|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.01.1997
|
Oʻzbekiston Respublikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Ushbu qaror “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotishi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
“Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1992-yil 8-avgustdagi 153(404)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ikki oylik muddat ichida:
monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqaruv idorasini tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining ushbu Qonunga zid keladigan normativ hujjatlari qayta koʻrib chiqilishini va bekor qilinishini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish qoʻmitasi “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
624-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 393-modda)