|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.10.2002
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-oktabrdagi 346-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pul-kredit siyosati komissiyasining tarkibini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1997-yil 1-avgustdagi PF-1827-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
g) 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi asoslangan hisob-kitoblardan kelib chiqib hamda tegishli vazirliklar va idoralarning xulosalari boʻyicha ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mehnatga haq toʻlash fondini tartibga solish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul tushumidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1995-yil 3-fevraldagi 29-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Istisno hollarda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi naqd pul massasini tartibga solish va hisob-kitoblarni naqd pul mablagʻlari bilan amalga oshirish, shuningdek mayda ulgurji operatsiyalar boʻyicha qaror qabul qilishi mumkin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 22-sentabr,
447-son