. Amaldagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
4.“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sug‘urta bozorining professional qatnashchilari tarkibini aniqlashtirish va kengaytirish, ularning huquq va majburiyatlarini, faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilash.Qonun loyihasi2007-yil II chorak Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari
5.“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sug‘urta qilinmagan transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar javobgarligini belgilash.Qonun loyihasi2007-yil II chorak Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari
1.3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish
6.Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining hisob raqamlari rejasini va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.His�b raqamlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma2007-yil III chorak Moliya vazirligi
7.Sug‘urtalovchilar moliyaviy hisoboti shakllari va ularni to‘ldirish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari2007-yil III chorak Moliya vazirligi
8.Umumiy sug‘urta va hayotni sug‘urtalash sohasida sug‘urta tariflarini hisoblab chiqarish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.Metodik ko‘rsatmalar2007-yil III chorak Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari
9.Sug‘urta kompaniyalarini reyting jihatdan baholash bo‘yicha metodik tavsiyalarni tayyorlash.Metodik tavsiyalar2007-yil III chorak Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
10.Aktuar malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.Nizom2007-yil III chorak Moliya vazirligi
11.Adjaster, aktuar, syurveyer va assistans xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.Metodik tavsiyalar2007-yil III chorak Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari
12.Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lovga qodirligi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.Nizom2007-yil IV chorak Moliya vazirligi
13.Sug‘urta kompaniyalarini auditorlar tomonidan tekshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.Metodik tavsiyalar2007-yil IV chorak Moliya vazirligi
14.Sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratini tartibga soluvchi xalqaro standartlar ayrim normalarini qayta ko‘rib chiqish va normativ-huquqiy bazaga joriy etish.Normativ-huquqiy bazaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar2007-2008-yillarMoliya vazirligi
15.Tadbirkorlik tavakkalchiliklarini (foydani boy berishdan, loyihalashdagi xatoliklardan, bankrotlikdan sug‘urtalash va h. k.) sug‘urtalashning namunaviy qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.Namunaviy qoidalar2008-yil I chorak Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
16.Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash.Nizom2008-yil I chorak Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
17.Sug‘urtalovchilarning sug‘urta vositachilari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi namunaviy qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.Namunaviy qoidalar2008-yil I chorakMoliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
18.Qayta sug‘urtalash xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash.Nizom2008-yil I chorak Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
19.Da’vo ishlarining yagona texnologiyasini joriy etish.Metodik tavsiyalar2008-yil III chorak Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
20.Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.Nizom2009-yil I chorak Moliya vazirligi
II. Ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmini, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish
21.2007—2010-yillarda sug‘urta xizmatlari hajmini 3 baravar, sug‘urtalovchilar sug‘urta zaxirasini 2,5 baravardan ortiq, sug‘urta kompaniyalari yalpi kapitalini 2 �aravardan ortiq ko‘paytirish. Chora-tadbirlar kompleksiIshlab chiqish — 2007-yil II chorak Amalga oshirish — 2007—2010-yillar Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari
22.Aholi va yuridik shaxslarni, ayniqsa biznesni sug‘urtalash sohasida, shuningdek qishloq joylarda sug‘urtalovchi alohida bo‘linmalar va sug‘urta agentlari sonini ko‘paytirish hisobiga sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish.2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasi va servisni rivojlantirish dasturiga muvofiq chora-tadbirlar kompleksi2007—2010-yillarMoliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari
23.Eksport kreditlar va eksport-import operatsiyalarining samarali sug‘urta himoyasini ta’minlovchi eksportni sug‘urtalash bo‘yicha yangi kompleks sug‘urta xizmatlari turlarini, shu jumladan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urtalash, to‘lov muddatini kechiktirish shartlarini sug‘urtalash, “yetkazib beruvchi krediti” tipi bo‘yicha sug‘urtalash, “xaridorga kredit” tipi bo‘yicha sug‘urtalash, eksport-import kontraktlarini bajarish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urtalash, eksport-import yuklarini tashishni sug‘urtalash, xorijiy sherikning iqtisodiy nochorligidan (bankrotligidan) sug‘urtalash va boshqa sug‘urta xizmatlari turlarini ishlab chiqish va joriy etish.Chora-tadbirlar kompleksiIshlab chiqish —2007-yil II chorak amalga oshirish — 2007—2010-yillar Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari
