Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.02.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ADABIYOT, SANʼAT VA MEʼMORChILIK SOHASIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTLARI TOʻGʻRISIDA” 1991-YIL 6 FEVRALDAGI 33-SON QARORIGA VA UShBU QAROR BILAN TASDIQLANGAN NIZOMLARGA HAMDA DAVLAT MUKOFOTLARI QOʻMITASI TARKIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-fevraldagi 58-son “Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ijodkor ziyolilarning eng yaxshi asarlari uchun beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining mablagʻlarini Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 590-son qarori bilan joriy qilingan haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiqlashtirish va yuksak badiiy-estetik mezonlar ustuvorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari toʻgʻrisida” 1991-yil 6-fevraldagi 36-son qarorining 2-bandiga, shu qaror bilan tasdiqlangan Navoiy nomidagi Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandiga va Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilib:
1994-yildan boshlab uch yilda bir marta beriladigan Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining har biri 40 ta eng kam ish haqi miqdorida;
1994-yildan boshlab uch yilda bir marta beriladigan Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining har biri 30 ta eng kam ish haqi miqdorida belgilansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-fevraldagi 33-son qarorining Hamza nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 1990-yil va undan oldingi yillarda adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik namoyandalariga berilgan Hamza nomidagi mukofotlarning “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari” degan maqomi saqlab qolinsin.
1993-yilgi Hamza nomidagi Davlat mukofotlariga taqdim qilingan asarlar Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qoʻmitasida muhokamadan oʻtkazilib, munosib topilganlari Navoiy nomidagi va Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlarining navbatdagi ijodiy tanlovlarida koʻrib chiqilsin.
4. B.A. Nazarov, E. Samandrov, R.R. Rahmonov, L.O. Fayziyev, Tohir Malik (Hobilov), B.F. Giyenko oʻrtoqlar Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari Qoʻmitasi aʼzoligidan ozod etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari Qoʻmitasi aʼzoligiga quyidagi oʻrtoqlar kiritilsin:
Qoraboyev Muhammadjon Qoraboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;
Hayitboyev Erkin Qahhorovich — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri;
Toʻxtamishev Ismoil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining konsultanti;
Jamol Kamol — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi;
Joʻrayev Xayrulla Ravshanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi;
Jabborov Jumaniyoz — shoir, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi”, Davlat mukofotlari qoʻmitasining masʼul kotibi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 10-may,
215-son