Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “NAQD PUL MUOMALASINI MUSTAHKAMLASh VA TIJORAT BANKLARINING MASʼULIYATINI OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2001 YIL 22 IYuNDAGI 264-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 6-son, 31-modda) 6-bandining toʻrtinchi xatboshiga “xato amalga oshirilgan elektron toʻlovlar natijasida elektron toʻlovlarni amalga oshirish va pul mablagʻlarini qaytarishning belgilangan muddatlari buzilishi bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-fevral,
18-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 35-modda)