Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.05.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
Davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlaridan olinadigan beg‘araz yordam moliyaviy mablag‘larini hisobga olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlaridan olinadigan beg‘araz yordam moliyaviy mablag‘larini hisobga olish samaradorligini oshirish, shuningdek noqonuniy “iflos” moliyaviy mablag‘larni halollab olish imkoniyatlari va kanallarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
2. Beg‘araz yordam doirasida tushadigan moliyaviy mablag‘larga bank xizmati ko‘rsatish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankining taklifiga rozilik berilsin hamda yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz yordam oluvchilarga xizmat ko‘rsatish, beg‘araz yordam oluvchilarni bank vositachilik haqi to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘rsatib o‘tilgan banklarning bo‘linmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki beg‘araz yordam oluvchilarning hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus filiallarni belgilasinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘lari oluvchilarning Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan umumlashtiriladigan hisoboti asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari tushishi va ularning o‘zlashtirilishi to‘g‘risidagi hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni taqdim etsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-fevral,
56-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 56-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda;2009-y., 5-son, 41-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)