O‘zbekiston RespUblikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan e’tiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1993-yil 2-iyundagi 105 (610)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
uch oylik muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari ushbu Qonunga zid keladigan o‘z me’yoriy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishini hamda bu hujjatlarning bekor qilishini ta’minlasin;
ushbu Qonun 4-moddasining 2-bandidagi, 11-moddasidagi, 17-moddasining 1-xatboshisidagi, 23-moddasidagi qoidalar bajarilishini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
1994-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
847-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 231-modda)