

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6937332" id="onLBC-6937332">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22711"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6937332" id="onLS-6937332">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6937782" id="-6937782">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6937783" id="-6937783">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6937784" id="-6937784">Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6937786" id="-6937786"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937787" id="-6937787">Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish va davlat granti ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, yoshlarning sifatli taʼlim olishlari uchun mavjud shart-sharoitlarni yaxshilash, kadrlar tayyorlashni iqtisodiyotning rivojlanayotgan tarmoq va sohalariga manzilli yoʻnaltirish maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6937830" id="onLBC-6937830">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;</span></div><div id="LBC22711"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937830" id="-6937830">1. Oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937831" id="-6937831">a) 2024/2025 oʻquv yili qabulidan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937833" id="-6937833">davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy taʼlim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937834" id="-6937834">davlat buyurtmasi boʻyicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937836" id="-6937836">davlat oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan tartib va shartlar boʻyicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi. Bunda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bir talaba uchun ajratiladigan mablagʻ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937838" id="-6937838">davlat granti kvotalarining oliy taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937840" id="-6937840">oliy taʼlim tashkilotlari moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibi va oʻquv-metodik taʼminotiga muvofiq, keyingi oʻquv yili uchun oʻz qabul parametrlarini shakllantiradi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937842" id="-6937842">Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy taʼlim tashkilotlari qabul parametrlari asosliligini oʻrganadi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937844" id="-6937844">Davlat komissiyasi oliy taʼlim tashkilotlari, taʼlim shakllari va tillar kesimida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha umumiy qabul parametrlarini, imtiyozga ega abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul parametrlarini, maqsadli qabul kvotalarini hamda magistratura mutaxassisliklari qabul parametrlarini davlat granti va toʻlov-kontraktga ajratgan holda oliy taʼlim tashkilotlari va tillar kesimida tasdiqlab, Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937846" id="-6937846">b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi taʼlim sohalari (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari) kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937848" id="-6937848">v) 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan shakllantiriladigan oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6937851" id="onLBC-6937851">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;</span></div><div id="LBC22711"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937851" id="-6937851">2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga davlat grantini ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi grant va taʼlim granti shaklida ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937853" id="-6937853">Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937855" id="-6937855">a) ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi grant qonunchilikda belgilangan imtiyoz boʻyicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6942888" id="-6942888"><em>Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar </em><a href="/uz/acts/-4368106#-4373118">roʻyxati</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937856" id="-6937856">b) taʼlim granti davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilingan talabalar uchun ajratiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937858" id="-6937858">v) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga taʼlim granti bir oʻquv yili uchun ajratiladi. Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937859" id="-6937859">taʼlim granti birinchi kursda oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan talabalarga ajratiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937861" id="-6937861">taʼlim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting koʻrsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937863" id="-6937863">taʼlim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq taʼlim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937865" id="-6937865">ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi grant sohibi boʻlgan talabalarga davlat granti ularning oʻqish davri uchun toʻliq hajmda taqdim etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937867" id="-6937867">taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6937869" id="onLBC-6937869">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;</span></div><div id="LBC22711"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937869" id="-6937869">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937871" id="-6937871">a) davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish bali tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oldingi oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937874" id="-6937874">b) hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937877" id="-6937877">davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari maqsadli qabul buyurtmachilari hisoblanadi hamda kadrlarga boʻlgan oʻz ehtiyojlarini Davlat komissiyasiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937879" id="-6937879">hududlar kesimida maqsadli qabul tegishli hududda doimiy yashaydigan (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan) hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937881" id="-6937881">maqsadli qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilgan fuqaro bilan manfaatdor tuman (shahar) hokimiyati, sohaviy davlat organi (tashkiloti) va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida toʻrt tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda talabani ish bilan taʼminlash va uning oʻqishni yakunlagandan soʻng muayyan hududda (tashkilotda) ishlab berishini monitoring qilish kadr buyurtmachisi zimmasiga yuklanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937882" id="-6937882">v) 2024/2025 oʻquv yili qabulidan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarining boshqa taʼlim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi taʼlim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6937884" id="onLBC-6937884">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;</span></div><div id="LBC22712"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937884" id="-6937884">4. Belgilansinki, magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937886" id="-6937886">xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida S1 darajasida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937888" id="-6937888">gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida V2 darajasida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937890" id="-6937890">boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) boʻyicha — kamida V1 darajasida.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6937892" id="onLBC-6937892">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;</span></div><div id="LBC22711"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937892" id="-6937892">5. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilansin. Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937895" id="-6937895">a) abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, soʻng professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937897" id="-6937897">b) davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937903" id="-6937903">birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937906" id="-6937906">oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937910" id="-6937910">ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937912" id="-6937912">v) 2025/2026 oʻquv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937914" id="-6937914">g) barcha davlat kollej va texnikumlariga “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda taʼlim shaklini oliy taʼlim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda tanlaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7976715" id="edi-7976715"><a href="/uz/acts/-6937332?ONDATE=25.05.2024 00#-6937917">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7976715" id="-7976715"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7976718" id="-7976718">6. Belgilab qoʻyilsinki, alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos boʻluvchi imtiyozga ega abituriyentlar (nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yigirma besh yoshga toʻlmagan “Mehribonlik” uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari boʻlgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolgʻiz ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalar hamda nikohda boʻlmagan onaning (yolgʻiz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar bundan mustasno) ular uchun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7976723" id="-7976723">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoni tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937942" id="-6937942">7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi har yili 1-iyunga qadar nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan koʻzi ojizlarning maʼlumotlar bazasini nogironlik guruhini aniq koʻrsatgan holda shakllantirsin hamda uni Bilim va malakalarni baholash agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937945" id="-6937945">8. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Savdo-sanoat palatasi va ish beruvchilar uyushmalari bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937949" id="-6937949">2024-yil yakuniga qadar mehnat bozorida kutilayotgan oʻzgarishlarni ilmiy tadqiq qilgan holda, oʻz ahamiyatini yoʻqotib boradigan hamda yangi paydo boʻladigan kasblar (lavozimlar) roʻyxati, ularga qoʻyiladigan malaka talablari va kompetensiyalarni shakllantirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937950" id="-6937950">2025-yil 1-mayga qadar jamlangan maʼlumotlar asosida “Oʻzbekiston yangi kasblar atlasi” elektron platformasi yaratilishini hamda har yili yangilab borilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937952" id="-6937952">Ushbu bandni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937955" id="-6937955">9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda uch oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937958" id="-6937958">taʼlim grantini oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga tabaqalashtirilgan tartibda bir oʻquv yili uchun ajratish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937961" id="-6937961">hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun maqsadli qabul kvotalarini shakllantirish, qabul jarayonlarini tashkil etish va kadrlar buyurtmachilarining aniq vazifalarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937963" id="-6937963">qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937966" id="-6937966">10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6937971" id="-6937971">Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6937977" id="-6937977">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6937978" id="-6937978">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6937982" id="-6937982">2024-yil 24-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6937990" id="-6937990">PF-81-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6937785" id="-6937785">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/81/0365-son;  12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
