Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻRTA OSIYO IRRIGATSIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINING ILMIY-ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, ittifoq tasarrufida boʻlgan davlat korxonalarini, muassasalarini va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga oʻtkazish toʻgʻrisida” 1991-yil 22-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga kiritilsin.
2. Belgilansinki, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi quyidagilarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi bilan yaqin hamkorlikda qurgʻoqchil zonadagi sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan programmalashtirilgan kafolatli hosil olinishini taʼminlovchi yer ustidan mexanizatsiyalashtirilgan sugʻorish konstruksiyalarini, ularni qurish va ishlatish texnologiyalarini ishlab chiqish, tajriba uchastkalarida sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish sharoitlarida joriy etish;
qurgʻoqchil zonada meliorativ tizimlarni qurish va ishlatish uchun yangi texnika yaratish va uni koʻplab ishlab chiqarish;
drenajlarni, tuproq orasidan va tomchilab sugʻorish tizimlari uchun Yangi konstruksiyalarni va buyumlarni tayyorlash;
Orol dengizi havzasi suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish hamda Orolboʻyi muammolarini hal etishda qatnashish;
yangi texnologik jarayonlarni yaratish va ularni qurilishiga keng joriy etish, gidromeliorativ tizimlarni qayta qurish va ishlatish.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Moliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga suvni tejash, yerlar melioratsiyasi, Orolboʻyi muammolari boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishda qatnashish uchun zarur kapital mablagʻlarni va ilm-fanga budjetdan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, “Oʻzshartnomasavdo” va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari, belgilangan tartibga muvofiq, 1992-yildan boshlab Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga hukumatlararo bitimlar va shartnomalarning ilovalariga kiritilgan birkitilgan nomenklatura boʻyicha moddiy resurslar ajratishni nazarda tutsinlar.
Hukumatlararo bitimlar va shartnomalarning, ilovalariga kirmagan mahsulotlar boʻyicha “Oʻzshartnomasavdo”, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga mahsulot yetkazib beruvchilar bilan xoʻjalik aloqalarini oʻrnatish borasida koʻmaklashsinlar.
5. Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi vazirlik tizimiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar, zarurat boʻlganda vazirlik toʻgʻrisidagi Nizomga aniqliklar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 11-aprel,
185-son