Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IDORALARARO AXBOROT-KOMPYUTER TARMOGʻINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Respublika vazirliklari va idoralari oʻrtasida axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash, maʼlumotlar bazasi tashkil etilishini muvofiqlashtirish, hujjatlar aylanishini elektron asosga bosqichma-bosqich oʻtkazish va jahon axborot makoniga qoʻshilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar.
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti tomonidan Oʻzbekistondagi BMT Vakolatxonasi va Jahon bankining Vakolatxonasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyatning idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda idoralararo tarmoq deb ataladi) tashkil etilishi loyihasi ishlab chiqilganligi;
loyihaga muvofiq axborotning idoralararo ayirboshlanishini, shuningdek Internet tarmogʻida ishlashni taʼminlovchi axborot-kompyuter tizimi oʻrnatilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
loyihani mablagʻ bilan taʼminlash Jahon bankining 400 ming AQSH dollari miqdoridagi Institutsional krediti va BMT Rivojlanish dasturining 200 ming AQSH dollari miqdoridagi granti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Belgilab qoʻyilsinki “UzNet” xizmati faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash 1999-yil 1-iyulgacha Jahon banki krediti, BMT granti va oʻz faoliyati hisobiga, ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin esa — xoʻjalik hisobidagi oʻz faoliyati hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-aprel,
150-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)