|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.02.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TRANSPORT VOSITALARINI HAMDA BOShQA OʻZIYuRAR MAShINA VA MEXANIZMLAR EGALARIDAN OLINADIGAN SOLIQ STAVKALARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini toʻliq va qisman yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq haqida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Transport vositalari egalaridan olinadigan quyidagi soliq stavkalari joriy qilinsin:
|
Soliq solish obyektlarining nomi |
Soliq miqdorlari | ||
| Motorining quvvatiga qarab yengil avtomobillar | | ||
| har bir ot kuchidan |
10 soʻm | ||
| yoxud har bir kilovatt quvvatdan |
14 soʻm | ||
| Motorining quvvatiga qarab mototsikllar va motorollerlar | | ||
| har bir ot kuchidan |
6 soʻm | ||
| yoxud har bir kilovatt quvvatdan |
8 soʻm | ||
| Motorining quvvatiga qarab yuk avtomobillari, avtobuslar, kichik hajmli avtobuslar, boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlar har bir ot kuchidan |
| ||
| yoxud har bir kilovatt quvvatdan |
27 soʻm | ||
| Motorining quvvatiga qarab motochana va motorli qayiqlar | | ||
| har bir ot kuchidan |
5 soʻm | ||
| yoxud har bir kilovatt quvvatdan |
7 soʻm | ||
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 1-mart,
113-son