24.Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalashni, shu jumladan sug‘urtaning jamg‘arma turlarini (hayotni aralash sug‘urtalash, nikohdan o‘tishni sug‘urtalash, annuitetlarni sug‘urtalash, qo‘shimcha pensiyani sug‘urtalash, ta’lim olish xarajatlarini sug‘urtalash, davolanishni, shu jumladan chet elda davolanishni sug‘urtalash, balog‘at yoshiga yetganlikni sug‘urtalash va boshqalar) kengaytirish.Chora-tadbirlar kompleksiIshlab chiqish — 2007-yil IV chorak Amalga oshirish — 2008—2010-yillar Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari
25.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sug‘urtalashni jadal rivojlantirish, biznesni sug‘urtalash sohasida (bankrotlikdan, foydani boy berishdan, ko‘zda tutilmagan xarajatlardan, sud xarajatlaridan, professional javobgarlikdan va shu kabilardan sug‘urtalash) sug‘urtaning yangi turlarini joriy etish, ularning aniq manzilliligi, tabaqalashtirilganligi, sifati va samaradorligini oshirish.Chora-tadbirlar kompleksiIshlab chiqish — 2008-yil I chorak Amalga oshirish — 2008—2010-yillar Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari
26.Sug‘urta xizmatlariga talabni baholash bo‘yicha marketing tadqiqotlarini, sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish.Marketing va boshqa tahliliy tadqiqotlar2007-yil III chorakdan boshlab doimo Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi
27.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasida ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish.Avtomatlashtirilgan tizim2008-yil II chorak Moliya vazirligi
28.Tavakkalchiliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha test o‘tkazishning tavakkalchiliklarni baholash tizimiga asoslangan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.Chora-tadbirlar kompleksi2008-yil IV chorakdan boshlab Moliya vazirligi
29.O‘zbekistonning Sug‘urta nazorati organlari xalqaro uyushmasiga kirishi bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.Chora-tadbirlar kompleksi2008-yil mobaynidaMoliya vazirligi
30.Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari va ularning birlashmalari bilan birgalikda aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy va tushuntirish ishlarini amalga oshirish.Seminarlar, radio va televideniyeda eshittirishlar, ko‘rsatuvlar va reklama kompaniyalari, ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilishdoimoMoliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
31.Aholini sug‘urta bozoridagi, shu jumladan sug‘urta agentlarining noqonuniy yoxud qonunga xilof faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish.Ommaviy axborot vositalarida axborotlar berishdoimoMoliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
III. Mamlakat sug‘urta bozorining ochiq-oydinligini va ishonchliligini ta’minlash, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va to‘lovga qodirligini mustahkamlash
32.Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitallarini sug‘urta faoliyatining amalga oshirilayotgan turlaridan kelib chiqqan holda belgilangan eng kam miqdorlargacha ko‘paytirish.Chora-tadbirlar kompleksi2008-yil 1-yanvargachaMoliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
33.Ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilangan muddatlarda shakllantirishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan sug‘urtalovchilarni aniqlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ularga sug‘urta faoliyati sohasini o‘zgartirishda va qayta tashkil etishda (qo‘shilish, birlashishda) ko‘maklashish.Chora-tadbirlar kompleksi2007-yil II chorak Moliya vazirligi
34.“O‘zagrosug‘urta”, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari va aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilayotgan “O‘zbekinvest” kompaniyasi ustav fondlaridagi davlat ulushlarini sotish.TadbirlarHukumatning tegishli qarorlarida belgilangan muddatlardaDavlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zagrosug‘urta”, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari, “O‘zbekinvest” kompaniyasi
35.Xorijiy kapital ishtirokida sug‘urta kompaniyalari tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va �malga oshirish.Chora-tadbirlar kompleksi2007-yil II chorakMoliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari
IV. Sug‘urta sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
36.Bank-moliya akademiyasi huzurida sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etish.Ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslari2007-yil III chorakSug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi
37.Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari uchun sug‘urtalash va sug‘urta faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.Konferensiyalar va seminarlarmuntazam ravishdaSug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari
38.Ko‘rsatib o‘tilgan tuzilmalarning qo‘shadigan ulushi hisobiga sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash o‘quv markazini tashkil etish.Chora-tadbirlar kompleksi2008-yil I chorak Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari
39.Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish.Professional etika normalari2008-yil II chorak Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va sug‘urta bozorining professional qatnashchilari faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.